Apteka.uz
SavatKirish

INSTI granuli 5,6g N5

Retseptsiz
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Pokiston
Farmakoterapevtik guruh:

shamollash kasalliklarida qo‘llaniladigan majmuaviy preparatlar.

Ishlab chiqaruvchi:Herbion Pakistan (Pvt) Ltd
ATX kodi:R05X
Barcha Insti dorilari
Mavjud emas
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 0 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

INSTI granuli 5,6g N5 haqida qo'llanma

Saqlash shartlari

25 C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

Sotish shartlari

Retseptsiz.

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

Tarkibi:

har bir paket-sashe quyidagi ekstraktlarni saqlaydi:

faol moddalar:

Oq tol - 750,00 mg

Tomirli adxatoda - 300,00 mg

Qizilmiya - 550,00 mg

Xitoy choyi - 125,00 mg

Xushbo‘y binafsha - 100,00 mg

Dorivor valeriana - 100,00 mg

Oddiy ukrop - 75,00 mg

Sharsimon evkalipt - 35,00 mg.

yordamchi moddalar: makkajo‘xori kraxmali, mentol, saxaroza.

Chiqarilish shakli

5,6 g dan uch qavat folgali sashelarda, 5/10 sashe qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

Farmakodinamikasi

Shamollashga qarshi, balg‘am ko‘chiruvchi, mukolitik, bronxolitik, yallig‘lanishga qarshi, isitma tushiruvchi, spazmolitik ta’sirga ega bo‘lgan majmuaviy fitopreparat. Insti preparati yuqori va quyi nafas yo‘llarining yallig‘lanish kasalliklari bilan kechuvchi intoksikatsiya simptomlari (gipertermiya, ko‘p terlash, holsizlik) ni yengillashtiradi, antiseptik ta’sirga ega, yo‘tal jadalligini kamaytiradi va balg‘am ajralishini oshiradi. O‘tkir davrining regressiyasi 3-4 kungacha qisqaradi. Insti bemorning holatini yaxshilaydi, oshgan tana haroratini va yo‘talning jadalligini pasaytiradi. Preparat qo‘llangandan keyin 24 soat davomida rinit, faringit, traxeit simptomlarini tezda bartaraf etishga yodlam beradi. Uyquchanlikni va o‘rganib qolishni chaqirmaydi. Qaynoq suvda tez eriydi. Oq tol salatsin glikozidi, tremulatsin saqlaydi. Tana haroratini tushiruvchi, yallig‘lanishga qarshi, og‘riq qoldiruvchi ta’sirlarga ega. Qizilmiya glitsirrizin glikozidi, flavonoid, asparagin saqlaydi. Yaqqol balg‘am ko‘chiruvchi, immunitetni rag‘batlantiruvchi va yallig‘lanishga qarshi xususiyatga ega. Yallig‘lanishning ekssudativ va proliferativ fazalariga susaytiruvchi ta’sir ko‘rsatadi. Xushbo‘y binafsha violin, fridelin, efir moylarini saqlaydi. Antigistamin, balg‘am ko‘chiruvchi, tana haroratini tushiruvchi, terlatuvchi xususiyatlarga ega. Oddiy ukrop efir moylari, dipentin saqlaydi. Bronxlarning sekretor funksiyasini kuchaytiradi, mukolitik ta’sir ko‘rsatadi, shuningdek, antiseptik va yallig‘lanishga qarshi xususiyatlarga egadir. Tomirli adxatoda vazitsin, vazitsinon alkoloidlarini, saqlaydi. Bronxlarni kengaytiruvchi, balg‘am ko‘chiruvchi ta’sirga ega, bronxlarning kipriksimon epiteliysini harakatini oshiradi va balg‘am ajralishini tezlashtiradi, gistamin ta’sirida chaqirilgan bronxospazmdan himoya qilib, astmaga qarshi ta’sir ko‘rsatadi. Xitoy choyi tanin, kofein, teofillin saqlaydi. Burishtiruvchi, tonusni oshiruvchi, siydik haydovchi ta’sirlarga ega. Dorivor valeriana efir moylari, valeriana kislotasi, katinin saqlaydi; markaziy nerv tizimini qo‘zg‘aluvchanligini pasaytiradi, tinchlantiruvchi va spazmolitik xususiyatlarga ega, bosh og‘rig‘ining yaqqolligini kamaytiradi. Sharsimon evkalipt efir moylari (sineol, pinen, mirtenol) oshlovchi moddalar saqlaydi. Yaqqol antiseptik ta’sirga ega, ayniqsa, streptokkok, stafilokkoklarga nisbatan, kuchli yallig‘linishga qarshi samaraga ega.

Farmakoterapevtik guruh

shamollash kasalliklarida qo‘llaniladigan majmuaviy preparatlar.

Dori shakli

granulalar

Nojo'ya samaralari

Instining komponentlaridan birontasiga ma’lum allergiyasi bo‘lgan odamlarda allergik reaksiyalar bo‘lishi mumkin.

Maxsus ko‘rsatmalari

Dori vositasining transport vositalarini va potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri.

Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanilishi

Homiladorlik va emizish davrida ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

Preparat transport vositalarini va potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’sir ko‘rsatmaydi.

Qo'llanilishi

- Tomoqni ta’sirlanishi;

- Yo‘tal;

- Gripp;

- Burun bitishi;

- Isitma;

- Shamollash;

- Bosh og‘rig‘ida qo‘llaniladi.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Preparatning komponentlariga individual yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas. Ehtiyotkorlik bilan: granulalar saxaroza saqlaydi, buni qandli diabeti bo‘lgan bemorlar, shuningdek kam kaloriyali diyetada bo‘lgan bemorlar e’tiborga olishlari zarur.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Yo‘tal markazlarini tormozlovchi, hamda, balg‘am ajralishini kamaytiruvchi preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Ta'rifi

jigarrang rangli, ishqalaganda mentol hidga ega granulalar.

Dozirovkasi

Ichga buyuriladi:

Bitta sashe-paketdan kuniga ikki-uch marta buyuriladi.

Bitta paketni issiq suvda yoki choyda eritiladi va oz-ozdan ichiladi.

Davolash kursi 7-8 kun.

Dozani oshirib yuborilishi

Noma’lum, ehtimoli kam.

Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi

Homiladorlik va emizish davrida ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

Yaroqlilik muddati (oy)

Ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 3 yil.

O‘ramda ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati tugagandan so‘ng qo‘llanilmasin.

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. INSTI granuli 5,6g N5 preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

INSTI granuli 5,6g N5 haqida savollar

INSTI granuli 5,6g N5 haqida fikr-mulohazalar

Reyting 5.0, 1 ta sharh asosida

Ishlab chiqaruvchining dorilari

ENTOFIT granuli N5
Retseptsiz
ENTOFIT granuli N5
Pokiston
Ishlab chiqaruvchi:
Herbion Pakistan (Pvt) Ltd
Narxi
20 000 so'm dan
Narxi
25 990 so'm dan
BONDJIGAR kapsulalar  N20
Retseptsiz
BONDJIGAR kapsulalar N20
Pokiston
Ishlab chiqaruvchi:
Herbion Pakistan (Pvt) Ltd
Narxi
23 500 so'm dan
Narxi
58 000 so'm dan
LINKAS PLYUSh BEZ SAXARA pastilkalar N16
Retseptsiz
LINKAS PLYUSh BEZ SAXARA pastilkalar N16
Pokiston
Ishlab chiqaruvchi:
Herbion Pakistan (Pvt) Ltd
Narxi
20 000 so'm dan

Ko‘rilgan mahsulotlar

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil