KOMPLIVIT AKTIV JEVАTELNY olcha ta'mli tabletkalar N30


KOMPLIVIT AKTIV JEVАTELNY olcha ta'mli tabletkalar N30 haqida qo'llanma
Saqlash shartlari
Original oʼramida, 25°C dan yuqori boʼlmagan haroratda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli
Tarkibi: kaltsiy gidrofosfat digidrati, qand, dekstroza, magniy oksidi, askorbin kislotasi (C vitamini), tashuvchi polivinilpolipirrolidon (krospovidon), yopishishga qarshi agent talьk, yopishishga qarshi agent stearin kislotasining magniyli tuzi; nikotinamid, d,l-α-tokoferol atsetati (E vitamini), kartoshka kraxmali, modifikatsiya qilingan makkajoʼxori kraxmali, aromatizator tabiiy «olcha» (stabilizator malьtodekstrin, tabiiy taʼm-aromatik moddalar, stabilizator gummiarabik), retinol atsetati (А vitamini), kalьtsiy pantotenati, piridoksin gidroxloridi (B6 vitamini), riboflavin (B2 vitamini), tiamin gidroxloridi (B1 vitamini), xolekalьtsiferol (D3 vitamini), tashuvchi majmuaviy ozuqa qoʼshimchasi Kolikoat® Protekt (polietilenglikol va polivinil spirti sopolimeri, namlikni tutib turuvchi agent polivinil spirti, tashuvchi kremniy dioksidi), folat kislotasi, natriy yodidi, sianokobalamin (B12 vitamini).
| Biologik faol moddalar | Sutkalik doza (1 tabletka) dagi miqdori | Sutkalik doza (2 tabletka) dagi miqdori | Bolalarning fiziologik ehtiyoji normasidan %1 | |
| 3-6 yoshdagi bolalar1 tabletka | 7-10 yoshdagi bolalar2 tabletka | |||
| А vitamini |
0,305 mg РЭ |
0,61 mg РЭ |
61% |
87% |
|
Ye vitamini |
2,35 mg ТЭ |
4,7 mg ТЭ |
34% |
47% |
|
В1 vitamini |
0,6 mg |
1,2 mg |
67% |
109%* |
|
В2 vitamini |
0,7 mg |
1,4 mg |
70% |
117%* |
|
В6 vitamini |
0,8 mg |
1,6 mg |
67% |
107%* |
|
С vitamini |
30 mg |
60 mg |
60% |
100% |
|
В3 vitamini (nikotinamid) |
7,5 mg |
15 mg |
68% |
100% |
|
В9 vitamini (folat kislotasi) |
100 mkg |
200 mkg |
50% |
100% |
|
D3 vitamini |
1,5 mkg |
3 mkg |
10% |
20% |
|
В5 vitamini |
1,5 mg |
3 mg |
50% |
100% |
|
В12 vitamini |
1 mkg |
2 mkg |
67% |
100% |
| Magniy |
30 mg |
60 mg |
15% |
24% |
| Kaltsiy |
135 mg |
270 mg |
15% |
25% |
| Yod |
45 mkg |
90 mkg |
50% |
100% |
1 MR 2.3.1.0253-21 «Rossiya Federatsiya aholisining turli guruhlari uchun energiya va ozuqa moddalariga boʼlgan fiziologik ehtiyoj normalari»ga muvofiq
* «Sanitar-epidemiologik nazorat qilish kerak boʼlgan mahsulotlarga yagona sanitar-epidemiologik va gigienik talablar» II bob, 1 boʼlim, 55 p. ga muvofiq qoʼllashning ruxsat etilgan darajasidan oshmaydi.
1 tabletkaning ozuqaviy qiymati:
Uglevodlar – 0,5 g; energetik qiymati – 2,0 kkal / 8,5 kDj.
Chiqarilish shakli
1300,0 mg massali chaynaladigan tabletkalar.
Qo'llanilishi
«KOMPLIVIT® АKTIV JEVАTELNY» ozuqaga BFQ А, S, Ye, D (1 tabletkada – 60 HB), B guruhi (B1, B2, B3, B5, B6, B9, B12) vitaminlari, mineral elementlar (magniy, kalьtsiy, yod)ning qoʼshimcha manbai boʼlib hisoblanadi.
Vitaminlar va minerallar yetishmovchiligini toʼldiradi. Majmua komponentlari jadal oʼsish va rivojlanish davrida, jismoniy va aqliy yuklamalarda bola organizmini tutib turish uchun, organizmning infektsiyalarga chidamliligini oshirish uchun, bolalar bogʼchasi va maktabga moslashish davrida nerv tizimini tutib turish uchun, bolaning xotirasi va intellektini tutib turish uchun zarur.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
BFQ komponentlarini individual oʼzlashtiraolmaslik, uglevod almashinuvini buzilishlari, qandli diabet, ortiqcha tana vazni, yod preparatlarini qoʼllash mumkin boʼlmagan holatlarda qoʼllash mumkin emas.
Dozirovkasi
3 yoshdan 6 yoshgacha boʼlgan bolalarga ovqatlanish vaqtida kuniga
1 marta 1 tabletkadan, 7 yoshdan 10 yoshgacha boʼlgan bolalarga – ovqatlanish vaqtida kuniga 2 marta 1 tabletkadan buyuriladi.
Qabul qilish davomiyligi – 1 oy.
Bolalar tomonidan BFQ ni qabul qilishdan oldin shifokor-pediatr bilan, qalqonsimon bezi kasalliklari boʼlgan shaxslar qoʼllashdan oldin shifokor-endokrinolog bilan maslahatlashishlari kerak. Bolalar tomonidan BFQ ni qabul qilish shifokor-pediatr bilan kelishilgan holda va kuzatuvi ostida amalga oshiriladi.
Xususiyatlari
«KOMPLIVIT® АKTIV JEVАTELNY» BFQ ning taʼsiri takribiga kiruvchi komponentlarning xususiyatlariga bogʼliq. Bolaning toʼlaqonli jismoniy va intellektual rivojlanishi, immunitetni mustahkamlanishi, organizmning moslanuvchan imkoniyatlarini kuchayishining muhim omillari boʼlib hisoblangan vitamin va minerallarning majmuasidir. Mikronutrientlarni isteʼmol qilishning tavsiya etilgan
darajalariga muvofiq muvozanatlashtirilgan.
А vitamini bola organizmining immun himoyasi uchun zarur, shilliq qavatlarning toʼsiq funktsiyasini oshiradi, organizmning virusli va bakterial infektsiyalarga qarshiligini oshiradi. Organizmning infektsiyalarga qarshi qarshiligini oshishida ishtirok etadi. Koʼruv pigmentlarini sintezida ishtirok etadi, qorongʼulikda koʼrish va rang ajratish uchun zarur. Suyaklarni shakllanishi va oʼsishi, teri, tishlar, sochlarning holatini sogʼlomligi uchun zarur. Аntioksidant boʼlib hisoblanadi.
Ye vitamini yaqqol antioksidant xususiyatlarga ega, immunitetni mustahkamlanishi va organizmning himoya kuchlarini oshishiga yordam beradi. Nerv va mushak toʼqimasi funktsiyasiga ijobiy taʼsir koʼrsatadi, qon yaratish jarayonlarida ishtirok etadi.
Organizmda Ye vitamini yetishmovchiligida infektsion kasalliklarga moyillik, yalligʼlanish jarayonlari xavfi oshadi, mushak kuchsizligi paydo boʼladi.
C vitamini organizmning infektsiyalarga chidamliligini oshirishga yordam berib, immun tizimi faoliyatida muhim rolь oʼynaydi; kollagen sintezini taʼminlaydi; togʼaylar, suyaklar, tishlarni shakllanishi va strukturasi va funktsiyasini turib turishda ishtirok etadi; eritrotsitlarni yetilishida, toʼqimalar regeneratsiyasida ishtirok etadi. S vitamini terini sogʼlom holatda tutib turishga yordam beradi, yalligʼlanish reaktsiyalarini pasaytiradi. Yaqqol antioksidant xususiyatlarga ega, kapillyarlarning oʼtkazuvchanligini normallashtiradi.
B1 vitamini nerv va yurak-qon tomir tizimi faoliyatiin normallashishiga yordam beradi, organizmning immun himoyasini oshishiga yordam beradi, jismoniy va ruhiy toliqishni rivojlanishini oldini oladi.
B2 vitamini oqsil, uglevod va yogʼ almashinuvlari, gemoglobin sintezida ishtirok etadi, koʼrish funktsiyasini tutib turadi. V2 vitamini yetishmovchiligida lablar va ogʼiz burchaklarida yoriqlarni paydo boʼlishi, konʼyunktivit xarakterli.
B6 vitamini markaziy va periferik nerv tizimining normal faoliyati uchun zarur, psixoemotsional yuklamalarni oʼzlashtiraolishlikni yaxshilaydi, taʼsirchanlikni kamaytiradi, aqliy ish qobiliyatini oshiradi; stress sharoitida organizmning moslashishini yengillashtiradi.
B12 vitamini normal oʼsish, qon yaratish va epitelial xujayralarni rivojlanishining muhim omili boʼlib hisoblanadi; bolaning markaziy nerv tizimining faoliyati uchun zarur. Eritrotsitlarning gemolizga chidamliligini oshiradi. Toʼqimalarning regeneratsiyaga qobiliyatini oshiradi.
B3 vitamini (nikotinamid) toʼqima nafasi, yogʼ va uglevod almashinuvida ishtirok etadi. Organizmda V3 vitamini yetishmovchiligi ich kelishini buzilishi, dermatitlar va ruhiy buzilishlar bilan xarakterlanadi.
Folat kislotamt (B9) aminokislotalar, nukleotidlar sintezida ishtirok etadi, qon yaratish jarayonlari uchun zarur, shikastlangan
toʼqimalarning regeneratsiyasini yaxshilaydi.
B5 vitamini uglevod va yogʼ almashinuvida ishtirok etadi, oʼsish jarayonlari uchun muhim ahamiyatga ega, teri qoplamalari va shilliq qavatlarni tuzilishi, regeneratsiyasiga yordam beradi, nerv impulьslarini oʼtkazilishida ishtirok etadi. B5 vitaminini yetishmovchiligi dermatitlar, meʼda-ichak yoʼllari tomonidan buzilishlar, mushak kuchsizligi, yurak-qon tomir tizimi faoliyatini buzilishlari bilan namoyon boʼladi.
D vitamini organizmda kalьtsiy va fosfor almashinuvini boshqaradi, ularni oʼzlashtirilishini yaxshilanishini taʼminlaydi, bolaning tayanch-harakat apparatini shakllanishi uchun zarur. Uni yetishmovchiligida mushaklar kuchi va tonusi pasayadi, raxit rivojlanishi xavfi oshadi. Suyak toʼqimasi va tish toʼqimasini shakllanishi va mineralizatsiyasiga yordam beradi. Organizmning infektsiyalarga chidamliligini oshishiga yordam berib, immun tizimi faoliyatida muhim rol oʼynaydi.
Magniy nerv xujayralarining qoʼzgʼaluvchanligini kamaytiradi, tinchlantiruvchi taʼsir koʼrsatadi. Mushak va suyak toʼqimalarini
shakllanishida, shuningdek oqsil sintezi va energetik almashinuvda ishtirok etadi. Nerv qoʼzgʼaluvchanligining koʼrinishlarini yengillashtiradi, mushaklarni tortishib qisqarishini oldini oladi.
Kaltsiy suyak toʼqimasini shakllanishi va tishlarni mineralizatsiyasi, nerv impulьslarini oʼtkazilishi, skelet va silliq mushaklarni qisqarishi, qon ivishi tizimi uchun, yurak faoliyatining barqarorligini tutib turish uchun zarur.
Yod energetik almashinuv jadalligini boshqaruvchi qalqonsimon bezi gormonlarining sintezi uchun zarur, bolaning ruhiy va jismoniy holati va rivojlanishiga, markaziy nerv tizimi holatiga faol taʼsir koʼrsatadi. Yod yetishmovchiligi organizmning immun himoyasi faolligini pasaytiradi, jismoniy rivojlanish va taʼlim olish qobiliyatiga salbiy taʼsir koʼrsatadi.
KOMPLIVIT AKTIV JEVАTELNY olcha ta'mli tabletkalar N30 o'xshash dorilari



Komplivit boshqa chiqarish shakllari





