KOMPLIVIT tabletkalari N60


KOMPLIVIT tabletkalari N60 haqida qo'llanma
Saqlash shartlari
Original oʼramida, 25°C dan yuqori boʼlmagan haroratda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli
Tarkibi: toʼldiruvchi mikrokristall sellyuloza (E460i), kalьtsiy gidrofosfati digidrati, magniy oksidi, tashuvchi ozuqa qoʼshimchasi [vinilpirrolidon va vinilatsetat sopolimeri], askorbin kislotasi, temir sulьfati geptagidrati, rutin, rux sulьfati geptagidrati, stabilizator polivinilpirrolidon (E1201), quyuqlashtiruvchi gidroksipropiltsellyuloza (E463), tashuvchi kroskarmelloza natriy (E468), yopishishga qarshi agent kalьtsiy stearati (E470), nikotinamid, boʼyovchi titan dioksidi
(E171), yopishishga qarshi agent talьk (E553), marganets sulьfati monogidrati, kalьtsiy pantotenati, tioktat (lipoat) kislotamt, retinol atsetati, glazirlovchi polietilenglikolь (E1521), α-tokoferol atsetati, mis sulьfati, piridoksin gidroxloridi, yopishishga qarshi agent kremniy dioksidi (E551), riboflavin, stabilizator malьtodekstrin, stabilizator modifikatsiya qilingan ozuqa kartoshka kraxmali, tiamin gidroxloridi, emulьgator polisorbat 80 (Tvin 80) (E433), toʼldiruvchi etiltsellyuloza (E462), glazirlovchi karnaub mumi (E903), natriy seleniti, folat kislotamt, biotin, sianokobalamin.
| Biologik faol moddalar | Bitta tabletkadagi miqdori | Isteʼmol qilishning tavsiya etilgan darajasidan % | ||
| 15 –17 yoshdagi oʼsmirlar1 | Kattalar2 | |||
| yigitlar | qizlar | |||
| А vitamini | 0,8 mg (2325 МЕ) | 80 | 100 | 100 |
| Ye vitamini | 3,0 mg | 20 | 20 | 30 |
| B1 vitamini | 1,0 mg | 67 | 77 | 71 |
| B2 vitamini | 1,27 mg | 71 | 85 | 79 |
| B6 vitamini | 2,0 mg | 100 | 125* | 100 |
| C vitamini | 25 mg | 28 | 36 | 42 |
| Nikotinamid (B3 vitamini) | 7,5 mg | 38 | 42 | 42 |
| Folat kislotasi | 0,1 mg | 25 | 25 | 50 |
| Kaltsiy pantotenati (V5 vitamini) | 5,0 mg | 100 | 125* | 83 |
| Biotin | 25 mkg | 50 | 50 | 50 |
| B12 vitamini | 1,5 mkg | 50 | 50 | 150* |
| Rutin | 15,0 mg | - | - | 503 |
| Tioktat (lipoat) kislotasi | 5,0 mg | - | - | 173 |
| Selen | 50 mkg | 100 | 100 | 71 |
| Temir | 5,0 mg | 33 | 28 | 36 |
| Marganets | 2,0 mg | 67 | 67 | 100*3 |
| Mis | 0,75 mg | 75 | 75 | 75*3 |
| Rux | 2,5 mg | 21 | 21 | 17 |
| Magniy | 60,0 mg | 15 | 15 | 15 |
1 – MR 2.3.1.0253-21 «Rossiya Federatsiya aholisining turli guruhlari uchun energiya va ozuqa moddalariga boʼlgan fiziologik ehtiyoj normalari».
2 – TR TS 022/2011 «Ozuqa mahsulotlari uni markirovka qilish qismi».
3 – YevrOsiyoII bojxona ittifoqining «Sanitar-epidemiologik nazorat qilish kerak boʼlgan mahsulotlarga yagona sanitar-epidemi-ologik va gigienik talablar». Isteʼmol qilishning adekvat darajasi.
* miqdori isteʼmol qilishning yuqori yoʼl qoʼyiladigan darajasidan oshmaydi.
1 tabletkaning ozuqaviy qiymati:
Uglevodlar – 0,3 g; energetik qiymati – 1,48 kkal / 6,29 kDj.
Qo'llanilishi
«KOMPLIVIT®» ozuqaga BFQ ozuqaga А, Ye, S, V guruhi (V1, V2, V3, V5, V6, V12, folat kislotasi, biotin) vitaminlari, mineral elementlar (temir, marganets, mis, rux, magniy, selen)ning qoʼshimcha manbai, rutin va lipoat kislotasining manbai boʼlib hisoblanadi.
Komponentlar oʼzini yaxshi his qilish uchun zarur, immun tizimini tutib turishga, vitaminlar va minerallarning tanqisligi holati xavfini pasaytirishga yordam beradi, jismoniy va aqliy yuklamalarda organizmni tutib turish uchun, organizmga tashqi salbiy omillarning taʼsirini pasaytirish uchun, organizmning himoyalovchi kuchlarini oshirish uchun foydali.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
BFQ komponentlarini individual oʼzlashtiraolmaslik, homiladorlik, emizish davrida qoʼllash mumkin emas.
Dozirovkasi
Kattalar va 15 yoshdan oshgan bolalarga ovqatlanish vaqtida kuniga 1 tabletkadan buyuriladi. Qabul qilish davomiyligi – 1 oy.
BFQ ni qoʼllashdan oldin shifokor bilan maslahatlashish tavsiya etiladi, bolalar tomonidan BFQ ni qabul qilishdan oldin shifokor-pediatr bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.
Xususiyatlari
«KOMPLIVIT®» ozuqaga BFQ ning taʼsiri tarkibiga kiruvchi komponentlarning xususiyatlari bilan bogʼliq.
Metabolik jarayonlar, organizmning barcha aʼzolari va tizimlarini normal faoliyatini tutib turish, immun tizimi funktsiyasini tutib turish, organizmning adaptatsion imkoniyatlarini kuchaytirishning muhim omillari boʼlib hisoblangan vitaminlar, minerallar va biologik faol moddalarning majmuasidir. Mikronutrientlarni isteʼmol qilishning tavsiya etilgan darajasiga qarab muvozanatlashtirilgan.
1 tabletkada komponentlarning mutanosibligi ishlab chiqarishning maxsus texnologiyasi yordamida taʼminlangan.
А vitamini antioksidant boʼlib hisoblanadi, organizmning immun himoyasi uchun zarur, shilliq qavatlarning toʼsiq funktsiyasini oshiradi, nospetsifik immunitet omillarining faolligini oshiradi. А vitamini organizmning infektsiyalarga qarshiligini oshirishda ishtirok etadi, teri regeneratsiyasini tezlashtiradi.
Koʼruv pigmentlari sintezida va koʼzlar tomonidan yorugʼlikni qabul qilishda ishtirok etadi, qorogʼulikda koʼrish va rang ajratish uchun zarur; shilliq qavatlarning butunligini taʼminlaydi; suyaklar va tishlarni shakllanishida muhim rolь oʼynaydi.
Ye vitamini kuchli antioksidant xususiyatlarga ega, organizmning himoya xususiyatlarini oshiradi, xujayralarni qarishini sekinlashtiradi.
Erkaklar va ayollar reproduktiv tizimining faoliyati uchun zarur, endokrin, nerv va yurak-qon tomir tizimiga ijobiy taʼsir koʼrsatadi. Organizmda Ye vitamini yetishmovchiligida infektsion kasalliklarga moyillik, yalligʼlanish jarayonlarining va terini muddatidan oldin qarishi xavfi oshadi; mushak kuchsizligi paydo boʼladi.
C vitamini antioksidant xususiyatlarga ega. Organizmning infektsiyalarga chidamliligini oshirib, immun tizimini mustahkamlaydi. Qon ivishi, toʼqimalar regeneratsiyasi, steroid gormonlar sintezi jarayonlarida ishtirok etadi; qon-tomirlar oʼtkazuvchanligini kamaytiradi. Terini sogʼlom holatda tutib turishga yordam beradi, temirni oʼzlashtirilishini yaxshilaydi. Togʼaylar, suyaklar, tishlarni shakllanishi va strukturasi va funktsiyasini; kollagen sintezida ishtirok etadi; gemoglobin hosil boʼlishiga taʼsir koʼrsatadi, kapillyallar devorini mustahkamlaydi.
B1 vitamini uglevod almashinuvida, nerv va yurak-qon tomir tizimi faoliyatida, immun himoyani oshirishda ishtirok etadi. Organizmda V1 vitaminini yetishmovchiligi meʼda-ichak yoʼllari faoliyatini buzilishlari, tez jismoniy va ruhiy toliqish, xotirani buzilishi bilan xarakterlanadi.
B2 vitamini toʼqima nafasi jarayoni, oqsil, uglevod va yogʼ almashinuvlarida ishtirok etadi. Koʼz toʼr pardasini UB-nurlanishdan himoya qilib koʼruv purpurasining tarkibiga kiradi; yorugʼlik va rang ajratishni taʼminlashda ishtirok etadi (А vitamini bilan birga), qorongʼulikka moslashuvni oshiradi; temir almashinuvida katta rolь oʼynaydi. V2 vitamini yetishmovchiligida lablar va ogʼiz burchaklarida yoriqlarni paydo boʼlishi, konʼyunktivit xarakterli.
B3 vitamini toʼqima nafasi jarayoni, yogʼ, oqsil va uglevod almashinuvida ishtirok etadi. Organizmda V3 vitaminini yetishmovchiligi ich kelishini buzilishi, dermatitlar va ruhiy buzilishlar bilan xarakterlanadi.
B5 vitamini yogʼ kislotalari, sterinlarning oksidlanishi va biosintezi jarayonlarida ishtirok etadi. Oʼsish jarayonlari uchun katta ahamiyatga ega; teri qoplamalari va shilliq qavatlarni tuzilishi, regeneratsiyasiga yordam beradi. V5 vitamini yetishmovchiligi dermatitlar, meʼda-ichak yoʼllari tomonidan buzilishlar, mushak kuchsizligi, yurak-qon tomir faoliyatida buzilishlar, mayda arteriyalarni shikastlanishi va toʼpiqni uvishishi bilan namoyon boʼladi.
B6 vitamini bizning kayfiyatimiz va ish qobiliyatimiz uchun javobgar, moddalar almashinuvida muhim rolь oʼynaydi, neyromediatorlar sintezida ishtirok etadi, markaziy va periferik nerv tizimini normal faoliyati uchun zarur, gemoglobin sintezida ishtirok etadi.
Folat kislotasi (B9) aminokislotalar, nukleotidlar, nuklein kislotalari sintezida ishtirok etadi; qon yaratish, nerv xujayralarini faoliyati uchun zarur, shikastlangan toʼqimalarning regeneratsiyasini yaxshilaydi.
B12 vitamini nukleotidlar sintezida ishtirok etadi, normal oʼsish, meʼda-ichak yoʼllarini faoliyat koʼrsatishi, qon yaratishning muhim omili boʼlib hisoblanadi, markaziy nerv tizimini faoliyat koʼrsatishi uchun zarur. B12 vitamini va folat kislotasi anemiya va surunkali toliqish rivojlanishi xavfini pasaytirishga yordam beradi.
Biotin terida, sochlarda va tirnoqlarda moddalarning optimal almashinuvida muhim rolь oʼynaydi. Organizmga biotinni yetarli miqdorda tushmasligi sochlarni toʼkilishi, terini kepaklanishi, yuqori toliqishga olib keladi. Uglevodlar va yogʼlar almashinuvi jarayonlarida ishtirok etadi. Biotin qonda glyukoza darajasini normallashishiga yordam beradi.
Rutin – flavonoid, antioksidant xususiyatlarga ega, askorbin kislotasini oksidlanishini oldini oladi, qon-tomirlarning oʼtkazuvchanligini kamaytiradi. Rutin va S vitamini birga qon-tomir devorini mustahkamlaydi, kapillyarlarning moʼrtligini kamaytiradi.
Lipat kislotasi aminokislotalar va yogʼ kislotalari almashinuvida ishtirok etadi, lipotrop samara namoyon qiladi, xolesterin almashinuviga taʼsir koʼrsatadi, organizm detoksikatsiyasiga yordam beradi, jigar funktsiyasini tutib turadi va yaxshilaydi. Аntioksidant xususiyatlarga ega.
Selen antioksidant taʼsir koʼrsatadi, organizmga xujayra membranalarini parchalovchi erkin radikallarni hosil boʼlishini kuchaytirishi mumkin boʼlgan tashqi salbiy omillar (noxush ekologiya, stress, chekish, kimyoviy kantserogenlar, radiatsiya)ning taʼsirini kamaytiradi; organizmga ogʼir metallar tushganida himoyalovchi taʼsir koʼrsatadi; yurak-qon tomir va ayrim onkologik kasalliklarni yuzaga kelishi xavfini pasayishiga olib keladi. А, Ye va S vitaminlari bilan birga ekstremal omillar taʼsiri sharoitida organizmning adaptatsion qobiliyatlarini yaxshilaydi, immunitetni mustahkamlanishiga yordam beradi.
Temir organizmga infektsiyalar bilan kurashishga yordam berib, immun tizimi faoliyatini tutib turadi, toʼqimalarni oʼsishida ishtirok etadi, eritrotsitlarni hosil boʼlishi jarayonida ishtirok etadi, gemoglobin tarkibida kislorodni toʼqimalarga tashilishini taʼminlaydi. Temir tanqisligi anemiya holati rivojlanishi xavfini oshiradi, surunkali toliqish holatini chuqurlashtiradi.
Marganets immun reaktsiyalarda, toʼqima nafasida ishtirok etadi, normal oʼsish, moddalar almashinuvi, suyak toʼqimasini rivojlanishi jarayonlari (osteogenez) uchun zarur. Koʼpgina fermentlarning tarkibiga kiradi, suyak va togʼay toʼqimasini mustahkamlaydi.
Mis xujayralarning antioksidant himoyasiga yordam beradi, kollagen sintezida ishtirok etadi, anemiya va aʼzolar va toʼqimalarning kislorodli och qolishini oldini oladi, osteoporoz rivojlanishi xavfini pasayishiga yordam beradi. Qon-tomirlar devorini mustahkamlaydi.
Rux immunitetni mustahkamlaydi, organizmning infektsiyalarga qarshiligini oshiradi, immun tizimining himoya qobiliyatlarini yaxshilaydi. А vitaminini oʼzlashtirilishi, teri regeneratsiyasi va sochlarni oʼsishiga yordam beradi. Reproduktiv funktsiyani, normal qon yaratishni tutib turish uchun zarur.
Magniy koʼpgina fermentativ reaktsiyalarda ishtirok etadi, nerv xujayralarining qoʼzgʼaluvchanligini kamaytiradi. Magniy mushak va suyak toʼqimasini shakllanishida, shuningdek oqsil sintezida va energetik almashinuvda ishtirok etadi. Nerv zoʼriqishining koʼrinishlarini yengillashtiradi, mushaklarni tirishib qisqarishini oldini oladi.
Kaltsiy suyak moddasini shakllanishi, nerv impulьslarini oʼtkazilishi jarayonlarini, mushak toʼqimasini qisqarishi, normal qon ivishi jarayonlarini amalga oshirish uchun zarur.
Fosfor suyak toʼqimasi va tishlarni shakllanishida ishtirok etadi va mustahkamlaydi, mineralizatsiyani kuchaytiradi, energetik almashinuv jarayonlarida ishtirok etadi.
KOMPLIVIT tabletkalari N60 o'xshash dorilari



Komplivit boshqa chiqarish shakllari




