KONKOR AM 0,005+0,01 tabletkalari N30

KONKOR AM 0,005+0,01 tabletkalari N30 o'xshash dorilari

KONKOR AM 0,005+0,01 tabletkalari N30 qo'llanmasi
Amlodipin
So'rilishi
Amlodipin ichga qabul qilingandan so'ng yaxshi so'riladi. Qon plazmasida Cmax 6-12 soatdan keyin qayd etiladi. Preparatni ovqat bilan birga qabul qilish uning so'rilishiga ta'sir qilmaydi. Mutlaq biokiraolishligi 64-80% ni tashkil qiladi.
Taqsimlanishi
Ko'rinadigan Vd 21 l/kg ni tashkil qiladi. Qon plazmasidagi muvozanat konsentratsiyasiga (5-15 ng/ml) preparat qabul qilish boshlanganidan 7-8 kun o'tgach erishiladi.
In vitro tadqiqotlari shuni ko'rsatdiki, aylanib yuruvchi amlodipinning taxminan 93-98% qon plazmasi oqsillari bilan bog'langan.
Metabolizmi va chiqarilishi
Amlodipin jigarda jadal metabolizmga uchraydi. Qabul qilingan dozaning taxminan 90% nofaol piridin hosilalariga aylanadi. Qabul qilingan dozaning taxminan 10% siydik bilan o'zgarmagan holda chiqariladi. Nofaol metabolitlar miqdorining taxminan 60% buyraklar orqali va 20-25% ichak orqali chiqariladi. Qon plazmasidagi konsentratsiyaning pasayishi ikki fazali xususiyatga ega. Yakuniy T1/2 taxminan 35-50 soatni tashkil qiladi, bu preparatni sutkada bir marta yuborish imkonini beradi. Umumiy klirens 7 ml/daq/kg ni (vazni 60 kg bo'lgan bemorda 25 l/soat) tashkil qiladi. Keksa bemorlarda u 19 l/soatni tashkil qiladi.
Keksa bemorlarda va buyrak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarda amlodipin farmakokinetikasining sezilarli o'zgarishlari kuzatilmagan.
Klirens pasayishi tufayli jigar yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarga pastroq boshlang'ich dozalar buyurilishi kerak.
Bisoprolol
So'rilishi
Bisoprolol MIY dan deyarli to'liq (90% dan ortiq) so'riladi. Uning biokiraolishligi jigar orqali "birinchi o'tishda" arzimas metabolizm (taxminan 10% darajasida) tufayli
ichga qabul qilingandan so'ng taxminan 90% ni tashkil qiladi. Ovqat qabul qilish biokiraolishlikka ta'sir qilmaydi. Bisoprolol chiziqli kinetikani namoyish etadi, bunda uning qon plazmasidagi konsentratsiyalari 5 dan 20 mg gacha bo'lgan diapazonda qabul qilingan dozaga proporsionaldir. Qon plazmasida Cmax ga 2-3 soatdan keyin erishiladi.
Taqsimlanishi
Bisoprolol ancha keng taqsimlanadi. Vd 3,5 l/kg ni tashkil qiladi. Qon plazmasi oqsillari bilan bog'lanishi taxminan 30% ga yetadi.
Metabolizmi
Keyingi kon'yugatsiyasiz oksidlanish yo'li bilan metabolizmga uchraydi. Barcha metabolitlar qutbli (suvda eruvchan) va buyraklar orqali chiqariladi. Qon plazmasi va siydikda aniqlanadigan asosiy metabolitlar farmakologik faollik namoyon etmaydi. Inson jigari mikrosomalari bilan in vitro eksperimentlari natijasida olingan ma'lumotlar shuni ko'rsatadiki, bisoprolol birinchi navbatda CYP3A4 izofermenti yordamida (taxminan 95%) metabolizmga uchraydi, CYP2D6 izofermenti esa faqat arzimas rol o'ynaydi.
Chiqarilishi
Bisoprolol klirensi buyraklar orqali o'zgarmagan holda chiqarilish (taxminan 50%) va jigarda metabolitlargacha metabolizm (taxminan 50%) o'rtasidagi muvozanat bilan belgilanadi, metabolitlar ham buyraklar orqali chiqariladi. Umumiy klirens 15 l/soatni tashkil qiladi. T1/2 -10-12
Amlodipin bo‘yicha
Qon yaratish tizimi tomonidan: juda kam hollarda - leykopeniya, trombositopeniya.
Moddalar almashinuvi va oziqlanish tomonidan: juda kam hollarda - giperglikemiya.
Ruhiy buzilishlar: tez-tez emas - uyqusizlik, kayfiyat o‘zgarishi (sh.j. xavotir), depressiya; kam hollarda - ongning chalkashishi.
Nerv tizimi tomonidan: tez-tez - bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, uyquchanlik (ayniqsa davolash boshida); tez-tez emas - hushdan ketish, gipesteziya, paresteziya, disgevziya, tremor; juda kam hollarda - gipertoniya, periferik neyropatiya.
Ko‘rish a'zosi tomonidan: tez-tez emas - ko‘rishning buzilishi (sh.j. diplopiya).
Eshitish a'zosi va labirint buzilishlari: tez-tez emas - quloqlarda shovqin.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: tez-tez - ko‘ngil aynishi, qorinda og‘riq.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: tez-tez - yurak urishini his qilish; juda kam hollarda - miokard infarkti, aritmiya (bradikardiya, qorincha taxikardiyasi, bo‘lmachalar hilpillashi), tez-tez - yuzga qon quyilishi; tez-tez emas - qon bosimining yaqqol
pasayishi; juda kam hollarda - vaskulit.
Nafas olish tizimi tomonidan: hansirash, rinit; juda kam hollarda - yo‘tal.
Siydik chiqarish tizimi tomonidan: tez-tez emas - pollakiuriya, og‘riqli siydik chiqarishga qistovlar, nikturiya, impotentsiya, ginekomastiya.
Umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi buzilishlar: tez-tez - periferik shishlar, yuqori toliqish; tez-tez emas - ko‘krakda og‘riq, asteniya; og‘riq, umumiy holsizlik.
Suyak-mushak tizimi tomonidan: tez-tez - to‘piqlar shishi; tez-tez emas - artralgiya, mialgiya, mushak spazmlari, belda og‘riq.
Amlodipin bo'yicha:
Yurak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlar amlodipinni ehtiyotkorlik bilan qabul qilishlari kerak. NYHA tasnifi bo'yicha III-IV bosqich yurak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarda amlodipin o'pka shishi paydo bo'lishi xavfini oshiradi, bu SYuYe kechishi simptomlarining og'irlashishi bilan bog'liq emas.
Bisoprolol bo'yicha:
Bisoprolol bilan davolashni to'xtatish to'satdan bo'lmasligi kerak, ayniqsa YIK bo'lgan bemorlarda, agar preparatni bekor qilishga aniq ko'rsatmalar bo'lmasa. Bisoprololni to'satdan bekor qilish kardial patologiyaning vaqtinchalik yomonlashishiga olib kelishi mumkin. Bisoprolol arterial gipertenziyasi yoki stenokardiyasi bo'lgan, yurak yetishmovchiligi bilan birga kechuvchi bemorlarga alohida ehtiyotkorlik bilan tayinlanishi kerak. Boshqa beta-adrenoblokatorlarda bo'lgani kabi, bisoprolol allergenlarga sezgirlikni oshirishi va anafilaktik reaktsiyalarni kuchaytirishi mumkin, shuning uchun bir vaqtda o'tkazilayotgan desensibilizatsiya terapiyasida ehtiyotkorlikka rioya qilish zarur. Adrenalinni qo'llash har doim ham kutilgan terapevtik samarani bermasligi mumkin.
Bisoprolol qo'llanilganda gipertireoz simptomlari niqoblanishi mumkin.
Feoxromotsitomasi bo'lgan bemorlarda bisoprolol faqat alfa-adrenoretseptorlar blokadasidan keyin tayinlanishi kerak.
Umumiy anesteziya o'tkazishdan oldin anesteziolog bemorning beta-adrenoblokatorlarni qabul qilayotganligi haqida xabardor qilingan bo'lishi kerak. Agar beta-adrenoblokatorni jarrohlik aralashuvidan oldin bekor qilish zarur bo'lsa, bu asta-sekin bajarilishi va anesteziyadan taxminan 48 soat oldin tugatilishi kerak.
Bronxial astma yoki O'SOKda bir vaqtda bronxodilatatsiya qiluvchi vositalarni qo'llash ko'rsatilgan. Bronxial astmasi bo'lgan bemorlarda nafas yo'llari qarshiligi oshishi mumkin, bu beta2-adrenomimetiklarning yuqoriroq dozasini talab qiladi.
Avtotransportni boshqarish va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Preparat bilan davolash davrida transport vositalarini boshqarishda va texnik jihatdan murakkab mexanizmlar bilan ishlashda ehtiyotkorlikka rioya qilish zarur.
Amlodipin bo'yicha:
— nostabil stenokardiya (Prinstmetal stenokardiyasidan tashqari);
— o'tkir miokard infarkti (birinchi 28 kun davomida);
— klinik ahamiyatli aortal stenoz.
Bisoprolol bo'yicha:
— inotrop terapiya o'tkazishni talab qiladigan o'tkir yurak yetishmovchiligi yoki dekompensatsiya bosqichidagi surunkali yurak yetishmovchiligi (SYuE);
— elektrokardiostimulyatorsiz II va III darajali AV-blokada;
— sinus tuguni zaifligi sindromi (STZS);
— sinoatrial blokada;
— yaqqol bradikardiya (YUR daqiqasiga 60 zarbadan kam);
— O'SOK;
— periferik arterial qon aylanishining yaqqol buzilishlari yoki Reyno sindromi;
— feoxromotsitoma (alfa-adrenoblokatorlarni bir vaqtda qo'llamasdan);
— metabolik atsidoz;
Amlodipin/bisoprolol kombinatsiyasi bo'yicha:
— yaqqol arterial gipotenziya (sistolik AB 100 mm sim. ust. dan kam);
— shok (shu jumladan kardiogen);
— 18 yoshgacha bo'lgan bolalar (samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan);
Amlodipin bo'yicha:
Amlodipinni tiazidli diuretiklar, beta-adrenoblokatorlar, uzoq muddat ta'sir qiluvchi nitratlar, nitroglitserinning sublingval preparatlari, nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlar, antibiotiklar va ichga qabul qilish uchun gipoglikemik vositalar bilan bir vaqtda qo'llash xavfsiz hisoblanadi.
CYP3A4 ingibitorlari: amlodipinni CYP3A4 ingibitorlari bilan bir vaqtda ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak. Garchi bunday o'zaro ta'sirga tegishli noxush hodisalar haqida xabar berilmagan bo'lsa ham.
CYP3A4 induktorlari: CYP3A4 ingibitorlari (shu jumladan rifampitsin, teshik dalachoy) bilan bir vaqtda qo'llash qon plazmasida amlodipin kontsentratsiyasining pasayishiga olib kelishi mumkin. Amlodipinni CYP3A4 induktorlari bilan bir vaqtda ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak.
Greypfrut sharbati, simetidin, alyuminiy/magniy (antatsidlar tarkibida) va sildenafil amlodipin farmakokinetikasiga ta'sir qilmaydi.
Amlodipin boshqa gipotenziv vositalarning antigipertenziv samarasini kuchaytirishi mumkin.
Tavsiya etilgan sutkalik doza - muayyan dozadagi 1 tabletka/.
Har bir bemor uchun individual ravishda dozani tanlash va titrlashni shifokor Alotendin preparati tarkibiga kiruvchi faol ingrediyentlarni saqlovchi monokomponentli preparatlarni tayinlash davomida amalga oshiradi.
Alotendin preparati bilan davolash odatda uzoq muddatli terapiya hisoblanadi.
Jigar funktsiyasi buzilgan bemorlarda amlodipinning chiqarilishi sekinlashgan bo'lishi mumkin. Ushbu guruh bemorlari uchun maxsus dozalash tartibi belgilanmagan, ammo bu holda preparat ehtiyotkorlik bilan tayinlanishi kerak.
Jigar funktsiyasi og'ir buzilgan bemorlar uchun bisoprololning maksimal sutkalik dozasi 10 mg ni tashkil qiladi.
Buyrak funktsiyasi engil yoki o'rtacha og'irlikda buzilgan bemorlarga dozalash tartibini to'g'irlash, qoida tariqasida, talab qilinmaydi. Amlodipin dializ yordamida chiqarilmaydi. Dializ qilinadigan bemorlarga amlodipinni alohida ehtiyotkorlik bilan tayinlash kerak.
Buyrak funktsiyasi yaqqol buzilgan (kreatinin klirensi (KK) 20 ml/min dan kam) bemorlar uchun bisoprololning maksimal sutkalik dozasi 10 mg ni tashkil qiladi.
Keksa yoshdagi bemorlarga preparatning odatdagi dozalari tayinlanishi mumkin. Ehtiyotkorlik faqat dozani oshirishda talab etiladi.
Samaradorlik va xavfsizlik bo'yicha ma'lumotlar yo'qligi sababli preparatni 18 yoshgacha bo'lgan bolalarda qo'llash tavsiya etilmaydi.
Davolashni keskin to'xtatmaslik kerak, chunki bu klinik holatning vaqtincha yomonlashishiga olib kelishi mumkin. Ayniqsa YIK bo'lgan bemorlarda davolashni keskin to'xtatmaslik kerak. Dozani asta-sekin kamaytirish tavsiya etiladi.
Xususiyatlar KONKOR AM 0,005+0,01 tabletkalari N30
Konkor boshqa chiqarish shakllari

KONKOR AM 0,005+0,01 tabletkalari N30 analoglari























