GLISERIN 2,11 rektal suppozitorialar N10

GLISERIN 2,11 rektal suppozitorialar N10 o'xshash dorilari



GLISERIN 2,11 rektal suppozitorialar N10 qo'llanmasi
Jigarda faol metabolizmga uchraydi. Buyraklar orqali chiqariladi, o‘zgarmagan holda 7 - 14% ajraladi.
Allergik reaksiyalar, mahalliy reaksiyalar (anus sohasida qichishish, achishish), ichak sohasida spastik og‘riqlar paydo bo‘lishi.
Uzoq vaqt qo‘llanilganda to‘g‘ri ichak ta'sirlanishi, defekatsiyaning fiziologik jarayoni susayishi mumkin.
Nojo‘ya ta'sirlar rivojlanganda shifokorga murojaat qilish kerak.
Suppozitoriylardan foydalanishdan oldin va keyin qo'llarni yaxshilab yuvish kerak. Muntazam qabul qilish tavsiya etilmaydi. Davolash ichakning normal peristaltikasi tiklanganidan so'ng to'xtatiladi. Suppozitoriylarni 1 haftadan ortiq kurs bilan ishlatish tavsiya etilmaydi.
Suppozitoriylarga mineral suyuq yoki qattiq moylarni surtmaslik kerak.
Transport vositasini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'siri
Aniqlanmagan.
Glitserolga yoki preparatning har qanday komponentiga yuqori sezuvchanlik. Ta'sirlangan ichak sindromi, ichak tutilishi, appenditsit, qon ketish, diareya, zo'rayish bosqichidagi gemorroy, orqa chiqarish teshigi yoriqlari, to'g'ri ichakning yallig'lanish kasalliklari va o'smalari, qorinda tashxislanmagan og'riq, gemorragik rektokolit, 5 yoshgacha bo'lgan bolalar.
Ehtiyotkorlik bilan: buyrak yetishmovchiligi.
Homiladorlik va emizish davrida qo'llanilishi
Homiladorlikda bachadonning reflektor stimulyatsiyasi ehtimoli tufayli qo'llash mumkin emas.
Glitserinning ko'krak sutiga ajralishi ma'lum emas, shuning uchun ushbu dori preparati faqat shifokor fikriga ko'ra ona uchun kutilayotgan foyda homila uchun potensial xavfdan yuqori bo'lgan hollardagina qo'llaniladi.
Ma'lumotlar yo'q.
Preparatni to'g'ri ichakka kiritadilar va u yerda kamida 5 daqiqa qoldiradilar. Odatda defekatsiya vosita kiritilgandan keyin 5-10 daqiqadan so'ng sodir bo'ladi. Suppozitoriy qoldiqlari ichakdan axlat bilan chiqariladi.
5 dan 12 yoshgacha bo'lgan bolalarga 1,24 g glitserin saqlagan 1 suppozitoriy kuniga 1 marta buyuriladi.
12 yoshdan katta bolalar va kattalarga 2,11 g glitserin saqlagan 1 suppozitoriy kuniga 1 marta buyuriladi. Zarurat bo'lganda dozani kuniga 2 suppozitoriygacha oshiradilar.Dozani oshirib yuborishDozani oshirib yuborish simptomi tez-tez suyuq ich kelishi hisoblanadi. Dozani oshirib yuborish holatida preparatni bekor qilish kerak.
Glitserin boshqa chiqarish shakllari



GLISERIN 2,11 rektal suppozitorialar N10 analoglari




















