KALIYA YODID tabletkalari 0,1mg N100

KALIYA YODID tabletkalari 0,1mg N100 qo'llanmasi
Qadoqda soni
Farmakokinetikasi
Ichga qabul qilinganda ingichka ichakda tez va to'liq so'riladi va 2 soat ichida hujayra ichi bo'shlig'ida taqsimlanadi.
Asosan qalqonsimon bezda (yodid konsentratsiyasi 0,5 mg/g to'qimadan ortiq), shuningdek so'lak va sut bezlarida, oshqozon shilliq qavatida to'planadi.
Yo'ldosh orqali yaxshi o'tadi.
Asosan buyraklar orqali (qabul qilinganidan 10 daqiqa o'tgach siydikda iz miqdorlari aniqlanadi. 80% doza 48 soat ichida, qolgan qismi - 10-20 kun ichida chiqariladi), qisman - so'lak, bronxial, ter va boshqa bezlar sekretlari bilan chiqariladi.
Nojo'ya samaralari
Preparat ko‘rsatmalar bo‘yicha tavsiya etilgan dozalarda qo‘llanilganda nojo‘ya ta'sirlarning yuzaga kelishi ehtimoli kam.
Allergik reaksiyalar kuzatilishi mumkin: kam hollarda - teri toshmasi, Kvinke shishi.
Maxsus saqlash sharoitlari
Davolashni boshlashdan oldin qalqonsimon bezning xavfli shikastlanishi, gipertireoz yoki tugunli toksik buqoqni istisno qilish kerak.
Buyrak funktsiyasi buzilishi bo'lgan bemorlarda preparat bilan davolash fonida giperkaliemiya rivojlanishi mumkin (qondagi kaliy kontsentratsiyasini davriy nazorat qilish zarur). Preparat tarkibida laktoza monogidrati mavjudligi sababli, galaktozani o'zlashtiraolmaslik, laktaza yetishmovchiligi yoki glyukoza-galaktoza malabsorbtsiyasi bilan bog'liq kam uchraydigan irsiy kasalliklari bo'lgan bemorlar preparatni qabul qilmasliklari kerak.
Preparatning transport vositalarini va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri:
Preparat transport vositalarini boshqarish va diqqatni yuqori jamlashni hamda psixomotor reaktsiyalar tezligini talab qiluvchi boshqa potentsial xavfli faoliyat turlari bilan shug'ullanish qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
- yodga yuqori sezuvchanlik;
- yaqqol tireotoksikoz;
- yashirin tireotoksikoz (sutkada 0,15 mg dan ortiq dozalarni qo'llashda);
- gerpetiform dermatit;
- toksik adenoma, tugunli bo'qoq sutkada 0,3 mg dan ortiq dozalarda qo'llanilganda (qalqonsimon bezni blokada qilish maqsadida operatsiyadan oldingi terapiya bundan mustasno);
- galaktozaga toqat qilolmaslik, laktaza yetishmovchiligi yoki glyukoza-galaktoza malabsorbsiyasi bilan bog'liq irsiy kasalliklar.
Kaliy Yodidni gipotireozda qabul qilmaslik kerak, oxirgisi yaqqol yod tanqisligi tufayli kelib chiqqan hollar bundan mustasno. Radioaktiv yod bilan davolashda, qalqonsimon bez saratoni mavjud bo'lganda yoki shubha qilinganda preparatni qo'llashdan qochish kerak.
Ehtiyotkorlik bilan:
Buyrak funksiyasi buzilgan bemorlarda.
Homiladorlik va laktatsiya:
Homiladorlik va emizish davrida yodga bo'lgan ehtiyoj ortadi. Kaliy yodid ko'rsatmalar bo'yicha ovqat bilan yod tushishi sutkada 0,15-0,3 mg dan kam bo'lgan hollarda tayinlanadi. Preparat platsenta orqali yaxshi o'tadi va homilada gipotireoz va bo'qoq rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Yod shuningdek ko'krak suti bilan ajralib chiqadi. Shuning uchun homiladorlik va emizish davrida preparatni faqat tavsiya etilgan dozalarda qo'llash kerak.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Antitireoid dori vositalarini bir vaqtda qabul qilish kaliy yodid samarasini susaytiradi (o'zaro).
Kaliy perxlorat va tiotsianat qalqonsimon bez tomonidan yodning o'zlashtirilishini bostiradi. Tireotrop gormon yodning qalqonsimon bez tomonidan o'zlashtirilishini yaxshilaydi va uning gormonlari ishlab chiqarilishini rag'batlantiradi.
Angiotenzin o'zgartiruvchi ferment ingibitorlarini (shu jumladan kaptopril, enalapril, lizinopril) bir vaqtda qabul qilish giperkaliemiya yuzaga kelish xavfini oshiradi. Yodning yuqori dozalari kaliy tejovchi diuretiklar bilan birgalikda giperkaliemiyaga olib kelishi mumkin.
Yod bilan yuqori dozalarda terapiyani va litiy preparatlarini bir vaqtda tayinlash boqoq va gipotireoz rivojlanishiga yordam beradi.
Qalqonsimon bez tomonidan qamrab olinishni kamaytiradi.
Dozirovkasi
Preparatni yangi tug'ilgan chaqaloqlar va 3 yoshgacha bo'lgan bolalarga qo'llaganda tabletkani oz miqdordagi (1 osh qoshiq) xona haroratidagi qaynatilgan suvda eritish tavsiya etiladi.
Tavsiya etilgan dozalar (yodga hisoblaganda):
Endemik bo'qoq rivojlanishining profilaktikasi: yangi tug'ilgan chaqaloqlar va bolalar: 0,1 mg/sut;
o'smirlar va kattalar: 0,1-0,2 mg/sut;
homiladorlikda va emizish davrida: 0,15-0,2 mg/sut;
Bo'qoqni qalqonsimon bez gormonlari preparatlari bilan davolash kursi tugagandan so'ng yoki uning jarrohlik yo'li bilan olib tashlanishidan keyin bo'qoq qaytalanishining profilaktikasi: 0,1-0,2 mg/sut.
Eutireoid bo'qoqni davolash: yangi tug'ilgan chaqaloqlar, bolalar va o'smirlar: 0,1-0,2 mg/sut; yosh kattalar: 0,3-0,5 mg/sut.
Profilaktika maqsadida preparatni qabul qilish, qoida tariqasida, bir necha oy yoki yil davomida, ko'rsatmalar mavjud bo'lganda - butun umr davomida o'tkaziladi.
Yangi tug'ilgan chaqaloqlarda bo'qoqni davolash ko'pchilik hollarda 2-4 hafta davomida o'tkaziladi; bolalar, o'smirlar va kattalarda odatda 6-12 oy talab qilinadi, uzoq muddat qabul qilish mumkin. Davolash davomiyligi davolovchi shifokor tomonidan belgilanadi.
Hajm/og'irlik
KALIYA YODID tabletkalari 0,1mg N100 o'xshash dorilari

KALIYA YODID tabletkalari 0,1mg N100 xususiyatlari
Kaliya yodid boshqa chiqarish shakllari





KALIYA YODID tabletkalari 0,1mg N100 analoglari









{
"data": {
"id": 30134,
"stores_apteka_id": null,
"slug": "kaliya-yodid-0-1mg-n100-tabl-ozon",
"stores_apteka_slug": null,
"name": "KALIYA YODID tabletkalari 0,1mg N100",
"brand_name": "KALIYA YODID",
"image": "uploads/iblock/d2b/d2bef3bb44af49064e2880ee7ab7e03b.webp",
"atx_code": "H03CA",
"drug_form_id": 1,
"over_the_counter": false,
"prescription_type": "unknown",
"availability": "not_available",
"reviews_count": 0,
"reviews_rating": 0,
"has_pickup": false,
"has_delivery": false,
"manufacturer": null,
"manufacturer_plain": "OOO «Ozon»",
"representative": null,
"representative_plain": null,
"distributor": null,
"distributor_plain": null,
"is_manufacturer_advertiser": false,
"is_representative_advertiser": false,
"is_dietary_supplement": false,
"is_medical_device": false,
"category": {
"id": 486,
"slug": "gormonalnye",
"name": "Gormonal vositalar",
"external_link_title": null,
"external_link": null
},
"drug_group": {
"id": 7786,
"slug": "kaliya-yodid",
"name": "Kaliya yodid"
},
"is_purchasable": false,
"country": {
"id": 20,
"slug": "rossiya",
"name": "Rossiya Federatsiyasi"
},
"active_ingredients": [
{
"id": 7430,
"slug": "kaliya-yodid",
"name": "Kaliya yodid"
}
],
"tags": [
{
"id": 104,
"slug": "dlya-shchitovidnoy-zhelezy",
"name": "Qolqonsimon bez"
}
]
}
}






