KARBAMAZEPIN 0,2 tabletkalari N50

KARBAMAZEPIN 0,2 tabletkalari N50 qo'llanmasi
Farmakokinetikasi
So'rilishi
Ichga qabul qilingandan so'ng karbamazepin deyarli to'liq so'riladi, tabletka shakli qabul qilinganda so'rilish nisbatan sekin sodir bo'ladi. Karbamazepin tabletkasi bir marta qabul qilingandan so'ng plazmadagi o'rtacha maksimal konsentratsiya (Smax) 12 soatdan keyin erishiladi.
Ovqat qabul qilish karbamazepinning so'rilish tezligi va darajasiga sezilarli ta'sir qilmaydi. Plazmadagi karbamazepinning muvozanat konsentratsiyasiga 1-2 hafta ichida erishiladi. Erishish vaqti individual bo'lib, karbamazepin tomonidan jigar ferment tizimlarining autoinduksiya darajasiga, bir vaqtda qo'llaniladigan boshqa dori vositalari tomonidan heteroinduksiyaga, shuningdek davolash boshlanishidan oldin bemorning holatiga, preparat dozasiga va davolash davomiyligiga bog'liq. Terapevtik diapazonda muvozanat konsentratsiyalari qiymatlarida sezilarli individual farqlar kuzatiladi: ko'pchilik bemorlarda bu qiymatlar 4 dan 12 mkg/ml gacha (17-50 mkmol/l) o'zgarib turadi.
Taqsimlanishi va qon plazmasi oqsillari bilan bog'lanishi
Karbamazepinning qon plazmasi oqsillari bilan bog'lanishi 70-80 % ni tashkil qiladi. O'zgarmagan karbamazepinning orqa miya suyuqligi va so'lakdagi konsentratsiyasi plazma oqsillari bilan bog'lanmagan faol modda ulushiga proporsionaldir (20-30 %). Ko'krak sutidagi karbamazepin konsentratsiyasi uning qon plazmasidagi qiymatining 25-60 % ini tashkil qiladi. Karbamazepin yo'ldosh to'sig'i orqali o'tadi. Karbamazepinning to'liq so'rilishini hisobga olgan holda, taxminiy taqsimlanish hajmi 0,8-1,9 l/kg ni tashkil qiladi.
Metabolizmi
Karbamazepin jigarda metabolizmga uchraydi. Biotransformatsiyaning asosiy yo'li epoksiddiol yo'li bo'lib, natijada asosiy metabolitlar: 10,11-transdiol hosilasi va uning glyukuron kislotasi bilan kon'yugati hosil bo'ladi. Karbamazepin-10,11-epoksidning karbamazepin-10,11-transdiolga aylanishi inson organizmida epoksidgidrolaza mikrosomal fermenti yordamida sodir bo'ladi.
Karbamazepin-10,11-epoksid (faol metabolit) miqdori plazmadagi karbamazepin konsentratsiyasining taxminan 30 % ini tashkil qiladi. Karbamazepinning karbamazepin-10,11-epoksidga biotransformatsiyasini ta'minlovchi asosiy izoferment sitoxrom P450 3A4 hisoblanadi. Ushbu metabolik reaksiyalar natijasida boshqa metabolit - 9-gidroksi-metil-10-karbamoilakridan ham oz miqdorda hosil bo'ladi.
Karbamazepin metabolizmining yana bir muhim yo'li - UGT2B7 izofermenti ta'sirida turli monogidroksillangan hosilalar, shuningdek N-glyukuronidlar hosil bo'lishidir.
Chiqarilishi
Preparat bir marta ichga qabul qilingandan so'ng o'zgarmagan karbamazepinning yarim chiqarilish davri o'rtacha taxminan 36 soatni, preparat takroriy qabul qilingandan so'ng esa - davolash davomiyligiga qarab o'rtacha 16-24 soatni tashkil qiladi (jigar monooksigenaza tizimining autoinduksiyasi tufayli). Jigar mikrosomal fermentlarini induksiya qiluvchi boshqa preparatlarni (masalan, fenitoin, fenobarbital) bir vaqtda qabul qilayotgan bemorlarda karbamazepinning yarim chiqarilish davri o'rtacha 9-10 soatni tashkil qilishi ko'rsatilgan.
Ichga qabul qilinganda karbamazepin-10,11-epoksidning o'rtacha yarim chiqarilish davri taxminan 6 soatni tashkil qiladi.
400 mg karbamazepin bir marta ichga qabul qilingandan so'ng qabul qilingan dozaning 72 % siydik bilan va 28 % axlat bilan chiqariladi. Qabul qilingan dozaning taxminan 2 % siydik bilan o'zgarmagan karbamazepin ko'rinishida, taxminan 1 % - farmakologik faol 10,11-epoksid metabolit ko'rinishida chiqariladi. Bir marta ichga qabul qilingandan so'ng karbamazepinning 30 % metabolizmning epoksiddiol yo'li yakuniy mahsulotlari ko'rinishida siydik bilan chiqariladi.
Ayrim guruh bemorlarda farmakokinetika xususiyatlari
Bolalarda karbamazepinning tezroq eliminatsiyasi tufayli, kattalarga qaraganda tana vaznining kilogrammiga hisoblanganda preparatning yuqoriroq dozalarini qo'llash talab etilishi mumkin.
Keksa yoshdagi bemorlarda karbamazepin farmakokinetikasi o'zgarishi (yoshroq katta yoshli shaxslarga nisbatan) to'g'risida dalolat beruvchi ma'lumotlar yo'q.
Buyrak yoki jigar funksiyasi buzilgan bemorlarda karbamazepin farmakokinetikasi bo'yicha ma'lumotlar hozirgi vaqtgacha mavjud emas.
Nojo'ya samaralari
Nojo‘ya reaksiyalarning ayrim turlari, masalan, markaziy nerv tizimi tomonidan (bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, ataksiya, uyquchanlik, toliqish hissi, diplopiya), ovqat hazm qilish tizimi tomonidan (ko‘ngil aynishi, qusish), shuningdek allergik teri reaksiyalari juda tez-tez yoki tez-tez, ayniqsa preparat bilan davolashning boshida, yoki preparatning haddan tashqari yuqori boshlang‘ich dozasi qo‘llanilganda yoki keksa yoshdagi bemorlarni davolashda uchraydi. Dozaga bog‘liq nojo‘ya reaksiyalar odatda bir necha kun ichida, o‘z-o‘zidan ham, preparat dozasini vaqtincha kamaytirgandan keyin ham o‘tib ketadi. Markaziy nerv tizimi tomonidan nojo‘ya reaksiyalarning rivojlanishi preparatning nisbiy dozasidan oshib ketishining yoki qon plazmasida ta'sir etuvchi modda kontsentratsiyasining sezilarli o‘zgarishining oqibati bo‘lishi mumkin. Bunday hollarda qon plazmasida ta'sir etuvchi modda kontsentratsiyasini monitoring qilish tavsiya etiladi.
Turli nojo‘ya reaksiyalarning uchrash tezligini baholashda quyidagi gradatsiyalar qo‘llanilgan: juda tez-tez - ≥ 10, tez-tez - ≥ 1/100 - <1/10, tez-tez emas - ≥ 1/1000 - <1/100, kam hollarda - ≥ 1/10000 - <1/1000, juda kam hollarda - <1/10000.
Qon va limfa tizimi tomonidan buzilishlar:
juda tez-tez - leykopeniya;
tez-tez - trombositopeniya, eozinofiliya;
kam hollarda - leykotsitoz, limfadenopatiya, foliy kislotasi yetishmovchiligi;
juda kam hollarda - agranulotsitoz, aplastik anemiya, pantsitopeniya, anemiya, haqiqiy eritrotsitar aplaziya, megaloblast anemiya, variegat porfiriya, kechki teri porfiriyasi, o‘tkir o‘zgaruvchan porfiriya, retikulotsitoz va, ehtimol, gemolitik anemiya. Preparatni qabul qilish vaqtida agranulotsitoz va aplastik anemiya rivojlanishi mumkin. Biroq, bu holatlar juda kam uchraganligi sababli, ularning yuzaga kelish xavfiga miqdoriy baho berish qiyin. Ma'lumki, davolash olmagan umumiy populyatsiyada agranulotsitoz rivojlanishining umumiy xavfi yiliga 1 million aholiga 4,7 holatni, aplastik anemiya esa yiliga 1 million aholiga 2,0 holatni tashkil etadi.
Immun tizimi tomonidan buzilishlar:
kam hollarda - isitma, teri toshmalari, vaskulit, limfadenopatiya, limfomaga o‘xshash belgilar, artralgiya, leykopeniya, eozinofiliya, gepatolienal sindrom va jigar funktsiyasi ko‘rsatkichlarining o‘zgarishi va jigar ichi o‘t yo‘llarining destruktsiyasi bilan ularning sonining kamayishi (ushbu ko‘rinishlar turli xil kombinatsiyalarda uchraydi) bilan kechuvchi ko‘p a'zoli sekin kechuvchi o‘ta yuqori sezuvchanlik. Boshqa a'zolar ham jalb qilinishi mumkin (masalan, o‘pka, buyraklar, me'da osti bezi, miokard, yo‘g‘on ichak);
juda kam hollarda - mioklonus va periferik eozinofiliya bilan aseptik meningit, anafilaktik reaksiya, angionevrotik shish. Yuqorida ko‘rsatilgan yuqori sezuvchanlik reaksiyalari yuzaga kelganda preparatni qo‘llash to‘xtatilishi kerak.
Endokrin tizim tomonidan buzilishlar:
tez-tez - shishlar, suyuqlikning ushlanib qolishi, tana vaznining ortishi, giponatriemiya va antidiuretik gormon ta'siriga o‘xshash samara tufayli qon osmolyarligining pasayishi, bu kamdan-kam hollarda letargiya, qusish, bosh og‘rig‘i, dezorientatsiya va nevrologik buzilishlar bilan kechuvchi suvli intoksikatsiyaga (suyultirish giponatriemiyasi) olib keladi;
juda kam hollarda - galaktoreya, ginekomastiya kabi ko‘rinishlar bilan kechadigan yoki kechmaydigan qon prolaktin kontsentratsiyasining oshishi; qalqonsimon bez funktsiyasi ko‘rsatkichlarining o‘zgarishi - qon L-tiroksin (erkin tiroksin, tiroksin, triyodtironin) kontsentratsiyasining pasayishi va qon tireotrop gormoni kontsentratsiyasining oshishi, bu odatda klinik ko‘rinishlar bilan kechmaydi; suyak to‘qimasi metabolizmining buzilishi (qonda kaltsiy va 25-gidroksixolekaltsiferol miqdorining kamayishi), bu osteomalyatsiya/osteoporozga olib keladi; qonda xolesterin, shu jumladan yuqori zichlikdagi lipoproteinlar xolesterini va triglitseridlar kontsentratsiyasining oshishi.
Ruhiyat tomonidan buzilishlar:
kam hollarda - gallyutsinatsiyalar (ko‘rish yoki eshitish), depressiya, anoreksiya, bezovtalik, agressiya, ajitatsiya, dezorientatsiya; juda kam hollarda - psixozning faollashishi.
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar:
juda tez-tez - bosh aylanishi, ataksiya, uyquchanlik, toliqish hissi;
tez-tez - bosh og‘rig‘i, diplopiya, ko‘rish akkomodatsiyasining buzilishi (masalan, ko‘rishning xiralashishi);
tez-tez emas - anomal ixtiyorsiz harakatlar (masalan, tremor, «hilpillovchi» tremor /asterixis/, mushak distoniyasi, tiklar), nistagm;
kam hollarda - orofasial diskineziya, ko‘zni harakatlantiruvchi buzilishlar, nutq buzilishlari (masalan, dizartriya), xoreoatetoz, periferik neyropatiya, paresteziyalar, parez; juda kam hollarda - ta'm buzilishlari, xavfli neyroleptik sindrom. Ko‘rish a'zosi tomonidan buzilishlar:
juda kam hollarda - gavhar xiralashishi, kon'yunktivit, ko‘z ichi bosimining oshishi.
Eshitish a'zosi va labirint buzilishlari:
juda kam hollarda - eshitish buzilishlari, sh.j. quloqlarda shovqin, giperakuziya, gipoakuziya, tovush balandligini idrok etishning o‘zgarishi.
Yurak tomonidan buzilishlar:
kam hollarda - yurak ichki o‘tkazuvchanligining buzilishi;
juda kam hollarda - bradikardiya, aritmiyalar, hushdan ketishlar bilan AV blokada, surunkali yurak yetishmovchiligi, ishemik kasallikning kuchayishi.
Tomirlar tomonidan buzilishlar:
kam hollarda - qon bosimining oshishi yoki pasayishi;
juda kam hollarda - kollaps, tromboflebit, tromboemboliyalar (masalan, o‘pka arteriyasi tromboemboliyasi).
Nafas olish tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a'zolari tomonidan buzilishlar:
juda kam hollarda - isitma, hansirash, pnevmonit yoki pnevmoniya bilan tavsiflanuvchi o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari.
Me'da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar:
juda tez-tez - ko‘ngil aynishi, qusish;
tez-tez - og‘iz qurishi;
tez-tez emas - diareya, qabziyat;
kam hollarda - qorinda og‘riqlar;
juda kam hollarda - glossit, stomatit, pankreatit.
Jigar va o‘t chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar:
juda tez-tez - qonda gamma-glutamintransferaza faolligining oshishi (jigarda ushbu ferment induksiyasi oqibatida), bu odatda klinik ahamiyatga ega emas; tez-tez - qon ishqoriy fosfatazasi faolligining oshishi; tez-tez emas - qonda transaminazalar faolligining oshishi;
kam hollarda - xolestatik, parenximatoz (gepatotsellyulyar) yoki aralash turdagi gepatit, jigar ichi o‘t yo‘llarining destruktsiyasi bilan ularning
sonining kamayishi, sariqlik;
juda kam hollarda - granulematoz gepatit, jigar yetishmovchiligi.
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar:
juda tez-tez - allergik dermatit, sezilarli darajada ifodalangan bo‘lishi mumkin bo‘lgan eshakemi;
tez-tez emas - eksfoliativ dermatit, eritrodermiya;
kam hollarda - tizimli qizil yuguruk, qichishish;
juda kam hollarda - Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz, fotosensibilizatsiya reaksiyalari, multiform va tugunli eritema, teri pigmentatsiyasining buzilishi, purpura, akne, terlash, soch to‘kilishi. Kamdan-kam hollarda girsutizm haqida xabar berilgan, ammo ushbu asoratning preparatni qabul qilish bilan sabab-oqibat bog‘liqligi noaniq qolmoqda.
Skelet-mushak va biriktiruvchi to‘qima tomonidan buzilishlar:
kam hollarda - mushak zaifligi;
juda kam hollarda - artralgiyalar, mushak og‘riqlari yoki talvasalar.
Buyrak va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar:
juda kam hollarda - interstitsial nefrit, buyrak yetishmovchiligi, buyrak funktsiyasining buzilishi (masalan, albuminuriya, gematuriya, oliguriya, mochevina/azotemiyaning oshishi), tez-tez siydik chiqarish, siydik tutilishi, jinsiy funktsiyaning buzilishi/impotentsiya, spermatogenezning buzilishi (spermatozoidlar soni va harakatchanligining kamayishi).
Laborator va instrumental tadqiqotlar natijalariga ta'siri:
juda kam hollarda - gipogammaglobulinemiya.
Postmarketing kuzatuvlar ma'lumotlari bo‘yicha noxush hodisalar (tez-tezligi noma'lum):
Infektsion va parazitar kasalliklar: oddiy gerpes virusi 6 turining reaktivatsiyasi.
Qon va limfa tizimi tomonidan buzilishlar: suyak iligi yetishmovchiligi.
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar: sedatsiya, xotira buzilishi.
Me'da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar: kolit.
Immun tizimi tomonidan buzilishlar: eozinofiliya va tizimli ko‘rinishlar bilan dori toshmasi.
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar: o‘tkir generalizatsiyalangan ekzentematoz pustulyoz, lixenoid keratoz, onixomadezis.
Skelet-mushak va biriktiruvchi to‘qima tomonidan buzilishlar: sinishlar.
Laborator va instrumental ma'lumotlar: suyak to‘qimasi zichligining pasayishi.
Maxsus saqlash sharoitlari
Preparatni faqat shifokor nazorati ostida qabul qilish kerak.
Absans va mioklonik xurujlarni o'z ichiga olgan aralash turdagi epileptik xurujlari bo'lgan bemorlar
Preparat odatda absanslarda (petit mal) va mioklonik xurujlarda samarasiz. Aralash turdagi epileptik xurujlari bo'lgan bemorlarda preparat ehtiyotkorlik bilan va faqat muntazam tibbiy kuzatuv ta'minlangan holda qo'llanilishi kerak (xurujlar kuchayishi mumkinligi sababli). Xurujlar kuchayganda Karbamazepin preparatini bekor qilish kerak.
Trombotsitlar va leykotsitlar sonining kamayishi
Preparatni qo'llash vaqtida trombotsitlar yoki leykotsitlar sonining o'tkinchi yoki turg'un kamayishi turli chastotada qayd etiladi. Biroq ko'pgina hollarda bu holatlar o'tkinchi bo'lib, odatda aplastik anemiya yoki agranulotsitoz boshlanishi darakchisi hisoblanmaydi. Davolashni boshlashdan oldin, shuningdek davolash jarayonida vaqti-vaqti bilan trombotsitlar va, ehtimol, retikulotsitlar sonini hisoblashni o'z ichiga olgan klinik qon tahlillarini o'tkazish, shuningdek qon zardobida temir kontsentratsiyasini aniqlash kerak. Bemorlarga ehtimoliy gematologik buzilishlarga xos bo'lgan toksiklikning erta belgilari, shuningdek teri qoplamalari va jigar tomonidan simptomlar haqida ma'lumot berish zarur. Bemor isitma, tomoq og'rig'i, toshma, og'iz bo'shlig'ida yaralar, sababsiz qon quyilishlar, petexiya yoki purpura ko'rinishidagi gemorragiyalar kabi noxush reaktsiyalar paydo bo'lgan taqdirda darhol shifokorga murojaat qilish zarurligi haqida xabardor qilinadi.
Davolash vaqtida leykotsitlar yoki trombotsitlarning past miqdori (yoki ularning kamayishga moyilligi) qayd etilgan hollarda bemorning holatini va qonning kengaytirilgan klinik tahlili ko'rsatkichlarini diqqat bilan kuzatish kerak. Agar suyak ko'migi faoliyatining sezilarli darajada susayishi belgilari aniqlansa, Karbamazepin preparati bekor qilinishi kerak.
Dermatologik reaktsiyalar
Karbamazepin preparatini qo'llashda juda kam hollarda reaktsiyalar, shu jumladan Stivens-Jonson sindromi va toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi) qayd etilgan. Karbamazepin preparatini darhol bekor qilish va og'ir dermatologik reaktsiyalar, masalan, Stivens-Jonson sindromi yoki Layell sindromi rivojlanishidan dalolat beruvchi belgilar va simptomlar qayd etilganda muqobil terapiyani tanlashni amalga oshirish kerak. Og'ir (ba'zi hollarda, bemor hayotiga xavf soluvchi) teri reaktsiyalari rivojlanganda, bemor statsionarga yotqizilishi kerak. Ko'pgina hollarda Stivens-Jonson sindromi va Layell sindromi preparat bilan davolashning birinchi oylarida rivojlangan. Ushbu reaktsiyalar asosan yevropeoid aholisi bo'lgan mamlakatlarda preparatni birinchi marta qabul qilayotganlarda taxminan 10 000 holatga 1-6 holatda rivojlangan.
Yapon millatiga mansub bemorlarda va Shimoliy Yevropa aholisida o'tkazilgan retrospektiv tahlil ma'lumotlari inson leykotsitar antigeni (HLA) geni HLA-A*3101 alleli tashuvchilarida terining og'ir shikastlanishlari (Stivens-Jonson sindromi, Layel sindromi, eozinofiliya va tizimli ko'rinishlar bilan kechuvchi dori toshmasi, o'tkir generalizatsiyalangan ekzantematoz pustulyoz va dog'-tugunchali toshma) va karbamazepinni qo'llash o'rtasidagi bog'liqlikni namoyish etdi.
Inson leykotsitar antigeni (HLA) geni HLA-A*3101 alleli chastotasi turli etnik guruhlarda farq qilishi mumkin: Yevropa aholisida taxminan 2-5%, yaponlarda taxminan 10%. Allel chastotasi Avstraliya, Osiyo, Afrika va Shimoliy Amerika aholisida 5% dan kamni tashkil qiladi, istisnolar 5% dan 12% gachani tashkil qiladi. 15% dan yuqori chastota Janubiy Amerikaning ba'zi etnik guruhlarida (Argentina va Braziliya), Shimoliy Amerika tub aholisida (Navaxo va Sioks qabilalari, Meksikada - Sanora Seri), Janubiy Hindistonda (Tamil Padu) va ushbu mintaqalarning boshqa tub aholisi orasida 10-15% aniqlangan.
Karbamazepinni HLA-A*3101 allelining ehtimoliy tashuvchilariga (masalan, yapon millatiga mansub bemorlarga, yevropeoidlarga, Amerika tub aholisiga, lotin amerikaliklarga, Janubiy Hindiston xalqlari va arablarga) qo'llashda ushbu allel bo'yicha genotiplashni o'tkazish tavsiya etiladi. Preparatni ushbu allel tashuvchilariga faqat davolashdan kutilgan foyda ehtimoliy xavfdan yuqori bo'lgan holdagina qo'llash kerak. Karbamazepin preparati bilan davolashni olayotgan bemorlarga ushbu allel bo'yicha genotiplashni o'tkazish tavsiya etilmaydi, chunki og'ir teri reaktsiyalari ko'pchilik hollarda preparatni qo'llashning birinchi oylarida (HLA-A*3101 mavjudligidan qat'i nazar) qayd etilgan.
Xitoy va tay millatiga mansub bemorlarda preparatni qo'llashning retrospektiv tahlili ma'lumotlariga ko'ra, Stivens-Jonson sindromi va Layel sindromi rivojlanish chastotasi va bemor genomida inson leykotsitar antigeni (HLA) geni HLA-B* 1502 alleli mavjudligi o'rtasida korrelyatsiya mavjud. Ushbu allelning uchrash chastotasi xitoy millatiga mansub bemorlarda 2-12%, tay millatida - taxminan 8% ni tashkil qiladi.
Karbamazepinni HLA-B* 1502 alleli yuqori darajada tarqalgan Osiyo mintaqasi mamlakatlarida (Tayvan, Malayziya, Filippin) bemorlarda qo'llashda Stivens-Jonson sindromi rivojlanish chastotasi oshishi ("juda kam" darajadan "kam" darajagacha) aniqlangan. HLA-B* 1502 allelining tarqalish chastotasi: Filippinda va Malayziya aholisining ayrim guruhlari orasida - 15% dan ortiq. HLA-B* 1502 allelining Koreya va Hindistonda tarqalish chastotasi mos ravishda 2% va 6% ni tashkil qiladi. Ushbu allelning yevropeoid, negroid irqlarida, lotin amerikaliklar, indeyslar va yaponlarda tarqalishi arzimas darajada (
Ushbu allellarning chastotalari aholining ma'lum populyatsiyalarida allelni tashiydigan xromosomalar foizini ifodalaydi. Bu shuni anglatadiki, kamida ikkita xromosomadan birida allel nusxasini tashiydigan bemorlar foizi allel uchrash chastotasidan deyarli ikki baravar yuqori. Shunday qilib, xavf ostida bo'lishi mumkin bo'lgan bemorlar foizi allellar chastotasidan deyarli ikki baravar ko'p.
Karbamazepinni HLA-B*1502 allelining ehtimoliy tashuvchilariga qo'llashda ushbu allel bo'yicha genotiplashni o'tkazish tavsiya etiladi. Preparatni ushbu allel tashuvchilariga faqat davolashdan kutilgan foyda ehtimoliy xavfdan yuqori bo'lgan holdagina qo'llash kerak. Ko'rsatilgan allel uchrash chastotasi past bo'lgan millatlar vakillarida genotiplashni o'tkazish tavsiya etilmaydi. Karbamazepin preparati bilan davolashni olayotgan bemorlarga ushbu allel bo'yicha genotiplashni o'tkazish tavsiya etilmaydi, chunki og'ir teri reaktsiyalari ko'pchilik hollarda preparatni qo'llashning birinchi oylarida HLA-BH502 mavjudligidan qat'i nazar qayd etilgan.
HLA-B*1502 alleli mavjud bo'lgan bemorlarni aniqlash va bunday bemorlarda karbamazepinni qo'llamaslik karbamazepin-induktsiyalangan Stivens-Jonson sindromi yoki Layell sindromi holatlarini kamaytirishi ko'rsatilgan.
Biroq, genotiplash natijalari bemor holatini nazorat qilish darajasiga va shifokorning og'ir teri reaktsiyalariga nisbatan hushyorligiga ta'sir qilmasligi kerak. Terining og'ir shikastlanishlari ushbu allellar bo'yicha manfiy bo'lgan bemorlarda ham rivojlanishi mumkin. Shuningdek, ko'p hollarda HLA-B*1502 yoki HLA-A*3101 allellari bo'yicha musbat bo'lgan bemorlarda Karbamazepin preparatini qo'llashda og'ir teri sindromlari rivojlanishi qayd etilmagan.
Boshqa omillar, masalan, tirishishga qarshi dori vositalari dozasi, bemorlarning komplaentligi, boshqa preparatlar bilan bir vaqtda davolash, yo'ldosh kasalliklar yoki dermatologik reaktsiyalar ustidan nazorat darajasining og'ir teri reaktsiyalari rivojlanish chastotasi va tarqalishiga ta'siri aniqlanmagan.
Kuchsiz namoyon bo'lgan teri reaktsiyalari, masalan, izolyatsiyalangan makulez yoki makulopapulez ekzantema, ko'pchilik hollarda tranzitor va yengil bo'lib, odatda davolash davom ettirilganda yoki preparat dozasi kamaytirilgandan keyin bir necha kun yoki hafta ichida o'tib ketadi. Shunga qaramay, og'ir teri reaktsiyalarining erta namoyon bo'lishi va kuchsiz namoyon bo'lgan o'tkinchi teri toshmalari o'rtasidagi differentsial diagnostika qiyin bo'lishi mumkinligi sababli, har qanday teri reaktsiyalari rivojlanganda bemor shifokor nazorati ostida bo'lishi kerak (bemor holati yomonlashgan taqdirda preparat bilan davolashni o'z vaqtida to'xtatish maqsadida).
Genomda HLA-A*3101 alleli mavjudligi va kamroq og'ir teri reaktsiyalari (masalan, antikonvulsantlarga o'ta yuqori sezuvchanlik sindromi yoki yengil makulopapulez ekzantema) rivojlanishi o'rtasida bog'liqlik mavjud, HLA-B*1502 alleli uchun bunday bog'liqlik aniqlanmagan.
O'ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari
Karbamazepin preparatiga o'ta yuqori sezuvchanlik rivojlanganda bemorlarda turli reaktsiyalar, shu jumladan eozinofiliya va tizimli ko'rinishlar bilan kechuvchi dori toshmasi, isitma, toshma, vaskulit, limfadenopatiya, soxtalimfoma, artralgiya, leykopeniya, eozinofiliya, gepatospelnomegaliya, jigar funktsiyasi ko'rsatkichlari o'zgarishi va o't yo'llari destruktsiyasi sindromi bilan ularning soni kamayishi rivojlanishi bilan kechuvchi o'ta yuqori sezuvchanlikning kechiktirilgan poliorgan ko'rinishlari kuzatilishi mumkin, ular har qanday kombinatsiyada paydo bo'lishi mumkin. Shuningdek, boshqa ichki a'zolar (shu jumladan o'pka, buyrak, me'da osti bezi, miokard, yo'g'on ichak) shikastlanishi mumkin.
Karbamazepin preparatiga o'ta yuqori sezuvchanlik ko'rinishlari va simptomlari rivojlanganda preparatni darhol bekor qilish kerak.
Karbamazepinga ma'lum o'ta yuqori sezuvchanligi bo'lgan bemorlarni okskarbazepinga o'ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari rivojlanishi ehtimoli 25-30% ekanligi haqida xabardor qilish kerak.
Kesishma o'ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyasi karbamazepin va fenitoin o'rtasida ham uchraydi.
Giponatriemiya
Giponatriemiya rivojlanishi karbamazepinni qo'llash bilan bog'liq. Qon zardobida natriyning past miqdori bilan bog'liq buyrak shikastlanishi oldindan mavjud bo'lgan bemorlarda yoki natriy miqdorini pasaytiruvchi dori vositalarini (masalan, diuretiklar, antidiuretik gormon sekretsiyasiga ta'sir qiluvchi dori vositalari) bir vaqtda qabul qilayotgan bemorlarda karbamazepin bilan davolashni boshlashdan oldin zardobdagi natriy miqdori aniqlanishi kerak. Shundan so'ng, natriy miqdorini taxminan ikki haftadan keyin, so'ngra davolashning dastlabki uch oyi davomida har oyda yoki klinik zaruratga qarab aniqlash kerak. Ushbu xavf omillari ayniqsa keksa bemorlarda tez-tez uchraydi. Agar giponatriemiya kuzatilsa, klinik ko'rsatmalar mavjudligini aniqlash uchun suvni cheklash muhim mezon hisoblanadi.
Gipotireoz
Karbamazepin fermentlar induktsiyasi orqali qalqonsimon bez gormonlarining zardobdagi kontsentratsiyasini pasaytirishi mumkin, bu gipotireozi bo'lgan bemorlarda o'rinbosar terapiya uchun qo'llaniladigan preparatlar dozasini oshirishni talab qiladi. Ushbu toifadagi bemorlarda o'rinbosar terapiya preparatlari dozasini tanlash uchun qalqonsimon bez funktsiyasi monitoringi zarur.
Jigar funktsiyasi buzilishlari
Karbamazepin preparatini qo'llashdan oldin va davolash jarayonida jigar funktsiyasini tekshirishni o'tkazish zarur, ayniqsa anamnezida jigar kasalliklari haqida ma'lumotlar bo'lgan bemorlarda, shuningdek keksa yoshdagi bemorlarda. Mavjud jigar funktsiyasi buzilishlari kuchayganda yoki faol jigar kasalligi paydo bo'lganda Karbamazepin preparatini darhol bekor qilish kerak.
Buyrak funktsiyasi buzilishlari
Preparat bilan davolashni boshlashdan oldin va davolash jarayonida vaqti-vaqti bilan siydikning umumiy tahlilini tekshirish va qonda karbamid kontsentratsiyasini aniqlash tavsiya etiladi. M-xolinoblokada qiluvchi faollik
Preparat kuchsiz m-xolinoblokada qiluvchi faollikka ega. Shuning uchun preparat ko'z ichi bosimi yuqori bo'lgan va siydik tutilishi bo'lgan bemorlarda qo'llanilganda ushbu ko'rsatkichni doimiy nazorat qilish zarur.
Ruhiy buzilishlar
Preparatni qo'llash fonida latent ruhiy buzilishlar zo'rayishi mumkinligi sababli, keksa bemorlarni ong chalkashishi va psixomotor qo'zg'alish kabi simptomatika aniqlanishi maqsadi kuzatuvni ta'minlash kerak. Suitsidal xulq-atvor yoki niyatlar
Bir qator ko'rsatmalar bo'yicha tirishishga qarshi preparatlarni qabul qilgan bemorlarda suitsidal xulq-atvor yoki niyatlar holatlari qayd etilgan. Randomizatsiyalangan platsebo-nazoratli tadqiqotlarning meta-tahlili natijalari tirishishga qarshi preparatlarni qabul qilgan bemorlarda suitsidal xulq-atvor rivojlanish xavfi biroz oshganligini ko'rsatdi. Ushbu toifadagi bemorlarda suitsidal xulq-atvor kuchayishi mexanizmi aniqlanmagan. Shuning uchun suitsidal xulq-atvor va niyatlar simptomlarini sinchkovlik bilan kuzatish va tegishli davolash to'g'risida qaror qabul qilish zarur. Bemorlarga (ularni parvarish qiluvchi shaxslarga) suitsidal xulq-atvor yoki niyatlar simptomlari paydo bo'lganda shifokorga murojaat qilishni qat'iy tavsiya etish kerak.
Endokrinologik buzilishlar
Preparat estrogenlar va/yoki progesteron saqlagan dori vositalarining samaradorligini pasaytirishi mumkin, shuning uchun tug'ish yoshidagi ayollar preparat bilan davolash davrida homiladorlikdan saqlanishning muqobil usullarini qo'llashlari kerak.
Hozirgi vaqtda erkaklar fertilligi buzilishlari va/yoki spermatogenez buzilishlari haqida alohida xabarlar ro'yxatga olingan.
Qon plazmasida karbamazepin kontsentratsiyasini aniqlash
Garchi preparat dozasi, qon plazmasida karbamazepin kontsentratsiyasi, uning klinik samaradorligi yoki o'zlashtirilishi o'rtasidagi o'zaro bog'liqlik juda arzimas bo'lsa-da, shunga qaramay, karbamazepin kontsentratsiyasini muntazam aniqlash quyidagi vaziyatlarda maqsadga muvofiq bo'lishi mumkin: xurujlar chastotasi keskin oshganda, bemor preparatni to'g'ri qabul qilayotganligini tekshirish uchun; homiladorlik vaqtida; bolalar yoki o'smirlarni davolashda; karbamazepin so'rilishi buzilishiga shubha qilinganda; bemor bir nechta dori vositalarini qabul qilayotgan bo'lsa, toksik reaktsiyalar rivojlanishiga shubha qilinganda.
Transport vositalarini, mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Karbamazepin preparatini qabul qilayotgan bemorning tezkor reaktsiya qobiliyati, ayniqsa davolash boshida yoki doza tanlash davrida, kasallikning o'zi (masalan, tirishishlar) oqibatida ham, bosh aylanishi, uyquchanlik, ataksiya, diplopiya, akkomodatsiya buzilishi va ko'rish buzilishi kabi nojo'ya ta'sirlar oqibatida ham buzilishi mumkin. Bemorlar avtotransportni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlashda ehtimoliy xavflar haqida ogohlantirilgan bo'lishlari kerak.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
- Karbamazepinga yoki kimyoviy jihatdan o'xshash dori preparatlariga (masalan, tritsiklik antidepressantlarga) yoki preparatning har qanday boshqa komponentiga yuqori sezuvchanlik.
- Atrioventikulyar blokada.
- Anamnezda suyak ko'migi qon yaratishining susayishi epizodlari.
- Jigar porfiriyalari (masalan, o'tkir o'zgaruvchan porfiriya, kechki teri porfiriyasi, variegat porfiriya).
- Monoaminoksidaza ingibitorlari bilan kombinatsiyada qo'llash (tritsiklik antidepressantlar bilan tizilmaviy o'xshashlik).
- 4 yoshgacha bo'lgan bolalar.
Ehtiyotkorlik bilan
Anamnezida yurak (shu jumladan dekompensatsiyalangan surunkali yurak yetishmovchiligi), jigar (shu jumladan jigar yetishmovchiligi), buyrak (shu jumladan buyrak yetishmovchiligi) kasalliklari, boshqa dori vositalariga nojo'ya gematologik reaksiyalar yoki ilgari o'tkazilgan karbamazepin bilan davolashning bekor qilinishi to'g'risida ma'lumotlar bo'lgan bemorlarga preparatni faqat kutilayotgan davolash samarasi va terapiyaning mumkin bo'lgan xavfi o'rtasidagi nisbatni sinchkovlik bilan tahlil qilgandan so'ng va bemorlarning holatini qat'iy va muntazam nazorat qilish ta'minlanganda tayinlash kerak.
Preparatni quyidagilarga ehtiyotkorlik bilan tayinlash kerak:
- suyultirish giponatriemiyasi, gipotireoz bo'lgan bemorlarga;
- keksa bemorlarga (dori vositalarining o'zaro ta'siri rivojlanishi ehtimoli va epileptikaga qarshi preparatlarning turli farmakokinetikasini hisobga olgan holda);
- absans, tipik yoki atipik va mioklonik xurujlarni o'z ichiga olgan epileptik xurujlarning aralash shakllari bo'lgan bemorlarga (xurujlarning kuchayishi ehtimolini hisobga olgan holda);
- ko'z ichki bosimi oshgan va prostata bezi giperplaziyasi bo'lgan bemorlarga (karbamazepinning kuchsiz m-xolinoblokatorlik faolligini hisobga olgan holda).
Homiladorlik va emizish davrida qo'llanilishi
Karbamazepin gematoplatsentar to'siq orqali tez o'tadi va homila to'qimalarida, ayniqsa jigar va buyraklarda yuqori konsentratsiyalarda aniqlanadi.
Epilepsiya bilan og'rigan bemorlarning bolalari rivojlanish buzilishlari, shu jumladan tug'ma nuqsonlar paydo bo'lishiga boshqalarga qaraganda ko'proq moyil bo'ladilar. Hozirgi vaqtda onalarda monoterapiya sifatida karbamazepinni qo'llash bilan ko'rsatilgan buzilishlarning sabab-oqibat bog'liqligi mavjudligi to'g'risida yakuniy ma'lumotlar yo'q.
Tug'ma kasalliklar va rivojlanish nuqsonlari, shu jumladan umurtqa pog'onasi yoylarining bitmay qolishi (spina bifida) va boshqa tug'ma anomaliyalar: bosh suyagi-yuz tuzilmalari, yurak-qon tomir va boshqa a'zolar tizimlarining rivojlanish nuqsonlari, gipospadiya holatlari to'g'risida xabarlar mavjud. Shimoliy Amerika homiladorlar registri ma'lumotlariga ko'ra, tug'ilgandan keyin 12 hafta ichida tashxislangan, jarrohlik, dori yoki kosmetik tuzatishni talab qiluvchi strukturaviy anomaliyalarga tegishli qo'pol rivojlanish nuqsonlarining uchrash tezligi birinchi trimestrda monoterapiya sifatida karbamazepin qabul qilgan homiladorlar orasida 3,0% ni va har qanday epileptikaga qarshi preparatlarni qabul qilmagan homiladorlar orasida 1,1% ni tashkil qilgan.
Epilepsiya bilan og'rigan homilador ayollarni Karbamazepin preparati bilan davolash alohida ehtiyotkorlik bilan amalga oshirilishi kerak.
Agar homiladorlarda preparatni qo'llash zarur bo'lsa, shuningdek agar preparatni qo'llash vaqtida homiladorlik tashxislansa yoki bemor homiladorlikni rejalashtirsa, kutilayotgan foyda va mumkin bo'lgan xavf nisbatini, ayniqsa homiladorlikning birinchi trimestrida sinchkovlik bilan baholash kerak.
Yetarli klinik samaradorlik bo'lganda tug'ish yoshidagi ayollarga karbamazepinni monoterapiya sifatida qo'llash kerak, chunki kombinatsiyalangan epileptikaga qarshi terapiyani qo'llashda homila tug'ma anomaliyalari rivojlanish tezligi preparatlarni monoterapiya sifatida qo'llashdagiga qaraganda yuqori. Kombinatsiyalangan terapiya tarkibiga kiruvchi preparatlarga qarab tug'ma nuqsonlar rivojlanish xavfi oshishi mumkin, ayniqsa terapiyaga valproat qo'shilganda.
Karbamazepinni minimal samarali dozada qo'llash kerak. Qon plazmasida faol modda konsentratsiyasini muntazam nazorat qilish tavsiya etiladi. Homiladorda samarali tirishishga qarshi nazorat mavjud bo'lgan taqdirda qon plazmasida karbamazepinning minimal konsentratsiyasini (terapevtik diapazon 4-12 mkg/ml) ushlab turish kerak, chunki tug'ma nuqsonlar rivojlanish xavfining dozaga bog'liqligi ehtimoli to'g'risida xabarlar mavjud (masalan, sutkada 400 mg dan kam doza qo'llanilganda rivojlanish nuqsonlari uchrash tezligi yuqoriroq dozalar qo'llanilgandagiga qaraganda pastroq bo'lgan).
Bemorlarga rivojlanish nuqsonlari paydo bo'lish xavfi oshishi ehtimoli va shu munosabat bilan antenatal diagnostika o'tkazish zarurligi haqida ma'lumot berilishi kerak.
Homiladorlik vaqtida samarali epileptikaga qarshi davolashni to'xtatmaslik kerak, chunki kasallikning rivojlanishi ona va homilaga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin.
Ma'lumki, homiladorlik vaqtida foliy kislotasi yetishmovchiligi rivojlanadi. Epileptikaga qarshi vositalar ushbu yetishmovchilikni kuchaytirishi haqida xabar berilgan. Bu epileptikaga qarshi vositalarni qabul qilayotgan ayollardan tug'ilgan bolalarda tug'ma nuqsonlar uchrash tezligining oshishiga yordam berishi mumkin, shu munosabat bilan homiladorlikdan oldin va homiladorlik vaqtida foliy kislotasini qo'shimcha qabul qilish tavsiya etiladi.
Yangi tug'ilgan chaqaloqlarda qon ketishining oldini olish maqsadida homiladorlikning so'nggi haftalarida ayollarga, shuningdek yangi tug'ilgan chaqaloqlarga K1 vitaminini qo'llash tavsiya etiladi.
Onalari preparatni boshqa tirishishga qarshi vositalar bilan bir vaqtda qabul qilgan yangi tug'ilgan chaqaloqlarda epileptik xurujlar va/yoki nafas olishning susayishi holatlari tasvirlangan. Bundan tashqari, onalari karbamazepin olgan yangi tug'ilgan chaqaloqlarda qusish, diareya va/yoki gipotrofiyaning bir nechta holatlari haqida xabar berilgan. Ehtimol, bu reaksiyalar yangi tug'ilgan chaqaloqlarda «bekor qilish» sindromi ko'rinishlarini ifodalaydi.
Karbamazepin ko'krak sutiga o'tadi, u yerda uning konsentratsiyasi qon plazmasidagi konsentratsiyaning 25-60% ini tashkil qiladi. Yuqoridagilarga asosan, emizish davrida preparatni qo'llash zarurati tug'ilganda, tabiiy oziqlantirishning kutilayotgan foydasi va preparatning nojo'ya ta'sirlari rivojlanishining mumkin bo'lgan xavfi nisbatini sinchkovlik bilan baholash kerak. Ko'krak suti oladigan bolalar ustidan nojo'ya ta'sirlarni (masalan, yaqqol uyquchanlik, allergik teri reaksiyalari) imkon qadar erta tashxislash maqsadida kuzatuv olib borish kerak. Antenatal yoki ko'krak suti bilan karbamazepin olgan bolalarda xolestatik gepatit holatlari tasvirlangan, shu munosabat bilan gepatobiliar tizim tomonidan nojo'ya ta'sirlarni tashxislash maqsadida bunday bolalar ustidan kuzatuv olib borish kerak. Tug'ish yoshidagi bemorlar karbamazepin bilan bir vaqtda qo'llanilganda peroral kontratseptivlar samaradorligining pasayishi haqida ogohlantirilishi kerak.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Karbamazepinni monoaminoksidaza (MAO) ingibitorlari bilan bir vaqtda qo'llash tavsiya etilmaydi. Preparatni qo'llashdan oldin MAO ingibitorlari kamida 2 hafta oldin yoki klinik vaziyat imkon bersa, undan ham ko'proq muddat oldin bekor qilinishi kerak.
Sitoxrom P450 3A4 (CYP 3A4) karbamazepin-10,11-epoksid (faol metabolit) hosil bo'lishini ta'minlaydigan asosiy izoferment hisoblanadi. CYP 3A4 izofermenti ingibitorlarini preparat bilan bir vaqtda qo'llash plazmada karbamazepin kontsentratsiyasining oshishiga olib kelishi mumkin, bu o'z navbatida nojo'ya reaktsiyalarni keltirib chiqarishi mumkin. CYP 3A4 izofermenti induktorlarini bir vaqtda qo'llash karbamazepin metabolizmining tezlashishiga va shu tariqa plazmada uning kontsentratsiyasining pasayishi ehtimoliga va, demak, preparatning terapevtik ta'siri namoyon bo'lishining kamayishi ehtimoliga olib kelishi mumkin. Bir vaqtda qabul qilinayotgan CYP 3A4 izofermenti induktorlarini bekor qilish karbamazepin biotransformatsiyasi tezligini pasaytirishi va natijada qon plazmasida karbamazepin kontsentratsiyasining oshishiga olib kelishi mumkin. Karbamazepin CYP 3A4 izofermenti va dori vositalari metabolizmining birinchi va ikkinchi fazasidagi boshqa jigar ferment tizimlarining kuchli induktori hisoblanadi va CYP 3A4 izofermenti tomonidan metabolizmga uchraydigan preparatlar bilan bir vaqtda qo'llanilganda metabolizm induktsiyasini va ularning plazmadagi kontsentratsiyasining pasayishini keltirib chiqarishi mumkin.
Karbamazepin-10,11-epoksidning karbamazepin-10,11-transdiolga aylanishi mikrosomal epoksidgidrolaza yordamida sodir bo'lganligi sababli, karbamazepinni mikrosomal epoksidgidrolaza ingibitorlari bilan bir vaqtda qo'llash qon plazmasida karbamazepin-10,11-epoksid kontsentratsiyasining oshishiga olib kelishi mumkin.
Qon plazmasida karbamazepin kontsentratsiyasini oshirishi mumkin bo'lgan preparatlar:
- analgetik va nosteroid yallig'lanishga qarshi dori preparatlari: dekstropropoksifen, ibuprofen;
- o'smaga qarshi vositalar (androgen): danazol;
- antibiotiklar: makrolidlar (masalan, eritromitsin, troleandomitsin, jozamitsin, klaritromitsin), tsiprofloksatsin;
- antidepressantlar: ehtimol, dezipramin, fluoksetin, fluvoksamin, nefazodon, paroksetin, trazodon, viloksazin;
- tutqanoqqa qarshi vositalar: stiripenlol, vigabatrin;
- zamburug'larga qarshi vositalar: azol hosilalari (masalan, itrakonazol, ketokonazol, flukonazol, vorikonazol). Muqobil antikonvulsantlar vorikonazol yoki itrakonazol qabul qilayotgan bemorlarga tavsiya etilishi mumkin;
- H2-gistamin retseptorlari blokatorlari: loratadin, terfenadin;
- antipsixotik vositalar (neyroleptiklar): olanzapin;
- silga qarshi vositalar: izoniazid;
- viruslarga qarshi vositalar: OIV proteazasi ingibitorlari (masalan, ritonavir);
- glaukomaga qarshi vositalar (karboangidraza ingibitorlari): asetazolamid;
- gipotenziv preparatlar ("sekin" kaltsiy kanallari blokatorlari): verapamil, diltiazem;
- yaraga qarshi vositalar (proton pompasi ingibitorlari, H2-gistamin retseptorlari blokatorlari): omeprazol, ehtimol, simetidin;
- miorelaksantlar: oksibutinin, dantrolen;
- antiagregant vositalar: tiklopidin;
- boshqa dori vositalari va oziq-ovqat mahsulotlari: greypfrut sharbati, nikotinamid (faqat yuqori dozalarda).
Qon plazmasida karbamazepin kontsentratsiyasining oshishi nojo'ya reaktsiyalar (masalan, bosh aylanishi, uyquchanlik, ataksiya, diplopiya) paydo bo'lishiga olib kelishi mumkinligi sababli, bunday vaziyatlarda preparat dozasini to'g'irlash va/yoki qon plazmasida karbamazepin kontsentratsiyasini muntazam aniqlash kerak.
Qon plazmasida karbamazepin-10,11-epoksid kontsentratsiyasini oshirishi mumkin bo'lgan preparatlar: loksapin, kvetiapin, primidon, progabid, valproat kislotasi, valnoktamid va valpromid.
Qon plazmasida karbamazepin-10,11-epoksid kontsentratsiyasining oshishi nojo'ya reaktsiyalar (masalan, bosh aylanishi, uyquchanlik, ataksiya, diplopiya) paydo bo'lishiga olib kelishi mumkinligi sababli, bunday vaziyatlarda preparat dozasini to'g'irlash va/yoki qon plazmasida karbamazepin-10,11-epoksid kontsentratsiyasini muntazam aniqlash kerak.
Qon plazmasida karbamazepin kontsentratsiyasini pasaytirishi mumkin bo'lgan preparatlar: tutqanoqqa qarshi vositalar: felbamat, mezuksimid, okskarbazepin,
fenobarbital, fensuksimid, fenitoin (fenitoin bilan intoksikatsiya va karbamazepinning subterapevtik kontsentratsiyalari paydo bo'lishining oldini olish uchun fenitoinning tavsiya etilgan plazma kontsentratsiyasi karbamazepin terapiyasiga qo'shilishidan oldin 13 mkg/ml dan oshmasligi kerak) va fosfenitoin, primidon va ma'lumotlar qisman ziddiyatli bo'lsa-da, ehtimol klonazepam ham;
- o'smaga qarshi vositalar: tsisplatin yoki doksorubitsin;
- silga qarshi vositalar: rifampitsin;
- bronxodilatatsiyalovchi vositalar: teofillin, aminofillin;
- husnbuzar toshmasini davolash uchun vositalar (retinoidlar): izotretinoin;
- boshqa dori vositalari va oziq-ovqat mahsulotlari: teshik dalachoy saqlovchi o'simlik preparatlari.
Yuqorida ko'rsatilgan preparatlar bilan bir vaqtda qo'llanilganda karbamazepin dozasini to'g'irlash talab etilishi mumkin.
Karbamazepinning hamrohlik qiluvchi terapiya sifatida qo'llaniladigan preparatlarning plazmadagi kontsentratsiyasiga ta'siri
Karbamazepin bilan bir vaqtda qo'llanilganda plazmadagi kontsentratsiyaning pasayishi, ba'zi preparatlar ta'sirining kamayishi yoki hatto butunlay to'xtashi mumkin.
Karbamazepin bilan bir vaqtda qo'llanilganda quyidagi preparatlar dozalarini to'g'irlash talab etilishi mumkin:
- analgetik va nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlar: buprenorfin, metadon, paratsetamol (karbamazepin va paratsetamolni (asetaminofenni) uzoq muddat qo'llash gepatotoksik ta'sirlar rivojlanishiga olib kelishi mumkin), fenazon, tramadol;
- tetratsiklin guruhi antibiotiklari: doksitsiklin, rifabutin;
- bevosita bo'lmagan antikoagulyantlar, varfarin, fenprokumon, dikumarol va atsetokumarol;
- antidepressantlar: bupropion, tsitalopram, mianserin, nefazodon, sertralin, trazodon, tritsiklik antidepressantlar (imipramin, amitriptilin, nortriptilin, klomipramin);
- qusishga qarshi vositalar: aprepitant;
- tutqanoqqa qarshi vositalar: klobazam, klonazepam, etosuksimid, felbamat, lamotridjin, okskarbazepin, primidon, tiagabin, topiramat, valproat kislotasi, zonizamid. Fenitoin bilan intoksikatsiya va karbamazepinning subterapevtik kontsentratsiyalari paydo bo'lishining oldini olish uchun fenitoinning tavsiya etilgan plazma kontsentratsiyasi karbamazepin terapiyasiga qo'shilishidan oldin 13 mkg/ml dan oshmasligi kerak. Karbamazepin qabul qilish fonida qon plazmasida mefenitoin kontsentratsiyasi oshishi mumkinligi (kamdan-kam hollarda) to'g'risida xabarlar mavjud;
- zamburug'larga qarshi vositalar: itrakonazol, vorikonazol. Muqobil antikonvulsantlar vorikonazol yoki itrakonazol qabul qilayotgan bemorlarga tavsiya etilishi mumkin;
- antigelmint vositalar: prazikvantel, albendazol;
- o'smaga qarshi vositalar: imatinib, siklofosfamid, lapatinib, temsirolimus;
- antipsixotik vositalar (neyroleptiklar): klozapin, galoperidol, bromperidol, olanzapin, kvetiapin, risperidon, ziprazidon, aripiprazol, paliperidon;
- viruslarga qarshi vositalar: OIV proteazasi ingibitorlari (indinavir, ritonavir, sakvinavir);
- anksiolitik vositalar: alprazolam, midazolam;
- bronxodilatatsiyalovchi vositalar: teofillin;
- kontratseptiv vositalar: gormonal kontraseptivlar (muqobil kontratseptsiya usullarini tanlash zarur);
- yurak-qon tomir tizimi kasalliklarini davolash uchun preparatlar: digidropiridinlar guruhi "sekin" kaltsiy kanallari blokatorlari (felodipin), simvastatin, atorvastatin, lovastatin, tserivastatin, ivabradin; yurak glikozidlari (digoksin);
- glyukokortikosteroidlar: prednizolon, deksametazon;
- erektil disfunktsiyani davolash uchun vositalar: tadalafil;
- immunodepressiv vositalar: siklosporin, everolimus, takrolimus, sirolimus;
- qalqonsimon bez kasalliklarini davolash uchun vositalar: levotiroksin;
- boshqa dori vositalari va oziq-ovqat mahsulotlari: estrogenlar va/yoki progesteron saqlovchi preparatlar.
E'tiborga olish kerak bo'lgan kombinatsiyalar
Karbamazepin levetiratsetam bilan bir vaqtda qo'llanilganda alohida hollarda karbamazepinning toksik ta'siri kuchayishi qayd etilgan.
Izoniazid karbamazepin bilan bir vaqtda qo'llanilganda u chaqirgan gepatotoksiklikning kuchayishi to'g'risida xabarlar ma'lum.
Karbamazepin va litiy yoki metoklopramidni, shuningdek karbamazepin va neyroleptik vositalarni (galoperidol, tioridazin) kombinatsiyalangan holda qo'llash istalmagan nevrologik reaktsiyalar chastotasining oshishiga olib kelishi mumkin (oxirgi kombinatsiya holatida - hatto qon plazmasida faol moddalarning terapevtik kontsentratsiyalarida ham).
Karbamazepinni ba'zi diuretik vositalar (gidroxlorotiazid, furosemid) bilan bir vaqtda qo'llash giponatriemiyaga olib kelishi mumkin,
Klinik ko'rinishlar bilan kechadigan.
Karbamazepin nodepolyarizatsiyalovchi miorelaksantlar (masalan, pankuroniy bromid) ta'siriga antagonizm ko'rsatishi mumkin. Dori vositalarining bunday kombinatsiyasini qo'llashda ko'rsatilgan miorelaksantlar dozasini oshirish zarurati tug'ilishi mumkin; bemorlarni diqqat bilan kuzatish kerak, chunki miorelaksantlar ta'siri kutilganidan tezroq to'xtashi mumkin. Gormonal kontraseptivlar bir vaqtda qo'llanilganda ayollarda hayz ko'rishlar orasidagi davrda qon ketishlar yuzaga kelishi haqida xabar berilgan. Preparat mikrosomal fermentlar induktsiyasi oqibatida gormonal kontraseptivlar samarasini kamaytirishi mumkin.
Karbamazepin, boshqa psixotrop vositalar kabi, alkogolning o'zlashtirilishini pasaytirishi mumkin. Shu munosabat bilan bemorga alkogol iste'mol qilishdan voz kechish tavsiya etiladi.
Serologik reaktsiyalar bilan o'zaro ta'sir
Karbamazepin yuqori samarali suyuqlik xromatografiyasi usuli bilan perfenazin kontsentratsiyasini aniqlashda soxta musbat natijaga olib kelishi mumkin. Karbamazepin va karbamazepinning 10,11-epoksidi qutblanish fluoressents immun tahlili usuli bilan tritsiklik antidepressant kontsentratsiyasini aniqlashda soxta musbat natijaga olib kelishi mumkin.
Dozirovkasi
Preparatni ham monoterapiya ko'rinishida, ham kombinatsiyalangan terapiya tarkibida qo'llash mumkin.
Boshqa preparatlar bilan dori o'zaro ta'sirlarini va epilepsiyaga qarshi preparatlarning farmakokinetikasi xususiyatlarini hisobga olgan holda, keksa bemorlarga Karbamazepin preparati dozalarini ehtiyotkorlik bilan tanlash kerak.
Epilepsiya
Iloji bo'lsa, preparatni monoterapiya ko'rinishida buyurish kerak.
Preparat kichik xurujlarda (petit mal, absans) va mioklonik xurujlarda qo'llanilmaydi.
Davolash kichik sutkalik dozadan boshlanadi, keyinchalik u optimal samaraga erishilgunga qadar sekin oshiriladi. Karbamazepin dozasi tirishish holatlarini adekvat nazorat qilishga erishish uchun individual ravishda tanlanadi.
Preparatning optimal dozasini tanlash uchun qon plazmasidagi ta'sir etuvchi modda konsentratsiyasini aniqlash tavsiya etiladi. Epilepsiyani davolashda qon plazmasidagi karbamazepinning umumiy konsentratsiyasi 4-12 mkg/ml (17-50 mkmol/l) darajasiga mos keladigan karbamazepin dozasi zarur.
Karbamazepin preparatini qabul qilinayotgan boshqa epilepsiyaga qarshi preparatlarga qo'shganda Karbamazepin preparati dozasi asta-sekin oshiriladi. Zarurat bo'lganda qabul qilinayotgan preparatlar dozalariga tegishli tuzatish kiritiladi. Kattalar uchun karbamazepinning boshlang'ich dozasi kuniga 1 yoki 2 marta 100-200 mg dan iborat. Keyin doza optimal davolash samarasiga erishilgunga qadar sekin oshiriladi; odatda unga kuniga 2-3 marta 400 mg dan dozada erishiladi. Ba'zi bemorlarga sutkalik dozani 1600 mg yoki 2000 mg gacha oshirish talab qilinishi mumkin.
Uch shoxli nerv nevralgiyasi
Kattalar uchun boshlang'ich doza sutkada 200-400 mg ni tashkil qiladi. U og'riq hislari yo'qolguncha sekin oshiriladi (odatda kuniga 3-4 marta 200 mg dozagacha). Keyin doza minimal ushlab turuvchi dozagacha asta-sekin pasaytiriladi. Kattalar uchun maksimal tavsiya etilgan doza 1200 mg/sut ni tashkil qiladi. Og'riq sindromi bartaraf etilganda preparat bilan terapiyani keyingi og'riq xuruji paydo bo'lguncha asta-sekin to'xtatish kerak.
Keksa bemorlar uchun tavsiya etilgan boshlang'ich doza kuniga 2 marta 100 mg ni tashkil qiladi, keyin doza og'riq sindromi bartaraf etilguncha sekin oshiriladi, bunga odatda kuniga 3-4 marta 200 mg dan dozada erishiladi. Keyin dozani minimal ushlab turuvchi dozagacha asta-sekin pasaytirish kerak. Ushbu toifadagi bemorlarda uch shoxli nerv nevralgiyasida maksimal tavsiya etilgan doza 1200 mg/sut ni tashkil qiladi. Og'riq sindromi bartaraf etilganda preparat bilan terapiyani keyingi og'riq xuruji paydo bo'lguncha asta-sekin to'xtatish kerak.
Alkogolli abstinensiya sindromi
O'rtacha doza kuniga 3 marta 200 mg ni tashkil qiladi. Og'ir holatlarda dastlabki bir necha kun davomida doza oshirilishi mumkin (masalan, kuniga 3 marta 400 mg dan dozagacha). Alkogolli abstinensiyaning og'ir ko'rinishlarida davolashni sedativ va uxlatuvchi ta'sir ko'rsatadigan preparatlar (masalan, klometiazol, xlordiazepoksid bilan) kombinatsiyada preparatni qo'llashdan boshlaydilar. O'tkir faza bartaraf etilgandan so'ng preparat bilan davolash monoterapiya ko'rinishida davom ettirilishi mumkin.
Markaziy genezli qandsiz diabetda neyrogormonal tabiatli poliuriya va polidipsiya
Kattalar uchun o'rtacha doza kuniga 2-3 marta 200 mg dan iborat.
Diabetik neyropatiyada og'riq sindromi
O'rtacha doza kuniga 2-4 marta 200 mg dan iborat.
O'tkir maniakal holatlar va affektiv (bipolyar) buzilishlarni ushlab turuvchi davolash
Sutkalik doza 400-1600 mg ni tashkil qiladi. O'rtacha sutkalik doza - 400-600 mg (2-3 qabulda). O'tkir maniakal holatda dozani ancha tez oshirish kerak. Bipolyar buzilishlarning ushlab turuvchi terapiyasida optimal o'zlashtirishni ta'minlash maqsadida har bir keyingi dozani oshirish kichik bo'lishi kerak, sutkalik doza asta-sekin oshiriladi.
Preparatni qabul qilishni to'xtatish
Preparatni qabul qilishni to'satdan to'xtatish epileptik xurujlarni qo'zg'atishi mumkin, shuning uchun karbamazepinni 6 oy va undan ko'proq vaqt davomida asta-sekin bekor qilish kerak. Agar epilepsiyasi bo'lgan bemorda preparatni bekor qilish zarur bo'lsa, boshqa epilepsiyaga qarshi vositaga o'tish bunday hollarda ko'rsatilgan preparat himoyasi ostida amalga oshirilishi kerak.
Bolalarda qo'llanilishi
Karbamazepin preparatini bolalarda qo'llash uchun asosiy ko'rsatma - epilepsiya. Preparatning ushbu dori shaklini 4 yoshdan katta bolalarda kattalardagi kabi epilepsiya shakllarini davolash uchun qo'llash kerak. Davolash 100 mg/sut dozasidan boshlanishi mumkin; doza asta-sekin, haftasiga 100 mg dan ko'p bo'lmagan holda oshiriladi. Ushlab turuvchi dozalar: bolalar uchun tana vaznining har kg siga 10-20 mg hisobidan sutkada belgilanadi (bir necha qabulda).
Bola yoshi Sutkalik doza
4-5 yosh sutkada 200-400 mg
6-10 yosh sutkada 400-600 mg
11-15 yosh sutkada 600-1000 mg
> 15 yosh 800-1200 mg (kattalar kabi)
Maksimal dozalar: < 6 yoshdagi bolalar uchun 35 mg/kg/sut, 6-15 yosh -1000 mg/sut, > 1 5 yosh - 1200 mg/sut ni tashkil qiladi.
Bolalarda preparatni boshqa ko'rsatmalar bo'yicha qo'llash yuzasidan yetarli miqdorda ishonchli ma'lumotlar yo'qligi sababli, preparatni dozalash tartibini bolaning yoshi va vazniga muvofiq, jadvalda ko'rsatilgan dozalardan oshirmagan holda tanlash tavsiya etiladi.Dozani oshirib yuborishDozani oshirib yuborish odatda markaziy asab tizimi, yurak-qon tomir va nafas olish tizimlari tomonidan simptomlar, shuningdek «Nojo'ya ta'sir» bo'limida ko'rsatilgan holatlar bilan namoyon bo'ladi.
Dozani oshirib yuborganda quyidagi simptomlar va shikoyatlar bo'lishi mumkin:
Markaziy asab tizimi (MAT): MAT funksiyalarining susayishi; ongning buzilishi, dezorientatsiya, uyquchanlik, ajitatsiya, gallyusinatsiyalar, koma; ko'rishning xiralashishi, noaniq nutq, dizartriya, nistagm, ataksiya, diskineziya, giperrefleksiya (boshida), giporefleksiya (keyinroq); tirishishlar, psixomotor buzilishlar, mioklonus, gipotermiya, midriaz.
Nafas olish tizimi: nafas olishning susayishi, o'pka shishi.
Yurak-qon tomir tizimi: taxikardiya, arterial bosimning oshishi yoki pasayishi, QRS kompleksi kengayishi bilan o'tkazuvchanlik buzilishlari; yurak to'xtashi va yurak to'xtashi chaqirgan hushdan ketishlar.
Ovqat hazm qilish tizimi: qusish, me'dadan ovqat evakuatsiyasining kechikishi, yo'g'on ichak motorikasining pasayishi.
Siydik chiqarish tizimi: siydik tutilishi, oliguriya yoki anuriya; suyuqlik tutilishi; karbamazepinning antidiuretik gormon ta'siriga o'xshash samarasi tufayli yuzaga kelgan suv intoksikatsiyasi (suyultirish giponatriemiyasi).
Skelet-mushak tizimi: karbamazepinni qo'llash bilan bog'liq rabdomioliz haqida xabarlar mavjud.
Laboratoriya ko'rsatkichlari tomonidan o'zgarishlar: giponatriemiya, metabolik asidoz bo'lishi mumkin, giperglikemiya, kreatinfosfokinaza mushak fraksiyasi faolligining oshishi bo'lishi mumkin.
Davolash
O'ziga xos antidot yo'q. Dastlabki davolash bemorning klinik holatiga asoslanishi kerak; kasalxonaga yotqizish ko'rsatilgan. Ushbu vosita bilan zaharlanishni tasdiqlash va dozani oshirib yuborish darajasini baholash uchun plazmadagi karbamazepin konsentratsiyasini aniqlash o'tkaziladi. Me'da ichidagisini evakuatsiya qilish, me'dani yuvish, faollashtirilgan ko'mirni qo'llash amalga oshiriladi. Me'da ichidagisini kech evakuatsiya qilish kechiktirilgan so'rilishga va tiklanish davrida intoksikatsiya simptomlarining takroriy paydo bo'lishiga olib kelishi mumkin. Reanimatsiya bo'limida simptomatik ushlab turuvchi davolash, yurak funksiyalarini monitoring qilish, suv-elektrolit muvozanati buzilishlarini sinchkovlik bilan to'g'rilash qo'llaniladi.
Ko'mir sorbentlarida gemosorbsiya o'tkazish tavsiya etiladi. Gemodializ karbamazepin dozasini oshirib yuborishda davolashning samarali usuli hisoblanadi. Dozani oshirib yuborish simptomlarining takroriy kuchayishi u boshlangandan keyingi 2-chi va 3-kuni bo'lishi mumkin, bu karbamazepinning sekin so'rilishi bilan bog'liq.
KARBAMAZEPIN 0,2 tabletkalari N50 o'xshash dorilari




KARBAMAZEPIN 0,2 tabletkalari N50 xususiyatlari
Karbamazepin boshqa chiqarish shakllari



KARBAMAZEPIN 0,2 tabletkalari N50 analoglari






{
"data": {
"id": 27246,
"stores_apteka_id": null,
"slug": "karbamazepin-0-2-n50-tabl-velfarm",
"stores_apteka_slug": null,
"name": "KARBAMAZEPIN 0,2 tabletkalari N50",
"brand_name": "KARBAMAZEPIN 0,2",
"image": "uploads/iblock/254/25449ca61bc6954d6e308f9fe15117d9.webp",
"atx_code": "N03AF01",
"drug_form_id": 1,
"over_the_counter": false,
"prescription_type": "prescription",
"availability": "not_available",
"reviews_count": 0,
"reviews_rating": 0,
"has_pickup": false,
"has_delivery": false,
"manufacturer": null,
"manufacturer_plain": "VELFARM, OOO",
"representative": null,
"representative_plain": null,
"distributor": null,
"distributor_plain": null,
"is_manufacturer_advertiser": false,
"is_representative_advertiser": false,
"is_dietary_supplement": false,
"is_medical_device": false,
"category": {
"id": 1086,
"slug": "protivoepilepticheskie",
"name": "Antiepileptik vositalari",
"external_link_title": "",
"external_link": ""
},
"drug_group": {
"id": 7881,
"slug": "karbamazepin",
"name": "Karbamazepin"
},
"is_purchasable": false,
"country": {
"id": 20,
"slug": "rossiya",
"name": "Rossiya Federatsiyasi"
},
"active_ingredients": [
{
"id": 7487,
"slug": "karbamazepin",
"name": "Karbamazepin"
}
],
"tags": [
{
"id": 746,
"slug": "ot-sudorog",
"name": "Tomir tortishidan"
}
]
}
}






