Apteka.uz
SavatKirish

KOMPLIVIT KALSIY D3 tabletkalari N30

Retseptsiz
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:OAO «Farmstandart-UfaVITA»
ATX kodi:A12AX
Barcha Komplivit dorilari
18 ta dorixonada bor
Narxi 72 000 so'm dan
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 18 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

KOMPLIVIT KALSIY D3 tabletkalari N30 qo'llanmasi

Saqlash shartlari

Original oʼramida, 25°C dan yuqori boʼlmagan haroratda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

Tarkibi:
kaltsiy karbonati, toʼldiruvchi saxaroza, stabilizator polivinilpirrolidon (E1201), tashuvchi kroskarmelloza natriy (E468), stabilizator kartoshka kraxmali, yopishishga qarshi agent stearin kislotasining magniyli tuzi (E470), aromatizator tabiiy apelьsinli [tabiiy taʼm-aromatik moddalar, malьtodekstrin, beta-karotin (boʼyovchi, Ye160a)], yopishishga qarshi agent kolloid kremniy dioksidi (E551), oksidlanishga qarshi limon kislotasi monogidrati (E330), kolekaltsiferol.

Chiqarilish shakli:
1750 mg±5% massali chaynaladigan tabletkalar.

Maxsus saqlash sharoitlari

Biologik faol moddalar Sutkalik doza
(2 tabletka) dagi miqdori
Kattalar uchun sutkalik isteʼmol qilish darajasidan %1                        Fiziologik ehtiyoj normalaridan %2
            Bolalar Homilador ayollar (I uch oylik) Homilador ayollar
(II-III uch
oylik)
Emizik- li ayollar

3-6

yoshdagi

7-10

yoshdagi

11-17

yoshdagi

D3 vitamini

15,0 mkg

(600 ҲБ)

300*

100

100

100

100

100

100

kaltsiy

1000 mg

100

111*

91

83

100

77

71

1 –TR TS 022/2011 «Ozuqa mahsulotlari uni markirovka qilish qismi»
2 – MR metodik tavsiyalari 2.3.1.0253-21 «Rossiya Federatsiya aholisining turli guruhlari uchun energiya va ozuqa moddalariga boʼlgan fiziologik ehtiyoj normalari»
* miqdori isteʼmol qilishning yuqori yoʼl qoʼyiladigan darajasidan oshmaydi.

Qo'llanilishi

«KOMPLIVIT® KАLTSIY D3» ozuqaga biologik faol qoʼshimchasi kalьtsiy va D3 vitaminining (1 tabletkada 300 HB) qoʼshimcha manbai boʼlib hisoblanadi.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Komponentlarni individual oʼzlashtiraolmaslik, uglevod almashinuvini buzilishlari, qandli diabet, ortiqcha tana vazni, 3 yoshdan kichik bolalarda qoʼllash mumkin emas.

Dozirovkasi

3 yoshdan oshgan bolalarga va kattalarga, shu jumladan homilador va emizikli ayollarga ovqatlanish vaqtida kuniga 1 marta 2 tabletkadan buyuriladi.
Qabul qilish davomiyligi – 1 oy.
Qoʼllashdan oldin shifokor bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.
Homilador va emizikli ayollar shifokor tavsiyasi boʼyicha va kuzatuvi ostida qabul qilishlari kerak.
Bolalarda BFQ ni qoʼllashdan oldin shifokor-pediatr bilan maslahatlashish kerak. Bolalar BFQ ni shifokor-pediatr bilan kelishilgan holda va kuzatuvi ostida qabul qilishlari kerak.

Xususiyatlari

«KOMPLIVIT® KАLTSIY D3» BFQ – bu ozuqaga biologik faol qoʼshimchadir, uning faolligi tarkibiga kiruvchi komponentlarning xususiyatlari bilan belgilanadi (ilmiy maʼlumotlarga muvofiq):

Kaltsiy – boshqa ionlarga nisbatan odam organizmida koʼp miqdorda saqlanuvchi mineral. Oʼrtacha odam tanasida 1 kg kaltsiy mavjud, taxminan 99% skeletda joylashgan.
Organizmda kaltsiy uchun bir qator muhim funktsiyalar xos:
•    Suyak toʼqimasi, dentin va tish emalini shakllanishi;
•    Mushaklarni qisqarishi, nerv va nerv-mushak oʼtkazuvchanligi jarayonlarida ishtirok etish;
•    Qon ivishining optimal sharoitlarini taʼminlash;
•    Qon-tomirlar oʼtkazuvchanligini boshqarish;
•    Organizmning kislota-ishqor muvozanatini tutib turish;
•    Bir qator fermentlar va ayrim endokrin bezlarining funktsiyasini faollashtirish;
Kaltsiy barqaror yurak faoliyati, bir qator gormonlarni ishlab chiqarish, ozganda/parhezga rioya qilganda, tana vaznini yaxshi nazorat qilish uchun yogʼ toʼqimasini samarali yoʼqotishga yordam berib adipotsitlar (yogʼ toʼqimasi xujayralari) metabolizmi uchun zarur.
Oʼsish, homiladorlik va emizish davrida kaltsiyni adekvat isteʼmol qilish ayniqsa muhim.

D3 vitamini (kolekaltsiferol) yogʼda eruvchan vitaminlar guruhiga kiradi. Ichakda kaltsiyni soʼrilishiga yordam beradi va suyak toʼqimasini mineralizatsiyasini taʼminlash uchun qonda kalьtsiy va fosfatlarning zarur darajalarini tutib turadi. U shuningdek suyaklarni oʼsishi va suyaklarni qayta tuzilishi jarayonlari uchun zarur. D vitaminining yetarli darajasi bolalarda raxitni va kattalarda suyak toʼqimasining mineralizatsiyasini buzilishlari rivojlanishini oldini oladi. Kalьtsiy va D3 vitaminini qoʼllash yuqori suyak rezorbtsiyasining (suyaklardan kalьtsiyni yuvib chiqarilishi) ragʼbatlantiruvchisi boʼlib hisoblangan paratireoid gormon (PTG)ni ishlab chiqarilishini oshishiga toʼsqinlik qiladi. Kaltsiy bilan birga D vitamini osteoporozni rivojlanishi xavfini pasaytirish va majmuaviy davolash tarkibida qoʼllanadi. D vitaminining funktsiyalari faqat kalьtsiy-fosfor almashinuvini nazorat qilish bilan cheklanmagan, u shuningdek immun tizimi funktsiyasini modulyatsiyasida ishtirok etib organizmda boshqa fiziologik jarayonlarga ham taʼsir koʼrsatadi, reproduktiv sogʼliqni tutib turish uchun muhim, yurak-qon tomir tizimining normal faoliyatini tutib turishda, yogʼlar, glyukoza va insulin metabolizmida ishtirok etadi, shuningdek nerv tizimi strukturalarini rivojlanishi va faoliyat koʼrsatishini boshqaradi. D vitaminining past darajasi yoshga bogʼliq kognitiv buzilishlarga va neyrodegenerativ kasalliklarga olib kelishi mumkin.

Ilmiy tadqiqot maʼlumotlari boʼyicha:
Kaltsiy tanqisligi bilan bogʼliq boʼlgan eng keng tarqalgan holatlarga suyaklarni sinishining va tayanch-harakat apparatining boshqa jarohatlarining yuqori xavfi bilan kechuvchi osteopeniya (suyaklarning mineral zichligini (SMZ) va suyak toʼqimasi massasini kamayishi kuzatilidigan holat) va osteoporoz kiradi. Hozirgi vaqtda kaltsiy va D vitamini qoʼshimchalarini qabul qilish SMZ oʼzgarishi va sinishlarni kamayishi bilan bogʼliqligini namoyish qiluvchi ishlar mavjud. Bir qator yirik klinik tadqiqotlar kaltsiy va D vitaminini qoʼshimcha qabul qilish sinishlar va suyak massasini yoʼqotish xavfini kamayishi bilan bogʼliqligini namoyish qilgan.
Shuningdek kaltsiyni yetarli miqdorda tushmasligi tishlarning    qattiq    toʼqimalarida gidroksiapatitlarning struktura va xususiyatlar boʼyicha notoʼliq kristallari hosil boʼlishiga olib kelishi isbotlangan, bu tishlarni kariesga, shuningdek tish emali nuqsonlarini yuzaga kelishiga rezistentligini pasaytiradi.
Yuqorida koʼrsatilgan ilmiy ishlarning natijalari suyaklar va tishlarning optimal sogʼligʼini tutib turishda kalьtsiy va D vitaminining muhim rolini namoyish qiladi.

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. KOMPLIVIT KALSIY D3 tabletkalari N30 preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

KOMPLIVIT KALSIY D3 tabletkalari N30 o'xshash dorilari

RENNI jevatelnie tabletkalari so vkusom mentola N24
Retseptsiz
RENNI jevatelnie tabletkalari so vkusom mentola N24
Germaniya
Vakil:
Bayer
Ishlab chiqaruvchi:
Bayer Consumer Care AG
Narxi
35 000 so'm dan
FAKSIMIN tabletkalari 200mg N12
FAKSIMIN tabletkalari 200mg N12
Turkiya
Vakil:
WELFAR VST
Ishlab chiqaruvchi:
Drogsan Ilaclari San. ve Tic. A. S.
•98 ta dorixonada bor
Narxi
97 000 so'm dan

Komplivit boshqa chiqarish shakllari

KOMPLIVIT tabletkalari N60
Retseptsiz
KOMPLIVIT tabletkalari N60
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
OAO «Farmstandart-UfaVITA»
Narxi
90 000 so'm dan
KOMPLIVIT KALSIY D3 tabletkalari N120
Retseptsiz
KOMPLIVIT KALSIY D3 tabletkalari N120
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
OAO «Farmstandart-UfaVITA»
Narxi
130 000 so'm dan
KOMPLIVIT AKTIV tabletkalari N30
Retseptsiz
KOMPLIVIT AKTIV tabletkalari N30
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
OAO «Farmstandart-UfaVITA»
Narxi
55 000 so'm dan

KOMPLIVIT KALSIY D3 tabletkalari N30 analoglari

KOMPLIVIT KALSIY D3 tabletkalari N120
Retseptsiz
KOMPLIVIT KALSIY D3 tabletkalari N120
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
OAO «Farmstandart-UfaVITA»
Narxi
130 000 so'm dan

KOMPLIVIT KALSIY D3 tabletkalari N30 narxlari va Toshkentdagi dorixonalardagi mavjudligi

D5 №4
Shayxontoxur tumani, Samarqand Darvoza ko'ch., 1 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-18:00
78 800 so'm
Bron qilish
D5
Olmazor tumani, Sag'bon ko'ch., 246 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-18:00
78 800 so'm
Bron qilish
Target Farm №6
Olmazor tumani, Farobiy ko'ch., 28/6 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-22:00
84 000 so'm
Bron qilish
Shafran №16
Uchtepa tumani, Lutfi ko'ch., 24A uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-23:00
72 000 so'm
Barokat Farm №2
Mirobod tumani, Chexov ko'ch., 10-uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-23:00
73 000 so'm
Ziyoda Farm Tradeng
Olmazor tumani, Shifo-Nur ko'ch., 8 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-23:00
75 000 so'm
Bio Nur Med
Yunusobod tumani, 19 daha, 11a uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-18:00
75 000 so'm
Shafran №14
Yashnobod tumani, Beshariq ko'ch., 115uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-23:00
75 000 so'm
Marjon Farm Trade №2
Mirzo Ulug'bek tumani, Mirzo Ulug'bek ko'ch., 109 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-23:00
78 000 so'm
Marjon Farm Trade №4
Mirzo Ulug'bek tumani, Feruz ko'ch., 1 uy, 27 xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-18:00
78 000 so'm

KOMPLIVIT KALSIY D3 tabletkalari N30 haqida savollar

KOMPLIVIT KALSIY D3 tabletkalari N30 haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil