Ташкент
logo
SavatKirish

LinАkva soft spreyi naz 125 ml N1

Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Rossiya Federatsiyasi
Kategoriya:Dori vositalari
Ishlab chiqaruvchi:«Groteks»
Barcha LinAkva dorilari
Mavjud emas
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 0 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

LinАkva soft spreyi naz 125 ml N1 o'xshash dorilari

Narxi
42 000 so'm dan
NUTVA COMPLEX kapsulalar  N60
NUTVA COMPLEX kapsulalar N60
Ishlab chiqaruvchi:
Nutva Pharm
•1 ta dorixonada bor
Narxi
1 170 000 so'm dan
RADAVIT KIDS tomchilari 30ml
RADAVIT KIDS tomchilari 30ml
Italiya
Ishlab chiqaruvchi:
GRICAR CHEMICAL srl
Narxi
137 800 so'm dan

LinАkva soft spreyi naz 125 ml N1 qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi

Natriy xloridini (NaCl) 9 g/l saqlovchi, osmolyar ko'rsatkichi 200-400 mosm/kg bo'lgan, izotonik, tabiiy steril dengiz suvi. 

Dengiz suvining barcha faol moddalari va mikroelementlarini: K, Mg, Na, sa, Cl, Se, I, Zn, Cu, Fe va boshqalarni saqlaydi.

Konservantlarni saqlamaydi.

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

Aerozol balloni burun uchun 125 ml xajmli bir yoki ikkita uchligi bilan.

Farmakologik ta'siri

Qo'llanilish sohasi – Otorinolaringologiya. Vosita 1 yoshdan oshgan bolalar va kattalar uchun LOR-kasalliklarini oldini olish va majmuaviy davolashda burun va burun-xalqumning shilliq qavatini yuvish va chayish uchun mo'ljallangan. 


Tibbiy buyumning xususiyatlari

Yallig'lanishga qarshi va yumshatuvchi ta'sir ko'rsatadi, ta'sirlanishni bartaraf etadi.  

Burun bo'shlig'i va burun-xalqumni bakteriyalar, viruslar, allergenlar, ushoq, shilliq, chang zarralaridan faol tozalab, barcha qismlarini yaxshilab yuvadi. Burun bo'shlig'ining shilliq qavatlarini normal fiziologik holatini bir maromda saqlab turadi, mahalliy immunitetni oshiradi. 

Burun bo'shlig'i va burun-xalqum shilliq qavatining shishini kamaytiradi, burundan nafas olishni tiklash qobiliyatiga ega. 

Burun bo'shlig'ining shilliq qavatiga sepiladigan dori vositalarining terapevtik samarasini oshiradi va respirator kasalliklarning davomiyligini qisqartiradi. 

Infektsiyalarni burunoldi bo'shliqlari va quloq bo'shlig'iga tarqalish xavfini kamaytiradi. 

Burun bo'shlig'i va burun-xalqum shilliq qavatini regenerasiya jarayonlarini tezlashtiradi, burun bo'shlig'i va burunoldi bo'shliqlarida o'tkaziladigan operasiyalaridan so'ng asoratlarni rivojlanish xavfini kamaytiradi.

Nojo'ya samaralari

Vositani qo'llash bo'yicha yo'riqnomaga muvofiq qo'llanganda nojo'ya ta'sirlar aniqlanmagan.

Maxsus saqlash sharoitlari

Vositani homiladorlik va emizish davrida qo'llash mumkin. 

Insonning psixomotor holatiga ta'sir ko'rsatadigan tibbiy buyumlar qatoriga kirmaydi.Qo'llashdan avval vositani va o'ramini tekshiring. Agar tibbiy buyumning o'rami shikastlangan bo'lsa, qo'llamang. 

Vositani ko'zga tushishidan saqlang

Qo'llanilishi

Burun bo'shlig'ini yuvish va chayish uchun "Linakva soft" aerozol vositasini 1 yoshdan oshgan bolalar va kattalar uchun qo'llash mumkin. Purkash – "yumshoq dush" yoki "dush".
- burun bo'shlig'ini yumshatish va har kungi gigiena uchun;
- O'RVI va gripp epidemiyasi davrida har kuni qo'llash uchun;
- noxush atrof - muhit, ya'ni yomon iqlim sharoitlarida yashash, kondisioner bilan sovutiladigan va/yoki Markaziy isitiladigan havoli honada bo'lish, ifloslangan havo ta'siridan (chang, bo'yoqlar va boshq) har kuni foydalanish uchun;
- burun bo'shlig'ining o'tkir va surunkali yallig'lanish kasalliklarini (infektsion, allergik, atrofik) oldini olish va majmuaviy davolash maqsadida har kuni foydalanish uchun:
-o'tkir va surunkali rinitlar; 
-o'tkir va surunkali sinusitlar;
-o'tkir va surunkali adenoiditlar;
-allergik va atrofik rinitlar;
- dori vositalarini qo'llash uchun burun bo'shlig'ini tayyorlash uchun;
- burun bo'shlig'i shilliq qavatini parvarishi va burun bo'shlig'i va burunoldi bo'shliqlarining operasiyalaridan so'ng regenerasiya jarayonlarini tezlashtirish uchun. 
Purkagich-uchlik "yumshoq dush" maxsus cheklovchi xalqa bilan ta'minlangan, bu vositani foydalanishda bolaning burun bo'shlig'iga chuqur kirishi va shilliq qavatni shikastlashini oldini oladi.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

- yuvish va chayish uchun vositalarning komponentlarini shaxsiy o'zlashtiraolmaslik;

- burun yo'llarini to'liq berkilib qolishi;

- o'tkir otit va surunkali otit xurujida qo'llash mumkin emas

Ta'rifi

Burun bo'shlig'ini yuvish va chayish uchun bolalar va kattalar uchun "Linakva soft" (keyinchalik – vosita), tiniq, rangsiz, xidsiz, biroz tuzli ta'mli suyuqlik.

Dozirovkasi

Majmuaviy davolashda: burun bo'shlig'ini kuniga 4 marta yuvish.

Profilaktika va har kungi gigiena: burun bo'shlig'ini kuniga 2-3 marta yuvish.

Tibbiy buyumni qo'llash davomiyligi va soni cheklanmagan.Bollarga 2 yoshgacha

Burunni yuvish yarim yotgan holatda amalga oshiriladi. 

Bolaning boshini yon tomonga qaratiladi. 

Yuqorida joylashgan burun yo'llariga ballonning uchligini yuboring. 

Bir necha sekund davomida burun bo'shlig'ini yuving. 

Bolani o'tkazing va unga burunni qoqishga yordam bering. Zarurati bo'lsa muolajani takrorlang. 

Muolajani ikkinchi burun yo'lida o'tkazing.


2 yoshdan oshgan bolalar va kattalar uchun 

Boshni yon tomonga egiltiring. 

Yuqorida joylashgan burun yo'llariga ballonning uchligini yuboring. 

Bir necha sekund davomida burun bo'shlig'ini yuving. 

Burunni qoqing. Zarurati bo'lsa muolajani takrorlang. 

Muolajani ikkinchi burun yo'lida o'tkazing.


Муолажа тугаганидан сўнг пуркагичнинг учини салфетка билан артинг ва ҳимоя қалпоғини тақинг.

LinАkva soft spreyi naz 125 ml N1 boshqa chiqarish shakllari

LinАkva soft spreyi naz 125 ml N1 analoglari

LinАkva soft spreyi naz 125 ml N1 savollari

LinАkva soft spreyi naz 125 ml N1 fikr-mulohazalari

Reyting 5.0, 1 ta sharh asosida
Муслима
02.05.2024 09:32
5
Очень классная морская водичка! Понравилась больше Аквалора, струя мягче, и стоит дешевле

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil