Ташкент
logo
SavatKirish

KALSIYA GLYUKONAT inyeksiya uchun eritma 5ml 10% N10

Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:O'zbekiston
Farmakoterapevtik guruh:

Mineral preparatlar

Ishlab chiqaruvchi:Jurabek Laboratories OT MChJ
ATX kodi:A12AA03
Barcha Kalsiy Glyukonat dorilari
42 ta dorixonada bor
Narxi 3 600 so'm dan
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 42 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

KALSIYA GLYUKONAT inyeksiya uchun eritma 5ml 10% N10 o'xshash dorilari

RENNI jevatelnie tabletkalari so vkusom mentola N24
Retseptsiz
RENNI jevatelnie tabletkalari so vkusom mentola N24
Germaniya
Vakil:
Bayer
Ishlab chiqaruvchi:
Bayer Consumer Care AG
Narxi
35 000 so'm dan
KALSEMIN tabletkalari N60
Retseptsiz
KALSEMIN tabletkalari N60
Germaniya
Vakil:
Bayer
Ishlab chiqaruvchi:
Bayer Consumer Care AG
•5 ta dorixonada bor
Narxi
88 000 so'm dan
EMTRON eritma 2ml 2ml N5
EMTRON eritma 2ml 2ml N5
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Agio Pharmaceutical Limited
ENTEROSGEL pasta dlya priyoma vnutr 225g
Retseptsiz
ENTEROSGEL pasta dlya priyoma vnutr 225g
Rossiya Federatsiyasi
Vakil:
Nika Pharm
Ishlab chiqaruvchi:
OOO «TNK SILMA»
Narxi
204 900 so'm dan

KALSIYA GLYUKONAT inyeksiya uchun eritma 5ml 10% N10 qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Sotish shartlari

Shifokorning retsepti bo'yicha.

Tarkibi

faol modda: kal'tsiy glyukonat – 100,0 mg; yordamchi moddalar: qahrabo kislotasi, natriy gidroksidi, in'ektsiya uchun suv 1 ml gacha.

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli
Tarkibi:

faol modda: kal'tsiy glyukonat – 100,0 mg;

yordamchi moddalar: qahrabo kislotasi, natriy gidroksidi, in'ektsiya uchun suv 1 ml gacha.

Сhiqarilish shakli

In'ektsiya uchun 10 % li eritma 5 va 10 ml dan ampulalarda tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomasi bilan birga

Farmakodinamikasi

Kal'tsiy glyukonat – organizmda kal'tsiy tanqisligini to'ldiradi, qon tomirlar o'tkazuvchanligini kamaytiradi, yallig'lanishga qarshi, allergiyaga qarshi, qon to'xtatuvchi, o'rtacha diuretik ta'sir ko'rsatadi. Bundan tashqari, kal'tsiy ionlari nerv impul'slarini uzatishda, silliq va skelet mushaklarning qisqarishida, miokardning funktsiyalanishida qon ivishida; ular suyak to'qimasini shakllanishida, boshqa tizimlar va organlarning ishlashi uchun zarur.

Kal'tsiyni vena ichiga yuborilgandan keyin simptomatik nerv tizimini faollashishiga olib keladi va buyrak usti bezlaridan adrenalinni ajralib chiqishini rag'batlantiradi.

Farmakokinetikasi

Parenteral qo'llanilgandan so'ng qon oqimi bo'lgan preparat barcha preparat barcha to'qimalar va organlarda teng ravishda taqsimlanadi. Plazmada kal'tsiy ion xolida bo'ladi. Yo'ldosh to'sig'i orqali o'tadi, ko'krak sutiga ajraladi. Organizmdan asosan buyraklar orqali chiqariladi.

Farmakoterapevtik guruh

Mineral preparatlar

Dori shakli

In'ektsiya uchun eritma

Nojo'ya samaralari

Ko'ngil aynishi, qusish, diareya, bradikardiya, og'iz bo'shlig'ida so'ngra butun tana bo'ylab issiqlikni xissi qilish mumkin, u tezda o'z o'zidan o'tib ketadi.

Juda tez yuborilganda bo'lishi mumkin: ko'ngil aynishi, qusish, ko'p terlash, arterial gipotenziya, kollaps.

Kal'tsiy eritmasini ekstravazal yutish natijasida yumshoq to'qimalarni kal'tsifikatsiyasi bo'lishi mumkin. Mushak ichiga in'ektsiya qilinganda kal'tsiy tuzlari mahalliy ta'sirlanishi, yumshoq to'qimalarni nekrozini chaqirishi mumkin.

Juda kam xollarda anafilaktik va anafilaktoid reaktsiyalar bo'lishi mumkin.

Maxsus saqlash sharoitlari

Kal'tsiy tuzlarini sarkoidoz va yurak kasalliklari bo'lgan patsientlarga ehtiyotkorlik bilan qo'llash tavsiya etiladi. Agar qon plazmasida kal'tsiy miqdori 2,75 mmol'/l dan oshsa yoki siydik sutkada kal'tsiyni chiqarilishi 5 mg/kg dan ortsa, yurak aritmiyasini rivojlanish xavfi tufayli davolashni darhol to'xatish zarur.

Anamnezida giperkal'tsiuriya, kalava fil'tratsiyasi pasaygan yoki nefroliatiaz bo'lgan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan va qonda va siydikda kal'tsiy kontsentratsyasini nazorat qilish bilan olib borilishi lozim. Nefrolitiazni rivojlanish xavfini pasaytirish uchun ko'p suyuqlik ichish tavsiya etiladi.

14 yoshgacha bo'lgan bolalarga preparatni nekrozni rivojlanishi tufayli  mushak ichiga yuborish tavsiya etilmaydi.

Qonda kal'tsiy miqdorini keskin oshib ketishidan saqlanishdan va eritmani nekrotik asoartlari tufayli olib keladigan eng yaqin to'qimalarga tushmasligi uchun, vena ichiga yuborilganda kichkina ignadan foydalanish va yo'g'on venaga yuborish tavsiya etiladi.

Kal'tsiy glyukonatni tez in'ektsiya qilish vazodilatatsiyani, qon bosimini tushishini, bradikardiyani, yurak aritmiyasini, xushdan ketishni va yurak to'xtatishini chaqirishi mumkin.

Kal'tsiy glyukonat eritmasini in'ektsiyasi cho'kma xosil bo'lishiga moyilligi bor. Agar ampulada yoki shpritsda cho'kma xosil bo'lganligi aniqlansa, preparatni qo'llamaslik lozim.

Kal'tsiy glyukonat ko'pchilik boshqa birikmalar bilan nomatunosib (“Dorilarning o'zaro ta'siri” bo'limiga qarang).

Aloxida yuborilgandan keyin xam organizmdagi erimaydigan kal'tsiy tuzlarining mikrokristallizatsiyalanishi natijasida yuzaga keladigan jiddiy asoratlarni oldini olish uchun nomutanosib dori vositalarini qo'llashda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Bir vaqtning o'zida vitamin-mineral majmualarni qabul qiladigan patsientlarga ehtiyot bo'lish zarur, chunki ularning tarkibida kal'tsiy saqlanishiga  va kal'tsiyni dozasi oshib ketishiga olib keladi.  

Xomiladorlikda va emizish davrida qo'llanilishi

Preparatni xomiladorlikda va emizish davrida qo'llanilishi ona uchun foyda/xomila (bola) uchun xavfni inoabtga olgan xolda qo'llanilishi mumkin. 

Bolalar: 14 yoshgacha bo'lgan bolalarga nekrozni rivojlanishi sababli prepartatni vena ichiga yuborish tavsiya etilmaydi.

Transport vositalarini boshqarishda yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlash reaktsiyalar tezligiga ta'sir etish qobilyati:

Transport vositalarini boshqarishda yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlash reaktsiyalar tezligiga ta'sir etishi bo'yicha ma'lumotlar yo'q.

Qo'llanilishi

-                gipoparatireoz (latent tetaniyasi, osteoporoz);

-                kal'tsiyni kuchli chiqarilishi (uzoq vaqt yotoq tartibi, surunkali diareya, diuretiklarni va tutqanoqqa qarshi dori vositalarini, glyukokortikosteroidlarni uzoq vaqt qabul qilgan vaqtda ikklamchi gipokal'tsiemiya);

-                qon quyush vaqtida gipokal'tsiemiyani oldini olishda;

-                allergik kasalliklarda va dori terapiyasining allergik asoratlarda yordamchi vositasi sifatida (zardob kasalligi, eshakemi, angionevrotik shish va boshqalar);

-                turli genezli patologik jarayonlarda qon tomirlarni shtkazuvchanligini kamaytirish uchun (yallig'lanish jarayoning ekssudaptiv fazasida, gemorragik vaskulit, nur kasaligi va boshqalar);

-                parenximatoz gepatit, jigarni toksik shikastlanishida;

-                nefrit, eklampsiya, giperkaliemiya, paroksizmal mioplegiyaning giperkalemiya shakli;

-                D vitaminini almashinuvini buzilishi: raxit (spazmofiliya, osteomalyatsiya);

-                surunkali buyrak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarda giperfosfatemiya;

-                mushaklarning distrofiyasi va miasteniyasi bo'lgan majmuaviy davolash maqsadida;

-                teri kasalliklarda (teri qichishishi, ekzema, psoriaz va boshqalar);

-                qon to'xtatuvchi vositasi sifatida;

-                magniy tuzlari, shovul kislotasi yoki uning tuzli eritmalari, ftor kislotasi tuzlari eritmalari bilan zaxarlanishda antidot sifatida qo'llaniladi.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

·           trombozlarga moyiligi bo'lgan, qonni giperkoagulyatsiyali xolatlarda;

·           giperkal'tsiemiya;

·           yaqqol arteroskleroz;

·           yurak glikozidlarini qabul qiluvchi patsientlar (aritmiyani paydo bo'lish xavfi).

·           18 yoshdan kichik bolalarda va buyrak funktsiyasi buzilishi bo'lgan shaxslarda takroriy yoki uzoq vaqt davolash uchun kal'tsiy glyukonat eritmasini qo'llash.

·           kal'tsiy glyukonat eritmasini tseftriakson bilan bir vaqtda qo'llash muddatidan oldin tug'ilgan chaqaloqlarni 41 xaftaga yetguniga qadar qo'llash (xomiladorlik xaftalari+hayot xaftalari) va muddatida tug'ilgan chaqaloqlarda (28 kunlikgacha)  o'pka va buyraklarda kal'tsiyni tseftriakson bilan pretsipitat cho'kmalari xavfi tufayli.

·           Parenteral oziqlantirish uchun eritmani tayyorlash mumkin emas.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Kal'tsiy ionlari ko'p dorilar bilan majmualar hosil qilishi mumkin, bu esa cho'kmalarni yig'ilishiga olib kelishi mumkin. Kal'tsiy glyukonati: oksidlar, salitsilatlar, tsitratlar, karbonat eritmalari, bikarbonatlar, fosfatlar, tartratlar va sul'fatlar, amfoteritsinlar, tsefalotin natriy, tsefazolin natriy, tseftriakson, novobiotsin natriy, dobutamitn, proxlorperazin va tetratsiklinlar bilan nomutanosib

Tetratsiklinlar, digoksin, peroral temir preparatlarini so'rilishini sekinlashtiradi (ularni qabul qilishlar intervali kamida 2 soat bo'lishi mumkin), fenitoinni biokiraolishini pasaytiradi, kal'tsitoninni samarasini kuchsizlantiradi (giperkal'tsiemiyada).

Bir vaqtda qo'llanilganda kal'tsiy kanallar blokatori ta'sirini kamaytiradi: nefidipin va verapamil gipotenziv ta'sirini kamaytiradi (uning antiaritmik samarasiga ta'sir etmaydi).

Yurak glikozidlari bilan davolash vaqtida, uni kardiotoksik ta'sirini kuchaytirishi tufayli kal'tsiy glyukonatni parenteral qo'llash tavsiya etilmaydi.

Xinidin bilan bir vaqtda qo'llanilganda yurak qorinchalar o'tkazuvchanligini sekinlashishi va xinidinni toksikligini oshishi kuzatilishi mumkin.

Tiazid diuretiklari bilan birgalikda  giperkal'tsiemiyani kuchaytirish mumkin.

Kal'tsiy glyukonat aminoglikozidlarning bir qatori antibiotiklarini qo'llash oqibatida nerv-mushaklar o'zatilishini susayishini bartaraf etadi.

Boshqa kal'tsiy preparatlari bilan birgalikda buyurish tavsiya etilmaydi.

Ta'rifi

Tiniq, rangsiz yoki och sariq rangli eritma.

Dozirovkasi

Preparatni vena ichiga oqim bilan, tomchilatib yuboriladi. Eritmali ampulani yuborishdan oldin tana xaroratigacha isitib keyin yuboriladi.

Vena ichiga oqim bilan yuborish. In'ektsiyani vena ichiga tez yuborishdan keyin nojo'ya reaktsiyalardan saqlanishni oldini olish uchun preparatni sekin-asta taxminan 4-5 minut davomida yuborish zarur.

Vena ichiga tomchilatib yuboriladi. Kal'tsiy glyukonatni vena ichiga tomchilatib, preparatni 100 ml izotonik eritmasini 5% glyukoza eritmasi bilan aralashtirib yuborish mumkin.

Kattalarga va 14 yoshdan oshgan bolalarga: 10% kal'tsiy glyukonat eritmasini 5-10 ml dan kasallikni xarakteri va bemorni xolatiga bog'liq xolda xar kuni, kun ora yoki 2 kundan keyin yuboriladi.

Bolalar: preparatni nekroz rivojlanishi sababli mushak ichiga yuborish mumkin emas. Yoshga bog'liq xolda 10% kal'tsiy glyukonat eritmasini faqat vena ichiga quyidagi dozalarda yuborish tavsiya etiladi: 

6 oylikkacha bo'lganlarga – 0,1-1 ml;

7-12 oylikkacha bo'lganlarga – 1-1,5 ml;

1-3 yoshgacha – 1,5-2 ml;

4-6 yoshgacha – 2-2,5 ml;

7-14 yoshgacha – 3-5 ml.

Eritmani 1 ml dan kam bo'lgan miqdorga keltirish uchun, bir martalik dozani ma'lum bo'lgan xajmga (shprits xajmi) natriy xloridni 0,9% izotonik eritmasini yoki 5% glyukozani aralashtirish yo'li orqali amalga oshiriladi.

Dozani oshirib yuborilishi

Kal'tsiy preparatini uzoq muddat qo'llash a'zolarda va qon tomirlarida kal'tsiy tuzlarini yig'ilishi oqibatida giperkal'tsiemiyaga olib kelishi mumkin.

Dozani oshirib yuborishlish simptomlari: uyquchanlik, xolsizlik, bosh aylanishi, anoreksiya, ko'ngil aynishi, qusish, qabziyat, poliuriya, polidispiya, abdominal og'riq, mushak zaifligi, ruxiy buzilishlar, degidratatsiya, qonda mochevina miqdorini oshishi, nefrokal'tsinoz, nefrolitiaz, og'ir xolatlarda – yurak aritmiyasi, koma.

Davolash: kal'tsiy glyukonatni yuborishni to'xtatish, giperkal'tsiemiyaga olib keluvchi (tiazidlar, vitamin D), yurak-qon tomirlari funktsiyasi tizimini nazorat qiluvchi preparatlarni bekor qilish. Antidot sifatida vena ichiga kal'tsitoninni 5-10 XB/kg xisobida (uni 500 ml 0,9% natriy xlorid eritmasiga aralashtirib) qo'llaniladi. Yuborilish davomiyligi 6 soatni tashkil etadi.

Suvsizlanishni va suv elektrolit disbalansiga tuzatish kirish kerak, zarurat bo'lganda xalqali diuretiklarni buyurish zarur (furosemid, torasemid).

Og'ir xolatlarda kal'tsiy miqdorini peritoneal dializ yo'li orqali olib tashlash mumkin. Dozani oshirib yuborish simptomida patsientlar quyosh nurlaridan saqlanishlari lozim.

Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi

Preparatni xomiladorlikda va emizish davrida qo'llanilishi ona uchun foyda/xomila (bola) uchun xavfni inoabtga olgan xolda qo'llanilishi mumkin.

KALSIYA GLYUKONAT inyeksiya uchun eritma 5ml 10% N10 boshqa chiqarish shakllari

KALSIYA GLYUKONAT eritma 5 ml 100 mg/ml N10
KALSIYA GLYUKONAT eritma 5 ml 100 mg/ml N10
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
REKA-MED FARM SP OOO
•42 ta dorixonada bor
Narxi
3 600 so'm dan
KALSIYA GLYUKONAT 0,5 tabletkalari N20
KALSIYA GLYUKONAT 0,5 tabletkalari N20
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Tatximfarmpreparati, AO

KALSIYA GLYUKONAT inyeksiya uchun eritma 5ml 10% N10 analoglari

KALSIYA GLYUKONAT 0,5 tabletkalari N10
KALSIYA GLYUKONAT 0,5 tabletkalari N10
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
OOO «Ozon»
•90 ta dorixonada bor
Narxi
2 000 so'm dan
KALSIYA GLYUKONAT 0,5 tabletkalari N20
KALSIYA GLYUKONAT 0,5 tabletkalari N20
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Tatximfarmpreparati, AO

KALSIYA GLYUKONAT inyeksiya uchun eritma 5ml 10% N10 savollari

KALSIYA GLYUKONAT inyeksiya uchun eritma 5ml 10% N10 fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil