INGALIPT aerozol 20ml

INGALIPT aerozol 20ml o'xshash dorilari


INGALIPT aerozol 20ml qo'llanmasi
Preparat ingalyatsion qo'llash uchun mo'ljallangan va asosan yallig'lanish o'chog'ida terapevtik kontsentratsiyani hosil qiladi. Sulfanilamid preparatlari qisman so'riladi: eriydigan streptotsid va norsulfazol natriy. Ikkala preparat ham qon plazmasi oqsillari bilan qaytar bog'lanadi: streptotsid 12-14% ga, norsulfazol natriy 55% ga. Biotransformatsiya jarayonida preparatning atsetillangan shakllari hosil bo'ladi, ular shu ko'rinishda buyraklar orqali chiqariladi. Streptotsidning yarim chiqarilish davri 10 soatni, norsulfazol natriyniki - 1,2 soatni tashkil qiladi.
Mikroblarga qarshi (antiseptik) va yallig‘lanishga qarshi vosita. Sulfinilamidlar (streptotsid va norsulfazol) grammusbat va grammanfiy kokklar, Escherichia coli, Shigella spp, Klebsiella spp, Vibrio cholerae, Haemophilus influenzae, Clostridum spp, Bacillus anthracis, Corinebacterium diphtheriae, Yersinia pestis ga nisbatan, shuningdek Chalmydia spp, Actinomyces spp, Toxoplasma gondii ga nisbatan mikroblarga qarshi (bakteriostatik) faollikka ega. Sulfanilamidlarning ta’sir mexanizmi PABK bilan raqobatli antagonizm va digidropteroatsintetazani raqobatli susaytirish bilan bog‘liq, bu nuklein kislotalar sintezi uchun zarur bo‘lgan tetragidrofoliy kislotasi sintezi buzilishiga olib keladi. Preparat tarkibiga kiruvchi timol, evkalipt moyi va yalpiz moyi ham antiseptik ta’sirga ega va o‘rtacha yallig‘lanishga qarshi hamda mukolitik samara ko‘rsatadi.
Preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlikda individual o'zlashtira olmaslik holatlari (ko'ngil aynishi, qusish), allergik reaksiyalar bo'lishi mumkin.
Qo'llashdan oldin flakondan himoya qalpoqchasini yechish va klapan shtokiga to'plamda mavjud bo'lgan purkagichli uchlikni kiygizish kerak. Flakon 1 daqiqa davomida chayqatiladi va dispers oqim paydo bo'lguncha uchlikka ko'pi bilan 5 marta bosiladi. Oqim bo'lmaganda operatsiyani yana bir bor takrorlashga ruxsat etiladi.
So'ngra purkagichning bo'sh uchi og'iz bo'shlig'iga kiritiladi va flakonni vertikal ushlagan holda 1-2 soniya davomida klapan boshchasiga bosiladi. Purkagich tiqilib qolishining oldini olish maqsadida, manipulyatsiya tugagandan so'ng uni puflab yuborish yoki toza suvli stakanga solib qo'yish kerak.
Purkashdan oldin og'izni iliq qaynatilgan suv bilan chayish kerak. Og'iz bo'shlig'ining shikastlangan joylaridan (yara, eroziv yuza) nekrotik karash sterillangan tampon bilan ehtiyotkorlik bilan olib tashlanadi.
Preparatni qo'llash transport vositalari va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.
Preparat tarkibiy qismlariga yuqori sezuvchanlik, 2 yoshgacha bo'lganlar.
Boshqa dori vositalari bilan mos keladi, klinik ahamiyatli o‘zaro ta’sirlar aniqlanmagan.
Mahalliy kattalar va 2 yoshdan oshgan bolalarga, og'iz bo'shlig'i shilliq qavatini purkash uchun buyuriladi. Ishlatishdan oldin vertikal ushlab turilishi kerak bo'lgan flakondan shaffof himoya qopqog'ini olib tashlash va uchni flakonga nisbatan 90° burchak ostida o'rnatish kerak.
Uchni og'iz bo'shlig'iga kiritish va suyuqlik oqimini ishlov beriladigan joylarga yo'naltirgan holda purkagichga 3-4 marta bosish kerak.
Purkash sutkasiga 4-5 marta ovqatdan 2-3 soat o'tgach yoki ovqatlanishlar oralig'ida amalga oshiriladi. Davolash kursi 3-10 kunni tashkil qiladi.
Purkagich tiqilib qolishini oldini olish uchun uni puflab yuborish yoki qaynatilgan suvda yuvish tavsiya etiladi.
Ingalipt boshqa chiqarish shakllari


INGALIPT aerozol 20ml analoglari











