Ташкент
logo
SavatKirish

GLYUKOTON MR tabletkalari 30mg N30

Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Gruziya
Kategoriya:Dori vositalari
Faol modda:Gliklazid
Ishlab chiqaruvchi:GM Pharmaceuticals Ltd.
Vakil:GMP
ATX kodi:V06DC01
Barcha GLYUKOTON dorilari
Mavjud emas
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 0 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

GLYUKOTON MR tabletkalari 30mg N30 o'xshash dorilari

TERAFLEKS ULTRA kapsulalar  N60
Retseptsiz
TERAFLEKS ULTRA kapsulalar N60
Rossiya Federatsiyasi
Vakil:
Bayer
Ishlab chiqaruvchi:
OOO «VTF», 601125, Rossiya
Narxi
206 000 so'm dan
AKVALOR SOFT MINI sprey 50ml
AKVALOR SOFT MINI sprey 50ml
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Nijfarm-Stada CIS
Narxi
98 000 so'm dan

GLYUKOTON MR tabletkalari 30mg N30 qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

Ajralib chiqishi modifikatsiyalangan bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:

Faol modda: gliklazid – 30 mg;

Yordamchi moddalar: gipromelloza, mikrokristall sellyuloza, magniy stearati, kremniy dioksidi.

Farmakologik ta'siri

II avlod sulfonilmochevina hosilalari guruhiga kiruvchi peroral gipoglikemik preparat.

Glyukoton MR Langergans orolchalarida β-xujayralari tomonidan insulinning sekretsiyasini ragʻbatlantirib, qonda glyukozaning darajasini pasaytiradi. Preparat glyukozani tushishiga javoban insulinning sekretsiyasini erta choʻqqisini tiklaydi va insulinning sekretsiyasini ikkinchi bosqichini kuchaytiradi. Insulinning sekretsiyasini ahamiyatli oshishi, ovqat qabul qilish va glyukozani yuborish bilan bogʻliq ragʻbatlantirishga javoban kuzatiladi.

Glyukoton MR periferik toʻqimalarning insulinga sezgirligini oshiradi va xujayra ichki fermentlarining (shu jumladan glikogen-sintetaza) faolligini ragʻbatlantiradi.

Uglevodlar almashinuviga taʼsir qilishidan tashqari mikrotsirkulyatsiyani yaxshilaydi. Glyukoton MR trombotsitlarning agregatsiyasi va adgeziyasini qisman susayishiga va trombotsitlarning faollashtiruvchi omillarining konsentratsiyasini pasayishiga taʼsir qilib, mayda tomirlarning trombozi xavfini pasaytiradi. Shuningdek, preparat tomirlar endoteliysining fibrinolitik faolligini tiklaydi va plazminogenning toʻqima aktivatori faolligini oshiradi.

Gliklazid antioksidant va antiaterogen xususiyatlarga ega.

Preparat ichga qabul qilinganidan keyin MIY orqali toʻliq soʻriladi. Plazmada Smax ga 6-12 soatdan keyin erishiladi. Plazma oqsillari bilan bogʻlanishi 95% ni tashkil qiladi. T1/2 taxminan 16 soatni tashkil qiladi. Asosan buyraklar orqali metabolitlari koʻrinishida chiqariladi.

Nojo'ya samaralari

Endokrin tizimi tomonidan: gipoglikemiya boʻlishi mumkin.

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: juda kam – koʻngil aynishi, qusish, qorinda ogʻriq, diareya yoki qabziyat (odatda qaytuvchi), kam – AST, ALT, IF lar faolligini oshishi;

Qon yaratish tizimi tomonidan: ayrim hollarda – trombotsitopeniya, agranulotsitoz yoki leykopeniya, anemiya (odatda qaytuvchi xarakterga ega).

Allergik reaksiyalar: qichishish, eshakemi, makulo-papulyoz toshma.

Preparat bekor qilinganidan keyin odatda ushbu belgilar yoʻqoladi.

Maxsus saqlash sharoitlari

Glyukoton MR faqat albatta nonushta va yetarli darajada uglevodlar tushishini taʼminlovchi muntazam ovqatlanadigan bemorlarga buyurilishi mumkin.

Qonda glyukozaning darajasini, siydikda glyukozaning miqdorini muntazam aniqlash kerak.

Glyukoton MR buyurilganida gipoglikemiyani rivojlanish xavfi, uning simptomlari va rivojlanishiga yordam beruvchi sharoitlar haqida bemorga axborot berish kerak.

Gipoglikemik preparatlar qoʻllanganida keksa yoshdagi patsiyentlarda, doimo yetarli ozuqa olmaydigan, umumiy holati susaygan shaxslarda, buyrak usti bezlari yoki gipofiz yetishmovchiligi boʻlgan patsiyentlarda gipoglikemiyani rivojlanishini xavfi yuqori.

Jarrohlik muolajalari, jarohatlar yoki infeksion kasalliklar holida insulin preparatlarini qoʻllash ehtimolini hisobga olish kerak.

Glyukoton MR va gliklazidning farmakologik xususiyatlariga taʼsir qiluvchi dori vositalarni bir vaqtda qoʻllashning zarurati boʻlganida, patsiyent uglevodlar almashinuvining laborator koʻrsatkichlarini oʻzi muntazam nazorat qilishi kerakligi haqida ogohlantirilishi kerak.

Glyukoton MR ni biguanidlar, alfa-glukozidazalarning ingibitorlari yoki insulin preparatlari bilan birga qoʻllash mumkin.

Glyukoton MR bilan davolash fonida alkogol yoki tarkibida etanol saqlovchi tibbiy preparatlarni isteʼmol qilishdan saqlanish kerak.

Bemorlar gipoglikemiyaning simptomlari va avtomobil yoki mexanizmlarni boshqarish vaqtida ehtiyotkorlikka rioya qilishlari kerakligi haqida maʼlumot olgan boʻlishlari kerak.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati oʻtgach qoʻllanilmasin.

Qo'llanilishi

- insulinga qaram boʻlmagan qandli diabet (II tip) parhez davolash va jismoniy yuklama bilan birga oxirgilari samarasiz boʻlganida qoʻllanadi.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

insulinga qaram qandli diabet (I tip);
diabetik ketoatsidoz;
diabetik prekoma va koma;
ogʻir buyrak va jigar yetishmovchiligi;
homiladorlik; laktatsiya (emizish);
mikonazolni bir vaqtda qabul qilish;
preparatning komponentlariga va sulfonilmochevinaning boshqa hosilalariga yuqori sezuvchanlik.

Dozirovkasi

Preparat faqat kattalar uchun moʻljallangan. Tavsiya qilingan boshlangʻich doza 30 mg (1 tab.) ni tashkil qiladi. Dozani tanlash davolash boshlanganidan keyin qonda glyukozaning darajasiga muvofiq oʻtkazilishi kerak. Dozani har navbatdagi oʻzgarishi eng kamida 2 haftalik davrdan keyin amalga oshirishi mumkin.

Bir maromda ushlab turuvchi davolashda bir dozani har kuni qabul qilish qonda glyukozaning darajasini samarali nazorat qilishni taʼminlaydi. Preparatning har kungi dozasi 30 mg dan 120 mg (1-4 tab.) gacha oʻzgarishi mumkin. Maksimal sutkalik doza – 120 mg. Preparat ichga nonushta vaqtida sutkada 1-marta qabul qilinadi.

Preparatning bir yoki koʻproq qabullari oʻtkazib yuborilganida navbatdagi qabulda yuqoriroq dozani qoʻllash mumkin emas.

Oldin davolanmagan patsiyentlar uchun boshlangʻich doza 30 mg ni tashkil qiladi. Soʻngra doza zaruriy terapevtik samaraga erishilganida shaxsiy tanlanadi.

Boshqa gipoglikemik preparatdan Glyukoton MR ga oʻtish qanday boʻlmasin oʻtish davrini talab qilmaydi.

Agarda bemor shu vaqtgacha T1/2 davomli boʻlgan sulfonilmochevinaning hosilalari bilan davolangan boʻlsa, u holda 1-2 hafta davomida oldingi davolashning qoldiq samaralarini oqibati sifatida gipoglikemiyani rivojlanishidan saqlanish uchun sinchkov kuzatuv (glikemiyaning darajasini nazorat qilish) oʻtkazish kerak.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: gipoglikemiya. Davolash: gipoglikemiyaning oʻrtacha simptomlari uglevodlarni qabul qilish, dozani tanlash va/yoki parhezni oʻzgartirish bilan muvofiqlashtiriladi. Agarda gipoglikemik komaga gumon qilinsa yoki tashxis qoʻyilsa, bemorga 50 ml glyukozaning konsentrlangan eritmasi (40%) v/i yuboriladi. Soʻngra qonda glyukozani kerakli darajada tutib turish uchun glyukozaning suyultirilgan eritmasi (5%) v/i tomchilab yuboriladi. Sinchkov monitoring eng kamida navbatdagi 48 soat davomida oʻtkaziladi. Glyukoton MR ni mikonazol bilan bir vaqtda qoʻllash gipoglikemiyani koma holatigacha rivojlanishi ehtimolini kuchaytiradi (bunday qoʻshish mumkin emas). Fenilbutazon, etanol sulfonilmochevina hosilalarining gipoglikemik samarasini kuchaytiradi. Beta-adrenoblokatorni bir vaqtda qoʻllash gipoglikemiyaning baʼzi simptomlarini, masalan yurak urishini va taxikardiyani niqoblaydi. Koʻpchilik noselektiv beta-adrenoblokatorlar gipoglikemiyaning yaqqolligi va tez-tezligini oshiradi. Flukonazol gipoglikemiyaning rivojlanishi xavfini kuchaytiradi. Danazol bilan bir vaqtda qoʻllanganida Glyukoton MR ning samaradorligi pasayishi mumkin. GKS (tizimli, sirtga yoki mahalliy qoʻllash uchun), tetrakozaktid, ritodrin, salbutamol, terbutalin (v/i yuborish uchun) bilan bir vaqtda qoʻllashda, qonda glyukozaning darajasini oshiradi. Glyukoton MR progestagenlar bilan bir vaqtda qoʻllanganida yuqori dozalarda progestogenlarning diabetogen samarasini hisobga olish kerak.

GLYUKOTON MR tabletkalari 30mg N30 analoglari

GLIDIAB 0,08 tabletkalari N60
GLIDIAB 0,08 tabletkalari N60
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Akrixin, AO
GLIDIAB MV 0,03 tabletkalari N60
GLIDIAB MV 0,03 tabletkalari N60
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Akrixin, AO
DIABETON MV 0,06 tabletkalari N30
DIABETON MV 0,06 tabletkalari N30
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
SERVE RUS OOO
DIABETON MR tabletkalari 60mg N30
DIABETON MR tabletkalari 60mg N30
Frantsiya
Ishlab chiqaruvchi:
Les Laboratoires Servier, Fransiya proizvedeno: Les Laboratoires Servier Industrie
•46 ta dorixonada bor
Narxi
51 000 so'm dan
DIABETON MR tabletkalari 60mg N60
DIABETON MR tabletkalari 60mg N60
Frantsiya
Ishlab chiqaruvchi:
Les Laboratoires Servier, Fransiya proizvedeno: Les Laboratoires Servier Industrie
GENEZIS-MR tabletkalari 30 mg N60
GENEZIS-MR tabletkalari 30 mg N60
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
IP OOO «Novugen Pharma»
GENEZIS-MR tabletkalari 60 mg N60
GENEZIS-MR tabletkalari 60 mg N60
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
IP OOO «Novugen Pharma»

GLYUKOTON MR tabletkalari 30mg N30 savollari

GLYUKOTON MR tabletkalari 30mg N30 fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil