Ташкент
logo
SavatKirish

LOKATOP krem 30g 0,1%

Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Frantsiya
Kategoriya:Dermatologik
Ishlab chiqaruvchi:Per Fabr Medikament Prodakshn.
Teglar:Ko'rish qobiliyati
Vakil:Euromedex
ATX kodi:D07AB08
Barcha LOKATOP dorilari
Mavjud emas
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 0 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

LOKATOP krem 30g 0,1% o'xshash dorilari

BEPANTEN maz 30g 5%
Retseptsiz
BEPANTEN maz 30g 5%
Germaniya
Vakil:
Bayer
Ishlab chiqaruvchi:
Bayer Consumer Care AG
•132 ta dorixonada bor
Narxi
67 000 so'm dan
BEPANTEN krem 30g 5%
Retseptsiz
BEPANTEN krem 30g 5%
Germaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Bayer Consumer Care AG, Shveysariya proizvedeno: GP Grenzach Productions GmbH
•126 ta dorixonada bor
Narxi
71 847 so'm dan
TERBIZID krem 1% 10g
Retseptsiz
TERBIZID krem 1% 10g
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Agio Pharmaceutical Limited
•39 ta dorixonada bor
Narxi
37 000 so'm dan
FUNGOTERBIN krem 15g 1%
Retseptsiz
FUNGOTERBIN krem 15g 1%
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Nijfarm-Stada CIS

LOKATOP krem 30g 0,1% qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

Faol modda
Dezonid.....................................................0,1000 g
100 g kremga
Boshqa ingrediayentlar
Vazelin, suyuq parafin, setilstearil spirti va makrogol 1000 ning (EMULGADE 1000 NI) setostearil efiri, propil gallat, natriy edetati, sorbin kislotasi, tozalangan suv.

Nojo'ya samaralari

Barcha dori vositalari kabi mazkur preparat ham nojo'ya samaralarga chaqirishi mumkin.
Uzoq vaqt qo'llanilgan xolda terini yupqalashishi va noziklashishi, mayda qon tomirlarini kengayishi, cho'zilishi, xusunbuzarlarni paydo bo'lishi, og'iz atrofini qizarishi va ta'sirlanishni xavfi bor.
Nojo'ya samaralari quyidagilarni o'z ichiga olishi mumkin:
Tez-tezligi aniqlangan emas (bor bo'lgan ma'lumotlar asosida baxolash mumkin emas):
Ikkilamchi infektsiyalar (boshqa infektsiyalarni yoki kasalliklarni davolash vaqtida darxol yoki keyin paydo bo'luvchi infektsiyalar)
Soch ildizlarining infktsiyalari (follikulit)
Allergik reaktsiyalar (o'ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari)
Teri toshmalari (kontakt allergiya)
Steroid gormonlarni yuqori darajasi tufayli oysimon yuz, buyvol bukrisi, markaziy semizlik (Kushing sindromi) va o'sishni sekinlashishi ko'rinishidagi tananing tashqi ko'rinishini o'zgarishi.
Ko'rishni xiralashishi
Terini yupqalashishi (teri atrofiyasi, terini noziklashishi)
Ko'karishlar
Terida oq striyalar (cho'zilishlar)
Og'iz atrofida toshma (peroral dermatit)
Akne
Dog'li toshmalar (pustullez toshma)
Terining depigmentatsiyasi
Rozatseyani zo'rayishi (yuz, burun va lunjlar terisining kasalligi, anomal qizarib qolishi mumkin)
Yotoq yaralar (struplar)
Qo'l-oyoqlarning yaralari
Qizil dog'lar va qichishish (eshakemi) chaqiruvchi terida yallig'lanish reaktsiyasi
Sochlarni xaddan ziyod o'sishi (gipertrixoz)
Yaralarni sekin bitishi.
Nojo'ya reaktsiyalar haqida hisobot
Agar Sizda qanday bo'lmasin nojo'ya reaktsiyalar paydo bo'lsa, davolovchi shifokor yoki farmatsevt bilan maslaxatlashing. Bu shuningdek ushbu yo'riqnomada sanab o'tilmagan har qanday yuz berishi mumkin bo'lgan nojo'ya samaralarga ham taalluqli. Siz shuningdek nojo'ya ta'sirlari bo'yicha to'g'ridan to'g'ri hisobotni milliy tizimi orqali xabar berishingiz mumkin: Agence nationale de securite du medicament et des produits de santé (Dori vositalari va sog'liqni saqlash maxsulotlarini xavfsizligi bo'yicha Frantsuz Milliy agentligi - ANSM) va Farmakologik nazoratning regional Markazlari – Veb-sayt: www.ansm.sante.fr xabar berishing mumkin.
Nojo'ya ta'sirlar haqida xabar berib Siz mazkur dori preparatining xavfsizligi haqida ko'proq axborot to'plashga yordam berishingiz mumkin.

Qo'llanilishi

Bu preparatni kontakt ekzema, atopik dermatit va psioriaz kabi, ayrim teri kasalliklarida qo'llash tavsiya etiladi, biroq Sizning shifokoringiz uni boshqa xolatlarda ham buyurishi mumkin.

Dozirovkasi

3. LOKATOP 0,1% KREMINI QANDAY QO'LLANILADI
Ushbu dori preparatini shifokor ko'rsatmasiga binoan doimo aniq qabul qiling. Agar Sizda qanday-bo'lmasin savollar paydo bo'lsa, davolovchi shifokor yoki farmatsevt bilan maslahatlashing.
Qo'llash sxemasi
Tavsiya etilgan doza sutkada 2 marta yupqa qavat qilib yengil uqaloqchi xarakatlar bilan surtiladi. Xar kunigi qo'llash miqdorini oshirmang, chunki bu terapevtik samaralarni yaxshilamasdan, xar qanday nojo'ya reaktsiyalarni kuchaytirishi mumkin.
Katta maydonlarga ishlov berish uchun qo'llanadi tubalar miqdorini nazorat qilish lozim.
Ayrim dermatozlar (psoriaz, atopik dermatoz va boshq) xollarida preparat ishlatishni sekin-asta to'xtatish kerak. Qo'llash tez-tezligini kamaytirilishi va/yoki kuchligi kamroq yoki kuchsizroq kortikosteroid ishlatilishi mumkin.
Bolalarda qo'llanishi
Bolalarda qo'llash bo'yicha ma'lumotlar yo'q.
Qo'llanilish usuli
LOKAL QO'LLANILIShI
Maxsulot katta bo'lmagan miqdorda turli nuqtalarga qo'yiish va so'ngra, avaylab taqsimlash va to'liq so'rilguncha uqalash maqsadga muvofiq bo'ladi. Plastik qo'lqoplarni ishlatish lozim.
Qo'l bilan surtilgandan keyin, qo'llarni yuvish lozim.
Qo'llash tez-tezligi
Shifokorning ko'rsatmasiga muvofiq kuniga 2 marta qo'llaniladi.
Agar Siz Lokatop 0,1% kremini keragidan ko'proq miqdorda ishlatgan bo'lsangiz:
Lokatopni xar doim shifokor Sizga tavsiya etganiday ishlating. Dozani o'tkir oshirib yuborilishini extimoli kam.
Mahalliy kortikosteroidlarni xaddan ziyod yoki davomli qo'llash qonga o'tishiga va steroid gormonlarning yuqori darajasi tufayli tananing tashqi ko'rinishini o'zgarishi kabi tizimli samaralarga (masalan, oy yuzli, buqa bukri, markaziy genezi semezlik (Kushinga sindromi), o'sishini sekinlashishi) olib kelishi mumkin.
Agar Siz Lokatop 0,1% kremini qo'llagan bo'lsangiz darxol shifokorga ma'lum qiling:
tavsiya etilganidan katta miqdordagi doza
retseptda ko'rsatilgandan ortiq qo'llansa.
Doza tizimli oshirib yuborilgan xollarda muvofiq simptomatik davolashni boshlash lozim.
Davolashni darxol to'xtatish mumkin emas. Davolash shifokor kuzatuvi ostida asta-sekin to'xtatilishi lozim.
Agar Siz Lokatop 0,1% kremini surtishni unutgan bo'lsangiz:
O'tkazib yuborilgan dozani to'ldirish uchun, ikki barobar dozani qo'llamang.
Agar Siz Lokatop 0,1% kremini ishlatishni to'xtatgan bo'lsangiz:
Davolashni darxol to'xtatish mumkin emas. Davolash shifokor kuzatuvi ostida asta-sekin to'xtatilishi lozim.
Agar Sizda ushbu dori vositasini qo'llash yuzasidan boshqa savollar bo'lsa, davolovchi shifokorga yoki farmatsevtga murojaat qiling.
Bolalar uchun qo'llanilishi

Agar Siz boshqa dori vositalarini yaqinda qabul qilgan, qabul qilayotgan bo'lsangiz yoki qabul qilishingiz mumkin bo'lsa, o'zingizni shifokoringiz yoki farmatsevtga xabar bering.
Lokatop 0,1% kremini ovqat va ichimliklar bilan birga qabul qilish
To'g'ri kelmaydi.

Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi

Agar Siz homilador bo'lsangiz yoki emizsangiz, Siz homiladorlikni taxmin qilsangiz yoki rejalashtirsangiz mazkur dori preparatini qo'llashdan oldin shifokor yoki farmatsevt bilan maslaxatlashing.
Homilador ayollarda dezonidni qo'llash bo'yicha ma'lumotlar yetarli emas. Extiyotkorlik chorasi sifatida Lokatopni homiladorlik vaqtida qo'llash mumkin emas.
Dezonidni ko'krak sutiga so'rilishi to'g'risida ma'lumotlar yetarli emas, va emizish vaqtida bola uchun xavfni inkor qilish mumkin emas. Emizish davrida Lokatopni ishlatish mumkin emas.

Ehtiyot choralari

2.LOKATOP 0,1% KREMINI QO'LLAShDAN OLDIN SIZ NIMALARNI BILIShINGIZ KERAK
Lokatop 0,1% kremini quyidagilarda qo'llash mumkin emas:
agar Sizda dezonidga yoki mazkur dori vositasining (6-bo'limda keltirilgan) boshqa ingrediyentlaridan biriga (o'ta sezuvchanlik) allergiya bo'lsa;
zararlangan terida (Aniq xolatlarda qo'llash uchun ogoxlantirish va extiyotkorlik choralari bo'limiga qarang).
Yarali shikastlanishlarda
Xusunbuzar toshmalarda
Rozatseya xolatlarida (juda qizarib ketuvchi yuz, burun va lunjlarning teri kasalliklarida)
Peroral dermatitda (og'iz atrofidagi teri toshmasi). Lokatop 0,1% kremni qo'llashdan oldin shifokor yoki farmatsevt bilan gaplashing.
Bu dori vositasi Sizning shifokoringiz yozib berganidek qo'llanishi lozim:
Shilliq qavatga surtish mumkin emas
Agar davolashdan keyin yaxshilanish bo'lmasa, shifokorga murojaat qiling.
Agar Sizning shifokoringiz shu maqsadda buyurmagan bo'lsa yuzda qo'llash mumkin emas. Yuzda uzoq vaqt qo'llashdan saqlanish kerak.
Faol moddaning bir qismini qonga щtishi mumkinligi tufayli katta maydoniga okklyuzion bog'lov ostida qo'llashdan saqlanish kerak.
Qovoqlar, yuz, teri buramlariga uzoq vaqt qo'llashdan saqlanish lozim.
Bu dori vositasini takror va/yoki uzoq vaqt qo'llash kortikosteroidlarning axamiyatli miqdorini qonga o'tishiga olib kelishi mumkin.
Agar Siz ko'rishni xiralashishi yoki boshqa ko'rishni buzilishlarini xis qilsangiz, shifokorga murojaat eting.
Bu dori vositasini takror va/yoki uzoq vaqt qo'llash ayrim patsiyentlarda okulyar gipertenziyaga olib kelishi mumkin. Tasdiqlanmagan glaukoma yoki kataraktali patsiyentlarda qovoqlarda uzoq vaqt ishlatilgan xolda davolashni oftalьmologning fikrini olish kerak. Glaukoma xavfi bo'lgan patsiyentlarda bir haftadan oshiq davolashni, oftalьmolog nazorat qilish kerak.
Kortikosezgir dermatozni bakterial va zamburug'li infektsiyasida kortikosteroiddan oldin spetsifik davolashni ishlatish lozim.
Agar Sizda qandaydir ta'sirlanishlar yoki infektsiyalar paydo bo'lsa, o'zingizning shifokoringizga xabar berishingiz kerak.
Psioriazi bo'lgan patsiyentlarda maxsus extiyotkorlik bilan ishlatilishi kerak, chunki lokal kortikosteroidlar psioiraz xolida ko'p sabablar bo'yicha xavfli bo'lishlari mumkin. Ular orasida - tolerantlik rivojlanishi tufayli. Kasallikni qaytalanishi yoyilgan pustulez psoriaz va terini shikastlanishi orqali umumiy toksiklik rivojlanishini xavfi. Bekor qilish samarasi uzoq muddat davolashdan so'ng davolash to'satdan to'xtatilganda kuzatilishi mumkin. Asta-sekin bekor qilish orqali bundan saqlanish mumkin.
Agar o'zlashtirolmaslik reaktsiyalari paydo bo'lsa, davolashni to'xtatish lozim.
Bolalar
Go'daklarda kortikosteroidlarning (I va II sinf) qo'llashdan saqlanish yaxshiroq. Siz teri burmalari yoki tagliklarda paydo bo'lishi mumkin bo'lgan spontan okklyuziyalardan extiyot bo'lishingiz lozim.

Xususiyatlar LOKATOP krem 30g 0,1%

LOKATOP krem 30g 0,1% boshqa chiqarish shakllari

LOKATOP krem 30g 0,1%
Retseptli
LOKATOP krem 30g 0,1%
Frantsiya
Ishlab chiqaruvchi:
Pierre Fabre Medicament Production
Analoglar LOKATOP krem 30g 0,1%
Analoglari yo'q

LOKATOP krem 30g 0,1% savollari

LOKATOP krem 30g 0,1% fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil