KARBAMAZEPIN 0,2 tabletkalari N40

KARBAMAZEPIN 0,2 tabletkalari N40 o'xshash dorilari




KARBAMAZEPIN 0,2 tabletkalari N40 qo'llanmasi
So'rilishi
Ichga qabul qilingandan so'ng karbamazepin deyarli to'liq so'riladi, tabletka shakli qabul qilinganda so'rilish nisbatan sekin sodir bo'ladi. Karbamazepin bir marta qabul qilingandan so'ng plazmadagi o'rtacha maksimal kontsentratsiyaga (Cmax) 12 soatdan keyin erishiladi. 200 mg karbamazepinning ikki tabletkasi ichga bir marta qabul qilingandan so'ng, o'zgarmagan faol moddaning o'rtacha Cmax qiymati taxminan
4,5 mkg/ml ni tashkil qiladi. Ovqat qabul qilish karbamazepin so'rilish tezligi va darajasiga sezilarli ta'sir ko'rsatmaydi.
Plazmadagi karbamazepinning muvozanatli kontsentratsiyasiga 1-2 hafta ichida erishiladi. Unga erishish vaqti individual bo'lib, karbamazepin bilan jigar ferment tizimlarining autoinduktsiya darajasiga, boshqa, bir vaqtda qo'llaniladigan dori vositalari bilan geteroinduktsiyaga, shuningdek terapiya boshlanishidan oldin bemorning holatiga, preparat dozasiga va davolash davomiyligiga bog'liq. Terapevtik diapazonda muvozanatli kontsentratsiyalar qiymatlarining sezilarli individual farqlari kuzatiladi: ko'pchilik bemorlarda bu qiymatlar 4 dan 12 mkg/ml gacha (17-50 mkmol/l) o'zgarib turadi.
Taqsimlanishi va qon plazmasi oqsillari bilan bog'lanishi
Karbamazepinning qon plazmasi oqsillari bilan bog'lanishi 70-80% ni tashkil qiladi. Orqa miya suyuqligi va so'lakdagi o'zgarmagan karbamazepin kontsentratsiyasi plazma oqsillari bilan bog'lanmagan faol modda ulushiga (20-30%) proportsionaldir. Ko'krak sutidagi karbamazepin kontsentratsiyasi uning qon plazmasidagi qiymatining 25-60% ini tashkil qiladi.
Karbamazepin yo'ldosh to'sig'i orqali o'tadi. Karbamazepinning to'liq so'rilishini hisobga olgan holda, ko'rinadigan taqsimlanish hajmi 0,8-1,9 l/kg ni tashkil qiladi.
Metabolizmi
Karbamazepin jigarda metabolizmga uchraydi. Biotransformatsiyaning asosiy yo'li epoksiddiol yo'li hisoblanadi, buning natijasida asosiy metabolitlar: 10,11-transdiol hosilasi va uning glyukuron kislotasi bilan konyugati hosil bo'ladi. Odam organizmida karbamazepin-10,11-epoksidning karbamazepin-10,11-transdiolga aylanishi mikrosomal epoksidgidrolaza fermenti yordamida sodir bo'ladi.
Karbamazepin-10,11-epoksid (faol metabolit) miqdori plazmadagi karbamazepin kontsentratsiyasining taxminan 30% ini tashkil qiladi. Karbamazepinni karbamazepin-10,11-epoksidga biotransformatsiyasini ta'minlaydigan asosiy izoferment P450 3A4 sitoxromi hisoblanadi. Ushbu metabolik reaktsiyalar natijasida boshqa metabolit - 9-gidroksi-metil-10-karbamoilakridan oz miqdorda hosil bo'ladi.
Karbamazepin metabolizmining yana bir muhim yo'li - UGT2B7 izofermenti ta'sirida turli monogidroksillangan hosilalar, shuningdek N-glyukuronidlar hosil bo'lishidir.
Chiqarilishi
Karbamazepin bir marta ichga qabul qilingandan so'ng o'zgarmagan karbamazepinning yarim chiqarilish davri o'rtacha taxminan 36 soatni, preparat takroriy qabul qilingandan so'ng esa - davolash davomiyligiga qarab o'rtacha 16-24 soatni tashkil qiladi (jigar monooksigenaza tizimining autoinduktsiyasi oqibatida). Jigar mikrosomal fermentlarini induktsiya qiluvchi boshqa preparatlarni (masalan, fenitoin, fenobarbital) bir vaqtda qabul qilayotgan bemorlarda karbamazepinning yarim chiqarilish davri o'rtacha 9-10 soatni tashkil etishi ko'rsatilgan.
Karbamazepin-10,11-epoksid ichga qabul qilinganda uning o'rtacha yarim chiqarilish davri taxminan 6 soatni tashkil qiladi.
400 mg karbamazepin bir marta ichga qabul qilingandan so'ng qabul qilingan dozaning 72% siydik bilan va 28% axlat bilan chiqariladi. Qabul qilingan dozaning taxminan 2% o'zgarmagan karbamazepin shaklida, taxminan 1% - farmakologik faol 10,11-epoksid metabolit shaklida siydik bilan chiqariladi. 30% karbamazepin bir marta ichga qabul qilingandan so'ng metabolizmning epoksiddiol yo'li yakuniy mahsulotlari shaklida siydik bilan chiqariladi.
Bemorlarning alohida guruhlarida farmakokinetika xususiyatlari
Bolalarda, karbamazepinning tezroq eliminatsiyasi tufayli, kattalarga nisbatan tana vaznining har bir kilogrammiga hisoblanganda karbamazepinning yuqori dozalarini qo'llash talab etilishi mumkin.
Keksa yoshdagi bemorlarda karbamazepin farmakokinetikasi o'zgarishi haqida guvohlik beruvchi ma'lumotlar yo'q (yosh kattalarga nisbatan).
Hozirgi vaqtda buyrak yoki jigar funktsiyasi buzilgan bemorlarda karbamazepin farmakokinetikasi to'g'risida ma'lumotlar mavjud emas.
Muayyan turdagi nojo'ya reaksiyalar, masalan, MNS tomonidan (bosh aylanishi, bosh og'rig'i, ataksiya, uyquchanlik, charchoq hissi, diplopiya), oshqozon-ichak trakti tomonidan (ko'ngil aynishi, qusish), shuningdek allergik teri reaksiyalari juda tez-tez yoki tez-tez, ayniqsa karbamazepin bilan davolash boshlanishida yoki karbamazepinning haddan tashqari yuqori boshlang'ich dozasi qo'llanilganda yoki keksa bemorlarni davolashda uchraydi.
Dozaga bog'liq nojo'ya reaksiyalar odatda bir necha kun ichida, o'z-o'zidan ham, karbamazepin dozasini vaqtincha kamaytirgandan keyin ham o'tib ketadi. MNS tomonidan nojo'ya reaksiyalarning rivojlanishi karbamazepinning nisbiy dozasini oshirib yuborish yoki qon plazmasida faol modda kontsentratsiyasining sezilarli o'zgarishi oqibati bo'lishi mumkin. Bunday hollarda qon plazmasida faol modda kontsentratsiyasini monitoring qilish tavsiya etiladi.
Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma'lumotlariga ko'ra, nojo'ya reaksiyalarning uchrash tezligi quyidagicha taqsimlanadi: "juda tez-tez" - ≥1/10, "tez-tez" - ≥1/100 -
Ruhiy buzilishlar: kam hollarda - gallyutsinatsiyalar (ko'rish yoki eshitish), depressiya, bezovtalik, tajovuzkorlik, ajitatsiya, dezorientatsiya; juda kam hollarda - psixoz faollashuvi.
Asab tizimi tomonidan buzilishlar: juda tez-tez - bosh aylanishi, ataksiya, uyquchanlik; tez-tez - bosh og'rig'i, diplopiya; tez-tez emas - g'ayritabiiy ixtiyorsiz harakatlar (masalan, tremor, «pirillovchi» tremor (asterixis), mushak distoniyasi, tiklar), nistagm; kam hollarda - diskineziya, ko'z harakati buzilishlari, nutq buzilishlari (masalan, dizartriya), xoreoatetoz, periferik nevropatiya, paresteziyalar, parez; juda kam hollarda - xavfli neyroleptik sindrom, mioklonus va periferik eozinofiliya bilan aseptik meningit, disgevziya.
Teri va teri osti to'qimalari tomonidan buzilishlar: juda tez-tez - allergik dermatit, sezilarli darajada namoyon bo'lishi mumkin bo'lgan eshakemi; tez-tez emas - eksfoliativ dermatit; kam hollarda - tizimli qizil yuguruk, qichishish; juda kam hollarda - Stivens-Djonson sindromi (Osiyoning ba'zi mamlakatlarida «kam hollarda» deb tasniflangan), toksik epidermal nekroliz, fotosensibilizatsiya reaksiyalari, ko'p shaklli eritema, tugunli eritema, teri pigmentatsiyasining buzilishi, purpura, akne, terlash, alopetsiya, hirsutizm.
Qon va limfa tizimi tomonidan buzilishlar: juda tez-tez - leykopeniya; tez-tez - trombotsitopeniya, eozinofiliya; kam hollarda - leykotsitoz, limfadenopatiya; juda kam hollarda - agranulotsitoz, aplastik anemiya, pantsitopeniya, anemiya, haqiqiy eritrotsitar aplaziya, megaloblast anemiya, retikulotsitoz, gemolitik anemiya.
Preparatni qabul qilish paytida agranulotsitoz va aplastik anemiya rivojlanishi mumkin. Biroq, bu holatlar juda kam uchraganligi sababli, ularning paydo bo'lish xavfiga miqdoriy baho berish qiyin. Ma'lumki, davolanmagan umumiy populyatsiyada agranulotsitoz rivojlanishining umumiy xavfi yiliga 1 million aholiga 4,7 holatni, aplastik anemiya esa yiliga 1 million aholiga 2,0 holatni tashkil etadi.
Oshqozon-ichak trakti tomonidan buzilishlar: juda tez-tez - ko'ngil aynishi, qusish; tez-tez - og'iz qurishi; tez-tez emas - diareya, qabziyat; kam hollarda - qorinda og'riq; juda kam hollarda - glossit, stomatit, pankreatit.
Jigar va o't yo'llari tomonidan buzilishlar: kam hollarda - xolestatik, parenximatoz (gepatotsellyulyar) yoki aralash turdagi gepatit, jigar ichi o't yo'llarining destruksiyasi va ularning sonining kamayishi, sariqlik; juda kam hollarda - jigarning granulematoz shikastlanishi, jigar yetishmovchiligi.
Immun tizimi tomonidan buzilishlar: kam hollarda - isitma, teri toshmalari, vaskulit, limfadenopatiya, limfomaga o'xshash belgilar, artralgiya, leykopeniya, eozinofiliya, gepatosplenomegaliya va jigar funktsiyasi ko'rsatkichlarining o'zgarishi va jigar ichi o't yo'llarining destruksiyasi va ularning sonining kamayishi bilan kechadigan sekinlashgan turdagi ko'p a'zoli o'ta yuqori sezuvchanlik (ko'rsatilgan belgilar turli kombinatsiyalarda uchraydi). Boshqa a'zolar ham jalb qilinishi mumkin (masalan, o'pka, buyraklar, oshqozon osti bezi, miokard, yo'g'on ichak); juda kam hollarda - anafilaktik reaksiya, angionevrotik shish, gipogammaglobulinemiya. Yuqorida ko'rsatilgan yuqori sezuvchanlik reaksiyalari paydo bo'lganda, preparatni qo'llash to'xtatilishi kerak.
Yurak tomonidan buzilishlar: kam hollarda - yurak ichi o'tkazuvchanligining buzilishi; juda kam hollarda - bradikardiya, aritmiyalar, hushdan ketish bilan kechuvchi AV blokada, surunkali yurak yetishmovchiligi, yurak ishemik kasalligining kuchayishi.
Tomirlar tomonidan buzilishlar: kam hollarda - arterial qon bosimining oshishi yoki pasayishi; juda kam hollarda - kollaps, tromboflebit, tromboemboliyalar (masalan, o'pka arteriyasi tromboemboliyasi).
Endokrin tizim tomonidan buzilishlar: tez-tez - shishlar, suyuqlik tutilishi, tana vaznining oshishi, giponatriemiya va antidiuretik gormon ta'siriga o'xshash ta'sir tufayli qon osmolyarligining pasayishi, bu kamdan-kam hollarda letargiya, qusish, bosh og'rig'i, dezorientatsiya va nevrologik buzilishlar bilan kechuvchi suv intoksikatsiyasiga (suyultirish giponatriemiyasi) olib keladi; juda kam hollarda - galaktoreya, ginekomastiya.
Moddalar almashinuvi va oziqlanish tomonidan buzilishlar: kam hollarda - foliy kislotasi tanqisligi, ishtahaning pasayishi; juda kam hollarda - o'tkir porfiriya (o'tkir o'zgaruvchan porfiriya va aralash porfiriya), o'tkir bo'lmagan porfiriya (kechki teri porfiriyasi).
Buyraklar va siydik yo'llari tomonidan buzilishlar: juda kam hollarda - tubulointerstitsial nefrit, buyrak yetishmovchiligi, buyrak funktsiyasining buzilishi (masalan, albuminuriya, gematuriya, oliguriya, mochevina oshishi/azotemiya), tez-tez siyish, siydik tutilishi, jinsiy funktsiyaning buzilishi/erektil disfunktsiya, spermatogenezning buzilishi (spermatozoidlar soni va harakatchanligining kamayishi).
Ko'rish a'zosi tomonidan buzilishlar: tez-tez - akkomodatsiyaning buzilishi (shu jumladan ko'rishning xiralashishi); juda kam hollarda - gavhar xiralashishi, kon'yunktivit.
Eshitish a'zosi va labirint buzilishlari: juda kam hollarda - eshitishning buzilishi, shu jumladan quloqlarda shovqin, giperakuziya, gipoakuziya, tovush balandligini idrok etishning o'zgarishi.
Skelet-mushak va biriktiruvchi to'qima tomonidan buzilishlar: kam hollarda - mushak kuchsizligi; juda kam hollarda - suyak metabolizmining buzilishi (qon plazmasida kaltsiy va 25-gidroksi-xolekaltsiferol miqdorining kamayishi, bu osteomalyatsiya/osteoporozga olib keladi), artralgiyalar, mialgiya va mushak spazmlari.
Nafas olish tizimi, ko'krak qafasi a'zolari va ko'ks oralig'i tomonidan buzilishlar: juda kam hollarda - isitma, hansirash, pnevmonit yoki pnevmoniya bilan tavsiflangan o'ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari.
Umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi buzilishlar: juda tez-tez - charchoq.
Laboratoriya va instrumental tekshiruvlar natijalariga ta'siri: juda tez-tez - gamma-glutamiltransferaza faolligining oshishi (jigarda ushbu ferment induksiyasi tufayli), bu odatda klinik ahamiyatga ega emas; tez-tez - qonda ishqoriy fosfataza faolligining oshishi; tez-tez emas - transaminazalar faolligining oshishi; juda kam hollarda - ko'z ichi bosimining oshishi, xolesterin, shu jumladan yuqori zichlikdagi lipoproteinlar xolesterini va triglitseridlar kontsentratsiyasining oshishi, qalqonsimon bez funktsiyasi ko'rsatkichlarining o'zgarishi - tiroksin (erkin va bog'langan fraktsiya) va triyodtironin kontsentratsiyasining pasayishi va tireotrop gormon kontsentratsiyasining oshishi, bu odatda klinik ko'rinishlar bilan kechmaydi, qon zardobida prolaktin kontsentratsiyasining oshishi.
Postmarketing kuzatuvlar bo'yicha noxush hodisalar (uchrash tezligi noma'lum):
Infeksion va parazitar kasalliklar: 6-tur oddiy gerpes virusining faollashuvi.
Qon va limfa tizimi tomonidan buzilishlar: suyak ko'migi yetishmovchiligi.
Asab tizimi tomonidan buzilishlar: sedatsiya, xotira buzilishi.
Oshqozon-ichak trakti tomonidan buzilishlar: kolit.
Immun tizimi tomonidan buzilishlar: eozinofiliya va tizimli ko'rinishlar bilan dorili toshma.
Teri va teri osti to'qimalari tomonidan buzilishlar: o'tkir tarqalgan ekzentematoz pustulyoz, lixenoid keratoz, onixomadezis.
Skelet-mushak va biriktiruvchi to'qima tomonidan buzilishlar: sinishlar.
Laboratoriya va instrumental tekshiruvlar natijalariga ta'siri: suyak to'qimasi zichligining pasayishi.
• Karbamazepinga yoki kimyoviy jihatdan o'xshash dori preparatlariga (masalan, tritsiklik antidepressantlarga) yoki preparatning boshqa har qanday komponentiga yuqori sezuvchanlik;
• Atrioventrikulyar blokada;
• Anamnezda suyak iligi qon yaratishining susayishi epizodlari;
• Jigar porfiriyalari (masalan, o'tkir almashinib turuvchi porfiriya, kechki teri porfiriyasi, variegat porfiriya);
• Monoaminoksidaza ingibitorlari bilan majmuada qo'llash (tritsiklik antidepressantlar bilan tuzilish o'xshashligi);
• Ushbu dori shakli uchun 4 yoshgacha bo'lgan bolalar.
EHTIYOTKORLIK BILAN:
Anamnezida yurak (shu jumladan dekompensatsiyalangan surunkali yurak yetishmovchiligi), jigar (shu jumladan jigar yetishmovchiligi), buyrak (shu jumladan buyrak yetishmovchiligi) kasalliklari, boshqa dori vositalariga nojo'ya gematologik reaktsiyalar yoki ilgari o'tkazilgan Karbamazepin-ALSI preparati bilan davolash bekor qilinganligi haqida ma'lumotlar bo'lgan bemorlarga preparatni faqat kutilayotgan davolash samarasi va terapiyaning mumkin bo'lgan xavfi o'rtasidagi nisbat sinchkovlik bilan tahlil qilingandan so'ng va bemorlar holatini qat'iy va muntazam nazorat qilish ta'minlanganda buyurish kerak.
Preparatni quyidagi hollarda ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak:
- suyultirish giponatriemiyasi, gipotireoz bo'lgan bemorlarga;
- keksa bemorlarga (dori vositalarining o'zaro ta'siri rivojlanishi mumkinligi va tutqanoqqa qarshi preparatlarning turli farmakokinetikasini hisobga olgan holda);
- absans, tipik yoki atipik va mioklonik xurujlarni o'z ichiga olgan epileptik xurujlarning aralash shakllari bo'lgan bemorlarga (xurujlarning kuchayishi mumkinligini hisobga olgan holda), ko'z ichki bosimi oshgan va prostata bezi giperplaziyasi bo'lgan bemorlarga (karbamazepinning kuchsiz m-xolinoblokator faolligini hisobga olgan holda).
Boshqa preparatlar bilan dori o'zaro ta'sirini va tutqanoqqa qarshi preparatlarning farmakokinetikasi xususiyatlarini hisobga olgan holda, keksa bemorlarga dozani ehtiyotkorlik bilan tanlash kerak.
HOMILADORLIK VA EMIZISH DAVRIDA QO'LLANILISHI:
Epilepsiyasi bo'lgan ayollarda tug'ilgan bolalar boshqalarga qaraganda bachadon ichki rivojlanishining buzilishlariga, shu jumladan rivojlanish nuqsonlariga ko'proq moyil ekanligi ma'lum. Xabar qilinishicha, karbamazepin, barcha asosiy tutqanoqqa qarshi vositalar kabi, ushbu buzilishlarning yuzaga kelish xavfini oshirishi mumkin, garchi karbamazepinni monoterapiya sifatida qo'llash bilan o'tkazilgan nazoratli tadqiqotlar natijasida olingan buning yakuniy tasdig'i hozirgi kungacha yo'q. Tug'ma kasalliklar va rivojlanish nuqsonlari, shu jumladan umurtqa pog'onasi yoylarining bitmay qolishi (spina bifida) va boshqa tug'ma anomaliyalar: bosh suyak-yuz tuzilmalari, yurak-qon tomir va boshqa a'zolar tizimlarining rivojlanish nuqsonlari, gipospadiya holatlari haqida xabarlar mavjud. Epilepsiyasi bo'lgan homilador ayollarda karbamazepinni ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak.
Agar karbamazepin qabul qilayotgan ayol homilador bo'lib qolsa yoki homiladorlikni rejalashtirayotgan bo'lsa, yoki homiladorlik davrida preparatni buyurish zarurati tug'ilsa, kutilayotgan terapiya samarasi va mumkin bo'lgan asoratlarni, ayniqsa homiladorlikning dastlabki 3 oyida sinchkovlik bilan taqqoslash kerak. Yetarli klinik samaradorlikda tug'ish yoshidagi ayollarga karbamazepinni monoterapiya sifatida buyurish kerak, chunki majmuaviy tutqanoqqa qarshi terapiyani qo'llashda homila tug'ma anomaliyalari rivojlanish tezligi preparatlarni monoterapiya sifatida buyurishga qaraganda yuqori.
Karbamazepinni minimal samarali dozada buyurish kerak. Qon plazmasida faol modda kontsentratsiyasini muntazam nazorat qilish tavsiya etiladi.
Bemorlarga rivojlanish nuqsonlari xavfining oshishi ehtimoli va antenatal diagnostikadan o'tish imkoniyati haqida ma'lumot berilishi kerak.
Homiladorlik vaqtida samarali tutqanoqqa qarshi davolashni to'xtatmaslik kerak, chunki kasallikning zo'rayishi ona va homilaga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin.
Ma'lumki, homiladorlik vaqtida folat kislotasi tanqisligi rivojlanadi. Xabar qilinishicha, tutqanoqqa qarshi vositalar ushbu tanqislikni kuchaytiradi. Bu tutqanoqqa qarshi vositalarni qabul qilayotgan ayollarda tug'ilgan bolalarda tug'ma nuqsonlar chastotasining oshishiga yordam berishi mumkin. Shuning uchun homiladorlikdan oldin va homiladorlik vaqtida qo'shimcha ravishda folat kislotasini qabul qilish tavsiya etiladi. Yangi tug'ilgan chaqaloqlarda qon ketishining oldini olish maqsadida homiladorlikning so'nggi haftalaridagi ayollarga, shuningdek yangi tug'ilgan chaqaloqlarga K vitamini buyurish tavsiya etiladi.
Onalari preparatni boshqa tirishishga qarshi vositalar bilan bir vaqtda qabul qilgan yangi tug'ilgan chaqaloqlarda epileptik xurujlar va/yoki nafas olishning susayishi bo'yicha bir nechta holatlar tasvirlangan. Bundan tashqari, onalari karbamazepin olgan yangi tug'ilgan chaqaloqlarda qusish, diareya va/yoki gipotrofiya holatlari haqida ham xabar berilgan. Ehtimol, bu reaktsiyalar yangi tug'ilgan chaqaloqlarda «bekor qilish» sindromining ko'rinishlarini ifodalaydi.
Emizish davri
Karbamazepin ko'krak sutiga o'tadi, undagi kontsentratsiyalar qon plazmasidagi kontsentratsiyaning 25-60% ini tashkil qiladi. Shuning uchun karbamazepin bilan davom etayotgan terapiya sharoitida emizishning afzalliklari va mumkin bo'lgan noxush oqibatlarini taqqoslash kerak. Preparatni qabul qilayotgan ayollar o'z bolalarini emizishlari mumkin, ammo bola mumkin bo'lgan nojo'ya reaktsiyalar rivojlanishi (masalan, yaqqol uyquchanlik, allergik teri reaktsiyalari) yuzasidan kuzatuv ostida bo'lishi sharti bilan.
Karbamazepinni monoaminoksidaza (MAO) ingibitorlari bilan bir vaqtda qo'llash tavsiya etilmaydi. Preparatni qo'llashdan oldin MAO ingibitorlari kamida 2 hafta oldin yoki klinik vaziyat imkon bersa, undan ham kattaroq muddat oldin bekor qilinishi kerak.
Sitoxrom P4503A4 (CYP3A4) karbamazepin-10,11-epoksid (faol metabolit) hosil bo'lishini ta'minlaydigan asosiy izoferment hisoblanadi. Preparatni CYP3A4 izofermenti ingibitorlari bilan bir vaqtda qo'llash plazmada karbamazepin konsentratsiyasining oshishiga olib kelishi mumkin, bu esa o'z navbatida nojo'ya reaksiyalarni keltirib chiqarishi mumkin. CYP3A4 izofermenti induktorlarini bir vaqtda qo'llash karbamazepin metabolizmining tezlashishiga va shu tariqa plazmada uning konsentratsiyasi ehtimoliy pasayishiga va natijada preparat terapevtik samarasining yaqqolligi ehtimoliy kamayishiga olib kelishi mumkin.
Bir vaqtda qabul qilinayotgan CYP3A4 izofermenti induktorlarini bekor qilish karbamazepin biotransformatsiyasi tezligini kamaytirishi va natijada qon plazmasida karbamazepin konsentratsiyasining oshishiga olib kelishi mumkin.
Karbamazepin CYP3A4 izofermenti va dori vositalari metabolizmining birinchi va ikkinchi fazasi boshqa ferment jigar tizimlarining kuchli induktori hisoblanadi va CYP3A4 izofermenti orqali metabolizmga uchraydigan preparatlar bilan bir vaqtda qo'llanilganda ularning metabolizmi induktsiyasini va plazmada konsentratsiyasi pasayishini keltirib chiqarishi mumkin.
Karbamazepin-10,11-epoksidning karbamazepin-10,11-transdiolga aylanishi mikrosomal epoksidgidrolaza yordamida sodir bo'lganligi sababli, karbamazepinni mikrosomal epoksidgidrolaza ingibitorlari bilan bir vaqtda qo'llash qon plazmasida karbamazepin-10,11-epoksid konsentratsiyasining oshishiga olib kelishi mumkin.
Qon plazmasida karbamazepin konsentratsiyasini oshirishi mumkin bo'lgan preparatlar:
• og'riqsizlantiruvchi va nosteroid yallig'lanishga qarshi dori preparatlari: dekstropropoksifen, ibuprofen;
• o'smaga qarshi vositalar (androgen): danazol;
• antibiotiklar: makrolidlar (masalan, eritromitsin, troleandomitsin, jozamitsin, klaritromitsin), siprofloksatsin;
• antidepressantlar: ehtimol, dezipramin, fluoksetin, fluvoksamin, nefazodon, paroksetin, trazodon, viloksazin;
• tutqanoqqa qarshi vositalar: stiripentol, vigabatrin;
• zamburug'ga qarshi vositalar: azol hosilalari (masalan, itrakonazol, ketokonazol, flukonazol, vorikonazol).
Vorikonazol yoki itrakonazol qabul qilayotgan bemorlarga muqobil antikonvulsantlar tavsiya etilishi mumkin;
• gistamin H2-retseptorlari blokatorlari: loratadin, terfenadin;
• antipsixotik vositalar (neyroleptiklar): olanzapin;
• silga qarshi vositalar: izoniazid;
• virusga qarshi vositalar: OIV proteazasi ingibitorlari (masalan, ritonavir);
• glaukomaga qarshi vositalar (karboangidraza ingibitorlari): asetazolamid;
• gipotenziv preparatlar ("sekin" kaltsiy kanallari blokatorlari): verapamil, diltiazem;
• yaraga qarshi vositalar (proton pompasi ingibitorlari, gistamin H2-retseptorlari blokatorlari): omeprazol, ehtimol, simetidin;
• miorelaksantlar: oksibutinin, dantrolen;
• antiagregant vositalar: tiklopidin;
• boshqa dori vositalari va oziq-ovqat mahsulotlari: greypfrut sharbati, nikotinamid (faqat yuqori dozalarda).
Qon plazmasida karbamazepin konsentratsiyasining oshishi nojo'ya reaksiyalar (masalan, bosh aylanishi, uyquchanlik, ataksiya, diplopiya) paydo bo'lishiga olib kelishi mumkinligi sababli, bu vaziyatlarda preparat dozasini to'g'irlash va/yoki qon plazmasida karbamazepin konsentratsiyasini muntazam aniqlash kerak.
Qon plazmasida karbamazepin-10,11-epoksid konsentratsiyasini oshirishi mumkin bo'lgan preparatlar: loksapin, kvetiapin, primidon, progabid, valproat kislotasi, valnoktamid va valpromid.
Qon plazmasida karbamazepin-10,11-epoksid konsentratsiyasining oshishi nojo'ya reaksiyalar (masalan, bosh aylanishi, uyquchanlik, ataksiya, diplopiya) paydo bo'lishiga olib kelishi mumkinligi sababli, bu vaziyatlarda preparat dozasini to'g'irlash va/yoki qon plazmasida karbamazepin-10,11-epoksid konsentratsiyasini muntazam aniqlash kerak.
Qon plazmasida karbamazepin konsentratsiyasini kamaytirishi mumkin bo'lgan preparatlar:
• tutqanoqqa qarshi vositalar: felbamat, mezuksimid, okskarbazepin, fenobarbital, fensuksimid, fenitoin (fenitoin bilan intoksikatsiyani va karbamazepinning subterapevtik konsentratsiyalari paydo bo'lishini oldini olish uchun fenitoinning plazmadagi tavsiya etilgan konsentratsiyasi karbamazepin terapiyasiga qo'shilishdan oldin 13 mkg/ml dan oshmasligi kerak) va fosfenitoin, primidon, va garchi ma'lumotlar qisman qarama-qarshi bo'lsa-da, ehtimol, shuningdek klonazepam.
• o'smaga qarshi vositalar: sisplatin yoki doksorubitsin;
• silga qarshi vositalar: rifampitsin;
• bronxodilatatsiya qiluvchi vositalar: teofillin, aminofillin;
• husnbuzar toshmasini davolash uchun vositalar (retinoidlar): izotretinoin;
• boshqa dori vositalari va oziq-ovqat mahsulotlari: teshik dalachoy saqlagan o'simlik preparatlari.
Yuqoridagi preparatlar bilan bir vaqtda qo'llanilganda karbamazepin dozasini to'g'irlash talab etilishi mumkin.
Yo'ldosh terapiya sifatida qo'llaniladigan preparatlarning plazmadagi konsentratsiyasiga karbamazepinning ta'siri.
Karbamazepin bilan bir vaqtda qo'llanilganda ba'zi preparatlarning plazmadagi konsentratsiyasi pasayishi, ta'siri kamayishi yoki hatto butunlay to'xtashi mumkin.
Karbamazepin bilan bir vaqtda qo'llanilganda quyidagi preparatlarning dozalarini to'g'irlash talab etilishi mumkin:
• og'riqsizlantiruvchi va nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlar: buprenorfin, metadon, paratsetamol (karbamazepin va paratsetamolni (asetaminofenni) uzoq muddat qo'llash gepatotoksik samaralar rivojlanishiga olib kelishi mumkin), fenazon, tramadol;
• tetratsiklin guruhi antibiotiklari: doksitsiklin, rifabutin;
• bilvosita antikoagulyantlar: varfarin, fenprokumon, dikumarol va atsenokumarol;
• antidepressantlar: bupropion, sitalopram, mianserin, nefazodon, sertralin, trazodon, tritsiklik antidepressantlar (imipramin, amitriptilin, nortriptilin, klomipramin);
• qusishga qarshi vositalar: aprepitant;
• tutqanoqqa qarshi vositalar: klobazam, klonazepam, etosuksimid, felbamat, lamotridjin, okskarbazepin, primidon, tiagabin, topiramat, valproat kislotasi, zonisamid. Fenitoin bilan intoksikatsiyani va karbamazepinning subterapevtik konsentratsiyalari paydo bo'lishini oldini olish uchun fenitoinning plazmadagi tavsiya etilgan konsentratsiyasi karbamazepin terapiyasiga qo'shilishdan oldin 13 mkg/ml dan oshmasligi kerak. Karbamazepin qabul qilish fonida qon plazmasida mefenitoin konsentratsiyasi oshishi mumkinligi haqida xabarlar mavjud (kamdan-kam hollarda);
• zamburug'ga qarshi vositalar: itrakonazol, vorikonazol. Vorikonazol yoki itrakonazol qabul qilayotgan bemorlarga muqobil antikonvulsantlar tavsiya etilishi mumkin;
• gijjalarga qarshi vositalar: prazikvantel, albendazol;
• o'smaga qarshi vositalar: imatinib, siklofosfamid, lapatinib, temsirolimus;
• antipsixotik vositalar (neyroleptiklar): klozapin, galoperidol, bromperidol, olanzapin, kvetiapin, risperidon, ziprasidon, aripiprazol, paliperidon;
• virusga qarshi vositalar: OIV proteazasi ingibitorlari (indinavir, ritonavir, sakvinavir);
• anksiolitik vositalar: alprazolam, midazolam;
• bronxodilatatsiya qiluvchi vositalar: teofillin;
• kontratseptiv vositalar: gormonal kontratseptivlar (kontratseptsiyaning muqobil usullarini tanlash zarur);
• yurak-qon tomir tizimi kasalliklarini davolash uchun preparatlar:
o digidropiridinlar guruhining "sekin" kaltsiy kanallari blokatorlari (felodipin), simvastatin, atorvastatin, lovastatin, serivastatin, ivabradin;
o yurak glikozidlari: digoksin;
o glukokortikosteroidlar: prednizolon, deksametazon;
o erektil disfunktsiyani davolash uchun vositalar: tadalafil;
o immunodepressiv vositalar: siklosporin, everolimus, takrolimus, sirolimus;
o qalqonsimon bez kasalliklarini davolash uchun vosita: levotiroksin;
o boshqa dori vositalari va oziq-ovqat mahsulotlari: estrogen va/yoki progesteron saqlagan preparatlar.
E'tiborga olinishi kerak bo'lgan kombinatsiyalar
Karbamazepin levetiratsetam bilan bir vaqtda qo'llanilganda alohida hollarda karbamazepinning toksik ta'siri kuchayishi qayd etilgan.
Izoniazid karbamazepin bilan bir vaqtda qo'llanilgan hollarda, u keltirib chiqargan gepatotoksiklik kuchayishi haqida xabarlar ma'lum.
Karbamazepin va litiy yoki metoklopramidni, shuningdek karbamazepin va neyroleptik vositalarni (galoperidol, tioridazin) kombinatsiyalangan holda qo'llash nomaqbul nevrologik reaksiyalar chastotasi oshishiga olib kelishi mumkin (oxirgi kombinatsiya holatida - hatto qon plazmasida faol moddalarning terapevtik konsentratsiyalarida ham).
Karbamazepinni ba'zi diuretik vositalar (gidroxlorotiazid, furosemid) bilan bir vaqtda qo'llash klinik ko'rinishlar bilan kechuvchi giponatriemiyaga olib kelishi mumkin.
Karbamazepin qutbsizlantirmaydigan miorelaksantlar (masalan, pankuroniy bromidi) ta'siriga antagonizm namoyon qilishi mumkin. Dori vositalarining bunday kombinatsiyasi qo'llanilgan holda ko'rsatilgan miorelaksantlar dozasini oshirish zarurati tug'ilishi mumkin; miorelaksantlar ta'siri kutilganidan tezroq to'xtashi mumkinligi sababli, bemorlarni diqqat bilan kuzatishni amalga oshirish kerak.
Gormonal kontratseptivlar bir vaqtda qo'llanilgan hollarda ayollarda hayz ko'rishlar orasidagi davrda qon ketishlar yuzaga kelishi haqida xabar berilgan. Preparat mikrosomal fermentlar induktsiyasi oqibatida gormonal kontratseptivlar samarasini kamaytirishi mumkin.
Karbamazepin, xuddi boshqa psixotrop vositalar kabi, alkogolning o'zlashtirilishini pasaytirishi mumkin. Shu munosabat bilan, bemorga alkogol iste'mol qilishdan voz kechish tavsiya etiladi.
Serologik reaksiyalar bilan o'zaro ta'sir
Karbamazepin yuqori samarali suyuqlik xromatografiyasi usuli bilan perfenazin konsentratsiyasini aniqlashda soxta musbat natijaga olib kelishi mumkin.
Karbamazepin va karbamazepinning 10,11-epoksidi qutblanish fluoressent immunoassay usuli bilan tritsiklik antidepressant konsentratsiyasini aniqlashda soxta musbat natijaga olib kelishi mumkin.
Preparatni monoterapiya ko'rinishida ham, majmuaviy terapiya tarkibida ham qo'llash mumkin.
Boshqa preparatlar bilan dori vositalarining o'zaro ta'sirini va tirishishga qarshi preparatlarning farmakokinetikasi xususiyatlarini hisobga olgan holda, keksa bemorlarga Karbamazepin-ALSI preparati dozalarini ehtiyotkorlik bilan tanlash kerak.
Epilepsiya
Iloji bo'lsa, preparatni monoterapiya ko'rinishida qo'llash kerak.
Preparat kichik xurujlarda (petit mal, absans) va mioklonik xurujlarda qo'llanilmaydi.
Davolashni kichik sutkalik dozadan boshlaydilar, keyinchalik uni optimal samaraga erishilgunga qadar asta-sekin oshiradilar.
Karbamazepin dozasi tirishish holatlarini adekvat nazorat qilishga erishish uchun individual ravishda tanlanadi.
Preparatning optimal dozasini tanlash uchun qon plazmasida faol modda kontsentratsiyasini aniqlash tavsiya etiladi. Epilepsiyani davolashda qon plazmasidagi karbamazepinning umumiy kontsentratsiyasi 4-12 mkg/ml (17-50 mkmol/l) darajasiga mos keladigan karbamazepin dozasi zarur.
Karbamazepin-ALSI preparati boshqa qabul qilinayotgan tirishishga qarshi preparatlarga qo'shilganda Karbamazepin-ALSI preparati dozasini asta-sekin oshiradilar. Zarurat bo'lganda qabul qilinayotgan preparatlar dozalariga tegishli tuzatish kiritiladi.
Kattalar uchun karbamazepinning boshlang'ich dozasi sutkasiga 1 yoki 2 marta 100-200 mg ni tashkil qiladi. Keyin doza optimal davolash samarasiga erishilgunga qadar asta-sekin oshiriladi; odatda unga sutkasiga 2-3 marta 400 mg doza qabul qilinganda erishiladi. Ba'zi bemorlarga sutkalik dozani 1600 mg yoki 2000 mg gacha oshirish talab qilinishi mumkin.
Uch shoxli nerv nevralgiyasi
Kattalar uchun boshlang'ich doza sutkasiga 200-400 mg ni tashkil qiladi. U og'riq hislari yo'qolguniga qadar asta-sekin oshiriladi (odatda sutkasiga 3-4 marta 200 mg dozagacha). Keyin dozani minimal ushlab turuvchigacha asta-sekin pasaytiradilar. Kattalar uchun maksimal tavsiya etilgan doza 1200 mg/sut ni tashkil qiladi. Og'riq sindromi bartaraf etilganda preparat bilan terapiyani keyingi og'riq xuruji paydo bo'lguniga qadar asta-sekin to'xtatish kerak.
Keksa bemorlar uchun tavsiya etilgan boshlang'ich doza sutkasiga 2 marta 100 mg ni tashkil qiladi, keyin doza og'riq sindromi bartaraf etilgunga qadar asta-sekin oshiriladi, bunga odatda sutkasiga 3-4 marta 200 mg doza qabul qilinganda erishiladi. Keyin dozani minimal ushlab turuvchigacha asta-sekin kamaytirish kerak. Ushbu toifadagi bemorlarda uch shoxli nerv nevralgiyasida maksimal tavsiya etilgan doza 1200 mg/sut ni tashkil qiladi. Og'riq sindromi bartaraf etilganda preparat bilan terapiyani keyingi og'riq xuruji paydo bo'lguniga qadar asta-sekin to'xtatish kerak.
Alkogolli abstinentsiya sindromi
O'rtacha doza sutkasiga 3 marta 200 mg ni tashkil qiladi. Og'ir holatlarda birinchi bir necha kun davomida dozani oshirish mumkin (masalan, sutkasiga 3 marta 400 mg dozagacha). Alkogolli abstinentsiyaning og'ir ko'rinishlarida davolashni preparatni sedativ va uxlatuvchi ta'sir ko'rsatadigan preparatlar (masalan, klometiazol, xlordiazepoksid bilan) bilan kombinatsiyada qo'llashdan boshlaydilar. O'tkir faza bartaraf etilgandan so'ng preparat bilan davolashni monoterapiya ko'rinishida davom ettirish mumkin.
O'tkir maniakal holatlar va affektiv (bipolyar) buzilishlarni ushlab turuvchi davolash
Sutkalik doza 400-1600 mg ni tashkil qiladi. O'rtacha sutkalik doza - 400-600 mg (2-3 qabulda). O'tkir maniakal holatda dozani ancha tez oshirish kerak. Bipolyar buzilishlarni ushlab turuvchi terapiyada optimal o'zlashtirilishni ta'minlash maqsadida har bir keyingi dozani oshirish kichik bo'lishi kerak, sutkalik doza asta-sekin oshiriladi.
Preparatni qabul qilishni to'xtatish
Preparatni qabul qilishni to'satdan to'xtatish epileptik xurujlarni qo'zg'atishi mumkin, shuning uchun karbamazepinni 6 oy va undan ko'proq vaqt davomida asta-sekin bekor qilish kerak. Agar epilepsiyasi bo'lgan bemorda preparatni bekor qilish zarur bo'lsa, boshqa tirishishga qarshi vositaga o'tish bunday hollarda ko'rsatilgan preparat himoyasi ostida amalga oshirilishi kerak.
Bolalarda qo'llanilishi
Bolalarda karbamazepinni qo'llash uchun asosiy ko'rsatma - epilepsiya. Preparatning ushbu dori shaklini 4 yoshdan katta bolalarda kattalardagi kabi epilepsiya shakllarini davolash uchun qo'llash kerak. Davolashni 100 mg/sut dozadan boshlash mumkin; doza haftasiga ko'pi bilan 100 mg ga asta-sekin oshiriladi. 4 yosh va undan kichik bolalar uchun tavsiya etilgan boshlang'ich doza kunora 20-60 mg/sut ga asta-sekin oshirish bilan 20-60 mg/sut ni tashkil qilganligi sababli, 4 yosh va undan kichik bolalarga karbamazepinni boshqa dori shakllarida (suspenziya) qabul qilish maqsadga muvofiqdir.
Ushlab turuvchi dozalar: bolalar uchun sutkasiga tana vazniga 10-20 mg/kg hisobidan belgilanadi (bir necha qabulda).
Bola yoshi Sutkalik doza
4-5 yosh 200-400 mg
6-10 yosh 400-600 mg
11-15 yosh 600-1000 mg
Boshqa ko'rsatmalar bo'yicha preparatni bolalarda qo'llash to'g'risida yetarli ishonchli ma'lumotlar yo'qligi sababli, preparatning dozalash rejimini jadvalda ko'rsatilgan dozalardan oshirmasdan, bolaning yoshi va vazniga muvofiq tanlash tavsiya etiladi.Dozani oshirib yuborishDozani oshirib yuborish odatda MNS, yurak-qon tomir va nafas olish tizimlari tomonidan simptomlar, shuningdek "Nojo'ya ta'sir" bo'limida ko'rsatilgan holatlar bilan namoyon bo'ladi.
Dozani oshirib yuborishda quyidagi simptomlar va shikoyatlar bo'lishi mumkin:
Markaziy nerv tizimi: MNS funktsiyalarining susayishi; ongning buzilishi, dezorientatsiya, uyquchanlik, ajitatsiya, gallyutsinatsiyalar, koma; ko'rishning xiralashishi, tushunarsiz nutq, dizartriya, nistagm, ataksiya, diskineziya, giperrefleksiya (boshida), giporefleksiya (keyinroq); tirishishlar, psixomotor buzilishlar, mioklonus, gipotermiya, midriaz.
Nafas olish tizimi: nafas olishning susayishi, o'pka shishi.
Yurak-qon tomir tizimi: taxikardiya, arterial qon bosimining oshishi yoki pasayishi, QRS kompleksining kengayishi bilan o'tkazuvchanlik buzilishlari; yurak to'xtashi va yurak to'xtashi oqibatida hushdan ketish.
Ovqat hazm qilish tizimi: qusish, oshqozondan ovqat evakuatsiyasining kechikishi, yo'g'on ichak motorikasining pasayishi.
Siydik chiqarish tizimi: siydik tutilishi, oliguriya yoki anuriya; suyuqlik tutilishi; antidiuretik gormon ta'siriga o'xshash karbamazepin ta'siri tufayli suv intoksikatsiyasi (suyultirish giponatriemiyasi).
Skelet-mushak tizimi: karbamazepinni qo'llash bilan bog'liq rabdomioliz haqida xabarlar mavjud.
Laboratoriya ko'rsatkichlari tomonidan o'zgarishlar: giponatriemiya, metabolik atsidoz bo'lishi mumkin, giperglikemiya bo'lishi mumkin, kreatinfosfokinaza mushak fraktsiyasi faolligining oshishi.
Davolash
Maxsus antidot yo'q. Dastlab davolash bemorning klinik holatiga asoslanishi kerak; kasalxonaga yotqizish ko'rsatilgan. Ushbu vosita bilan zaharlanishni tasdiqlash va dozani oshirib yuborish darajasini baholash uchun plazmadagi karbamazepin kontsentratsiyasi aniqlanadi.
Oshqozon tarkibini evakuatsiya qilish, oshqozonni yuvish, faollashtirilgan ko'mir qo'llash amalga oshiriladi. Oshqozon tarkibini kech evakuatsiya qilish kechiktirilgan so'rilishga va tuzalish davrida intoksikatsiya belgilarining qayta paydo bo'lishiga olib kelishi mumkin.
Reanimatsiya bo'limida simptomatik ushlab turuvchi davolash, yurak funktsiyalarini monitoring qilish, suv-elektrolitlar muvozanati buzilishlarini puxta to'g'irlash qo'llaniladi.
Ko'mir sorbentlarida gemosorbsiya o'tkazish tavsiya etiladi. Gemodializ karbamazepin dozasini oshirib yuborishda samarali davolash usuli hisoblanadi. Dozani oshirib yuborish simptomlarining boshlanishidan 2- va 3-kunlarda takroriy kuchayishi mumkin, bu karbamazepinning sekin so'rilishi bilan bog'liq.
Xususiyatlar KARBAMAZEPIN 0,2 tabletkalari N40
Karbamazepin boshqa chiqarish shakllari



KARBAMAZEPIN 0,2 tabletkalari N40 analoglari















