LOKATOP
LOKATOP chiqarilish shakllari
LOKATOP haqida qo'llanma
Bolalar uchun qo'llanilishi
Agar Siz boshqa dori vositalarini yaqinda qabul qilgan, qabul qilayotgan bo'lsangiz yoki qabul qilishingiz mumkin bo'lsa, o'zingizni shifokoringiz yoki farmatsevtga xabar bering.
Lokatop 0,1% kremini ovqat va ichimliklar bilan birga qabul qilish
To'g'ri kelmaydi.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi
Agar Siz homilador bo'lsangiz yoki emizsangiz, Siz homiladorlikni taxmin qilsangiz yoki rejalashtirsangiz mazkur dori preparatini qo'llashdan oldin shifokor yoki farmatsevt bilan maslaxatlashing.
Homilador ayollarda dezonidni qo'llash bo'yicha ma'lumotlar yetarli emas. Extiyotkorlik chorasi sifatida Lokatopni homiladorlik vaqtida qo'llash mumkin emas.
Dezonidni ko'krak sutiga so'rilishi to'g'risida ma'lumotlar yetarli emas, va emizish vaqtida bola uchun xavfni inkor qilish mumkin emas. Emizish davrida Lokatopni ishlatish mumkin emas.
Qo‘llash usuli va dozirovkasi
3. LOKATOP 0,1% KREMINI QANDAY QO'LLANILADI
Ushbu dori preparatini shifokor ko'rsatmasiga binoan doimo aniq qabul qiling. Agar Sizda qanday-bo'lmasin savollar paydo bo'lsa, davolovchi shifokor yoki farmatsevt bilan maslahatlashing.
Qo'llash sxemasi
Tavsiya etilgan doza sutkada 2 marta yupqa qavat qilib yengil uqaloqchi xarakatlar bilan surtiladi. Xar kunigi qo'llash miqdorini oshirmang, chunki bu terapevtik samaralarni yaxshilamasdan, xar qanday nojo'ya reaktsiyalarni kuchaytirishi mumkin.
Katta maydonlarga ishlov berish uchun qo'llanadi tubalar miqdorini nazorat qilish lozim.
Ayrim dermatozlar (psoriaz, atopik dermatoz va boshq) xollarida preparat ishlatishni sekin-asta to'xtatish kerak. Qo'llash tez-tezligini kamaytirilishi va/yoki kuchligi kamroq yoki kuchsizroq kortikosteroid ishlatilishi mumkin.
Bolalarda qo'llanishi
Bolalarda qo'llash bo'yicha ma'lumotlar yo'q.
Qo'llanilish usuli
LOKAL QO'LLANILIShI
Maxsulot katta bo'lmagan miqdorda turli nuqtalarga qo'yiish va so'ngra, avaylab taqsimlash va to'liq so'rilguncha uqalash maqsadga muvofiq bo'ladi. Plastik qo'lqoplarni ishlatish lozim.
Qo'l bilan surtilgandan keyin, qo'llarni yuvish lozim.
Qo'llash tez-tezligi
Shifokorning ko'rsatmasiga muvofiq kuniga 2 marta qo'llaniladi.
Agar Siz Lokatop 0,1% kremini keragidan ko'proq miqdorda ishlatgan bo'lsangiz:
Lokatopni xar doim shifokor Sizga tavsiya etganiday ishlating. Dozani o'tkir oshirib yuborilishini extimoli kam.
Mahalliy kortikosteroidlarni xaddan ziyod yoki davomli qo'llash qonga o'tishiga va steroid gormonlarning yuqori darajasi tufayli tananing tashqi ko'rinishini o'zgarishi kabi tizimli samaralarga (masalan, oy yuzli, buqa bukri, markaziy genezi semezlik (Kushinga sindromi), o'sishini sekinlashishi) olib kelishi mumkin.
Agar Siz Lokatop 0,1% kremini qo'llagan bo'lsangiz darxol shifokorga ma'lum qiling:
tavsiya etilganidan katta miqdordagi doza
retseptda ko'rsatilgandan ortiq qo'llansa.
Doza tizimli oshirib yuborilgan xollarda muvofiq simptomatik davolashni boshlash lozim.
Davolashni darxol to'xtatish mumkin emas. Davolash shifokor kuzatuvi ostida asta-sekin to'xtatilishi lozim.
Agar Siz Lokatop 0,1% kremini surtishni unutgan bo'lsangiz:
O'tkazib yuborilgan dozani to'ldirish uchun, ikki barobar dozani qo'llamang.
Agar Siz Lokatop 0,1% kremini ishlatishni to'xtatgan bo'lsangiz:
Davolashni darxol to'xtatish mumkin emas. Davolash shifokor kuzatuvi ostida asta-sekin to'xtatilishi lozim.
Agar Sizda ushbu dori vositasini qo'llash yuzasidan boshqa savollar bo'lsa, davolovchi shifokorga yoki farmatsevtga murojaat qiling.
- 1. Dori vositalari va tibbiy buyumlar Davlat reestri (O‘zbekiston Respublikasi)
- 2. Ishlab chiqaruvchining rasmiy yo‘riqnomasi
- 3. Anatomik-terapevtik-kimyoviy tasnif (ATX)














