LIDOKAIN 0,1/ML inyeksiya uchun eritma 2ml N10

LIDOKAIN 0,1/ML inyeksiya uchun eritma 2ml N10 qo'llanmasi
Farmakokinetikasi
Vena ichiga oqim bilan quyilgandan so'ng qon plazmasidagi konsentratsiya darhol, mushak ichiga in'ektsiyadan keyin - 5-15 daqiqadan so'ng, boshlang'ich to'yintiruvchi dozasiz sekin vena ichiga infuziyada - 6 soatdan keyin maksimal darajaga yetadi. Qon plazmasi oqsillari preparatning o'rtacha 60% ini bog'laydi. Tez taqsimlanadi (taqsimlanish fazasi Т 'Л - 6-9 daqiqa) o'pka, jigar, yurak, mushak va yog' to'qimalarida. Lidokain dozasining 90-95% jigarda aminoguruhning dezalkillanishi va amid bog'ining uzilishi yo'li bilan metabolizmga uchraydi. Hosil bo'lgan metabolitlar qisman faollikni saqlab qoladi yoki toksik ta'sir ko'rsatadi. Buyrak yetishmovchiligida metabolitlarning to'planishi mumkin. Jigar kasalliklarida - preparat metabolizmi intensivligi pastroq (normal qiymatning 50% dan 1% gacha). O'zgarmagan holda buyraklar orqali dozaning faqat 12% ajralib chiqadi. Siydikni kislotalash lidokain ajralishining oshishiga yordam beradi. Organizmdagi lidokain metabolizmida paraaminobenzoy kislotasi hosil bo'lmaydi va u antisulfanilamid ta'sir ko'rsatmaydi. Yo'ldosh to'sig'i orqali o'tadi.
Nojo'ya samaralari
Bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, til va og‘iz shilliq qavatining uvishishi, tremor, eyforiya, dezorientatsiya, yurak o‘tkazuvchanligining buzilishi.
Allergik reaksiyalar teri toshmasi, eshakemi, qichishish.
Shuningdek, ko‘rish buzilishlari, kamdan-kam hollarda allergik reaksiyalar, anafilaktik shokgacha bo‘lishi mumkin.
Maxsus saqlash sharoitlari
Supraventrikulyar aritmiyalarda lidokain tayinlanmaydi (samarasizligi va qorinchalar qisqarishi tezlashishi xavfi tufayli - bo'lmachalar titrashi va hilpillashida). Surunkali yurak yetishmovchiligi, arterial gipotoniya bo'lgan bemorlarga preparat ehtiyotkorlik bilan tayinlanadi.
Vena ichiga tez yuborilganda arterial qon bosimining keskin pasayishi yuz berishi va kollaps rivojlanishi mumkin.
Bunday hollarda mezaton, efedrin va boshqa tomir toraytiruvchi vositalar qo'llaniladi. Lidokain eritmalarini preparat tomir bo'shlig'iga tushishini oldini olish uchun kuchli vaskulyarizatsiyalangan to'qimalarga ehtiyotkorlik bilan yuborish kerak (masalan, qalqonsimon bezdagi operatsiyalarda bo'yin sohasiga); bunday hollarda lidokainning kichikroq dozalari ko'rsatilgan.
Homiladorlik va emizish davri.
Homiladorlik va emizish davrida preparatni, agar homilador va ona uchun foyda homila va yangi tug'ilgan chaqaloq uchun xavfdan ustun bo'lsagina qo'llash kerak.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Sinus tuguni zaifligi sindromi.
Yaqqol bradikardiya
2 va 3 darajali atrioventrikulyar blokada (qorinchalarni stimulyatsiya qilish uchun zond kiritilgan hollar bundan mustasno).
Kardiogen shok.
Yaqqol arterial gipotoniya
Miasteniya.
Lidokainga yuqori individual sezuvchanlik.
Anamnezda lidokain chaqirgan epileptiform talvasalar mavjudligi.
Jigar funksiyasining yaqqol buzilishi.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Lidokainni quyidagi preparatlar bilan kombinatsiya qilish tavsiya etilmaydi:
Beta-adrenoblokatorlar bilan lidokainning toksik xususiyatlari kuchayishi tufayli, digitoksin bilan - digitoksinning kardiotonik ta'siri susayishi tufayli, kuraresimon preparatlar bilan - mushak relaksatsiyasi kuchayadi.
Lidokainni aymalin, amiodaron, verapamil yoki xinidin bilan birga tayinlash kardiodepressiv ta'sirning kuchayishi munosabati bilan ratsional emas.
Lidokain va novokainamidni birga qo'llash MNS qo'zg'alishi, gallyutsinatsiyalarni keltirib chiqarishi mumkin.
Lidokain ta'siri fonida geksenal yoki tiopental-natriy vena ichiga yuborilganda nafas susayishi mumkin.
MAO ingibitorlari ta'siri ostida lidokainning mahalliy og'riqsizlantiruvchi ta'siri kuchayishi ehtimoli bor. MAO ingibitorlarini qabul qilayotgan bemorlarga lidokainni parenteral tayinlamaslik kerak.
Lidokain va polimiksin-B bir vaqtda tayinlanganda nerv-mushak o'tkazuvchanligiga susaytiruvchi ta'sir kuchayishi mumkin. Bunday holda bemorning nafas olish funktsiyasini kuzatish kerak.
Lidokain uxlatuvchi yoki sedativ preparatlar bilan bir vaqtda qo'llanilganda ularning MNSga susaytiruvchi ta'siri kuchayishi mumkin. Simetidin qabul qilayotgan bemorlarga lidokain vena ichiga yuborilganda karaxtlik holati, uyquchanlik, bradikardiya, paresteziyalar va boshqalar kabi istalmagan ta'sirlar bo'lishi mumkin. Bu qon plazmasida lidokain darajasining oshishi bilan bog'liq bo'lib, bu lidokainning qon oqsillari bilan bog'lanishidan ozod bo'lishi, shuningdek uning jigarda inaktivatsiyasi sekinlashishi bilan izohlanadi. Ushbu preparatlar bilan kombinatsiyalangan terapiya o'tkazish zarurati bo'lganda lidokain dozasini kamaytirish kerak.
Dozirovkasi
-O'tkazuvchan anesteziya uchun 1% va 2% eritmalar qo'llaniladi. Maksimal umumiy doza 400 mg gacha (40 ml 1 % eritma yoki 20 ml 2% lidokain eritmasi.)
-Nerv chigallari blokadasi uchun 10-20 ml 1% eritma yoki 5-10 ml 2% eritma.
- Epidural anesteziya uchun 1% va 2% eritmalar (300 mg lidokaindan ko'p emas.)
Lidokain ta'sirini uzaytirish uchun ex tempore 0,1% adrenalin eritmasini qo'shish mumkin (5-10 ml lidokain eritmasiga 1 tomchi, lekin eritmaning butun hajmiga 5 tomchidan ko'p emas.) Orqa miya anesteziyasini o'tkazishda arterial gipotenziya va kollapsning oldini olish uchun oldindan 1 ml 5% efedrin gidroxlorid eritmasi vena ichiga yuboriladi.
Shilliq qavatlarning terminal anesteziyasi uchun (stomatologiyada, endoskopik tekshiruvlarga tayyorgarlik ko'rish va o'tkazishda) 2 ml dan ko'p bo'lmagan 10% lidokain eritmasi qo'llaniladi.
Shilliq qavatlar anesteziyasi uchun (traxeya intubatsiyasida, bronxoezofagoskopiyada, poliplarni olib tashlashda, gaymor bo'shlig'ini teshishda va b.) 1% va 2% eritmalar, kamdan-kam hollarda 5% eritma, 20 ml dan ko'p bo'lmagan hajmda qo'llaniladi.
Oftalmologiyada: 2%- 4% eritma bevosita jarrohlik aralashuvi yoki tekshiruvdan oldin konyunktival xaltachaga 2 tomchidan 2-3 marta 30-60 soniya interval bilan tomiziladi.
Antiaritmik vosita sifatida lidokain vena ichiga avval oqim bilan (3-4 daq. davomida) o'rtacha 80 mg (50-100 mg) dozada yuboriladi, shundan so'ng daqiqasiga o'rtacha 2 mg dan tomchilab yuborish davom ettiriladi. Infuziya davomiyligi bemorning holati va preparatni qo'llash natijalariga bog'liq. Infuziya uchun 6 ml 2% li lidokain ampula eritmasi 1 ml da 2 mg saqlovchi 60 ml izotonik natriy xlorid eritmasida suyultiriladi.
Shuningdek avval vena ichiga oqim bilan 80 mg va bir vaqtda mushak ichiga (dumba yoki deltasimon mushakka) 400 mg (4 ml 10% eritma); keyin har 3 soatda - mushak ichiga 200 - 400 mg dan (2-4 ml 10% eritma) yuboriladi.Dozani oshirib yuborishBelgilari: psixomotor qo'zg'alish, mushak tremori. Og'ir intoksikatsiyada (qonga tez yuborilganda) - tomir kollapsigacha bo'lgan arterial qon bosimining pasayishi, nafas olish markazining susayishi, tirishishlar.
Dozani oshirib yuborishda yordam: preparatni yuborishni to'xtatish. Psixomotor qo'zg'alish va tirishishlarni bartaraf etish uchun benzodiazepin qatori anksiolitiklarini vena ichiga yuborish zarur. Zarurat bo'lganda, bemor sun'iy o'pka ventilyatsiyasiga o'tkaziladi va reanimatsiya tadbirlari o'tkaziladi.
LIDOKAIN 0,1/ML inyeksiya uchun eritma 2ml N10 o'xshash dorilari




Lidokain boshqa chiqarish shakllari


LIDOKAIN 0,1/ML inyeksiya uchun eritma 2ml N10 analoglari





{
"data": {
"id": 29617,
"stores_apteka_id": null,
"slug": "lidokain-0-1-ml-2ml-n10-amp-r-r-d-in-organika",
"stores_apteka_slug": null,
"name": "LIDOKAIN 0,1/ML inyeksiya uchun eritma 2ml N10",
"brand_name": "LIDOKAIN 0,1/ML",
"image": "uploads/iblock/d35/d357252f9a70f1edc98e2239f98a160c.webp",
"atx_code": "N01BB52 Лидокаин в комбинации с другими препаратами",
"drug_form_id": 2,
"over_the_counter": false,
"prescription_type": "unknown",
"availability": "not_available",
"reviews_count": 0,
"reviews_rating": 0,
"has_pickup": false,
"has_delivery": false,
"manufacturer": null,
"manufacturer_plain": "Organika, AO",
"representative": null,
"representative_plain": null,
"distributor": null,
"distributor_plain": null,
"is_manufacturer_advertiser": false,
"is_representative_advertiser": false,
"is_dietary_supplement": false,
"is_medical_device": false,
"category": {
"id": 1085,
"slug": "anestitiki",
"name": "Anestetik vositalar",
"external_link_title": "",
"external_link": ""
},
"drug_group": {
"id": 6313,
"slug": "lidokain",
"name": "Lidokain"
},
"is_purchasable": false,
"country": {
"id": 20,
"slug": "rossiya",
"name": "Rossiya Federatsiyasi"
},
"active_ingredients": [
{
"id": 7776,
"slug": "lidokain",
"name": "Lidokain"
}
],
"tags": []
}
}











