logo
SavatKirish

KARBAMAZEPIN 0,2 tabletkalari N50

Retseptli
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Rossiya Federatsiyasi
Faol modda:Karbamazepin
Ishlab chiqaruvchi:Obnovlenie PFK AO
Teglar:Tomir tortishidan
ATX kodi:N03AF01
Barcha Karbamazepin dorilari
Mavjud emas
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 0 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

KARBAMAZEPIN 0,2 tabletkalari N50 o'xshash dorilari

LATRIGAL tabletkalari 100mg N30
LATRIGAL tabletkalari 100mg N30
Turkiya
Vakil:
WELFAR VST
Ishlab chiqaruvchi:
Merkez Laboratory Pharmaceutical and Trade Co.
•1 ta dorixonada bor
Narxi
549 500 so'm dan
KARBAMAZEPIN tabletkalari 200mg N50
Retseptli
KARBAMAZEPIN tabletkalari 200mg N50
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Rusan Pharma LTD
•39 ta dorixonada bor
Narxi
30 000 so'm dan
MEZAKAR tabletkalari 200mg N50
Retseptli
MEZAKAR tabletkalari 200mg N50
Hindiston
Vakil:
Kusum
Ishlab chiqaruvchi:
Kusum Healthcare Pvt. Ltd.
•24 ta dorixonada bor
Narxi
34 300 so'm dan
MELEPSIN tabletkalari 200mg N50
Retseptli
MELEPSIN tabletkalari 200mg N50
Misr
Ishlab chiqaruvchi:
World Medicine Ophthalmics, Velikobritaniya proizvedeno: Sedico Pharmaceutical Co.
•77 ta dorixonada bor
Narxi
64 000 so'm dan

KARBAMAZEPIN 0,2 tabletkalari N50 qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Farmakokinetikasi

Absorbsiya - sekin, lekin yetarlicha to'liq (ovqat qabul qilish so'rilish tezligi va darajasiga ta'sir qilmaydi). Bir marta qabul qilingandan so'ng maksimal konsentratsiya (Smax) 12 soatdan keyin erishiladi. Plazmadagi preparatning muvozanat konsentratsiyalariga 1-2 haftadan keyin erishiladi.

Karbamazepin-10,11-epoksid (farmakologik faol metabolit) konsentratsiyalari karbamazepin konsentratsiyasining taxminan 30 % ini tashkil qiladi. Plazma oqsillari bilan bog'lanishi bolalarda - 55-59 %, kattalarda - 70-80 %. Orqa miya suyuqligida (OMS) va so'lakda oqsillar bilan bog'lanmagan faol modda miqdoriga proporsional konsentratsiyalar (20-30 %) hosil bo'ladi. Yo'ldosh to'sig'i orqali o'tadi. Ko'krak sutidagi konsentratsiyasi plazmadagining 25-60 % ini tashkil qiladi. Jigarda, asosan epoksid yo'li bo'yicha asosiy metabolitlar: faol - karbamazepin-10,11-epoksid va glyukuron kislotasi bilan nofaol kon'yugat hosil bo'lishi bilan metabolizmga uchraydi. Shuningdek, kam faol metabolit 9-gidroksi-metil-10-karbamoilakridan ham hosil bo'ladi. O'z metabolizmini induksiya qilishi mumkin. Karbamazepin-10,11-epoksid konsentratsiyasi karbamazepin konsentratsiyasining 30 % ini tashkil qiladi. Bir marta qabul qilingandagi yarim chiqarilish davri (Т1/2) 25-65 soat (o'rtacha taxminan 36 soat), takroriy qabul qilingandan so'ng - 12-24 soat. Qo'shimcha ravishda boshqa tutqanoqqa qarshi preparatlarni qabul qilayotgan bemorlarda Т1/2 o'rtacha 9-10 soatni tashkil qiladi. Nofaol metabolitlar ko'rinishida siydik (70 %) va axlat (30 %) bilan chiqariladi. Keksa yoshdagi bemorlarda karbamazepin farmakokinetikasi o'zgarishi to'g'risida ma'lumotlar yo'q. Buyrak yoki jigar funksiyasi buzilgan bemorlarda karbamazepin farmakokinetikasi bo'yicha ma'lumotlar hozircha yetarli emas.

Nojo'ya samaralari

Markaziy nerv tizimi tomonidan: bosh aylanishi, ataksiya, uyquchanlik, umumiy holsizlik, bosh og‘rig‘i, akkomodatsiya parezi, tremor, tiklar, nistagm, orofasial diskineziya, ko‘zni harakatlantiruvchi buzilishlar, dizartriya, xoreoatetoid buzilishlar, periferik nevrit, paresteziyalar, mushak zaifligi va parez.

Ruhiy soha tomonidan: gallyutsinatsiyalar, depressiya, ishtahaning yo‘qolishi, bezovtalik, agressiv xulq-atvor, qo‘zg‘alish, dezorientatsiya, psixozning faollashishi.

Allergik reaksiyalar: eshakemi, eksfoliativ dermatit, eritrodermiya, yuguruksimon sindrom, Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz, fotosensibilizatsiya, multiform va tugunli eritema. Isitma, teri toshmalari, vaskulit, limfadenopatiya, limfomaga o‘xshash belgilar, artralgiyalar, leykopeniya, eozinofiliya, gepatolienal sindrom va jigar funktsiyasining o‘zgargan ko‘rsatkichlari bilan kechuvchi ko‘p a'zoli sekin kechuvchi o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari bo‘lishi mumkin (ushbu ko‘rinishlar turli xil kombinatsiyalarda uchraydi). Boshqa a'zolar ham jalb qilinishi mumkin (masalan, o‘pka, buyraklar, me'da osti bezi, miokard, yo‘g‘on ichak). Juda kam hollarda - mioklonus bilan aseptik meningit, anafilaktik reaksiya, angionevrotik shish, isitma, hansirash, pnevmonit yoki pnevmoniya bilan tavsiflanuvchi o‘pka tomonidan o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari.

Qon yaratish a'zolari tomonidan: leykopeniya, trombositopeniya, eozinofiliya, leykotsitoz, limfadenopatiya; agranulotsitoz, aplastik anemiya, haqiqiy eritrotsitar aplaziya, megaloblast anemiya, o‘tkir o‘zgaruvchan porfiriya, retikulotsitoz, gemolitik anemiya.

Ovqat hazm qilish tizimi (keyingi o‘rinlarda OQT) tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish, og‘iz qurishi, diareya yoki qabziyat, qorinda og‘riq, glossit, stomatit, pankreatit.

Jigar tomonidan: gamma-glutamiltransferaza faolligining oshishi (odatda klinik ahamiyatga ega emas), ishqoriy fosfataza va "jigar" transaminazalari faolligining oshishi, gepatit (granulematoz, xolestatik, parenximatoz (gepatotsellyulyar) yoki aralash turdagi); jigar yetishmovchiligi.

Yurak-qon tomir tizimi (keyingi o‘rinlarda YQTT) tomonidan: yurak ichki o‘tkazuvchanligining buzilishi; qon bosimining pasayishi yoki oshishi; bradikardiya, aritmiyalar, hushdan ketishlar bilan atrioventrikulyar blokada, kollaps, dimlanishli yurak yetishmovchiligining kuchayishi yoki rivojlanishi, yurak ishemik kasalligining kuchayishi (sh.j. stenokardiya xurujlarining paydo bo‘lishi yoki tezlashishi), tromboflebit, tromboembolik sindrom.

Endokrin tizim va moddalar almashinuvi tomonidan: shishlar, tana vaznining ortishi, giponatriemiya, prolaktin darajasining oshishi (galaktoreya va ginekomastiya bilan kechishi mumkin); L-tiroksin (erkin T4, T3) darajasining pasayishi va tireotrop gormon (TTG) darajasining oshishi (odatda klinik ko‘rinishlar bilan kechmaydi), suyak to‘qimasida kaltsiy-fosfor almashinuvining buzilishi (qon plazmasida Ca2+ va 25-OH-xolekaltsiferol kontsentratsiyasining pasayishi); osteomalyatsiya; giperxolesterinemiya va gipertriglitseridemiya.

Siydik-tanosil tizimi tomonidan: interstitsial nefrit, buyrak yetishmovchiligi, buyrak funktsiyasining buzilishi (albuminuriya, gematuriya, oliguriya, mochevina/azotemiyaning oshishi), tez-tez siydik chiqarish, siydik tutilishi, jinsiy funktsiyaning buzilishi/impotentsiya.

Tayanch-harakat aparati tomonidan: artralgiya, mialgiya yoki talvasalar.

Sezgi a'zolari tomonidan: ta'm bilishning buzilishi, gavhar xiralashishi, kon'yunktivit; giper- yoki gipoakuziya, tovush balandligini idrok etishning o‘zgarishi.

Boshqalar: teri pigmentatsiyasining buzilishi, purpura, akne, terlash, alopesiya.

Maxsus saqlash sharoitlari

Preparatni faqat shifokor nazorati ostida qabul qilish kerak.

Absans va mioklonik xurujlarni o'z ichiga olgan aralash turdagi epileptik xurujlari bo'lgan bemorlar. Preparat absanslarda (petit mal) va mioklonik xurujlarda samarasiz. Aralash turdagi epileptik xurujlari bo'lgan bemorlarda preparat ehtiyotkorlik bilan va faqat muntazam tibbiy kuzatuv ta'minlangan holda qo'llanilishi kerak (xurujlar kuchayishi mumkinligi sababli). Xurujlar kuchayganda preparatni bekor qilish kerak.

Leykopeniya va trombotsitopeniya. Preparatni qo'llash vaqtida trombotsitlar va/yoki leykotsitlar sonining kamayishi turli chastotada qayd etiladi. Ko'pgina hollarda bu holatlar o'tkinchi bo'lib, odatda aplastik anemiya yoki agranulotsitoz darakchisi hisoblanmaydi. Davolashni boshlashdan oldin, shuningdek davolash jarayonida vaqti-vaqti bilan trombotsitlar va retikulotsitlar sonini hisoblashni o'z ichiga olgan klinik qon tahlillarini o'tkazish, shuningdek qon zardobida temir kontsentratsiyasini aniqlash kerak. Bemorlarga ehtimoliy gematologik buzilishlarga xos bo'lgan toksiklikning erta belgilari, shuningdek teri qoplamalari va jigar tomonidan simptomlar haqida ma'lumot berish zarur. Bemor isitma, tomoq og'rig'i, toshma, og'iz bo'shlig'ida yaralar, sababsiz qon quyilishlar, petexiya yoki purpura ko'rinishidagi gemorragiyalar kabi noxush reaktsiyalar paydo bo'lgan taqdirda darhol shifokorga murojaat qilish zarurligi haqida xabardor qilinadi. Davolash vaqtida leykotsitlar yoki trombotsitlarning past miqdori (yoki ularning kamayishga moyilligi) qayd etilgan hollarda, bemorning holatini va qonning kengaytirilgan klinik tahlili ko'rsatkichlarini diqqat bilan kuzatish kerak. Agar suyak ko'migi faoliyatining sezilarli darajada susayishi belgilari aniqlansa, preparat bekor qilinishi kerak.

Dermatologik reaktsiyalar. Karbamazepinni qo'llashda juda kam hollarda og'ir dermatologik reaktsiyalar, shu jumladan Stivens-Jonson sindromi va toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi) qayd etilgan. Og'ir dermatologik reaktsiyalar, masalan, Stivens-Jonson sindromi yoki Layell sindromi rivojlanishidan dalolat beruvchi belgilar va simptomlar qayd etilganda preparatni darhol bekor qilish kerak. Og'ir, ba'zi hollarda hayotga xavf soluvchi teri reaktsiyalari rivojlanganda bemor statsionarga yotqizilishi kerak. Ko'pgina hollarda Stivens-Jonson sindromi va Layell sindromi preparat bilan davolashning birinchi oylarida rivojlangan.

Preparatni birinchi marta qabul qilayotgan bemorlarda dermatologik reaktsiyalar chastotasi asosan yevropeoid aholisi bo'lgan mamlakatlarda 10 000 qo'llash holatiga 1 dan 6 gachani tashkil qiladi.

Yapon millatiga mansub bemorlarda va Shimoliy Yevropa aholisida o'tkazilgan retrospektiv tahlil ma'lumotlari inson leykotsitar antigeni (HLA) geni HLA-A*3101 alleli tashuvchilarida terining og'ir shikastlanishlari (Stivens-Jonson sindromi, Layell sindromi, eozinofiliya va tizimli ko'rinishlar bilan kechuvchi dori toshmasi, o'tkir generalizatsiyalangan ekzantematoz pustulyoz va dog'-tugunchali toshma) va karbamazepinni qo'llash o'rtasidagi bog'liqlikni namoyish etdi. HLA-A*3101 alleli chastotasi turli etnik guruhlarda farq qilishi mumkin. Allel chastotasi Yevropa, Avstraliya, Osiyo, Afrika va Shimoliy Amerika aholisida 5% dan kamni tashkil qiladi, istisnolar 5% dan 12% gachani tashkil qiladi. 15% dan yuqori chastota Janubiy Amerikaning ba'zi etnik guruhlarida (Argentina va Braziliya), Shimoliy Amerika tub aholisida (Navaxo va Sioks qabilalari, Meksikada - Sanora Seri), Janubiy Hindistonda (Tamil Nadu) va ushbu mintaqalarning boshqa tub aholisi orasida 10-15% aniqlangan. Karbamazepinni HLA-A*3101 allelining ehtimoliy tashuvchilariga (masalan, yapon millatiga mansub bemorlarga, yevropeoidlarga, Amerika tub aholisiga, lotin amerikaliklarga, Janubiy Hindiston xalqlari va arablarga) tayinlashda ushbu allel bo'yicha genotiplashni o'tkazish tavsiya etiladi. Preparatni ushbu allel tashuvchilariga faqat davolashdan kutilgan foyda ehtimoliy xavfdan yuqori bo'lgan holdagina tayinlash kerak. Preparat bilan davolashni olayotgan bemorlarga ushbu allel bo'yicha genotiplashni o'tkazish tavsiya etilmaydi, chunki og'ir teri reaktsiyalari ko'pchilik hollarda preparatni qo'llashning birinchi oylarida (HLA-A*3101 alleli mavjudligidan qat'i nazar) qayd etilgan. Karbamazepinni qo'llashning retrospektiv tahlili ma'lumotlariga ko'ra, xitoy millatiga mansub bemorlarda og'ir dermatologik reaktsiyalar chastotasi va genomda inson leykotsitar antigeni (HLA) geni HLA-B*1502 alleli mavjudligi o'rtasida korrelyatsiya mavjud. Karbamazepinni HLA-B*1502 alleli ustunlik qiladigan Osiyo mintaqasi mamlakatlarida (Tailand, Malayziya, Filippin) qo'llashda og'ir dermatologik reaktsiyalar, shu jumladan Stivens-Jonson sindromi va Layell sindromi rivojlanish chastotasi oshishi ("juda kam" darajadan "kam" darajagacha) aniqlangan. HLA-B*1502 allelining tarqalish chastotasi: Filippinda, Tailandda, Gonkong va Malayziyada - 15% dan ortiq, Tayvanda - 10%, Shimoliy Xitoyda - 4%, Janubiy Osiyoda (shu jumladan Hindistonda) - 2-4%, Yaponiya va Koreyada - 1% dan kamni tashkil qiladi. Ushbu allelning yevropeoid, negroid irqlarida, lotin amerikaliklar va Amerika tub aholisida tarqalishi arzimas darajada. Karbamazepinni HLA-B*1502 allelining ehtimoliy tashuvchilariga (masalan, xitoy millatiga mansub shaxslarga) tayinlashda ushbu allel bo'yicha genotiplashni o'tkazish tavsiya etiladi. Preparatni ushbu allel tashuvchilariga faqat davolashdan kutilgan foyda ehtimoliy xavfdan yuqori bo'lgan holdagina tayinlash kerak. Yevropeoid, negroid irqlarida, lotin amerikaliklar va Amerika tub aholisida preparatni tayinlashdan oldin HLA-B*1502 alleli bo'yicha genotiplashni o'tkazish majburiy emas. Preparat bilan davolashni olayotgan bemorlarga ushbu allel bo'yicha genotiplashni o'tkazish tavsiya etilmaydi, chunki og'ir teri reaktsiyalari ko'pchilik hollarda preparatni qo'llashning birinchi oylarida (HLA-B*1502 alleli mavjudligidan qat'i nazar) qayd etilgan. HLA-B*1502 alleli mavjud bo'lgan bemorlarni aniqlash va bunday bemorlarga karbamazepin tayinlamaslik karbamazepin-induktsiyalangan Stivens-Jonson sindromi yoki Layell sindromi holatlarini kamaytirishi ko'rsatilgan. Biroq, genotiplash natijalari bemor holatini nazorat qilish darajasiga va shifokorning og'ir teri reaktsiyalariga nisbatan hushyorligiga ta'sir qilmasligi kerak. Terining og'ir shikastlanishlari ushbu allellar bo'yicha manfiy bo'lgan bemorlarda ham rivojlanishi mumkin. Shuningdek, ko'p hollarda HLA-A*3101 yoki HLA-B*1502 allellari bo'yicha musbat bo'lgan bemorlarda karbamazepinni qo'llashda og'ir teri sindromlari rivojlanishi qayd etilmagan. Boshqa omillar, masalan, tirishishga qarshi dori preparatlari dozasi, bemorlarning komplaentligi, boshqa preparatlar bilan bir vaqtda davolash, yo'ldosh kasalliklar yoki dermatologik reaktsiyalar ustidan nazorat darajasining og'ir teri reaktsiyalari rivojlanish chastotasi va tarqalishiga ta'siri aniqlanmagan. Kuchsiz namoyon bo'lgan teri reaktsiyalari, masalan, izolyatsiyalangan makulez yoki makulopapulez ekzantema, ko'pchilik hollarda tranzitor va yengil bo'lib, odatda davolash davom ettirilganda yoki preparat dozasi kamaytirilgandan keyin bir necha kun yoki hafta ichida o'tib ketadi. Shunga qaramay, og'ir teri reaktsiyalarining erta namoyon bo'lishi va kuchsiz namoyon bo'lgan o'tkinchi teri toshmalari o'rtasidagi differentsial diagnostika qiyin bo'lishi mumkinligi sababli, har qanday teri reaktsiyalari rivojlanganda bemor holati yomonlashgan taqdirda preparat bilan davolashni o'z vaqtida to'xtatish maqsadida shifokor nazorati ostida bo'lishi kerak. Genomda HLA-A*3101 alleli mavjudligi va kamroq og'ir teri reaktsiyalari (masalan, antikonvulsantlarga o'ta yuqori sezuvchanlik sindromi yoki yengil makulopapulez ekzantema) rivojlanishi o'rtasida bog'liqlik mavjud, HLA-B*1502 alleli uchun bunday bog'liqlik aniqlanmagan.

O'ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari. Karbamazepinga o'ta yuqori sezuvchanlik rivojlanganda bemorlarda terining, jigarning (shu jumladan jigar ichi o't yo'llarining shikastlanishi), qon aylanish va limfa tizimlarining yoki boshqa a'zolarning alohida shikastlanishlari ham, ularning kombinatsiyasi ham kuzatilishi mumkin, buni tizimli reaktsiya sifatida qarash kerak. Preparatga o'ta yuqori sezuvchanlik ko'rinishlari va simptomlari rivojlanganda uni darhol bekor qilish kerak. Karbamazepinga ma'lum o'ta yuqori sezuvchanligi bo'lgan bemorlarni okskarbazepinga o'ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari rivojlanishi ehtimoli 25-30% ekanligi haqida xabardor qilish kerak. Kesishma o'ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyasi karbamazepin va fenitoin o'rtasida ham uchraydi.

Jigar funktsiyasi buzilishlari. Preparatni tayinlashdan oldin va davolash jarayonida jigar funktsiyasini tekshirish zarur, ayniqsa anamnezida jigar kasalliklari haqida ma'lumotlar bo'lgan bemorlarda, shuningdek keksa yoshdagi bemorlarda. Mavjud jigar funktsiyasi buzilishlari kuchayganda yoki faol jigar kasalligi paydo bo'lganda preparatni darhol bekor qilish kerak.

Buyrak funktsiyasi buzilishlari. Preparat bilan davolashni boshlashdan oldin va davolash jarayonida vaqti-vaqti bilan siydikning umumiy tahlilini tekshirish va qonda karbamid kontsentratsiyasini aniqlash tavsiya etiladi.

M-xolinoblokada qiluvchi faollik. Preparat kuchsiz m-xolinoblokada qiluvchi faollikka ega. Ko'z ichi bosimi yuqori bo'lgan bemorlarda qo'llanilganda ushbu ko'rsatkichni doimiy nazorat qilish zarur. Bemorlarda siydik tutilishini nazorat qilish kerak.

Ruhiy buzilishlar. Preparatni qo'llash fonida latent ruhiy buzilishlar zo'rayishi mumkinligi sababli, keksa bemorlarni ong chalkashishi va psixomotor qo'zg'alish kabi simptomatika aniqlanishi maqsadi kuzatuvni ta'minlash kerak.

Suitsidal xulq-atvor yoki niyatlar. Bir qator ko'rsatmalar bo'yicha tirishishga qarshi preparatlarni qabul qilgan bemorlarda suitsidal xulq-atvor yoki niyatlar holatlari qayd etilgan. Randomizatsiyalangan platsebo-nazoratli tadqiqotlarning meta-tahlili natijalari tirishishga qarshi preparatlarni qabul qilgan bemorlarda suitsidal xulq-atvor rivojlanish xavfi biroz oshganligini ko'rsatdi. Ushbu toifadagi bemorlarda suitsidal xulq-atvor kuchayishi mexanizmi aniqlanmagan. Shuning uchun suitsidal xulq-atvor va niyatlar simptomlarini sinchkovlik bilan kuzatish va tegishli davolash to'g'risida qaror qabul qilish zarur. Bemorlarga yoki ularni parvarish qiluvchi shaxslarga suitsidal xulq-atvor yoki niyatlar simptomlari paydo bo'lganda shifokorga murojaat qilishni qat'iy tavsiya etish kerak.

Endokrinologik buzilishlar. Preparat estrogenlar va/yoki progesteron saqlagan dori vositalarining samaradorligini pasaytirishi mumkin, shuning uchun tug'ish yoshidagi ayollar preparat bilan davolash davrida homiladorlikdan saqlanishning muqobil usullarini qo'llashlari kerak. Hozirgi vaqtda erkaklar fertilligi buzilishlari va/yoki spermatogenez buzilishlari haqida alohida xabarlar ro'yxatga olingan.

Gipotireoz. Karbamazepin qalqonsimon bez gormonlari (triyodtironin va tiroksin) darajasini pasaytirishi va tireotrop gormon kontsentratsiyasini oshirishi mumkin, bu esa gipotireoz rivojlanish xavfini oshiradi, shu munosabat bilan karbamazepin bilan davolash jarayonida qalqonsimon bez gormonlari darajasini aniqlash maqsadga muvofiqdir. Tireoid gormonlar preparatlari bilan o'rinbosar terapiya olayotgan bemorlarda karbamazepin subklinik yoki yaqqol gipotireoz rivojlanish xavfini oshirishi mumkin, shuning uchun bunday bemorlarda karbamazepin bilan davolashning erta bosqichlarida qalqonsimon bez funktsiyasini nazorat qilish kerak.

Giponatriemiya. Karbamazepinni qo'llashda giponatriemiya rivojlanish holatlari qayd etilgan. Ko'pchilik hollarda giponatriemiya simptomsiz kechadi. Biroq, ba'zi bemorlarda u klinik jihatdan holsizlik, bosh aylanishi, lanjlik, ong chalkashishi, parishonxotirlik, ta'sirlanuvchanlik ko'rinishida namoyon bo'lishi mumkin. Giponatriemiya simptomlariga shuningdek uyquchanlik, hushdan ketish va koma kiritilishi mumkin. Giponatriemik ta'sirning namoyon bo'lishi qabul qilinayotgan preparat dozasi, qon plazmasida karbamazepinning yuqori terapevtik yoki toksik kontsentratsiyasi, shuningdek natriyning past boshlang'ich darajasi bilan bog'liq. Karbamazepin bilan davolashni boshlashdan oldin plazmada natriy darajasini o'lchash maqsadga muvofiqdir. Giponatriemiyani davolashning asosiy usuli karbamazepin dozasini kamaytirish yoki bekor qilish hisoblanadi, bu odatda natriy darajasini normallashtirish uchun yetarli. Natriy kontsentratsiyasiga qarab suyuqlik qabul qilishni cheklash yoki og'ir hollarda - gipertonik eritma yuborish zarur bo'lishi mumkin. Bunda varoli ko'prigi markaziy miyelinolizi (nekrozi) rivojlanish xavfini hisobga olish kerak. Birinchi marta aniqlangan epilepsiya gumon qilinganda muqobil antikonvulsant (natriy valproati, fenitoin) tayinlash zarur.

Qon plazmasida karbamazepin kontsentratsiyasini aniqlash. Garchi preparat dozasi, qon plazmasida karbamazepin kontsentratsiyasi, uning klinik samaradorligi yoki o'zlashtirilishi o'rtasidagi o'zaro bog'liqlik juda arzimas bo'lsa-da, shunga qaramay, karbamazepin kontsentratsiyasini muntazam aniqlash quyidagi vaziyatlarda maqsadga muvofiq bo'lishi mumkin: xurujlar chastotasi keskin oshganda, bemor preparatni to'g'ri qabul qilayotganligini tekshirish uchun; homiladorlik vaqtida; bolalar yoki o'smirlarni davolashda; karbamazepin so'rilishi buzilishiga shubha qilinganda; bemor bir nechta dori preparatlarini qabul qilayotgan bo'lsa, toksik reaktsiyalar rivojlanishiga shubha qilinganda. Qon plazmasida karbamazepinning terapevtik kontsentratsiyasi 4-12 mkg/ml (17-50 mkmol/l) ni tashkil qiladi.

Alkogol iste'mol qilish. Davolash vaqtida alkogol iste'mol qilishdan voz kechish kerak, chunki karbamazepin uning nerv tizimiga susaytiruvchi ta'sirini kuchaytiradi.

Transport vositalarini, mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri

Davolash davrida bemorlar transport vositalarini boshqarish, mexanizmlar bilan ishlash va diqqatni yuqori jamlashni hamda psixomotor reaktsiyalar tezligini talab qiluvchi boshqa potentsial xavfli faoliyat turlari bilan shug'ullanishda ehtimoliy xavflar haqida ogohlantirilgan bo'lishlari kerak (tezkor reaktsiya qobiliyati bosh aylanishi va uyquchanlik paydo bo'lishi oqibatida buzilishi mumkin, ayniqsa davolash boshida yoki doza tanlash davrida).

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Karbamazepinga va kimyoviy jihatdan o'xshash dori preparatlariga (tritsiklik antidepressantlar) yoki preparatning har qanday boshqa komponentiga yuqori sezuvchanlik; atrioventikulyar blokada; anamnezda suyak ko'migi qon yaratishining susayishi epizodlari; jigar porfiriyalari, shu jumladan anamnezda; monoaminoksidaza ingibitorlari bilan bir vaqtda qabul qilish va ular bekor qilingandan keyin 2 hafta davomida; 4 yoshgacha bo'lgan bolalar.

Ehtiyotkorlik bilan

Anamnezida yurak (shu jumladan dekompensatsiyalangan surunkali yurak yetishmovchiligi), jigar (shu jumladan jigar yetishmovchiligi), buyrak (shu jumladan buyrak yetishmovchiligi) kasalliklari, boshqa dori vositalariga nojo'ya gematologik reaksiyalar yoki ilgari o'tkazilgan karbamazepin bilan davolashning bekor qilinishi to'g'risida ma'lumotlar bo'lgan bemorlarga preparatni faqat kutilayotgan davolash samarasi va terapiyaning mumkin bo'lgan xavfi o'rtasidagi nisbatni sinchkovlik bilan tahlil qilgandan so'ng va bemorlarning holatini qat'iy va muntazam nazorat qilish ta'minlanganda tayinlash kerak.

Suyultirish giponatriemiyasi, gipotireoz bo'lgan bemorlarga; keksa bemorlarga (dori vositalarining o'zaro ta'siri ehtimoli va epileptikaga qarshi preparatlarning turli farmakokinetikasini hisobga olgan holda); absans, tipik yoki atipik va mioklonik xurujlarni o'z ichiga olgan epileptik xurujlarning aralash shakllari bo'lgan bemorlarga (xurujlarning kuchayishi ehtimolini hisobga olgan holda); ko'z ichki bosimi oshgan, prostata bezi giperplaziyasi bo'lgan bemorlarga (karbamazepinning kuchsiz m-xolinoblokatorlik faolligini hisobga olgan holda) preparatni ehtiyotkorlik bilan tayinlash kerak.

Homiladorlik va emizish davrida qo'llanilishi

Homiladorlik yuzaga kelganda (homiladorlik davrida karbamazepinni tayinlash masalasini hal qilishda) terapiyaning kutilayotgan afzalliklari va uning mumkin bo'lgan asoratlarini, ayniqsa homiladorlikning dastlabki 3 oyida sinchkovlik bilan taqqoslash kerak. Ma'lumki, epilepsiya bilan og'rigan onalardan tug'ilgan bolalar ona qornida rivojlanishning buzilishiga, shu jumladan rivojlanish nuqsonlariga moyil bo'ladilar. Karbamazepin, boshqa barcha epileptikaga qarshi dori vositalari kabi, ushbu buzilishlarning paydo bo'lish xavfini oshirishga qodir. Tug'ma kasalliklar va rivojlanish nuqsonlari, shu jumladan umurtqa pog'onasi yoylarining bitmay qolishi (spina bifida), gipospadiya holatlari to'g'risida yagona xabarlar mavjud. Bemorlarga rivojlanish nuqsonlari xavfi oshishi ehtimoli va antenatal diagnostikadan o'tish imkoniyati haqida ma'lumot berilishi kerak.

Epileptikaga qarshi dori vositalari homiladorlik paytida tez-tez kuzatiladigan foliy kislotasi yetishmovchiligini kuchaytiradi, bu esa bolalarda tug'ma nuqsonlar uchrash tezligining oshishiga yordam berishi mumkin (homiladorlikdan oldin va homiladorlik vaqtida foliy kislotasini qo'shimcha qabul qilish tavsiya etiladi). Yangi tug'ilgan chaqaloqlarda qon ketishining oldini olish maqsadida homiladorlikning so'nggi haftalarida ayollarga, shuningdek yangi tug'ilgan chaqaloqlarga K1 vitaminini tayinlash tavsiya etiladi. Karbamazepin ko'krak sutiga o'tadi, davom etayotgan terapiya sharoitida emizishning afzalliklari va mumkin bo'lgan istalmagan oqibatlarini taqqoslash kerak. Karbamazepin qabul qilayotgan onalar o'z farzandlarini emizishlari mumkin, agar bola ustidan mumkin bo'lgan nojo'ya reaksiyalar (masalan, yaqqol uyquchanlik, allergik teri reaksiyalari) rivojlanishi yuzasidan kuzatuv o'rnatilsa.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Karbamazepin jigar mikrosomal fermentlari faolligini kuchaytiradi va jigarda metabolizmga uchraydigan preparatlarning samaradorligini pasaytirishi mumkin. Karbamazepinni CYP 3A4 ingibitorlari bilan bir vaqtda tayinlash uning qon plazmasidagi kontsentratsiyasining oshishiga olib kelishi mumkin. CYP 3A4 induktorlari bilan birga qo'llash karbamazepin metabolizmining tezlashishiga va uning qon plazmasidagi kontsentratsiyasining pasayishiga olib kelishi mumkin, aksincha, ularni bekor qilish karbamazepin biotransformatsiyasi tezligini pasaytirishi va uning kontsentratsiyasining oshishiga olib kelishi mumkin.

Karbamazepinning plazmadagi kontsentratsiyasini oshiradi: verapamil, diltiazem, felodipin, dekstropropoksifen, viloksazin, fluoksetin, fluvoksamin, simetidin, asetazolamid, danazol, dezipramin, nikotinamid (kattalarda, faqat yuqori dozalarda); makrolidlar (eritromitsin, jozamitsin, klaritromitsin, troleandomitsin); azollar (itrakonazol, ketokonazol, flukonazol), terfenadin, loratadin, izoniazid, propoksifen, greypfrut sharbati, OIV terapiyasida ishlatiladigan virusli proteaza ingibitorlari. Felbamat karbamazepinning plazmadagi kontsentratsiyasini pasaytiradi va karbamazepin-10,11-epoksid kontsentratsiyasini oshiradi, bunda bir vaqtning o'zida felbamatning zardobdagi kontsentratsiyasi pasayishi mumkin. Karbamazepin kontsentratsiyasini fenobarbital, fenitoin, primidon, metsuksimid, fensuksimid, teofillin, rifampitsin, tsisplastin, doksirubitsin, ehtimol: klonazepam, valpromid, valproat kislotasi, okskarbazepin va teshik dalachoy (Hypericum perforatum) saqlovchi o'simlik preparatlari pasaytiradi. Valproat kislotasi va primidonning karbamazepinni plazma oqsillari bilan bog'lanishdan siqib chiqarishi va farmakologik faol metabolit (karbamazepin-10,11-epoksid) kontsentratsiyasini oshirishi mumkinligi to'g'risida xabarlar mavjud. Izotretinoin karbamazepin va karbamazepin-10,11-epoksidning biokiraolishligini va/yoki klirensini o'zgartiradi (plazmada karbamazepin kontsentratsiyasini monitoring qilish zarur). Karbamazepin quyidagi preparatlarning plazmadagi kontsentratsiyasini pasaytirishi (ta'sirini kamaytirishi yoki hatto butunlay yo'q qilishi) va dozalarini to'g'irlashni talab qilishi mumkin: klobazam, klonazepam, etosuksimid, primidon, valproat kislotasi, alprazolam, glyukokortikosteroidlar (prednizolon, deksametazon), siklosporin, doksitsiklin, galoperidol, metadon, estrogenlar va/yoki progesteron saqlovchi peroral preparatlar (muqobil kontratseptsiya usullarini tanlash zarur), teofillin, peroral antikoagulyantlar (varfarin, fenprokumon, dikumarol), lamotridjin, topiramat, tritsiklik antidepressantlar (imipramin, amitriptilin, nortriptilin, klomipramin), klozapin, felbamat, tiagabin, okskarbazepin, OIV-infektsiyasini davolashda ishlatiladigan proteaza ingibitorlari (indinavir, ritonavir, sakvinovir), kaltsiy kanallari blokatorlari (digidropiridonlar guruhi, masalan, felodipin), itrakonazol, levotiroksin, midazolam, olazapin, prazikvantel, risperidon, tramadol, tsiprazidon. Karbamazepin qabul qilish fonida qon plazmasida fenitoin darajasi ham oshishi, ham pasayishi, mefenitoin darajasi esa oshishi (kamdan-kam hollarda) mumkinligi to'g'risida xabarlar mavjud. Karbamazepin paratsetamol bilan birga qo'llanilganda uning jigarga toksik ta'siri xavfini oshiradi va terapevtik samaradorligini pasaytiradi (paratsetamol metabolizmining tezlashishi). Karbamazepinni fenotiazin, pimozid, tioksantenlar, molindon, galoperidol, maprotilin, klozapin va tritsiklik antidepressantlar bilan bir vaqtda tayinlash MNSga susaytiruvchi ta'sirning kuchayishiga va karbamazepinning tirishishga qarshi ta'sirining susayishiga olib keladi. Diuretiklar (gidroxlorotiazid, furosemid) bilan bir vaqtda tayinlash klinik ko'rinishlar bilan kechadigan giponatriemiyaga olib kelishi mumkin. Nodepolyarizatsiyalovchi miorelaksantlar (pankuroniy) ta'sirini kamaytiradi. Etanolning o'zlashtirilishini pasaytiradi. Bevosita bo'lmagan antikoagulyantlar, gormonal kontraseptiv preparatlar, foliy kislotasi; prazikvantel metabolizmini tezlashtiradi, qalqonsimon bez gormonlari eliminatsiyasini kuchaytirishi mumkin. Umumiy anesteziya vositalari (enfluran, galotan, ftorotan) metabolizmini tezlashtiradi, gepatotoksik ta'sirlar xavfini oshiradi; metoksifluranning nefrotoksik metabolitlari hosil bo'lishini kuchaytiradi. Izoniazidning gepatotoksik ta'sirini kuchaytiradi.

Dozirovkasi
DozalashIchishga, ovqatdan qat'iy nazar, oz miqdordagi suyuqlik bilan.

Preparatni ham monoterapiya ko'rinishida, ham kombinatsiyalangan terapiya tarkibida qo'llash mumkin.

Epilepsiya. Iloji bo'lsa, preparatni monoterapiya ko'rinishida buyurish kerak. Davolash kichik sutkalik dozadan boshlanadi, keyinchalik u optimal samaraga erishilgunga qadar sekin oshiriladi. Preparatning optimal dozasini tanlash uchun qonda faol modda konsentratsiyasini aniqlash tavsiya etiladi. Qon plazmasidagi karbamazepinning terapevtik konsentratsiyasi 4-12 mkg/ml (17-50 mkmol/l) ni tashkil qiladi.

Karbamazepinni qabul qilinayotgan boshqa epilepsiyaga qarshi preparatlarga qo'shganda karbamazepin dozasi asta-sekin oshiriladi. Zarurat bo'lganda qabul qilinayotgan preparatlar dozalariga tegishli tuzatish kiritiladi. Kattalar uchun boshlang'ich doza kuniga 1-2 marta 100-200 mg ni tashkil qiladi. Keyin doza optimal davolash samarasiga erishilgunga qadar sekin oshiriladi; odatda unga kuniga 2-3 marta 400 mg dozada erishiladi. Maksimal sutkalik doza - 1600-2000 mg.

Uch shoxli nerv nevralgiyasi.

Boshlang'ich doza sutkada 200-400 mg ni tashkil qiladi. U og'riq hislari yo'qolguncha sekin oshiriladi (odatda kuniga 3-4 marta 200 mg dozagacha). Keyin doza minimal ushlab turuvchi dozagacha asta-sekin pasaytiriladi. Keksa yoshdagi bemorlar uchun tavsiya etilgan boshlang'ich doza kuniga 2 marta 100 mg ni tashkil qiladi. Maksimal tavsiya etilgan sutkalik doza - 1200 mg.

Alkogolli abstinensiya sindromi. O'rtacha doza kuniga 3 marta 200 mg ni tashkil qiladi. Og'ir holatlarda dastlabki bir necha kun davomida doza oshirilishi mumkin (masalan, kuniga 3 marta 400 mg dozagacha). Alkogolli abstinensiyaning og'ir ko'rinishlarida davolashni sedativ va uxlatuvchi ta'sir ko'rsatadigan preparatlar (masalan, klometiazol, xlordiazepoksid bilan) kombinatsiyada preparatni qo'llashdan boshlaydilar. O'tkir faza bartaraf etilgandan so'ng preparat bilan davolash monoterapiya ko'rinishida davom ettirilishi mumkin.

O'tkir maniakal holatlar va affektiv (bipolyar) buzilishlarni ushlab turuvchi davolash. Sutkalik doza 400-1600 mg ni tashkil qiladi. O'rtacha sutkalik doza - 400-600 mg (2-3 qabulda). O'tkir maniakal holatda dozani ancha tez oshirish kerak. Bipolyar buzilishlarning ushlab turuvchi terapiyasida optimal o'zlashtirishni ta'minlash maqsadida har bir keyingi dozani oshirish kichik bo'lishi kerak, sutkalik doza asta-sekin oshiriladi.

Bolalarda qo'llanilishi. Bolalarda karbamazepinni qo'llash uchun asosiy ko'rsatma - epilepsiya. Preparatning ushbu dori shaklini 4 yoshdan katta bolalarda kattalardagi kabi epilepsiya shakllarini davolash uchun qo'llash kerak. Davolash 100 mg/sut dozasidan boshlanishi mumkin; doza asta-sekin, haftasiga 100 mg dan ko'p bo'lmagan holda oshiriladi. Bolalar uchun ushlab turuvchi dozalar tana vaznining har kg siga 10-20 mg hisobidan sutkada belgilanadi (bir necha qabulda): 4-5 yoshli bolalar uchun - 200-400 mg (1-2 qabulda), 6-10 yosh - 400-600 mg (2-3 qabulda), 11-15 yosh - 600-1000 mg (2-3 qabulda), 15 yoshdan katta o'smirlarda kattalar dozalari qo'llaniladi. 6 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun maksimal sutkalik doza - 35 mg/kg, 6-15 yosh - 1000 mg, 15 yoshdan katta - 1200 mg. 4 yosh va undan kichik yoshdagi bolalar uchun tavsiya etilgan boshlang'ich doza kunora 20-60 mg/sut ga asta-sekin oshirish bilan 20-60 mg/sut ni tashkil qilishi sababli, 4 yosh va undan kichik yoshdagi bolalarga karbamazepinni boshqa dori shakllari (suspenziya) ko'rinishida qabul qilish maqsadga muvofiqdir.

Preparatni qabul qilishni to'xtatish. Preparatni qabul qilishni to'satdan to'xtatish epileptik xurujlarni qo'zg'atishi mumkin. Agar epilepsiya bilan og'rigan bemorda preparatni bekor qilish zarur bo'lsa, boshqa epilepsiyaga qarshi vositaga o'tish bunday hollarda ko'rsatilgan preparat (masalan, vena ichiga yoki rektal yuboriladigan diazepam, yoki vena ichiga yuboriladigan fenitoin) himoyasi ostida amalga oshirilishi kerak.

Nojo'ya ta'siri

Markaziy asab tizimi tomonidan: bosh aylanishi, ataksiya, uyquchanlik, umumiy holsizlik, bosh og'rig'i, akkomodatsiya parezi, tremor, tiklar, nistagm, orofasial diskineziya, ko'zni harakatlantiruvchi buzilishlar, dizartriya, xoreoatetoid buzilishlar, periferik nevrit, paresteziyalar, mushak zaifligi va parez.

Ruhiy soha tomonidan: gallyusinatsiyalar, depressiya, ishtaha yo'qolishi, bezovtalik, agressiv xulq-atvor, qo'zg'alish, dezorientatsiya, psixoz aktivatsiyasi.

Allergik reaksiyalar: eshakemi, eksfoliativ dermatit, eritrodermiya, yugurikka o'xshash sindrom, Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz, fotosensibilizatsiya, ko'p shaklli va tugunli eritema. Isitma, teri toshmalari, vaskulit, limfadenopatiya, limfomani eslatuvchi belgilar, artralgiyalar, leykopeniya, eozinofiliya, gepatosplenomegaliya va o'zgargan jigar funksiyasi ko'rsatkichlari bilan kechuvchi ko'p a'zoli kechiktirilgan turdagi yuqori sezuvchanlik reaksiyalari bo'lishi mumkin (ko'rsatilgan ko'rinishlar turli kombinatsiyalarda uchraydi). Shuningdek boshqa a'zolar ham jalb qilinishi mumkin (masalan, o'pka, buyraklar, oshqozon osti bezi, miokard, yo'g'on ichak). Juda kamdan-kam hollarda - mioklonus bilan aseptik meningit, anafilaktik reaksiya, angionevrotik shish, isitma, hansirash, pnevmonit yoki pnevmoniya bilan tavsiflanadigan o'pka tomonidan yuqori sezuvchanlik reaksiyalari.

Qon yaratish a'zolari tomonidan: leykopeniya, trombotsitopeniya, eozinofiliya, leykotsitoz, limfadenopatiya; agranulotsitoz, aplastik anemiya, haqiqiy eritrositar aplaziya, megaloblastik anemiya, o'tkir o'zgaruvchan porfiriya, retikulotsitoz, gemolitik anemiya.

Oshqozon-ichak tizimi (keyingi o'rinlarda O'IT) tomonidan: ko'ngil aynishi, qusish, og'iz qurishi, diareya yoki qabziyat, qorinda og'riq, glossit, stomatit, pankreatit.

Jigar tomonidan: gamma-glutamiltransferaza faolligining oshishi (odatda klinik ahamiyatga ega emas), ishqoriy fosfataza va «jigar» transaminazalari faolligining oshishi, gepatit (granulematoz, xolestatik, parenximatoz (gepatotsellyulyar) yoki aralash turdagi); jigar yetishmovchiligi.

Yurak-qon tomir tizimi (keyingi o'rinlarda YuQT) tomonidan: yurak ichi o'tkazuvchanligining buzilishi; arterial bosimning pasayishi yoki oshishi; bradikardiya, aritmiyalar, hushdan ketishlar bilan atrioventrikulyar blokada, kollaps, dimlangan yurak yetishmovchiligining kuchayishi yoki rivojlanishi, yurak ishemik kasalligining zo'rayishi (shu jumladan stenokardiya xurujlarining paydo bo'lishi yoki tezlashishi), tromboflebit, tromboembolik sindrom.

Endokrin tizim va moddalar almashinuvi tomonidan: shishlar, tana vaznining oshishi, giponatriemiya, prolaktin darajasining oshishi (galaktoreya va ginekomastiya bilan kechishi mumkin); L-tiroksin (erkin T4, T3) darajasining pasayishi va tireotrop gormon (TTG) darajasining oshishi (odatda klinik ko'rinishlar bilan kechmaydi), suyak to'qimasida kalsiy-fosfor almashinuvining buzilishi (qon plazmasida Ca2+ va 25-ON-xolekalsiferol konsentratsiyasining pasayishi); osteomalyatsiya; giperxolesterinemiya va gipertriglitseridemiya.

Siydik-tanosil tizimi tomonidan: interstitsial nefrit, buyrak yetishmovchiligi, buyrak funksiyasining buzilishi (albuminuriya, gematuriya, oliguriya, mochevina oshishi/azotemiya), tez-tez siyish, siydik tutilishi, jinsiy funksiya buzilishlari/impotensiya.

Tayanch-harakat aparati tomonidan: artralgiya, mialgiya yoki tirishishlar.

Sezgi a'zolari tomonidan: ta'm bilishning buzilishi, gavhar xiralashishi, konyunktivit; giper- yoki gipoakuziya, tovush balandligini idrok etishning o'zgarishi.

Boshqalar: teri pigmentatsiyasining buzilishi, purpura, akne, ko'p terlash, alopesiya.



Dozani oshirib yuborish

Simptomlari: nafas olishning susayishi, giperrefleksiya, giporefleksiyaga almashinuvchi, gipotermiya, O'IT motorikasining susayishi, nojo'ya ta'sirlarning kuchayishi.

Davolash: o'ziga xos antidot yo'q. Me'dani yuvish, faollashtirilgan ko'mirni tayinlash (me'da ichidagisini kech evakuatsiya qilish 2-3 sutkada kechiktirilgan so'rilishga va intoksikatsiya simptomlarining takroriy paydo bo'lishiga olib kelishi mumkin), simptomatik terapiya. Jadallashtirilgan diurez, gemodializ va peritoneal dializ samarasiz (dializ og'ir zaharlanish va buyrak yetishmovchiligi birga kelganda ko'rsatilgan). Bolalarda qonni almashinib quyishga ehtiyoj paydo bo'lishi mumkin. Ko'mir sorbentlarida gemosorbsiya o'tkazish tavsiya etiladi.

Boshqa dori vositalari bilan o'zaro ta'siri

Karbamazepin jigar mikrosomal fermentlari faolligini kuchaytiradi va jigarda metabolizmga uchraydigan preparatlar samaradorligini kamaytirishi mumkin. Karbamazepinni CYP3A4 ingibitorlari bilan bir vaqtda tayinlash uning qon plazmasidagi konsentratsiyasining oshishiga olib kelishi mumkin. CYP3A4 induktorlari bilan birgalikda qo'llash karbamazepin metabolizmining tezlashishiga va uning qon plazmasidagi konsentratsiyasining pasayishiga olib kelishi mumkin, aksincha, ularni bekor qilish karbamazepin biotransformatsiyasi tezligini kamaytirishi va uning konsentratsiyasining oshishiga olib kelishi mumkin.

Plazmada karbamazepin konsentratsiyasini oshiradi: verapamil, diltiazem, felodipin, dekstropropoksifen, viloksazin, fluoksetin, fluvoksamin, simetidin, asetazolamid, danazol, dezipramin, nikotinamid (kattalarda, faqat yuqori dozalarda); makrolidlar (eritromitsin, josamitsin, klaritromitsin, troleandomitsin); azollar (itrakonazol, ketokonazol, flukonazol), terfenadin, loratadin, izoniazid, propoksifen, greyfrut sharbati, OIV ni davolashda ishlatiladigan virusli proteaza ingibitorlari. Felbamat plazmada karbamazepin konsentratsiyasini kamaytiradi va karbamazepin-10,11-epoksid konsentratsiyasini oshiradi, bunda qon zardobida felbamat konsentratsiyasining bir vaqtning o'zida pasayishi mumkin. Karbamazepin konsentratsiyasini fenobarbital, fenitoin, primidon, metsuksimid, fensuksimid, teofillin, rifampitsin, sisplastin, doksorubitsin, ehtimol: klonazepam, valpromid, valproat kislotasi, okskarbazepin va teshik dalachoy (Hypericum perforatum) saqlagan o'simlik preparatlari kamaytiradi. Valproat kislotasi va primidonning karbamazepinni plazma oqsillari bilan bog'lanishdan siqib chiqarishi va farmakologik faol metabolit (karbamazepin-10,11-epoksid) konsentratsiyasining oshishi to'g'risida xabarlar mavjud. Izotretinoin karbamazepin va karbamazepin-10,11-epoksidning biologik kira olishligini va/yoki klirensini o'zgartiradi (plazmada karbamazepin konsentratsiyasini monitoring qilish zarur). Karbamazepin plazmadagi konsentratsiyani kamaytirishi (samaralarni kamaytirishi yoki hatto butunlay yo'q qilishi) va quyidagi preparatlar dozalarini to'g'rilashni talab qilishi mumkin: klobazam, klonazepam, etosuksimid, primidon, valproat kislotasi, alprazolam, glyukokortikosteroidlar (prednizolon, deksametazon), siklosporin, doksisiklin, galoperidol, metadon, estrogenlar va/yoki progesteron saqlagan peroral preparatlar (kontrasepsiyaning muqobil usullarini tanlash zarur), teofillin, peroral antikoagulyantlar (varfarin, fenprokumon, dikumarol), lamotridjin, topiramat, tritsiklik antidepressantlar (imipramin, amitriptilin, nortriptilin, klomipramin), klozapin, felbamat, tiagabin, okskarbazepin, OIV-infeksiyasini davolashda qo'llaniladigan proteaza ingibitorlari (indinavir, ritonavir, sakvinovir), kalsiy kanallari blokatorlari (digidropiridinlar guruhi, masalan, felodipin), itrakonazol, levotiroksin, midazolam, olazapin, prazikvantel, risperidon, tramadol, ziprazidon. Karbamazepinni qabul qilish fonida qon plazmasidagi fenitoin darajasi ham oshishi, ham pasayishi mumkinligi, mefenitoin darajasi esa oshishi mumkinligi (kamdan-kam hollarda) to'g'risida xabarlar mavjud. Karbamazepin parasetamol bilan birgalikda qo'llanilganda uning jigarga toksik ta'siri xavfini oshiradi va terapevtik samaradorligini kamaytiradi (parasetamol metabolizmining tezlashishi). Karbamazepinni fenotiazin, pimozid, tioksantenlar, molindon, galoperidol, maprotilin, klozapin va tritsiklik antidepressantlar bilan bir vaqtda tayinlash MNT ga susaytiruvchi ta'sirning kuchayishiga va karbamazepinning tirishishga qarshi samarasining zaiflashishiga olib keladi. Diuretiklar (gidroxlorotiazid, furosemid) bilan bir vaqtda tayinlash klinik ko'rinishlar bilan kechuvchi giponatriemiyaga olib kelishi mumkin. Depolyarizatsiyalanmaydigan miorelaksantlar (pankuroniy) samaralarini kamaytiradi. Etanolning o'zlashtirilishini pasaytiradi. Bevosita bo'lmagan antikoagulyantlar, gormonal kontraseptiv preparatlar, foliy kislotasi; prazikvantel metabolizmini tezlashtiradi, qalqonsimon bez gormonlarining eliminatsiyasini kuchaytirishi mumkin. Umumiy anesteziya vositalari (enfluran, galotan, ftorotan) metabolizmini tezlashtiradi, gepatoksik samaralar xavfi oshadi; metoksifluranning nefrotoksik metabolitlari hosil bo'lishini kuchaytiradi. Izoniazidning gepatotoksik ta'sirini kuchaytiradi.

Xususiyatlar KARBAMAZEPIN 0,2 tabletkalari N50

Karbamazepin boshqa chiqarish shakllari

KARBAMAZEPIN GT tabletkalari 200mg N50
Retseptli
KARBAMAZEPIN GT tabletkalari 200mg N50
Xitoy
Ishlab chiqaruvchi:
Hebei Oriental Pharma IE Corporation
•4 ta dorixonada bor
Narxi
22 000 so'm dan
KARBAMAZEPIN ZDOROVE tabletkalari 200mg N20
Retseptli
KARBAMAZEPIN ZDOROVE tabletkalari 200mg N20
Ukraina
Ishlab chiqaruvchi:
Zdorove,FK, OOO
•43 ta dorixonada bor
Narxi
15 990 so'm dan
KARBAMAZEPIN NGP tabletkalari 200mg N10
Retseptli
KARBAMAZEPIN NGP tabletkalari 200mg N10
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Neogalenpharm, OOO
KARBAMAZEPIN 0,2 tabletkalari N40
Retseptli
KARBAMAZEPIN 0,2 tabletkalari N40
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Alsi Farma, AO
KARBAMAZEPIN tabletkalari 200 mg N20
Retseptli
KARBAMAZEPIN tabletkalari 200 mg N20
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
NAVBAHOR SANOAT,OOO
•43 ta dorixonada bor
Narxi
15 990 so'm dan
KARBAMAZEPIN NGP tabletkalari 200mg N30
Retseptli
KARBAMAZEPIN NGP tabletkalari 200mg N30
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Neogalenpharm, OOO
KARBAMAZEPIN NIKA tabletkalari 200mg N100
Retseptli
KARBAMAZEPIN NIKA tabletkalari 200mg N100
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
NIKA PHARM OOO
KARBAMAZEPIN tabletkalari 200mg N50
Retseptli
KARBAMAZEPIN tabletkalari 200mg N50
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Rusan Pharma LTD
•39 ta dorixonada bor
Narxi
30 000 so'm dan
KARBAMAZEPIN NIKA tabletkalari 200mg N30
Retseptli
KARBAMAZEPIN NIKA tabletkalari 200mg N30
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
NIKA PHARM OOO
KARBAMAZEPIN tabletkalari 200 mg N10
Retseptli
KARBAMAZEPIN tabletkalari 200 mg N10
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
NAVBAHOR SANOAT,OOO
KARBAMAZEPIN NGP tabletkalari 200mg N20
Retseptli
KARBAMAZEPIN NGP tabletkalari 200mg N20
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Neogalenpharm, OOO
KARBAMAZEPIN NIKA tabletkalari 200mg N20
Retseptli
KARBAMAZEPIN NIKA tabletkalari 200mg N20
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
NIKA PHARM OOO
KARBAMAZEPIN 0,2 tabletkalari N50
Retseptli
KARBAMAZEPIN 0,2 tabletkalari N50
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Obolenskoe Farmasevticheskoe predpriyatie, AO
KARBAMAZEPIN tabletkalari 200 mg N50
Retseptli
KARBAMAZEPIN tabletkalari 200 mg N50
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
NAVBAHOR SANOAT,OOO
•39 ta dorixonada bor
Narxi
30 000 so'm dan
KARBAMAZEPIN tabletkalari 200 mg N100
Retseptli
KARBAMAZEPIN tabletkalari 200 mg N100
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
NAVBAHOR SANOAT,OOO

KARBAMAZEPIN 0,2 tabletkalari N50 analoglari

ZEPTOL 0,2 tabletkalari N30
ZEPTOL 0,2 tabletkalari N30
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
San Farmasyutikal Indastriz Ltd
ZEPTOL 0,4 tabletkalari N30
ZEPTOL 0,4 tabletkalari N30
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
San Farmasyutikal Indastriz Ltd
FINLEPSIN 0,2 tabletkalari N50
FINLEPSIN 0,2 tabletkalari N50
Polsha
Ishlab chiqaruvchi:
Teva Opereyshns Poland Sp.z.o.o.
FINLEPSIN RETARD 0,4 tabletkalari N50
Retseptli
FINLEPSIN RETARD 0,4 tabletkalari N50
Polsha
Ishlab chiqaruvchi:
Teva Opereyshns Poland Sp.z.o.o.
FINLEPSIN RETARD 0,2 tabletkalari N50
Retseptli
FINLEPSIN RETARD 0,2 tabletkalari N50
Polsha
Ishlab chiqaruvchi:
Teva Opereyshns Poland Sp.z.o.o.
KARBAMAZEPIN 0,2 tabletkalari N50
Retseptli
KARBAMAZEPIN 0,2 tabletkalari N50
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
VELFARM, OOO
KARBAMAZEPIN 0,2 tabletkalari N50
Retseptli
KARBAMAZEPIN 0,2 tabletkalari N50
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Obolenskoe Farmasevticheskoe predpriyatie, AO
KARBAMAZEPIN 0,2 tabletkalari N40
Retseptli
KARBAMAZEPIN 0,2 tabletkalari N40
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Alsi Farma, AO
MELEPSIN tabletkalari 200mg N50
Retseptli
MELEPSIN tabletkalari 200mg N50
Misr
Ishlab chiqaruvchi:
World Medicine Ophthalmics, Velikobritaniya proizvedeno: Sedico Pharmaceutical Co.
•77 ta dorixonada bor
Narxi
64 000 so'm dan
KARBALEKS tabletkalari 200mg N50
Retseptli
KARBALEKS tabletkalari 200mg N50
Avstriya
Ishlab chiqaruvchi:
Valeant, OOO, Rossiya Gerot Pharmazeutika GmbH
•78 ta dorixonada bor
Narxi
47 000 so'm dan

KARBAMAZEPIN 0,2 tabletkalari N50 haqida savollar

KARBAMAZEPIN 0,2 tabletkalari N50 haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil