MEROPENEM 0,5 poroshok N1

MEROPENEM 0,5 poroshok N1 o'xshash dorilari



MEROPENEM 0,5 poroshok N1 qo'llanmasi
Vena ichiga (v/i) 30 daqiqalik infuziya orqali 0,5 g va 1 g dozalarda yuborilgandan so'ng maksimal zardob konsentratsiyalariga (Smax) yuborish oxirida erishiladi va mos ravishda 23 mkg/ml va 49 mkg/ml ni tashkil qiladi (Smax va "konsentratsiya - vaqt" egri chizig'i ostidagi maydon (AUC) uchun yuborilgan dozaga mutlaq farmakokinetik proporsional bog'liqlik yo'q). Doza 0,25 g dan 2 g gacha oshirilganda plazma klirensi 287 dan 205 ml/daqiqagacha kamayadi. V/i bolyus yuborishda 5 daqiqa davomida 0,5 g va 1 g yuborilganda Smax mos ravishda 52 mkg/ml va 112 mkg/ml ni tashkil qiladi. 0,5 g vena ichiga yuborilganidan 6 soat o'tgach qon plazmasidagi meronem konsentratsiyasi 1 mkg/ml va undan past qiymatlargacha pasayadi.
Plazma oqsillari bilan bog'lanishi taxminan 2 %.
Karbapenemlarning (shu jumladan meropenemning) uzaytirilgan (3 soatgacha) infuziyasi ularning farmakokinetik va farmakodinamik parametrlarining optimallashuviga olib kelishi mumkin. Sog'lom ko'ngillilarga har 8 soatda 0,5 g va 2 g ikkita dozaning standart 30 daqiqalik infuziyasida %Т>MIK qiymati (preparat konsentratsiyasi sezgir mikroorganizmlar uchun minimal ingibitsiya qiluvchi konsentratsiyadan (MIK) oshadigan vaqt davri va dozalash oralig'i o'rtasidagi nisbat; MIK uchun 4 mkg/ml ga teng qiymat qabul qilingan) mos ravishda 30 % va 58 % ni tashkil qilgan. O'sha dozalar har 8 soatda 5 soatlik infuziya usuli bilan yuborilganda %Т>MIK ko'rsatkichi 0,5 g va 2 g uchun mos ravishda 43 % va 73 % gacha oshgan. Sog'lom ko'ngillilarda 1 g meropenem 10 daqiqa davomida vena ichiga bolyus yuborilgandan so'ng o'rtacha plazma konsentratsiyasi dozalash oralig'ining 42 % i uchun MIK = 4 mkg/ml dan oshgan, preparatning xuddi shu dozasi 3 soatlik infuziyasida esa bu ko'rsatkich 59 % bo'lgan.
Meropenem organizmning aksariyat to'qimalari va suyuqliklariga, shu jumladan bakterial meningiti bo'lgan pasientlarning serebrospinal suyuqligiga yaxshi kirib boradi va ko'pchilik sezgir bakteriyalarni bostirish uchun talab qilinadigan konsentratsiyalardan oshadigan konsentratsiyalarga erishadi. Meropenem buyrak funksiyasi normal bo'lgan pasientlarga 8 soatlik oraliq bilan ko'p marta yuborilganda preparat kumulyatsiyasi kuzatilmaydi. Buyrak funksiyasi normal bo'lgan pasientlarda yarim chiqarilish davri taxminan 1 soatni tashkil qiladi.
Yuborilgan dozaning taxminan 70 % 12 soat ichida buyraklar orqali o'zgarmagan holda chiqariladi, shundan so'ng arzimas buyrak ekskretsiyasi aniqlanadi. Siydikdagi 10 mkg/ml dan oshadigan meropenem konsentratsiyalari 0,5 g preparat yuborilganidan keyin 5 soat davomida saqlanib turadi. 0,5 g har 8 soatda yoki 1 g har 6 soatda yuborish rejimlarida jigar funksiyasi normal bo'lgan ko'ngillilarda qon plazmasi va siydikda meropenem kumulyatsiyasi kuzatilmagan.
Meropenemning yagona metaboliti mikrobiologik jihatdan nofaol.
Tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, bolalar va kattalarda meropenem farmakokinetikasi o'xshash. 2 yoshgacha bo'lgan bolalarda meropenemning yarim chiqarilish davri taxminan 1,5-2,3 soatni tashkil qiladi, 10-40 mg/kg dozalar oralig'ida chiziqli bog'liqlik kuzatiladi.
Buyrak yetishmovchiligi. Buyrak yetishmovchiligi bo'lgan pasientlarda meropenem klirensi kreatinin klirensi (KK) bilan korrelyatsiya qiladi, shuning uchun doza va yuborishlar orasidagi oraliqni to'g'irlash zarur.
Keksa shaxslarda meropenem klirensining pasayishi KK ning yoshga bog'liq pasayishi bilan korrelyatsiya qiladi. Meropenem gemodializda chiqariladi.
Jigar yetishmovchiligi. Jigar kasalliklari meropenem farmakokinetikasiga ta'sir qilmaydi.
Umuman olganda, meropenem yaxshi o‘zlashtirilishi bilan xarakterlanadi. Kam hollarda nojo‘ya ta’sirlar davolashni bekor qilishga olib kelgan.
Jiddiy noxush reaksiyalar kam uchraydi. Nojo‘ya reaksiyalar uchrash tezligi quyidagi gradatsiya ko‘rinishida keltirilgan: juda tez-tez (≥1/10), tez-tez (≥1/100.
Qon yaratish tizimi*: tez-tez trombotsitoz; tez-tez emas - eozinofiliya, trombotsitopeniya; kam hollarda - leykopeniya, neytropeniya, agranulotsitoz; juda kam hollarda: gemolitik anemiya.
Asab tizimi: tez-tez emas - bosh og‘rig‘i, paresteziya, hushdan ketish**, gallyutsinatsiyalar**, depressiya**, xavotirlik**, yuqori qo‘zg‘aluvchanlik**, uyqusizlik**; kam hollarda - tirishishlar.
Me’da-ichak yo‘llari: tez-tez ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, «jigar» transaminazalari, ishqoriy fosfataza, laktatdegidrogenaza faolligining va qon zardobida bilirubin konsentratsiyasining oshishi; tez-tez emas: qabziyat**, xolestatik gepatit**; juda kam hollarda: soxta membranoz kolit.
Teri va teri osti kletchatkasi: tez-tez emas - toshma, eshakemi, teri qichishishi; juda kam hollarda: ko‘p shaklli eritema, Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz; tezligi aniqlanmagan - eozinofiliya va tizimli simptomlar bilan kechuvchi dori reaksiyasi (DRESS sindromi).
Immun tizimi: juda kam hollarda angionevrotik shish, anafilaksiya ko‘rinishlari.
Yurak-qon tomir tizimi: tez-tez emas - yurak yetishmovchiligi**, yurak to‘xtashi**, taxikardiya**, bradikardiya**, miokard infarkti**, arterial bosim (AB) pasayishi yoki oshishi**, o‘pka arteriyasi tarmoqlari tromboemboliyasi**.
Buyrak va siydik chiqarish yo‘llari: tez-tez emas - qonda kreatinin konsentratsiyasining oshishi, qonda mochevina konsentratsiyasining oshishi.
Respirator trakt: tez-tez emas dispnoe**.
Boshqalar: tez-tez - mahalliy reaksiyalar - yallig‘lanish, tromboflebit, yuborilgan joyda og‘riq; kam hollarda - vaginal kandidoz va og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati kandidozi.
* To‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita Kumbs sinamasining musbat bo‘lishi holatlari, shuningdek qisman tromboplastin vaqtining pasayishi holatlari haqida xabar berilgan.
** Meropenem qo‘llash bilan sabab-oqibat bog‘liqligi aniqlanmagan.
Preparatni neytropeniya, birlamchi yoki ikkilamchi immunitet tanqisligi bo'lgan bemorlarda pediatrik amaliyotda qo'llash tajribasi yo'q. Boshqa antibiotiklar qo'llanilganda bo'lgani kabi, Pseudomonas aeruginosa chaqirgan pastki nafas yo'llari infektsiyasi bo'lgan, og'ir holatdagi bemorlarda meropenem monoterapiya rejimida qo'llanilganda muntazam ravishda sezgirlik testlarini o'tkazish tavsiya etiladi.
Mikroblarga qarshi ta'sirga ega boshqa preparatlar qo'llanilganda bo'lgani kabi, sezgir bo'lmagan mikroorganizmlarning ortiqcha o'sishi mumkin. Turli qo'zg'atuvchilarning orttirilgan antibiotikorezistentligi tarqalishi mintaqaga qarab va vaqt o'tishi bilan o'zgarishi mumkin. Muayyan mintaqada keng tarqalgan qo'zg'atuvchilarning rezistentligi haqida dolzarb ma'lumotga ega bo'lish maqsadga muvofiqdir, ayniqsa og'ir infektsiyalarni davolashda. Agar rezistentlik shunday bo'lsaki, preparatning hech bo'lmaganda ba'zi infektsiyalarga nisbatan samaradorligi shubhali bo'lib qolsa, ekspertlar bilan maslahatlashish kerak.
Kamdan-kam hollarda meropenem qo'llanilganda, deyarli barcha antibakterial preparatlar qo'llanilganda bo'lgani kabi, soxtamembranoz kolit rivojlanishi kuzatiladi, u yengil darajadan hayotga xavf soluvchi shakllargacha o'zgarishi mumkin. Meropenem qo'llash fonida diareya yuzaga kelganda soxtamembranoz kolit rivojlanishi mumkinligini yodda tutish muhimdir. Soxtamembranoz kolitga shubha qilinganda yoki tashxis qo'yilganda meropenemni bekor qilish va tegishli davolashni (metronidazol, ichga vankomitsin, enterosorbentlar, infuzion terapiya) tayinlash kerak. Bunday hollarda ichak motorikasini susaytiruvchi dori vositalarini qo'llash mumkin emas.
Karbapenemlar, shu jumladan meropenem qo'llanilishi fonida tirishishlar yuzaga kelishi haqida kam xabar berilgan. Tirishishga tayyorgarlik bo'sag'asi past bo'lgan bemorlarda meropenem preparatini qo'llashda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Anamnezida karbapenemlar, penitsillinlar yoki boshqa beta-laktam antibiotiklarga yuqori sezuvchanligi bo'lgan bemorlar meropenemga yuqori sezuvchanlik namoyon qilishlari mumkin. Meropenem bilan terapiyani boshlashdan oldin bemorni anamnezida beta-laktam antibiotiklarga yuqori sezuvchanlik reaktsiyalariga alohida e'tibor qaratib, sinchkovlik bilan so'roq qilish kerak. Meropenem anamnezida beta-laktam antibiotiklarga (ya'ni penitsillinlar va tsefalosporinlarga) yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari ko'rsatilgan bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo'llanilishi kerak. Agar meropenemga allergik reaktsiya yuzaga kelsa, preparat yuborishni to'xtatish va tegishli choralar ko'rish zarur. Jigar kasalliklari bo'lgan bemorlarda meropenem preparatini qo'llash transaminazalar faolligi va bilirubin kontsentratsiyasi nazorati ostida o'tkazilishi kerak.
Transport vositalarini va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri:
Meropenem preparatining transport vositalarini va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri bo'yicha tadqiqotlar o'tkazilmagan. Shunga qaramay, meropenem preparati qo'llanilganda bosh og'rig'i, paresteziyalar va tirishishlar kuzatilishi mumkinligini hisobga olish kerak. Ko'rsatilgan nojo'ya ta'sirlar rivojlanganda transport vositalarini boshqarishdan va diqqatni yuqori jamlashni hamda psixomotor reaktsiyalar tezligini talab qiluvchi boshqa potentsial xavfli faoliyat turlari bilan shug'ullanishdan saqlanish kerak.
Anamnezda meropenemga va/yoki karbapenemlar guruhining boshqa preparatlariga yuqori sezuvchanlik. Beta-laktam tuzilishga ega bo'lgan har qanday antibakterial vositaga (shu jumladan penitsillinlar va sefalosporinlarga) yaqqol yuqori sezuvchanlik (anafilaktik reaktsiyalar, og'ir teri reaktsiyalari). 3 oylikkacha bo'lgan bolalar.
Ehtiyotkorlik bilan:
Potentsial nefrotoksik preparatlar bilan bir vaqtda tayinlash; anamnezda yo'g'on ichakning yallig'lanish kasalliklari (ayniqsa yarali kolit, soxta membranoz kolit).
Homiladorlik va laktatsiya:
Homiladorlikda preparatni qo'llash faqat ona uchun kutilayotgan foyda homila uchun potentsial xavfdan yuqori bo'lgan hollarda mümkin.
Meropenem oz miqdorda ko'krak sutiga o'tadi. Laktatsiya davrida preparatni qo'llash zarurati tug'ilganda ko'krak suti bilan emizishni to'xtatish kerak.
Probenetsid buyrak ekskretsiyasini pasaytiradi va meronem plazma kontsentratsiyasining oshishi va yarim chiqarilish davrining uzayishiga olib keladi.
Karbapenemlar va valproat kislotasi preparatlarini birga qabul qilish terapiyaning 2 kunidan keyin qon plazmasida valproat kislotasi kontsentratsiyasining 60-100% ga pasayishiga olib kelgan. Valproat kislotasi kontsentratsiyasining tez va sezilarli pasayishi munosabati bilan meropenem va valproat kislotasi preparatlarini birga qabul qilish tavsiya etilmaydi. Meropenemning boshqa preparatlarning qon plazmasi oqsillari bilan bog'lanish darajasiga yoki metabolizmga ta'siri o'rganilmagan. Meropenemning qon plazmasi oqsillari bilan bog'lanishi past (taxminan 2%), shuning uchun ularni plazma oqsillari bilan bog'lanishdan siqib chiqarish mexanizmiga asoslangan boshqa dori preparatlari bilan o'zaro ta'sir taxmin qilinmaydi.
Meropenem va boshqa preparatlar birga qabul qilinganda noxush farmakologik o'zaro ta'sirlar rivojlanishi haqida ma'lumotlar yo'q. Meropenemning boshqa preparatlar (probenetsiddan tashqari) bilan o'zaro ta'sirini o'rganish bo'yicha tadqiqotlar o'tkazilmagan.
Bevosita bo'lmagan antikoagulyantlar (masalan, varfarin) va antibakterial preparatlar birga qabul qilinganda antikoagulyant samaraning kuchayishi holatlari haqida xabar berilgan. Antikoagulyant samaraning kuchayishi xavfi infektsiya xususiyati va og'irligiga, bemorning yoshi va umumiy holatiga bog'liq bo'lishi mumkin, shuning uchun antibakterial preparatning xalqaro normallashtirilgan nisbat (XNN) oshishiga ta'sirini baholash qiyin. Har qanday antibakterial preparat va bevosita bo'lmagan antikoagulyantni birga qabul qilish vaqtida va u to'xtatilgandan keyin biroz vaqt o'tgach XNNni tez-tez monitoring qilish tavsiya etiladi.
Kattalar. Dozalar va terapiya davomiyligi infeksiya turi, og'irligi va bemorning holatiga qarab belgilanishi kerak.
Quyidagi sutkalik dozalar tavsiya etiladi:
Pnevmoniya, siydik chiqarish yo'llari infeksiyalari, endometrit kabi ginekologik infeksiyalar, teri va teri tuzilmalari infeksiyalarini davolash uchun har 8 soatda 0,5 g vena ichiga;
Nozokomial (shifoxona) pnevmoniya, peritonitni davolash uchun, neytropeniya simptomlari bo'lgan bemorlarda bakterial infeksiyaga shubha qilinganda, shuningdek septitsemiyada har 8 soatda 1 g vena ichiga.
Meningitni davolash uchun tavsiya etilgan doza har 8 soatda 2 g vena ichigani tashkil qiladi.
Ba'zi infeksiyalarni, xususan, kamroq sezgir qo'zg'atuvchilar (Enterobacteriaceae, Pseudomonas aeruginosa, Acinetobacter spp. kabi) chaqirgan yoki o'ta og'ir infeksiyalarni davolash uchun tavsiya etilgan doza har 8 soatda 2 g gachani tashkil qiladi. 2 g dozani bolusli in'eksiya ko'rinishida yuborishning xavfsizligi yetarli darajada o'rganilmagan.
Buyrak funksiyasi buzilganda kattalar bemorlar uchun doza. Kreatinin klirensi 51 ml/min dan kam bo'lgan bemorlarda doza quyidagicha kamaytirilishi kerak:
Kreatinin klirensi,
(ml/min) Doza
(0,5 g, 1 g, 2 g doza birligi asosida) Yuborish chastotasi
26-50 bitta doza birligi har 12 soatda
10-25 0,5 doza birligi har 12 soatda
<10 0,5 doza birligi har 24 soatda
Meropenem gemodializ va gemofiltratsiyada chiqariladi. Agar meropenem bilan uzoq muddatli davolash talab etilsa, qon plazmasidagi samarali konsentratsiyani tiklash uchun (infeksiya turi va og'irligiga qarab) preparat gemodializ muolajasi tugagandan so'ng yuborilishi tavsiya etiladi. Hozirgi vaqtda meropenemni peritoneal dializda bo'lgan bemorlarga yuborish uchun qo'llash tajribasi to'g'risida ma'lumotlar yo'q.
Jigar funksiyasi buzilgan kattalar bemorlarda dozalash. Jigar yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarda dozani to'g'irlashga hojat yo'q.
Keksa yoshdagi bemorlar. Buyrak funksiyasi normal bo'lgan yoki kreatinin klirensi 50 ml/min dan yuqori bo'lgan keksa yoshdagi bemorlarda dozani to'g'irlash talab etilmaydi.
3 oylikdan 12 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun vena ichiga yuborish uchun tavsiya etilgan doza infeksiya turi, og'irligi, ajratilgan mikroorganizmning sezgirligi va bemorning holatiga qarab har 8 soatda 10-20 mg/kg ni tashkil qiladi.
Tana vazni 50 kg dan ortiq bo'lgan bolalarda kattalar uchun dozalarni qo'llash kerak.
Meningitda tavsiya etilgan doza har 8 soatda 40 mg/kg ni tashkil qiladi.
Ba'zi infeksiyalarni, xususan, kamroq sezgir qo'zg'atuvchilar (Enterobacteriaceae, Pseudomonas aeruginosa, Acinetobacter spp. kabi) chaqirgan yoki o'ta og'ir infeksiyalarni davolash uchun tavsiya etilgan doza har 8 soatda 40 mg/kg gachani tashkil qiladi.
40 mg/kg dozani bolusli in'eksiya ko'rinishida qo'llashning xavfsizligi yetarli darajada o'rganilmagan.
Buyrak va jigar funksiyasi buzilgan bolalarda meropenemni qo'llash tajribasi yo'q.
Yuborish usuli. Vena ichiga yuborish uchun meropenem vena ichiga bolusli in'eksiya yoki vena ichiga infuziya ko'rinishida yuborilishi mumkin; suyultirish uchun tegishli infuzion suyuqliklardan foydalanish kerak.
Vena ichiga bolusli in'eksiyalar uchun eritma tayyorlash uchun 0,5 g preparat 10 ml, 1 g - 20 ml in'eksiya uchun suvda eritiladi, bunda eritma konsentratsiyasi 50 mg/ml ni tashkil qiladi. Olingan eritmani 25 °C gacha bo'lgan haroratda 3 soat davomida yoki muzlatgichda (2-8 °C) 16 soat davomida saqlash mumkin. Vena ichiga sekin 3-5 daqiqa davomida yuboriladi; agar bemor meropenem bilan mos keladigan suyuqliklarni parenteral qabul qilayotgan bo'lsa, v/i infuziyalar tizimining maxsus tuguni yoki in'eksiya uchun porti orqali yuborish mumkin.
Vena ichiga infuziyalar uchun eritma tayyorlash uchun 0,5 g yoki 1 g preparatni 10 ml in'eksiya uchun suvda eritish kerak. Olingan eritma mos keladigan infuzion muhit: 0,9 % natriy xlorid eritmasi yoki 5 % dekstroza eritmasi bo'lgan flakonga o'tkaziladi, bunda eritmadagi meropenem konsentratsiyasi 1 dan 20 mg/ml gacha bo'lishi kerak. v/i infuziyalar uchun tizim orqali 15-30 daqiqa davomida yuboriladi.
Meropenemni uzaytirilgan (3 soatgacha) infuziya rejimida qo'llash imkoniyati farmakokinetik va farmakodinamik parametrlarga asoslanadi. Hozirgi vaqtga kelib ushbu rejimni tasdiqlovchi klinik ma'lumotlar va xavfsizlik ma'lumotlari cheklangan. 0,9 % natriy xlorid eritmasidan foydalanib tayyorlangan eritmani 25 °C gacha bo'lgan haroratda 3 soat davomida yoki muzlatgichda (2-8 °C) 24 soat davomida saqlash mumkin. Konsentratsiya va saqlash davomiyligiga qarab eritma rangining rangsizdan sariqqacha o'zgarishiga yo'l qo'yiladi. 5 % dekstroza eritmasidan foydalanib tayyorlangan eritma darhol ishlatilishi kerak.
Meropenem eritmasi muzlatilmasligi kerak.
Agar eritmani tayyorlash sharoitlari mikrobiologik ifloslanish ehtimolini istisno qilmasa, tayyorlangan eritmani tayyorlangandan so'ng darhol yuborish tavsiya etiladi (mikrobiologik nuqtai nazardan).Dozani oshirib yuborishDavolash vaqtida tasodifiy dozani oshirib yuborish mumkin, ayniqsa buyrak funksiyasi buzilgan bemorlarda. Davolash: simptomatik terapiya o'tkaziladi. Buyrak funksiyasi buzilgan bemorlarda gemodializ meropenem va uning metabolitini samarali ravishda chiqarib tashlaydi.
Meropenem boshqa chiqarish shakllari


MEROPENEM 0,5 poroshok N1 analoglari














