Apteka.uz
SavatKirish

KOMPLIVIT OFTALMO tabletkalari N30

Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Rossiya Federatsiyasi
Kategoriya:Dori vositalari
Ishlab chiqaruvchi:OAO «Farmstandart-UfaVITA»
Barcha Komplivit dorilari
Mavjud emas
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 0 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov
Biologik aktiv qo'shimcha (BAQ). Ushbu mahsulot dori vositasi emas

KOMPLIVIT OFTALMO tabletkalari N30 qo'llanmasi

Saqlash shartlari

25 °C dan yuqori boʼlmagan haroratda, original oʼramida saqlansin.

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

Tarkibi: 
qand, kartoshka kraxmali, askorbin kislotasi, lyutein, majmuaviy ozuqa qoʼshimchasi [laktoza monogidrati, tashuvchilar: polivinilpirrolidon, polivinilpirrolidon sopolimeri], namlikni tutib turuvchi agent sorbit, Ye vitamini [dl-alьfa Tokoferol atsetati; malьtodekstrin; modifikatsiya qilingan ozuqa kraxmali; yopishishga qarshi agent kremniy dioksidi], rutin, zeaksantin, oksidlanishga qarshi limon kislotasi, yopishishga qarshi agent talьk, tashuvchi polivinilpirrolidon, yopishishga qarshi agent stearin kislotasining magniyli tuzi, stabilizator kroskarmelloza, rux oksidi, quyuqlashtiruvchi gidroksipropiltsellyuloza, А vitamini [retinol atsetati, oksidlanishga qarshi butilgidroksitoluol, jelatin, saxaroza, modifikatsiya qilingan kraxmal, natriy-alyuminiy silikati, tozalangan suv], piridoksin gidroxloridi (V6 vitamini), boʼyovchi titan dioksidi, tiamin gidroxloridi (V1 vitamini), mis sulьfati, stabilizator polietilenglikolь, riboflavin (V2 vitamini), folat kislotasi, majmuaviy ouzqa qoʼshimcha [polietilenglikolь va polivinil spirti sopolimeri, namlikni 
tutib turuvchi agent polivinil spirti, yopishishgak qarshi agent kremniy dioksidi], boʼyovchi sariq quyosh shafagʼi, natriy seleniti, sianokobalamin (V12 vitamini).
Bolalarning faolligi va diqqatiga salbiy taʼsir koʼrsatishi mumkin boʼlgan boʼyovchilar saqlaydi.

Biologik faol moddalar Bitta tabletkadagi miqdori Sutkalik isteʼmol qilishning tavsiya etilgan darajasidan % 1 / bitta tabletkada isteʼmol qilishning adekvat darajasidan
А vitamini

1 mg (2907 МЕ)

125**

Ye vitamini

15 mg

150**

Вvitamini

4 mg

286**

Вvitamini

2 mg

125**

Вvitamini

5 mg

250**

С vitamini

50 mg

83

Folat kislotasi

0,4 mg

200**

Rutozid* (rutin)

25 mg

83

В12 vitamini

0,003 mg

300**

Lyutein*

2,5 mg

50

Zeaksantin*

1 mg

100

Selen

0,025 mg

36

Mis*

1 mg

100

Rux

5 mg

33

1 - TR TS 022/2011 «Ozuqa mahsulotlari uni markirovka qilish qismi», 
* - YevrOsiyoII bojxona ittifoqining «Sanitar-epidemiologik nazorat qilish kerak boʼlgan mahsulotlarga yagona sanitar-epidemiologik va gigienik talablar»
** miqdori isteʼmol qilishning yuqori yoʼl qoʼyiladigan darajasidan oshmaydi.1 tabletkaning ozuqaviy qiymati: 
Uglevodlar – 0,2 g; energetik qiymati – 1,0 kkal / 4,1 kDj.

Chiqarilish shakli:

472,5 mg massali plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Qo'llanilishi

«KOMPLIVIT® OFTАLЬMO» ozuqaga BFQ А, Ye, V1, V2, V6, V12, S vitaminlari, folat kislotasi, mis, rux, selenning qoʼshimcha manbai, rutin, lyutein, zeaksantinning manbai boʼlib hisoblanadi.
Majmua komponentlari vitaminlar va minerallarning tanqisligini toʼldirishga, shu jumladan koʼrish aʼzolarining yoshga doir oʼzgarishlarida, shu jumladan oʼqiganda, kompьyuterda ishlaganda koʼrishni toliqishi rivojlanganida va qorongʼulikka moslashishni oshishiga yordam beradi.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Komponentlarni individual oʼzlashtiraolmaslik, homiladorlik, emizish davrida qoʼllash mumkin emas.

Dozirovkasi

Kattalarga ovqatlanish vaqtida kuniga 1 marta 1 tabletkadan buyuriladi.
Qabul qilish davomiyligi – 1 oy.
Qoʼllashdan oldin shifokor bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.

Xususiyatlari

KOMPLIVIT® OFTАLЬMO BFQ – bu Rossiya farmatsevtik kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan ozuqaga biologik faol qoʼshimchadir. Ishlab chiqarish jarayonida barcha komponentlarni 1 tabletkada mutanosibligini taʼminlovchi maxsus texnologiyadan qoʼllanadi. KOMPLIVIT® OFTАLЬMO BFQ ning faolligi tarkibiga kiruvchi komponentlarning xususiyatlari bilan belgilanadi (ilmiy maʼlumotlarga muvofiq):
А vitamini (retinol atsetati) yogʼda eruvchan vitaminlar guruhiga mansub, koʼzlarning toʼr pardasini normal faoliyat koʼrsatishi uchun zarur komponent boʼlib hisoblanadi, shuning uchun retinol miqdorini yetishmovchiligi qorongʼuda koʼrish va rang ajratish uchun javobgar koʼzoarning fotoretseptor tizimi faoliyatini buzilishiga olib keladi. Retinol miqdorini yetishmovchiligi qorongʼulikka moslashishni buzilishiga olib keladi. А vitaminini davomliroq yetishmovchiligida konʼyunktiva va shox parda, koʼz yoshi bezlarini buzilishlari namoyon boʼla boshlaydi. Juda ogʼir holatlarda tanqislik koʼzlarning shox pardasini yupqalashishi va yara paydo boʼlishiga olib kelishi mumkin.
Ye vitamini (tokoferol atsetati) yogʼda eruvchan vitaminlar guruhiga mansub, antioksidant boʼlib hisoblanadi, erkin radikallar chaqirgan lipidlarni perekisli oksidlanishiga moyil boʼlgan xujayra membranalariga himoya qiluvchi taʼsir koʼrsatadi. Bu umuman organizm xujayralari uchun ham, koʼz xujayralarini himoyasi uchun ham muhim ahamiyatga ega. Shuningdek koʼzlarda qon aylanishiga ijobiy taʼsir koʼrsatadi.
B1 vitamini (tiamin gidroxloridi) uglevodlar va yogʼlarning normal metabolizmini taʼminlash uchun muhim ahamiyatga ega, energiya ishlab chiqarish jarayonlariga muhim rolь oʼynaydi, uglevodlarning normal metabolizmini taʼminlash uchun zarur boʼlgan ayrim fermentlarning ko-faktoridir. Nerv tolasi boʼyicha (shu jumladan koʼruv nervi) impulsni oʼtkazilishi jarayonining zarur komponenti boʼlib hisoblanadi. Tanqisligida nerv tolalarining degenerativ oʼzgarishlari rivojlanishi mumkin.
B2 vitamini (riboflavin) koʼpgina metabolik yoʼllarda oksidlanish-qaytarilish reaktsiyalarida ishtirok etadi. Koʼpgina fermentlar tarkibiga kiradi va xujayra nafasi jarayonlarining katalizatori funktsiyasini bajaradi. Uglevod, oqsil va yogʼ almashinuvlarida, gemoglobin va eritropoetin sinteziyada ishtirok etadi. Normal koʼrish funktsiyasini tutib turish uchun zarur, koʼruv analizatori tomonidan rang ajratishni va qorongʼulikka moslashishni oshishiga yordam beradi.
B6 vitamini (piridoksin gidroxloridi) odam organizmida muhim kimyoviy reaktsiyalarni katalizatsiya qiluvchi 100 dan ortiq fermentlarni faoliyat koʼrsatishida hayotiy muhim rolь oʼynaydi. B1 va B12 vitaminlari kabi nerv tizimini, shu jumladan koʼruv nervini normal faoliyat koʼrsatishini tutib turish uchun zarur boʼlgan neyrotrop vitaminlar deb nomlanuvchi vitaminlarga mansub.
B12 vitamini (tsianokabalamin) –suvda eruvchan muhim vitamin, lipidlar, uglevodlar va oqsillar metabolizmi, qon yaratish, epitelial xujayralarni normal oʼsishi uchun zarur. Folat kislotasi metabolizmida va mielin sintezida ishtirok etadi. V12 vitamini tanqisligi natijasida toʼgʼri nerv oʼtkazilishi izdan chiqadi, xususan koʼruv nervlari tolalarining mielin plastinkalarini degeneratsiyasi va koʼz toʼr pardasining ganglioz xujayralari aksonlarini shikastlanishi yuzaga kelishi mumkin.
Folat kislotasi nuklein kislotalari sintezi uchun zarur boʼlgan turli metabolik jarayonlarda ishtirok etadi, qon yaratishning normal jarayoni uchun muhim. Kattalarda vitaminning past darajasi kognitiv disfunktsiya bilan bogʼliq, shuningdek koʼruv tizimining jiddiy oqibatlariga olib kelishi mumkin. Folat kislotasi nerv impulьsini oʼtkazilishini yaxshilaydi, eksperimentda kontrast koʼruv sezgirligini yaxshilaydi.
C vitamini (askorbin kislotasi) koʼp sonli fermentativ reaktsiyalarda, masalan kollagen, karnitin va neyropeptidlar biosintezida, shuningdek genlar ekspressiyasini boshqarishda muhim ko-faktor boʼlib hisoblanadi. U shuningdek kuchli antioksidantdir, oksidlanish-qaytarilish jarayonlarini boshqarishda, toʼqimalar regeneratsiyasida ishtirok etadi, qon-tomir devori oʼtkazuvchanligini kamaytiradi. Oksidativ stress sharoitida koʼz strukturalari (shox parda, gavhar, toʼr parda) himoyasining antioksidant tizimining samarali faoliyati uchun zarur.
Rutozid (rutin) – rutin mansub boʼlgan flavonoidlarni muntazam isteʼmol qilish yurak-qon tomir kasalliklarini rivojlanishi xavfini ishonchli pasayishiga olib keladi. Yuqori biologik faollik antioksidant xususiyatlarni mavjudligi bilan bogʼliq. In vivo va in vitro sharoitdagi eksperimental tadqiqotlarning maʼlumotlariga koʼra rutozid neyroprotektor taʼsir koʼrsatadi, shu jumladan koʼruv nerviga, gavharning yoshga doir oʼzgarishlarini rivojlanishi va avj olishini sekinlashtiradi.
Selen xujayra membranalarining antioksidant himoyasini taʼminlaydi. А, Ye va S vitaminlari bilan majmuada majmuaviy antioksidant taʼsir koʼrsatadi, bu toʼr pardani erkin radikallarning shikastlovchi taʼsiridan himoyasi uchun muhim ahamiyatga ega; noxush omillar (stress, atrof muhitni ifloslanishi) taʼsiri sharoitida organizmning adaptatsion qobiliyatlarini oshiradi.
Rux asosiy fermentlarning tarkibiga kiradi, turli biokimyoviy reaktsiyalarda ishtirok etadi. Teri regeneratsiyasi va sochlarni oʼsishi jarayonlarini ragʼbatlantiradi, shuningdek immun tizimining himoya qobiliyatini yaxshilaydi. Rux toʼr parda tomonidan А vitaminini utilizatsiya qilinishiga yordam beradi, uning tanqisligi qorogʼulikda koʼrish va rang ajratishni buzilishiga olib kelishi mumkin. Toʼr pardaning pigment epiteliysi xujayralari kulьturalarida oksidlanishni shikastlanishni oldini olib, unda himoya antioksidant xususiyatlariga ega.
Mis oksidlanish-qaytarilish faolligiga ega va temir metabolizmida ishtirok etuvchi fermentlarning tarkibiga kiradi, oqsillar va uglevodlarni oʼzlashtirilishini ragʼbatlantiradi. Odam organizmini kislorod bilan taʼminlanishi jarayonlarida ishtirok etadi. Yetarli miqdorda isteʼmol qilmaslikning klinik koʼrinishlari yurak-qon tomir tizimi va skeletni shakllanishini buzilishlari, biriktiruvchi toʼqima displaziyasini rivojlanishi, ehtimol polineyropatiya, shu jumladan koʼruv nervi neyropatiyasiga olib keluvchi nerv tolalarini demielinizatsiyasi bilan namoyon boʼladi.
Lyutein va zeaksantin – bu koʼz toʼr pardasida aniqlanadigan oʼsimlik karotinoidlaridir, u yerda ular sariq dogʼ yoki makulada (makulyar pigment sifatida maʼlum) yuqori kontsentratsiyalarda mavjud, u yerda yorugʼlik taʼsirida hosil boʼladigan koʼk rangni samarali yutuvchi boʼlib hisoblanadi. Koʼz toʼr pardasining makulyar sohasini himoya qilib, ushbu karotinoidlar koʼrish oʼtkirligini saqlanishiga yordam beradi, koʼz kasalliklarini rivojlanishini sekinlashtiradi. Bundan tashqari, lyutein va zeaksantin gavhar moddasida yoshga doir oʼzgarishlarni oldini olishga yoki sekinlashtirishga yordam berib, koʼz gavharini erkin radikallar tomonidan shikastlanishidan himoya qilib unda mavjud boʼladi.
Ilmiy tadqiqot maʼlumotlari boʼyicha:
Vitaminlar, minerallar va oʼsimlik karotinoidlari (lyutein va zeaksantin) koʼrish aʼzolarining faoliyatini boshqarishda muhim rolь oʼynaydi, funktsional holatini yaxshilaydi. Ularni isteʼmol qilishni tanqisligi bir qator holatlarda koʼrishni turli boʼlishlariga va koʼruv apparatining kasalliklariga olib kelishi mumkin. Lyutein va zeaksantin organizmda sintez qilinmaydi va faqat tashqaridan tushadi. Makulyar pigmentning zichligi aynan ushbu karotinoidlarning miqdoriga bogʼliq. Karotinoidlardan tashqari, bir qator tadqiqotlarda toʼr parda va umuman koʼrish aʼzosi funktsiyasini tutib turishda antioksidant taʼsirga ega boshqa vitaminlar va mikroelementlar (selen, S, Ye vitamini, rux, mis)ning roli isbotlangan.2017 yili 19 klinik tadqiqotlarni (10 ta tadqiqot Yevropada, 6 tasi АQSh da, 2 tasi Xitoyda va 1 tasi Аvstraliyada) oʼz ichiga olgan sharh chop etilgan. Ushbu tadqiqotlarda polivitamin qoʼshimchalar, rux, Ye vitamini, lyutein va zeaksantin platsebo bilan solishtirilgan, unda vitamin qoʼshimchalarining taʼsiri tahlil qilingan. Natijada vitamin-mineral majmualarni qabul qilish koʼzlarning yoshga doir kasalliklari rivojlanishi xavfini pasayishiga va koʼrishni saqlanishiga yordam berishi mumkin.
Shunday qilib, koʼp markazli yirik klinik tadqiqotlar natijalari muvozanatlashtirilmagan oziqlanganda, meʼda-ichak yoʼllarining faoliyatini buzilishlarida, yuqori koʼrish va psixoemotsional yuklamalarda, ulьtrabinafsha nurlarning jadal taʼsirida qoʼllanishi mumkin boʼlgan oʼsimlik karotinoidlari bilan birga antioksidant vitamin-mineral majmualarining potentsial samaradorligini tasdiqlagan.

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. KOMPLIVIT OFTALMO tabletkalari N30 preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

KOMPLIVIT OFTALMO tabletkalari N30 o'xshash dorilari

Komplivit boshqa chiqarish shakllari

KOMPLIVIT KALSIY D3 tabletkalari N120
Retseptsiz
KOMPLIVIT KALSIY D3 tabletkalari N120
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
OAO «Farmstandart-UfaVITA»
Narxi
130 000 so'm dan
KOMPLIVIT AKTIV tabletkalari N30
Retseptsiz
KOMPLIVIT AKTIV tabletkalari N30
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
OAO «Farmstandart-UfaVITA»
Narxi
55 000 so'm dan
KOMPLIVIT KALSIY D3 tabletkalari N30
Retseptsiz
KOMPLIVIT KALSIY D3 tabletkalari N30
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
OAO «Farmstandart-UfaVITA»
Narxi
72 000 so'm dan
KOMPLIVIT tabletkalari N60
Retseptsiz
KOMPLIVIT tabletkalari N60
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
OAO «Farmstandart-UfaVITA»
Narxi
90 000 so'm dan
Analoglar KOMPLIVIT OFTALMO tabletkalari N30
Analoglari yo'q

KOMPLIVIT OFTALMO tabletkalari N30 haqida savollar

KOMPLIVIT OFTALMO tabletkalari N30 haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Ko‘rilgan mahsulotlar

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil