Ташкент
logo
SavatKirish

LAMBROTIN tabletkalari 30 mg+5 mg N20

Retseptsiz
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:Belinda Laboratories Pvt. Ltd., Indiya proizvedeno: Lark Laboratories (India) Ltd
Vakil:VEGAPHARM
ATX kodi:R05CA10
Barcha Lambrotin dorilari
Mavjud emas
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 0 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

LAMBROTIN tabletkalari 30 mg+5 mg N20 o'xshash dorilari

LAMBROTIN tabletkalari 30 mg+5 mg N20 qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

Ichga qabul qilish uchun 10 tabletkadan alyumin blisterda. 2 blister tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomasi bilan birga karton qutida.

Farmakodinamikasi

Ambroksol mukolitik vosita bo'lib hisoblanadi, sekretomotor sekretolitik va balg'am ko'chiruvchi ta'sirlarga ega; bronxlarning shilliq qavatidagi seroz xujayralarni rag'batlantiradi, alveolalar va bronxlarda shilliq sekret miqdorini va yuza-faol moddalar (surfaktant) ajralishini oshiradi; balg'amdagi seroz va shilliq komponentlarining izdan chiqqan nisbatini normallashtiradi. Gidrolizlovchi fermentlarni faollashtirib va seretor xujayralardan lizosomalarni ajralib chiqishini kuchaytirib, balg'amning vovushqoqligini pasaytiradi. Xilpillovchi epiteliyning harakat faolligini oshiradi, mukosiliar transportni oshiradi. Ichga qabul qilingandan keyin ta'siri 30 minutdan keyin rivojlanadi va 6-12 soat davom etadi.

Tsetirizin allergiyaga qarshi vosita bo'lib hisoblanadi. Tsetirizin - antigistamin preparat, N1 –reseptorlarining selektiv antagonisti, u sezilardi antixolinergik va antiserotonin ta'sirlarga ega emas. Tsetirizin gematoentsefalik to'siq orqali o'tmaydi. Tsetirizin allergik reaktsiyaning erta fazasini tormozlaydi, shuningdek eozinofillar kabi yallig'lanish xujayralari migrasiyasini kamaytiradi; kechki allergik reaktsiyada ishtirok etuvchi mediatorlarni ajralib chiqishini bostiradi. Tsetirizin bronxial astmasi bo'lgan bemorlarda gistaminni ajralib chiqishiga javoban yuzaga keluvchi bronxial daraxtning giperfaolligini ahamiyatli pasaytiradi. Preparatning ushbu samaralari Markaziy ta'sir bilan kechmaydi, bu psixometrik testlar va EKG ma'lumotlari bilan tasdiqlanadi.

Farmakokinetikasi

Ambroksol ichga qabul qilingandan keyin juda yaxshi so'riladi, qon plazmasidagi Smax ga 0,5-3 soatdan keyin erishiladi. Plazma oqsillari bilan bog'lanishi – 80%. GET, yo'ldosh to'siqlari orqali o'tadi, ko'krak suti bilan ajraladi. Dibromantranil kislotasi va glyukuron kon'yugatlarini hosil qilib jigarda metabolizmga uchraydi. T1/2 1,3 soatni tashkil qiladi. Buyraklar orqali chiqariladi: 90% - suvda eruvchan metabolitlari, 5% - o'zgarmagan ko'rinishda.

Alohida klinik xolatlardagi farmakokinetikasi: 

Og'ir darajadagi buyrak etishmovchiligida T1/2 oshadi, jigar funktsiyasini buzilishlarida o'zgarmaydi.

Tsetirizin ichga qabul qilinganda tez so'riladi, kattalarda yarim chiqarilish davri 7,9 ± 1,9 soatni tashkil qiladi. Tsetirizin va uning metabolitlari organizmdan asosan siydik bilan chiqariladi.

Alohida klinik xolatlardagi farmakokinetikasi: og'ir darajadagi buyrak etishmovchiligida T1/2 oshadi, jigar funktsiyasini buzilishlarida o'zgarmaydi.

Nojo'ya samaralari

Lambrotin preparati odatda bemorlar tomonidan yaxshi o'zlashtiriladi.

Ambroksol: 

Miy a'zolari tomonidan: kam xollarda –diareya/qabziyat; yuqori dozalarda uzoq vaqt qo'llanilganda –jig'ildon qaynashi, gastralgiya, ko'ngil aynishi, qusish.

Allergik reaktsiyalar: teri toshmasi, eshakemi, angionevrotik shish; ayrim xolatlarda –allergik kontakt dermatit, anafilaktik shok.

Boshqalar: kam xollarda – xolsizlik, bosh og'rig'i, burun bo'shlig'i va nafas yo'llari shilliq qavatlarini qurishi, ekzantema, rinoreya, dizuriya. 

Tsetirizin:

Ovqat hazm qilish yo'llari tomonidan: og'izni qurishi, dispepsiya.

Nerv tizimi tomonidan: bosh aylanishi, bosh og'rig'i, uyquchanlik, toliqish, qo'zg'alish, migren.

Allergik reaktsiyalar: angionevrotik shish, teri toshmalari, qichishish, eshakemi.

Maxsus saqlash sharoitlari

Preparat me'da va o'n ikki barmoq ichak yara kasalligida klinik manzaraga ta'sir ko'rsatishi mumkin.

Alkogol va MNT ni susaytiruvchi dori vositalari bilan bir vaqtda qabul qilish tavsiya etilmaydi.

Siyishni tutilishiga moyil omillari (masalan orqa miyani shikastlanishi, prostata bezi giperplaziyasi) bo'lgan pasientlarda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak, chunki tsetirizin siydikni tutilishi xavfini oshirishi mumkin.

Allergologik sinamalarni buyurishdan oldin, H1-gistamin reseptorlari blokatorlari teri allergik reaktsiyalarini ingibitsiya qilganligi tufayli, uch kunlik "yuvish" davri tavsiya etilgan.

Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri

Davolash davrida diqqatni yuqori jamlash va psixomotor reaktsiyalarning tezligini talab etuvchi potentsial xavfli faoliyat turlari bilan shug'ullanishdan saqlanish kerak.

Qo'llanilishi

Qovushqoq balg'am ajralishi bilan kechuvchi nafas yo'llari kasalliklari:

−o'tkir va surunkali bronxit;

−pnevmoniya;

−o'pkaning surunkali obstruktiv kasalliklari;

−balg'amni qiyin ajralishi bilan kechuvchi bronxial astma;

−bronxoektatik kasallikda qo'llanadi.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

−preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik;

−buyrakning og'ir kasalliklari;

-6 yoshgacha bo'lgan bolalar;

−homiladorlik va laktasiya (emizish) davrida qo'llash mumkin emas.

Preparatni quyidagi xolatlarda ehtiyotkorlik bilan buyuriladi:

−o'rtacha va og'ir darajadagi surunkali pielonefritda; 

−buyrak etishmovchiligida (dozalash tartibiga tuzatish kiritish talab etiladi); 

−keksa yoshdagi shaxslarda (ushbu toifadagi pasientlarda kalavalar filtrasiyasi tezligi pasayishi mumkinligi tufayli).

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Lambrotinni boshqa preparatlar bilan majmuada qo'llash mumkin. Dorilarning o'zaro ta'sirining noxush ko'rinishlari haqidagi ma'lumotlar yo'q.

Yo'talga qarshi preparatlar bilan birga qo'llash - yo'talni kamayishi fonida balg'amni ko'chishini qiyinlashishiga olib keladi. Bronxial sekretga amoksisillin, tsefuroksim, eritromisin va doksisiklinni kirishini oshiradi.

Mielotoksik dori vositalari preparatning gematotoksikligi ko'rinishlarini kuchaytiradi.

Ta'rifi

oq yoki deyarli oq rangli dumaloq, ikki tomoni qavariq qobiqsiz tabletkalar.

Dozirovkasi

Lambrotin preparati ovqatlanish vaqtida, oz miqdordagi suyuqlik bilan ichga qabul qilish uchun buyuriladi.

Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga - 1 tabletkadan sutkada 2 marta.

6 yoshdan 12 yoshgacha bo'lgan bolalarga - 1/2 tabletkadan sutkada 2 marta.

Shifokor tavsiyasisiz 4-5 kundan ortiq qo'llash tavsiya etilmaydi.

Davolash vaqtida suyuqliklarni (sharbat, choy, suv) ko'p miqdorda iste'mol qilish kerak, chunki u preparatning mukolitik samarani kuchaytiradi.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: ko'ngil aynishi, qusish, diareya, dispepsiya, uyquchanlik, tormozlanish, xolsizlik, bosh og'rig'i, taxikardiya, yuqori ta'sirchanlik, siyishni tutilishi, toliqish (ko'pincha tsetirizinni 50 mg sutkalik dozada qabul qilganda).

Davolash: preparatni qabul qilgandan keyin birinchi 1-2 soat davomida sun'iy qusish, me'dani yuvish, yog'lar saqlovchi ovqat qabul qilish yoki faollashtirilgan ko'mir buyuriladi.

LAMBROTIN tabletkalari 30 mg+5 mg N20 boshqa chiqarish shakllari

LAMBROTIN sirop 100 ml 15 mg+2,5 mg/5 ml
Retseptsiz
LAMBROTIN sirop 100 ml 15 mg+2,5 mg/5 ml
Hindiston
Vakil:
VEGAPHARM
Ishlab chiqaruvchi:
Belinda Laboratories Pvt. Ltd., Indiya proizvedeno: Lark Laboratories (India) Ltd
LAMBROTIN sirop 100 ml 30 mg+5 mg/5 ml
Retseptsiz
LAMBROTIN sirop 100 ml 30 mg+5 mg/5 ml
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Belinda Laboratories Pvt. Ltd., Indiya proizvedeno: Lark Laboratories (India) Ltd

LAMBROTIN tabletkalari 30 mg+5 mg N20 analoglari

LAMBROTIN sirop 100 ml 15 mg+2,5 mg/5 ml
Retseptsiz
LAMBROTIN sirop 100 ml 15 mg+2,5 mg/5 ml
Hindiston
Vakil:
VEGAPHARM
Ishlab chiqaruvchi:
Belinda Laboratories Pvt. Ltd., Indiya proizvedeno: Lark Laboratories (India) Ltd

LAMBROTIN tabletkalari 30 mg+5 mg N20 savollari

LAMBROTIN tabletkalari 30 mg+5 mg N20 fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil