Apteka.uz
SavatKirish

Meropenem

Meropenem chiqarilish shakllari

MEROPENEM poroshok 500mg N1
Retseptli
MEROPENEM poroshok 500mg N1
Xitoy
Ishlab chiqaruvchi:
Zhuhai United Laboratories Co. Ltd
•1 ta dorixonada bor
Narxi
5 000 so'm dan
MEROPENEM poroshok 1000 mg N1
Retseptli
MEROPENEM poroshok 1000 mg N1
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
FarmKonsept, OOO
•3 ta dorixonada bor
Narxi
108 000 so'm dan
MEROPENEM poroshok 500 mg N1
Retseptli
MEROPENEM poroshok 500 mg N1
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
FarmKonsept, OOO
•1 ta dorixonada bor
Narxi
5 000 so'm dan
- Meropenem qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Meropenemning tarkibi
- Meropenem ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Meropenem narxi Toshkent dorixonalarida

Meropenem haqida qo'llanma

Umumiy ma'lumot

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

MEROPENEM

MEROPENEM

 

Preparatning savdo nomi: Meropenem

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): meropenem

Dori shakli: vena ichiga yuborish uchun eritma tayyorlash uchun kukun 500 mg va 1000 mg

Tarkibi:

Har bir flakon/butilka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: meropenem (meropenem va natriy karbonati ko‘rinishida) – 500 mg yoki
1000 mg

Ta‘rifi: oqdan sarg‘ish ranggacha bo‘lgan kukun.

Farmakoterapevtik guruhi: Beta-laktam antibiotigi. Karbapenemlar.

ATX kodi: J01DH02.

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Meropenem penisillinlarni bog‘lovchi oqsillar (RVR) bilan bog‘lanish yo‘li orqali grammusbat va grammanfiy bakteriya xujayralarining devori sintezini ingibisiya qilish yo‘li orqali bakterisid ta‘sir ko‘rsatadi.

Boshqa beta-laktam antibakterial vositalari kabi meropenemning konsentrasiyasi minimal ingibisiya qiluvchi konsentrasiyalar (MIK) dan yuqori bo‘lgandagi vaqt ko‘rsatkichi (T>MIK), samaradorlik bilan yuqori korrelyasiyani namoyish qilgan. Klinika oldi modellarida meropenem qon plazmasidagi infeksion mikroorganizmlar uchun MIK dan taxminan 40% yuqori dozalar intervalidagi konsentrasiyalarda faollikni namoyish qilgan. Bu maqsadli ko‘rsatkich klinik jihatdan aniqlanmagan.

Meropenemga bakterial rezistentlik quyidagilar oqibatida yuzaga kelishi mumkin:

  1. grammanfiy bakteriyaning tashqi membranasining o‘tkazuvchanligi pasayishi (porinlarni ishlab chiqarishni pasayishi oqibatida);
  2. maqsadli RVR bilan yaqinligi tufayli;
  3. efflyuks nasos komponentlarining ekspressiyasini oshishi;
  4. karbapenemlarni gidrolizga uchratuvchi beta-laktamazalarni ishlab chiqarilishi.

Yevropa Ittifoqida karbapenemlarga chidamli bakteriyalar chaqirgan infeksion kasalliklar qayd etilgan.

Meropenem va xinolonlar, aminoglikozidlar, makrolidlar va tetrasiklinlar sinfiga mansub dori vositalari bilan maqsadli mikroorganizmlarni hisobi bilan kesishgan rezistentlik mavjud emas. Shunga qaramasdan, agar rezistentlik mexanizmi xujayra membranasini o‘tkazmasligi va/yoki efflyuks nasos(lar) ni o‘zi ichiga oladigan bo‘lsa, bakteriyalar antibakterial vositalarning bittadan ortiq sinfiga rezistentlik namoyish qilishi mumkin.

Mikroblarga qarshi sezgirlikni aniqlash yuzasidan Yevropa qo‘mitasi (EUCAST) tomonidan o‘tkazilgan klinik tadqiqotlarda aniqlangan MIK ning chegaraviy ko‘rsatkichlari quyidagi jadvalda keltirilgan:

Mikroorganizm Sezgir (S), (mg/l) Rezistent (R), (mg/l)
Enterobacteriaceae ≤ 2 > 8
Pseudomonas  ≤ 2 > 8
Acinetobacter  ≤ 2 > 8
Streptococcus A, B, C, G guruhi ≤ 2 > 2
Streptococcus pneumoniae1 ≤ 2 > 2
Boshqa streptokokklar 2 2
Enterococcus
Staphylococcus2 3 ga qarang 3 ga qarang
Haemophilus influenzae1, Moraxella catarrhalis ≤ 2 > 2
Neisseria meningitidis2,4 ≤ 0,25 > 0,25
Grammusbat anaeroblar ≤ 2 > 8
Grammanfiy anaeroblar ≤ 2 > 8
Mikroorganizmlarning turi bilan bog‘liq bo‘lmagan chegaraviy ko‘rsatkichlar5 ≤ 2 > 8

1 meningitda Streptococcus pneumoniae va Haemophilus influenzae uchun meropenemning chegarviy ko‘rsatkichlari 0,25/l mg/l ni tashkil etadi.

2 MIK ko‘rsatkichi sezgirlik bo‘sag‘asidan yuqori bo‘lgan mikroorganizmlar shtammlari kam hollarda kuzatiladi va hozirgi vaqtda aniqlanmaydi. Har qanday shunday izolyatni identifikasiya qilish va unga nisbatan mikroblarga qarshi sezgirlik yuzasidan tahlillarni takrorlash kerak va agar natija tasdiqlansa, izolyat tekshiruv laboratoriyasiga yuboriladi. MIK ko‘rsatkichlari rezistentlikning tegishli chegaraviy ko‘rsatkichlaridan (kursiv bilan ajratilgan) yuqori bo‘lgan verifikasiya qilingan izolyatlar uchun klinik javob haqidagi ma‘lumotlar bo‘lganda, izolyatlar chidamli sifatida qayd etilishi kerak.

3 Stafilokokklarning meropenemga sezgirligi metisillinga sezgirgik yuzasidan ma‘lumotlar asosida prognoz qilinadi.

4 Neisseria meningitidis uchun meropenemning chegarviy ko‘rsatkichi faqat meningitga tegishli.

5 mikroorganizmlarning turlari bilan bog‘liq bo‘lmagan chegaraviy ko‘rsatkichlar FK/FD ma‘lumotlari asosida aniqlangan va alohida turlarning MIK taqsimlanishiga bog‘liq emas. Ular jadvalda va ilovalarda ko‘rsatilmagan turlar yuzasidan qo‘llash uchun mo‘ljallangan.

“–” sezgirlikni aniqlash yuzasidan tekshiruv o‘tkazish tavsiya etilmaydi, chunki ushbu tur meropenem uchun optimal nishon bo‘lib hisoblanmaydi.

Orttirilgan rezistentlikni tarqalishi ayrim turlar uchun geografik va vaqt jig‘atidan o‘zgarishi mumkin, shuning uchun ayniqsa og‘ir infeksiyalarni davolaganda mikroorganizmlarning rezistentligi haqidagi mahalliy ma‘lumotga tayanish kerak. Mahalliy darajada mikroorganizmlarning rezistentligini tarqalganlik darajasi dori vositasini qo‘llashdan foyda kamida infeksiyalarning ayrim turlariga nisbatan shubhali darajada bo‘lgan hollarda, mutaxassisga murojaat etish kerak.

Navbatdagi jadvalda patogen mikroorganizmlar klinik tajriba va kasalliklarni davolashning klinik protokollaridan kelib chiqqan holda sanab o‘tilgan.

Odatdagi sezgir turlari:

Grammusbat aeroblar: Enterococcus faecalis6, Staphylococcus aureus (metisillinga sezgir)7, Staphylococcus species (metisillinga sezgir), shu jumladan Staphylococcus epidermidis, Streptococcus agalactiae (B guruhi), Streptococcus milleri (S. anginosus, S. constellatus, S. intermedius), Streptococcus pneumoniae, Streptococcus pyogenes (A guruhi).

Grammanfiy aeroblar: Citrobacter freundii, Citrobacter koseri, Enterobacter aerogenes, Enterobacter cloacae, Escherichia coli, Haemophilus influenzae, Klebsiella oxytoca, Klebsiella pneumoniae, Morganella morganii, Neisseria meningitidis, Proteus mirabilis, Proteus vulgaris, Serratia marcescens.

Grammusbat anaeroblar: Clostridium perfringens, Peptoniphilus asaccharolyticus, Peptostreptococcus species (shu jumladan P. micros, P. anaerobius, P. magnus).

Grammanfiy anaeroblar: Bacteroides caccae, Bacteroides fragilis guruhi, Prevotella bivia, Prevotella disiens.

 

Orttirilgan rezistentlik muammoli bo‘lishi mumkin bo‘lgan turlar:

Grammusbat aeroblar: Enterococcus faecium6,8.

Grammanfiy aeroblar: Acinetobacter species, Burkholderia cepacia, Pseudomonas aeruginosa.

Tabiiy rezistent mikroorganizmlar:

Grammanfiy aeroblar: Stenotrophomonas maltophilia, Legionella species.

Boshqa mikroorganizmlar: Chlamydophila pneumoniae, Chlamydophila psittaci, Coxiella burnetii, Mycoplasma pneumoniae.

6 tabiiy oralik sezgirlik aniqlangan turlar.

7 Barcha metisillinga rezistent stafilokokklar meropenemga chidamli.

8 YeI ning bir yoki bir necha mamlakatlarida rezistentlik ko‘rsatkichi >50%.

Farmakokinetikasi

Sog‘lom odamlarda T1/2 taxminan 1 soatni tashkil qiladi. Maksimal konsentrasiyasi (Cmax) va “konsentrasiya-vaqt” egri chizig‘i ostidagi maydon (AUC) yuzasidan yuborilgan dozaga mutloq farmakokinetik proporsional bog‘liqlik mavjud emas. Doza 0,25 g dan 2 g gacha oshirilganda klirensi minutiga 287 ml dan 205 ml gacha kamayadi. 500, 1000 va
2000 mg doza vena ichiga yuborilgandan keyin 30 minut davomida Cmax taxminan 23, 49 va 115 mkg/ml ni tashkil qiladi, bu AUC 39,3 62,3 va 153 mg.soat/ml ga mos keladi. Vena ichiga 500 mg 5 minut davomida oqim bilan yuborilganda Cmax – 52 mkg/ml, 1000 mg –
112 mkg/ml ni tashkil qiladi. Doza buyrak funksiyasi normal bo‘lgan odamlarga 8 soat davomida yuborilganda meropenemni to‘planishi kuzatilmaydi.

Tadqiqotda 12 nafar pasientlarga intraabdominal infeksiyada jarrohlik aralashuvidan keyin 1000 mg meropenem har 8 soatda yuborilgan, bunda Cmax va T1/2 bilan bir xil ko‘rsatkich namoyish etilgan, lekin taqsimlanish hajmi katta – 27 l bo‘lgan.

Taqsimlanishi

Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi taxminan 2% ni tashkil qiladi va konsentrasiyaga bog‘liq emas. Tez (5 minut yoki undan kam) yuborilganda farmakokinetikasi bioeksponensial hisoblanadi. Meropenem organizmning ko‘pgina to‘qimalari va suyuqliklari, shu jumladan o‘pka, bronxial sekresiya, safro, orqa miya suyuqligi, ginekologik to‘qimalar, teri, fassiyalar, mushaklar va peritoneal ekssudatga yaxshi kiradi.

Metabolizmi

Meropenem mikrobiologik jihatdan faol bo‘lmagan metabolit hosil qilib beta-laktam halqani gidrolizi yo‘li bilan metabolizmga uchraydi. Meropenem in vitro sharoitda imipenemga nisbatan odamning degidropeptida-I gidroliziga nisbatan past sezgirlikni namoyish qilgan.

Organizmdan chiqarilishi

Meropenem organizmdan o‘zgarmagan ko‘rinishda buyraklar orqali chiqariladi; dozaning taxminan 70% (50-75%) o‘zgarmagan ko‘rinishda 12 soat davomida chiqariladi. Yana 28% mikrobiologik faol bo‘lmagan metaboliti ko‘rinishida qaytariladi. Axlat bilan chiqarilishi dozaning taxminan 2% ni tashkil qiladi. O‘zgargan buyrak klirensi va probenesid samarasi meropenem filtrasiya va sekresiyaga uchrashini ko‘rsatadi.

Buyrak yetishmovchiligi

Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda o‘tkazilgan farmakokinetik tadqiqotlarda organizmdan yarim chiqarilish davrini uzayishi aniqlangan. Sog‘lom odamlarga (CrCL > 80 ml/min) nisbatan o‘rtacha darajada buzilishlari (CrCL 33-74 ml/min) bo‘lgan pasientlarda AUC 2,4 marta, jiddiy buzilishlari (CrCL < 2 ml/min) bo‘lgan pasientlarda 5 marta va gemodializda (CrCL < 2 ml/min) bo‘lgan bemorlarda 10 marta oshadi. O‘rtacha va og‘ir darajadagi buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlar uchun dozaga tuzatish kiritish tavsiya etiladi.

Meropenem gemodializ yordamida chiqariladi, gemodializ vaqti anuriyasi bo‘lgan pasientlarga nisbatan taxminan 4 marta ko‘proqni tashkil qiladi.

 

Jigar yetishmovchiligi

Jigar kasalliklari bo‘lgan pasientlarda o‘tkazilgan farmakokinetik tadqiqotlar, ushbu patologik o‘zgarishlar meropenemning farmakokinetikasiga ta‘sir ko‘rsatmasligini namoyish qilgan.

Katta pasientlar

Katta pasientlarda o‘tkazilgan 32 tadqiqotlar buyrak funksiyasi ekvivalent bo‘lgan sog‘lom odamlarga nisbatan ahamiyatli farmakokinetik farqlarni namoyish qilmagan. Intraabdominal infeksiya yoki pnevmoniyasi bo‘lgan 79 nafar pasientlar asosida ishlab chiqilgan populyasion model markaziy xajmni pasientning tana vazniga va kreatinin klirensi va yoshiga bog‘liqligini namoyish qilgan.

Bolalar

Infeksiyasi bo‘lgan chaqaloqlar va bolalarda 10, 20 va 40 mg/kg doza qabul qilingandagi farmakokinetika kattalarda muvofiq ravishda 500, 1000 va 2000 mg doza qabul qilgandagiga o‘xshash Cmax ni namoyish etgan. Taqqoslash kattalardagiga o‘xshash farmakokinetikani namoyish qilgan, <6 oylik bolalardan tashqari – T1/2-1,6 soat. Meropenem klirensining o‘rtacha ko‘rsatkichi – minutiga 5,8 ml/kg (6-12 yoshdagi bolalar uchun), minutiga 6,2 ml/kg (2-5 yoshdagi bolalar uchun), minutiga 5,3 ml/kg (6-23 oylik bolalar uchun) va minutiga 4,3 ml/kg (2-5 oylik bolalar uchun) tashkil qiladi. Dozaning taxminan 60% siydik bilan 12 soat davomida meropenem ko‘rinishida, 12% – metaboliti ko‘rinishida chiqariladi. Meningiti bo‘lgan bolalarda meropenemning orqa miya suyuqligidagi konsentrasiyasi taxminan 20% ni tashkil qiladi, ammo ahamiyatli individual o‘zgaruvchanlik mavjud. Antibiotiklar bilan davolash zarur bo‘lgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda klirensi oshishi kuzatilgan, T1/2 – 2,9 soat.

Keksa pasientlar

Keksa (65-80 yosh) pasientlarda o‘tkazilgan farmakokinetik tadqiqotlar plazma klirensini pasayishini namoyish qilgan, bu kreatinin klirensini yoshga doir pasayishi va buyrakdan tashqari klrensini pasayishi bilan korrelyasiya qilgan.

Og‘ir va o‘rtacha darajadagi buyrak yetishmovchiligi holatlaridan tashqari, keksa pasientlarda dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi.

 

Qo‘llanilishi

Kattalarda va bolalarda (3 oylikdan oshgan) meropenemga sezgir bir yoki bir nechta qo‘zg‘atuvchilar chaqirgan quyidagi infeksion-yallig‘lanish kasalliklarini davolash uchun ko‘rsatilgan:

  • pnevmoniya, shu jumladan kasalxonadan tashqari pnevmoniya;
  • mukovissedozda bronx-o‘pka infeksiyalari;
  • siydik chiqarish yo‘llarining asoratlangan infeksiyalari;
  • qorin bo‘shlig‘ining asoratlangan infeksiyalari;
  • tug‘ruq va tug‘ruqdan keyingi infeksiyalar;
  • teri va yumshoq to‘qimalarning asoratlangan infeksiyalari;
  • o‘tkir bakterial meningit.

Meropenem neytropeniyasi bo‘lgan pasientlarda bakterial infeksiya chaqirgan isitmani davolash uchun ishlatilishi mumkin.

Qo‘llash usuli va dozalari

Dozalash tartibi kasallikning kechishini og‘irlik darajasi, qo‘zg‘atuvchining turi va klinik ko‘rinishlariga qarab individual ravishda belgilanadi.

Kattalar uchun kuniga 3 marta 2 g gacha va o‘smirlar uchun kuniga 3 marta 40 mg/kg gacha dozalari bolalar uchun Pseudomonas aeruginosa yoki Acinetobacter species chaqirgan kasalxona ichki infeksiyalarini davolash uchun maqsadga muvofiq ravishda qo‘llanishi mumkin.

Jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda dozaga tuzatish kiritish kerak.

Kattalar va o‘smirlar:

Infeksiya Har 8 soatda yuborish uchun dozalar
Pnevmoniya, shu jumladan kasalxonadan tashqari pnevmoniya 500 mg yoki 1 g
Mukovissidozda bronx-o‘pka infeksilari 2 g
Siydik chiqarish yo‘llarining asoratlangan infeksiyalari 500 mg yoki 1 g
Qorin bo‘shlig‘ining asoratlangan infeksiyalari 500 mg yoki 1 g
Tug‘ruq va tug‘ruqdan keyingi infeksiyalar 500 mg yoki 1 g
Teri va yumshoq to‘qimalarning asoratlangan infeksiyalari 500 mg yoki 1 g
O‘tkir bakterial meningit 2 g
Febril neytropeniya 1 g

Jigar yetishmovchiligi:

Jigar yetishmovchiligida dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi.

Keksa pasientlarda dozalash:

Buyrak funksiyasi normal yoki kreatinin klirensi minutiga 50 ml dan yuqori bo‘lgan keksa bemorlarda dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi.

Bolalar

3 oylikdan kichik bolalar:

3 oylikdan kichik bolalarda qo‘llashning samaradorligi va xavfsizligi, shuningdek optimal dozalash tartibi tekshirilmagan. Lekin farmakokinetika yuzasidan cheklangan ma‘lumotlar har 8 soatda 20 mg/kg doza optimal dozalash tartibi ekanligini taxmin qilish imkonini beradi.

3 oylikdan – tana vazni 50 kg dan past bo‘lgan 11 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun:

Infeksiya Har 8 soatda yuborish uchun dozalar
Pnevmoniya, shu jumladan kasalxonadan tashqari pnevmoniya 10 – 20 mg/kg
Mukovissidozda bronx-o‘pka infeksilari 40 mg/kg
Siydik chiqarish yo‘llarining asoratlangan infeksiyalari 10 – 20 mg/kg
Qorin bo‘shlig‘ining asoratlangan infeksiyalari 10 – 20 mg/kg
Teri va yumshoq to‘qimalarning asoratlangan infeksiyalari 10 – 20 mg/kg
O‘tkir bakterial meningit 40 mg/kg
Febril neytropeniya 20 mg/kg

Meropenem kattalar va bolalarga odatda 15-30 minut davomida tomchili infuziya ko‘rinishida yuboriladi. Flakon (butilka) ichidagisi 1 dan 20 mg/ml yakuniy konsentrasiyagacha 0,9% li natriy xloridi eritmasida yoki 5% li glyukoza (dekstroza) eritmasida eritiladi. Qo‘llashdan oldin eritmani chayqatish kerak.

Meropenemni 5 minut davomida oqim bilan vena ichiga yuborishga yo‘l qo‘yiladi: kattalarga – 1 g gacha, bolalarga (3 oylikdan tana vazni 50 kg dan past bo‘lgan 11 yoshgacha bo‘lgan bolalar) – tana vazniga 20 mg/kg gacha dozada. Kattalarga 2 gacha, bolalarga – tana vazniga 40 mg/kg gacha dozada vena ichiga oqim bilan yuborish mumkinligi haqida cheklangan ma‘lumotlar bor. Vena ichiga oqim bilan yuborilganda dori vositasining dozasi 50 mg/ml yakuniy konsentrasiyagacha in‘eksiya uchun steril suvda eritiladi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Nojo‘ya reaksiyalarning tez-tezligi quyidagi gradasiya bo‘yicha keltirilgan: juda tez-tez (≥1/10), tez-tez (≥1/100, <1/10), tez-tez emas (≥1/1000, <1/100), kam hollarda (≥1/10000, <1/1000), juda kam hollarda (<1/10000).

Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan: tez-tez: epigastral sohada og‘riq, ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, giperbilirubinemiya, “jigar” transaminazalari va ishqoriy fosfotaza, LDG faolligini oshishi; tez-tez emas: qabziyat, xolestatik gepatit; juda kam hollarda: soxtamembranoz enterokolit.

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: yurak yetishmovchiligini rivojolanishi yoki chuqurlashishi, yurakni to‘xtashi, taxi- yoki bradikardiya, arterial bosimni pasayishi yoki oshishi, hushdan ketish holatlari, miokard infarkti, o‘pka arteriyalari tarmoqlari tromboemboliyasi.

Siydik chiqarish tizimi tomonidan: tez-tez emas: dizuriya, shishlar, buyrak funksiyasini buzilishi (giperkreatininemiya, plazmada mochevina konsentrasiyasini oshishi), gematuriya.

Allergik reaksiyalar: teri qichishishi, teri toshmasi, eshakemi, ko‘p shaklli ekssudativ eritema, xavfli ekssudativ eritema (Stivens-Djonson sindromi), angionevrotik shish, anafilaktik shok, toksik epidermal nekroliz.

Nerv tizimi tomonidan: tez-tez emas: bosh og‘rig‘i, paresteziya, uyqusizlik, uyquchanlik, yuqori qo‘zg‘aluvchanlik, xavotirlik, ongni buzilishi, gallyusinasiyalar; kam hollarda: tirishishlar.

Immun tizimi tomonidan: juda kam hollarda: Kvinke shishi, anafilaktik shok.

Laborator ko‘rsatkichlarni o‘zgarishlari: eozinofiliya, trombositopeniya, neytropeniya, leykopeniya; kam hollarda: agranulositoz, gipokaliemiya, leykositoz, giperkreatininemiya, gemolitik anemiya, qaytuvchan trombositopeniya, qisman chastichnogo tromboplastin vaqtini kamayishi, qonda transaminazalar darajasini oshishi, laktatdegidrogenaza darajasini oshishi, bilirubin darajasini oshishi.

Infeksiyalar va invaziyalar: tez-tez emas: oral va vaginal kandidoz.

Mahalliy reaksiyalar: yallig‘lanish, flebit, tromboflebit, yuborish joyida og‘riq; KFK darajasini oshishi bilan kechuvchi to‘qimalarni shikastlanishi.

Boshqalar: musbat bevosita yoki bilvosita Kumbs sinamasi, anemiya, gipervolemiya, dispnoe, vaginal kandidoz va og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati kandidozi.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Anamnezida meropenemga yoki karbapenemlar guruhiga mansub boshqa preparatlarga o‘ta yuqori sezuvchanlik. Homiladorlik, laktasiya davri, 3 oylikdan kichik bolalar.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Probenesid buyrak ekskresiyasini ingibisiya qilib va meropenemning yarim chiqarilish davrini va konsentrasiyasini oshishini chaqirib faol kanalchalar sekresiyasi uchun raqobatlashadi. Meropenemni probenesid bilan bir vaqtda buyurganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Karbapenemlar bilan birga qo‘llanilganda bir necha kundan keyin valproat kislotasining darajasini 60-100% ga pasayishi kuzatiladi. Shunday qilib, valproat kislotasi va karbapenemlarni birga qo‘llashdan saqlanish kerak.

Peroral antikoagulyantlar: antibiotiklarni varfarin bilan qo‘llanilganda antikoagulyant samaralar kuchayadi. Antikoagulyant preparatlarni antibakterial preparatlar bilan peroral qabul qilingan vaqtda antikoagulyant samaralarni oshishi haqida xabar berilgan. Xavf infeksiya qo‘zg‘atuvchisi, pasientning yoshi va umumiy holatiga qarab o‘zgarishi mumkin, shuning uchun antibiotiklarni xalqaro normallashgan nisbat (XNN) ga ta‘sirini baholash qiyin. Davolash jarayonida va antibiotiklar va peroral antikoagulyantlar bilan birga davolagandan keyin ayrim vaqt davomida XNN ni tez-tez aniqlash tavsiya etiladi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Har bir konkret pasientni davolash uchun meropenem buyurilganda infeksiyaning og‘irlik darajasi, boshqa antibakterial preparatlarga rezistentlikni mavjudligiga qarab karbapenemlarni qo‘llashni maqsadga muvofiqligini e‘tiborga olish kerak.

Deyarli barcha antibiotiklarni qo‘llagandagi kabi meropenemni qo‘llaganda soxtamembranoz kolit rivojlanishi kuzatiladi, u og‘irlik darajasi yengildan to hayotga xavf soluvchi shaklgacha o‘zgarishi mumkin. Meropenemni qo‘llash fonida diareya yuzaga kelganda soxtamembranoz kolit rivojlanganligi ehtimolini yodda tutish kerak. Meropenem bilan davolashni to‘xtatishni ko‘rib chiqish kerak. Ichak peristaltikasini ingibisiya qiluvchi preparatlarni qabul qilmaslik kerak.

Karbapenemlar, shu jumladan meropenem bilan davolash vaqtida tirishishlar rivojlanishi haqida tez-tez xabar berilmagan.

Boshqa karbapenemlar va beta-laktam antibiotiklari, penisillinlar va sefalosporinlar orasida kesishgan allergik reaksiyalarning klinik va laborator belgilari mavjud. Meropenemni qo‘llaganda ham, boshqa beta-antibiotiklarni qo‘llaganda ham o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalarining (shu jumladan o‘lim bilan yakunlanuvchi) kam holatlari haqida xabarlar mavjud. Peropenem bilan davolashni boshlashdan oldin anamnezida beta-laktam antibiotiklariga o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalariga alohida e‘tibor berib, pasientni sinchkovlik bilan so‘roq qilish kerak. Anamnezida shunga o‘xshash ko‘rinishlari bo‘lgan pasientlarda meropenem ehtiyotkorlik bilan qo‘llanishi kerak. Agar meropenemga allergik reaksiya yuzaga kelsa, preparatni yuborishni to‘xtatish va tegishli choralarni ko‘rish kerak.

Jigar kasalliklari bo‘lgan bemorlarni davolash “jigar” transaminazalarining faolligi va bilirubinning konsentrasiyasini sinchkovlik bilan nazorati ostida olib borilishi kerak. Davolash jarayonida chidamli qo‘zg‘atuvchilar rivojlanishi mumkin, shuning uchun uzoq muddatli davolash rezistent shtammlarni tarqalganligini doimiy nazorati ostida olib boriladi.

Metisillinga rezistent stafilokklar chaqirgan infeksiyalarda preparatni qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Meropenem bilan davolash vaqtida bevosita va bilvosita Kumbs sinamasi musbat bo‘lishi mumkin.

500 mg li meropenemning bir flakoni 2,0 mmol natriy saqlaydi. 1000 mg li meropenemning bir flakoni 4,0 mmol natriy saqlaydi. Buni natriyni iste‘mol qilinishini nazorat qiluvchi (natriyning miqdori past parhezga rioya qiluvchi) odamlarda e‘tiborga olish kerak.

Mikrobiologik nuqtai nazardan preparatni darhol ishlatish kerak. Agar dori vositalari darhol ishlatilmasa, saqlash muddati va sharoitiga shifokor javob beradi. Meropenemning 5% li glyukoza (dekstroza) eritmasi bilan tayyorlangan eritmasini darhol, ya‘ni tayyorlangandan keyin 1 soat davomida qo‘llash kerak.

Meropenemning eritmasini muzlatish mumkin emas.

Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi: homiladorlik vaqtida meropenemning klinik xavfsizligi aniqlanmagan. Hayvonlarda o‘tkazilgan eksperimental tadqiqotlar rivojlanayotgan homilaga biron-bir nozush samaralarni namoyish etmagan. Homiladorlik vaqtida va laktasiya davrida homila, chaqaloq va ona uchun preparatni qo‘llashdan potensial foydasi va bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavfni baholash kerak. Har bir holatda preparatni bevosita shifokor kuzatuvi ostida qo‘llash kerak. Meropenem hayvonlarning ko‘krak sutida juda past konsentrasiyalarda aniqlanadi. Davolash davrida emizishni to‘xtatish kerak.

Avtotransportni va boshqa potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri: meropenemni avtotransportni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri haqida ishonchli ma‘lumotlar yo‘q. Shunga qaramasdan, meropenemni qabul qilganda bosh og‘rig‘i, paresteziya va tirishishlar kuzatilishi mumkinligini e‘tiborga olish kerak.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Davolash vaqtida, ayniqsa buyrak funksiyasini buzilishi bo‘lgan pasientlarda to‘satdan dozani oshirib yuborilishi kuzatilishi mumkin.

Simptomlari: spesifik simptomlari yo‘q.

Davolash: simptomatik davolash o‘tkaziladi. Normada preparatni buyrak orqali chiqarilishi tez amalga oshadi. Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda gemodializ meropenem va uning metabolitlarini samarali chiqaradi.

Chiqarilish shakli

500 mg dan flakonlarda, 1000 mg dan flakonlarda va butilkalarda.

Flakon yoki butilka qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.

Stasionarlar uchun o‘rami: 500 mg yoki 1000 mg dozali 40 flakonlar yoki 12 butilkalar yoki 1000 mg dozali flakonlar tegishli miqdordagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan guruh qutisida.

 

Saqlash sharoiti

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Qo‘llash ko‘rsatmalari

  • Meropenemga sezgir mikroorganizmlar chaqirgan infektsion-yallig'lanish kasalliklari, shu jumladan polimikrob infektsiyalarda (monoterapiya sifatida yoki boshqa antibakterial, virusga qarshi va zamburug'ga qarshi dori vositalari bilan kombinatsiyada): — quyi nafas yo'llari infektsiyalari (sh.j. pnevmoniya, gospital pnevmoniya bilan birga); — siydik chiqarish yo'llari infektsiyalari (sh.j. pielonefrit, pielit); — teri va yumshoq to'qimalar infektsiyalari (sh.j. saramas, impetigo, ikkilamchi infektsiyalangan dermatozlar); — intraabdominal infektsiyalar (asoratlangan appenditsit, peritonit, pelvioperitonit); — septitsemiya; — kichik tos a'zolari infektsiyalari (sh.j. endometrit); — bakterial meningit; — febril neytropeniyasi bor kattalarda bakterial infektsiyaga shubha qilinganda (monoterapiya ko'rinishida yoki virusga qarshi yoki zamburug'ga qarshi vositalar bilan kombinatsiyada empirik davolash).

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

  • Preparatning har qanday tarkibiy qismiga yuqori sezuvchanlik. 3 oylikkacha bo‘lgan bolalar (samaradorlik va o‘zlashtira olish bo‘yicha ma’lumotlar yo‘q). Ehtiyotkorlik bilan: Nefrotoksik preparatlar bilan bir vaqtda tayinlash; kolit bilan og‘rigan bemorlarga.

Tarkibi

  • 1 fl. meropenem 1 g 1 fl. meropenem 1g 1 fl. meropenem 500 mg meropenem 1 g meropenem 1,0g; Yordamchi moddalar: natriy karbonat meropenem 1,0g; Yordamchi moddalar: natriy karbonat Meropenem 1,0g; Yordamchi moddalar: suvsiz natriy karbonat

Farmakodinamikasi

Meropenem penitsillin bog'lovchi oqsillarga (PBO) bog'lanish orqali grammusbat va grammusbat bakteriyalarining hujayra devorlari sinteziga ta'sir qilib, bakteritsid ta'sir ko'rsatadi.

Boshqa beta-laktam antibakterial vositalar singari, meropenem kontsentratsiyasining minimal ingibitsiya qiluvchi kontsentratsiyadan (MIK) oshib ketgan vaqtlari (T>MIK) samaradorlik bilan yuqori darajadagi korrelyatsiya namoyish qilgan.

Meropenemaga bakterial rezistentlik quyidagilar oqibatida kelib chiqishi mumkin.

1. grammanfiy bakteriyalar tashqi membranasi o'tkazuvchanligining pasayishi (porinlar ishlab chiqarilining pasayishi tufayli)

2. maqsadli PBP-larga yaqinlik kamayishi

3. efflyuks nasosi komponentlari ekspressiyasining oshishi

4. karbapenemalarni gidrolizga uchratishi mumkin bo'lgan beta-laktamazalarning ishlab chiqarilishi.

Meropenem va xinolonlar, aminoglikozidlar, makrolidlar va tetrattsiklinlar sinflariga mansub dori vositalari o'rtasida, maqsadli mikroorganizmlarni hisobga olgan holda, o'zaro kesishgan rezistentlik mavjud emas. Ammo, bu mexanizm hujayra membranasining o'tkazuvchanligi va/yoki efflyuks nasos (lar) ni o'z ichiga oladigan bo'lsa, bakteriyalar bir nechta mikroblarga qarshi dori vositalarga qarshilik ko'rsatishi mumkin.

Jadvalda klinik sharoitda turli bakterial patogenlarga qarshi meropenem uchun MIK chegaralari ko'rsatilgan:

Patogenlar

Sezgirlik (mg/l)

Rezistentlik

Enterobacteriaceae

≤2

>8

Pseudomonas spp.

≤2

>8

Acinetobacter spp.

≤2

>8

Streptococcus A, B, C, G
guruhi 

6 ga qarang

6 ga qarang

Streptococcus pneumoniae1

≤2

>2

Boshqa streptokokklar

≤2

>2

Enterococcus5spp.

-

-

Staphylococcus2 spp.

3 ga qarang

3 ga qarang

Haemophilus      influenzae1,2

Moraxella catarrhalis2

≤2

>2

Neisserea meningitidis2,4

≤0,25

>0,25

Clostridium difficile dan boshqa
grammusbat anaeroblar

≤2

>8

Grammusbat anaeroblar

≤2

>8

Listeria monocytogenes

≤ 0,25

> 0,25

Nospetsifik bo'sag'a
qiymatlari 4

≤2

>8


1. Meningitda Streptococcus pneumoniae va Haemophilus influenzae uchun meropenemning
chegara qiymatlari 0,25 mg/l (sezgir) va 1 mg/l (rezistent).

2. Sezgirlik chegarasidan yuqori bo'lgan MIK ko'rsatkichlariga ega mikroorganizm shtammlari kam xollarda uchraydi yoki hozirda aniqlanmaydi. Identifikatsiya va antimikrobial sezuvchanlik bo'yicha har qanday izolyatga oid tahlillar takrorlanishi kerak va agar natijalar tasdiqlansa, izolyat ma'lumotlar laboratoriyasiga yuboriladi. Tasdiqlangan izolyatlar uchun MIK qiymatlari bilan qarshilikning joriy chegara qiymatlaridan yuqori bo'lganligi uchun klinik javobning dalillari mavjud ekan, izolyatlar chidamli deb qayd etilishi lozim.

3.Meropenemga stafilokokklarning sezuvchanligi metitsillinga sezuvchanlik ma'lumotlari asosida prognoz qilinadi.

4.Сhegara qiymatlari faqat meningit uchun ko'rsatilgan.

5.Mikroorganizm turlari bilan bog'liq bo'lmagan chegara qiymatlari asosan farmakokinetik / farmakodinamik ma'lumotlar asosida aniqlangan va ayrim turlarning MIK tarqalishiga bog'liq emas. Ular jadvalda va izohlarda ko'rsatilmagan shtammlarga nisbatan qo'llash uchun mo'ljallangan.

6.A, B, C, G guruhi Streptococcus larning meropenemga sezuvchanligi penitsillinga sezgirlik ma'lumotlari asosida taxmin qilinadi.

"–" Ta'sirchanlik testini o'tkazish tavsiya etilmaydi, chunki bu tur meropenem uchun optimal nishon bo'lib hisoblanmaydi.

Kasalliklarni davolash bo'yicha klinik tajriba va terapevtik protokollarga asoslanib, patogen mikroorganizmlar quyida keltirilgan.

Meropenemga sezgir patogenlar Grammusbat aeroblar

Enterococcus faecalis, Staphylococcus aureus (metitsillinga sezgir)2, Staphylococcus turlari (metitsillinga sezgir), shu jumladan, Staphylococcus epidermidis, Streptococcus agalactiae V guruhi, Streptococcus milleri guruhi (S. anginosus, S. constellatus, S. intermedius), Streptococcus pneumoniae, Streptococcus pyogenes A guruhi

Grammanfiy aeroblar

Citrobacter freudii, Citrobacter koseri, Enterobacter aerogenes, Enterobacter cloacae, Escherichia coli, Haemophilus influenzae, Klebsiella oxytoca, Klebsiella pneumoniae, Morganella morganii, Neisseria menigitidis, Proteus mirabilis, Proteus vulgaris, Serratia marcescens

Grammusbat anaeroblar

Clostridium perfringens, Peptoniphilus asaccharoliticus, Peptostreptococcus turlari (shu jumladan, P. micros, P. anaerobicus, P. magnus)

Grammanfiy anaeroblar

Bacteroides caccae, gruppa Bacteroides fragilis, Prevotella bivia, Prevotella disiens
Orttirilgan rezistentlik muammosi dolzarb bo'lgan patogenlar Grammusbat aeroblar
Enterococcus faecium1,3

Grammanfiy aeroblar

Acinetobacter turlari, Burkholderia cepacia, Pseudomonas aeruginosa.
 
Tabiiy rezistentlikka ega patogenlar Grammanfiy aeroblar
Stenotrophomonas maltophilia, Legionella spp.

Boshqa qo'zg'atuvchilar

Chlamidophila pneumoniae, Chlamidophila psittaci, Coxiella burnetii, Mycoplasma pneumoniae.

1Oraliq sezuvchanlik namoyon qiluvchi qo'zg'atuvchilar.

2Barcha metitsillinga rezistent stafilokokklar meropenemga ham rezistent hisoblanadi.

3Evropa ittifoqining bir yoki bir necha mamlakatlarida rezistentlik ko'rsatkichi
≥50%.

Farmakokinetikasi

30 daqiqa davomida 250 mg vena ichiga yuborilganda maksimal konsentratsiya (Cmax) 11 mkg/ml, 500 mg doza uchun - 23 mkg/ml, 1 g doza uchun - 49 mkg/ml ni tashkil qiladi. Doza 250 mg dan 2 g gacha oshirilganda meropenem klirensi 287 dan 205 ml/daqiqagacha kamayadi. 5 daqiqa davomida 500 mg meropenem vena ichiga bolyus usulida yuborilganda Smax 52 mkg/ml, 1 g da - 112 mkg/ml ni tashkil qiladi. Qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanishi - 2%. Organizmining ko‘pchilik to‘qimalari va suyuqliklariga, shu jumladan bakterial meningit bilan og‘rigan bemorlarning orqa miya suyuqligiga yaxshi o‘tadi va ko‘pchilik bakteriyalarni bostirish uchun talab qilinadigan konsentratsiyalardan yuqori konsentratsiyalarga (bakteritsid konsentratsiyalar infuziya boshlangandan so‘ng 0,5-1,5 soatdan keyin hosil bo‘ladi) erishadi. Ko‘krak sutiga arzimas miqdorda o‘tadi. Jigarda bitta mikrobiologik faol bo‘lmagan metabolit hosil bo‘lishi bilan arzimas darajada metabolizmga uchraydi. Yarim chiqarilish davri 1 soatni, 2 yoshgacha bo‘lgan bolalarda - 1,5 - 2,3 soatni tashkil qiladi. Meropenem farmakokinetikasi bolalar va kattalarda o‘xshash; 10-40 mg/kg dozalar diapazonida farmakokinetik parametrlarning chiziqli bog‘liqligi kuzatiladi. Kumulyatsiya qilmaydi. Buyraklar orqali - 70% o‘zgarmagan holda 12 soat davomida chiqariladi. 500 mg yuborilgandan so‘ng siydikdagi meropenem konsentratsiyasi 10 mkg/ml dan yuqori bo‘lib, 5 soat davomida saqlanib turadi. Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda meropenem klirensi kreatinin klirensi bilan korrelyatsiya qiladi. Bunday bemorlarda dozani to‘g‘irlash zarur. Keksa bemorlarda meropenem klirensining pasayishi kreatinin klirensining yoshga bog‘liq pasayishi bilan korrelyatsiya qiladi. Yarim chiqarilish davri - 1,5 soat. Meropenem gemodializda chiqariladi.

Farmakologik ta'siri

Meropenem parenteral foydalanish uchun karbapenemlar guruhiga kiruvchi sintetik antibiotikdir. Meropenem sitoplazma qobig'i yuzasidagi o'ziga xos retseptorlar (penitsillin bog'lovchi oqsillar) bilan reaksiyaga kirishadi, hujayra devori peptidoglikan qatlamining hosil bo'lishini sekinlashtiradi (meropenem D-alanin-D-alanin bilan tizilmaviy o'xshashlikka ega, transpeptidaza fermentini va peptidoglikan zanjirlari o'rtasida ko'ndalang bog'lanishlar hosil bo'lishini bostiradi), hujayra devorining avtolitik fermentlari ajralib chiqishiga yordam beradi, bu esa uning shikastlanishiga va mikroorganizmning nobud bo'lishiga olib keladi. Preparatning mikroblarga qarshi faollik spektri ko'plab klinik ahamiyatga ega grammanfiy va grammusbat anaerob va aerob bakteriyalar shtammlarini o'z ichiga oladi. Meropenem ko'plab fakultativ va aerob grammanfiy mikroorganizmlar shtammlariga nisbatan faol (in vitro va ba'zi infektsiyalarni davolash bo'yicha klinik tadqiqotlar natijalariga ko'ra) — Haemophilus influenzae (shu jumladan beta-laktamaza ishlab chiqaruvchi shtammlar), Escherichia coli, Klebsiella pneumoniae, Pseudomonas aeruginosa, Neisseria meningitidis, Proteus mirabilis; fakultativ va aerob grammusbat mikroorganizmlar — Staphylococcus aureus (beta-laktamaza ishlab chiqarmaydigan va beta-laktamaza ishlab chiqaruvchi, faqat metitsillinga sezgir shtammlar), Enterococcus faecalis (vankomitsinga rezistent shtammlardan tashqari), Streptococcus agalactiae, Streptococcus pyogenes, Streptococcus pneumoniae (faqat penitsillinga sezgir shtammlar), Streptococcus viridans; anaerob mikroorganizmlar — Bacteroides thetaiotaomicron, Bacteroides fragilis, Peptostreptococcus spp.. Meropenem in vitro samarali (quyida sanab o'tilgan qo'zg'atuvchilar keltirib chiqaradigan kasalliklarda klinik samaradorligi isbotlanmagan) fakultativ va aerob grammanfiy mikroorganizmlarga nisbatan — Aeromonas hydrophila, Acinetobacter spp., Campylobacter jejuni, Citrobacter freundii, Citrobacter diversus, Enterobacter cloacae, Hafnia alvei, Haemophilus influenzae (beta-laktamaza ishlab chiqarmaydigan, ampitsillinga rezistent shtammlar), Klebsiella oxytoca, Morganella morganii, Moraxella catarrhalis (beta-laktamaza ishlab chiqaruvchi va ishlab chiqarmaydigan shtammlar), Pasteurella multocida, Salmonella spp., Proteus vulgaris, Serratia marcescens, Yersinia enterocolitica, Shigella spp.; fakultativ va aerob grammusbat mikroorganizmlar — Staphylococcus epidermidis (shu jumladan beta-laktamaza ishlab chiqarmaydigan va beta-laktamaza ishlab chiqaruvchi, faqat metitsillinga sezgir shtammlar); anaerob bakteriyalar — Bacteroides ovatus, Bacteroides distasonis, Bacteroides uniformis, Bacteroides vulgatus, Bacteroides ureolyticus, Clostridium difficile, Eubacterium lentum, Clostridium perfringens, Fusobacterium spp., Prevotella intermedia, Prevotella bivia, Prevotella melaninogenica, Propionibacterium acnes, Porphyromonas asaccharolytica. Quyidagi mikroorganizmlar tabiiy rezistentlikka ega: Stenotrophomonas maltophilia, Legionella spp., Chlamydophila pneumoniae, Chlamydophila psittaci, Coxiella burnetii, Mycoplasma pneumoniae. Orttirilgan rezistentlik muammosi dolzarb bo'lgan mikroorganizmlar: Enterococcus faecium, Acinetobacter turi, Burkholderia cepacia, Pseudomonas aeruginosa. Tomir ichiga yuborilganda, in'ektsiya usuliga (tomchilatib yoki bolyus) va dozasiga (500 mg yoki 1 g) qarab, maksimal kontsentratsiya qiymatlari mos ravishda 112 mkg/ml, 49 mkg/ml va 23 mkg/ml, 45 mkg/ml ni tashkil qiladi. Plazma oqsillari bilan 2% ga bog'lanadi. Meropenem organizmning turli suyuqliklari (shu jumladan orqa miya suyuqligi) va to'qimalariga oson kirib boradi, preparatning bakteritsid darajalari infuziya boshlanganidan 30–90 daqiqa o'tgach hosil bo'ladi. Meropenem jigarda biroz biotransformatsiyaga uchrab, yagona nofaol metabolit hosil qiladi. Yakuniy yarim chiqarilish davri 1 soatni tashkil qiladi. Meropenem asosan buyraklar orqali chiqariladi (o'zgarmagan holda 70% dan ortiq). Buyrak etishmovchiligida meropenem klirensi kreatinin klirensining pasayish darajasiga to'g'ridan-to'g'ri proportsionaldir.

Nojo'ya ta'sirlar

  • Asab tizimi: bosh aylanishi, bosh og'rig'i, paresteziyalar, ongning buzilishi, ajitatsiya, tirishishlar, epileptiform xurujlar. Yurak-qon tomir tizimi va qon (gemostaz, qon yaratish): eozinofiliya, trombotsitoz, trombotsitopeniya, neytropeniya, leykopeniya, agranulotsitoz, gematokritning pasayishi, gemoglobinning pasayishi, protrombin va qisman tromboplastin vaqtining qisqarishi, gemolitik anemiya. Ovqat hazm qilish tizimi: ko'ngil aynishi, epigastral sohada og'riq, qusish, qabziyat, diareya, anoreksiya, giperbilirubinemiya, sariqlik, bilirubin kontsentratsiyasi va alaninaminotransferaza, aspartataminotransferaza, ishqoriy fosfataza, laktatdegidrogenaza faolligining oshishi, og'iz bo'shlig'i shilliq qavati kandidozi, soxtamembranoz kolit. Siydik-tanosil tizimi: shishlar, dizuriya, gematuriya, buyraklar funktsional holatining buzilishi (plazmada mochevina kontsentratsiyasining oshishi, giperkreatininemiya), vaginal kandidoz. Allergik reaktsiyalar: toshma, qichishish, eshakemi, Stivens-Djonson sindromi, ko'p shaklli ekssudativ eritema, toksik epidermal nekroliz, anafilaktik shok, anafilaksiya ko'rinishlari, angionevrotik shish. Boshqalar: gipervolemiya, gipokaliemiya, musbat to'g'ridan-to'g'ri yoki bilvosita Kumbs sinamasi. Mahalliy reaktsiyalar: flebit, yallig'lanish, tromboflebit, in'ektsiya joyida shish va og'riq. Meropenem qo'llanilishi bilan sabab-oqibat bog'liqligi aniqlanmagan: hushdan ketish, depressiya, gallyutsinatsiyalar, xavotirlik, uyqusizlik, yuqori qo'zg'aluvchanlik, xolestatik gepatit, yurak to'xtashi, yurak yetishmovchiligi, taxikardiya, miokard infarkti, bradikardiya, arterial qon bosimining pasayishi yoki oshishi, o'pka arteriyasi tromboemboliyasi, dispnoe, hansirash.

Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi

Homiladorlik davrida ayollarda meropenemning xavfsizligi va samaradorligi to'g'risida ma'lumotlar mavjud emas. Homiladorlik davrida Meropenem Avantika preparatini qo'llash mumkin emas.

Meropenem ko'krak sutida juda past kontsentratsiyalarda aniqlanadi.

Meropenem Avantika preparati, agar uni qo'llashning potentsial afzalligi bola uchun kuzatilishi mumkin bo'lgan xavfdan yuqori bo'lgan holatlardan tashqari holatlarda laktatsiya davrida buyurilmasligi zarur.

Dozirovkasi

  • 0,5 g 1 g 1,0 g

Dozani oshirib yuborilishi

Buyrak yetishmovchiligi bo'lgan patsientlarda nisbiy dozani oshirib yuborilishi, agar dozaga yuqorida ta'riflanganidek tuzatish kiritilmagan bo'lsa, kuzatilishi mumkin.

Simptomlar: doza oshirib yuborilgandan keyingi noxush reaktsiyalar “Nojo'ya ta'sirlar” bo'limida ko'rsatilgan ma'lumotlarga mos keladi, odatda yengil bo'lib, preparat bekor qilinganda yoki dozani pasaytirgandan keyin bartaraf etiladi.

Davolash: simptomatik.

Buyrak funktsiyasi normal bo'lgan patsientlarda preparat buyraklar orqali tez chiqarib yuborilishi kuzatiladi.

Meropenem va uning metabolitlarini organizmdan gemodializ yordamida chiqarish mumkin.

Dori shaklining ta'rifi

  • oq yoki sarg'ish tusli oq kukun Vena ichiga yuborish uchun eritma tayyorlash uchun kukun Vena ichiga yuborish uchun eritma tayyorlash uchun kukun oq yoki sarg'ish tusli oq rangda.

Maxsus ko‘rsatmalari

Anamnezida karbapenemlar, penitsillinlar yoki boshqa beta-laktam antibiotiklarga yuqori sezuvchanligi bo'lgan bemorlar meropenemga yuqori sezuvchanlik namoyon qilishlari mumkin.

Karbapenemlar, shu jumladan meropenem qo'llanilishi fonida tirishishlar yuzaga kelishi haqida kam xabar berilgan, tirishishga tayyorgarlik bo'sag'asi past bo'lgan bemorlarda preparatni qo'llashda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Jigar kasalliklari bo'lgan bemorlarni davolash "jigar" transaminazalari faolligi va bilirubin kontsentratsiyasini sinchkovlik bilan nazorat qilish ostida o'tkazilishi kerak.

Davolash jarayonida qo'zg'atuvchilarning chidamliligi rivojlanishi mumkin, shu munosabat bilan uzoq muddatli davolash rezistent shtammlar tarqalishini doimiy nazorat qilish ostida o'tkaziladi. Oshqozon-ichak trakti tomonidan shikoyatlari, ayniqsa kolitlari bo'lgan bemorlarda soxtamembranoz kolit rivojlanishi mumkinligini (Clostridium difficile ishlab chiqaradigan toksin antibiotiklar bilan bog'liq kolitlarning asosiy sabablaridan biri hisoblanadi) hisobga olish kerak, uning birinchi simptomi bo'lib davolash fonida diareya rivojlanishi xizmat qilishi mumkin.

Soxtamembranoz kolit rivojlanganda preparatni bekor qilish kerak.

Ichak peristaltikasini tormozlovchi preparatlarni qo'llash mumkin emas.

Pseudomonas aeruginosa chaqiradigan og'ir kechuvchi pastki nafas yo'llarining ma'lum yoki taxmin qilingan infektsiyasida monoterapiyada qo'zg'atuvchi sezgirligini muntazam aniqlash tavsiya etiladi.

Neytropeniya, birlamchi yoki ikkilamchi immunitet tanqisligi bo'lgan bolalarda preparatni qo'llash tajribasi yo'q.

Boshqa karbapenemlar va beta-laktam antibiotiklar, penitsillinlar va tsefalosporinlar o'rtasida kesishma allergik reaktsiyalarning klinik va laboratoriya belgilari mavjud. Meropenem preparati, boshqa beta-laktam antibiotiklar kabi ishlatilganda yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari (shu jumladan o'lim bilan yakunlangan) holatlari haqida kamdan-kam xabarlar mavjud ("Nojo'ya ta'siri" bo'limiga qarang). Meropenem bilan terapiyani boshlashdan oldin bemorni anamnezida beta-laktam antibiotiklarga yuqori sezuvchanlik reaktsiyalariga alohida e'tibor qaratib, sinchkovlik bilan so'roq qilish kerak. Meropenem anamnezida shunday ko'rinishlar ko'rsatilgan bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo'llanilishi kerak. Agar meropenemga allergik reaktsiya yuzaga kelsa, preparat yuborishni to'xtatish va tegishli choralar ko'rish zarur.

Meropenem preparati va valproat kislotasi preparatlarini birga qabul qilish tavsiya etilmaydi. Metitsillin-rezistent stafilokokk chaqirgan infektsiyalarda preparatni qo'llash tavsiya etilmaydi.

Transport vositalarini va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri:

Davolash davrida transport vositalarini, mexanizmlarni boshqarishda va diqqatni yuqori jamlashni hamda psixomotor reaktsiyalar tezligini talab qiluvchi boshqa potentsial xavfli faoliyat turlari bilan shug'ullanishda ehtiyotkorlikka rioya qilish zarur.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Probenetsid meropenemning chiqarilishini sekinlashtiradi va qon plazmasidagi miqdorini oshiradi. Kanalchalar sekretsiyasini bloklaydigan preparatlar meropenemning chiqarilishini sekinlashtiradi va qon zardobidagi miqdorini oshiradi. Meropenem plazmada valproat kislotasi konsentratsiyasini kamaytiradi, bu esa tirishishga qarshi samaraning pasayishi bilan namoyon bo‘ladi. Valproatlar miqdori tez va sezilarli darajada kamayishi sababli, meropenem va valproat kislotasi preparatlarini bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi. Agar bunday foydalanish zarur bo‘lsa, qo‘shimcha tirishishga qarshi davolash masalasini ko‘rib chiqish kerak. Meropenemning metabolizmga va boshqa preparatlarning plazma oqsillari bilan bog‘lanish darajasiga ehtimoliy ta’siri o‘rganilmagan. Meropenemning oqsillar bilan bog‘lanishi taxminan 2% bo‘lganligi sababli, qon zardobi oqsillari bilan bog‘lanishdan siqib chiqarish mexanizmiga asoslangan boshqa preparatlar bilan o‘zaro ta’sir kutilmaydi. Vena ichiga yuborish uchun eritma shaklidagi meropenem 5% yoki 10% li dekstroza eritmalari, 0,9% li natriy xlorid eritmasi, 0,02% li natriy gidrokarbonat eritmasi va 5% li dekstroza eritmasi, 0,225% li natriy xlorid bilan 5% li dekstroza eritmasi, 5% li dekstroza va 0,9% li natriy xlorid eritmasi, 2,5% va 10% li mannitol eritmasi, 0,15% li kaliy xlorid bilan 5% li dekstroza eritmasi bilan farmatsevtik jihatdan mutanosib. Bilvosita antikoagulyantlar (varfarin) va antibakterial vositalar bir vaqtda qo‘llanilganda antikoagulyant samara kuchayishi haqida xabar berilgan. Antikoagulyant samara kuchayishi xavfi bemorning yoshi va umumiy holatiga, infeksiya xarakteriga bog‘liq bo‘lishi mumkin, shuning uchun antibakterial vositaning xalqaro normallashgan nisbat oshishiga ta’sirini baholash qiyin. Antibakterial vosita va bilvosita antikoagulyant bir vaqtda qo‘llanilganda va u bekor qilingandan so‘ng bir muncha vaqt davomida xalqaro normallashgan nisbatni tez-tez nazorat qilish tavsiya etiladi.

Qo‘llash usuli va dozirovkasi

DozalashVena ichiga.

Meropenem preparati eritmasi kamida 5 daqiqa davomida vena ichiga bolusli in'eksiya yoki 15 daqiqadan 30 daqiqagacha davom etadigan vena ichiga infuziya yo'li bilan yuboriladi.

Vena ichiga yuborish uchun eritmani tayyorlash usuli: vena ichiga bolusli in'eksiyalar uchun eritma tayyorlash uchun preparatni steril in'eksiya uchun suvda eritish kerak (250 mg ga 5 ml), bunda eritma konsentratsiyasi 50 mg/ml ni tashkil qiladi. Vena ichiga infuziyalar uchun eritma tayyorlash uchun preparatni 0,9 % natriy xlorid eritmasi yoki 5 % dekstroza eritmasida eritish kerak, bunda eritma konsentratsiyasi 1 dan 20 mg/ml gacha bo'lishi kerak.

Preparat dozasi va terapiya davomiyligi infeksiya og'irligi va bemorning holatiga qarab belgilanadi. Quyidagi dozalar tavsiya etiladi.

Kattalarga:

- pnevmoniya, siydik chiqarish yo'llari infeksiyalari, kichik tos a'zolarining infeksion-yallig'lanish kasalliklari, teri va yumshoq to'qimalar infeksiyalarida - v/i, 500 mg dan har 8 soatda;

>- gospital pnevmoniya, peritonit, neytropeniyasi bo'lgan bemorlarda bakterial infeksiyaga shubha qilinganda, septitsemiyada - v/i, 1 g dan sutkasiga 3 marta;

- meningitda - 2 g dan har 8 soatda.

2 g dozani bolusli in'eksiya ko'rinishida qabul qilishning xavfsizligi yetarli darajada o'rganilmagan.

Buyrak funksiyasi buzilganda doza kreatinin klirensiga qarab to'g'irlanadi

Meropenem gemodializ va gemofiltratsiyada chiqariladi. Agar davolashni davom ettirish talab etilsa, plazmadagi samarali konsentratsiyani tiklash uchun doza birligi (infeksiya turi va og'irligiga qarab belgilanadi) gemodializ muolajasi tugagandan so'ng yuborilishi tavsiya etiladi. Meropenemni peritoneal dializ qilinadigan bemorlarda qo'llash tajribasi yo'q. Jigar yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarda dozani to'g'irlashga hojat yo'q. Buyrak funksiyasi normal bo'lgan yoki KK 50 ml/min dan yuqori bo'lgan keksa yoshdagi bemorlarda dozani to'g'irlash talab etilmaydi.



Bolalarga:

- 3 oylikdan 12 yoshgacha bo'lgan (tana vazni 50 kg dan kam bo'lgan) bolalarga v/i yuborish uchun bir martalik doza - 10-20 mg/kg har 8 soatda;

- tana vazni 50 kg dan ortiq bo'lgan bolalarga kattalar uchun dozalar qo'llaniladi;

- meningitda - v/i, 40 mg/kg har 8 soatda.

40 mg/kg dozani bolusli in'eksiya ko'rinishida qabul qilishning xavfsizligi yetarli darajada o'rganilmagan. Preparatni jigar va buyrak buzilishlari bo'lgan bolalarda qo'llash tajribasi yo'q.

Jigar yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarda dozani to'g'irlashga hojat yo'q.Dozani oshirib yuborishAsosan buyrak funksiyasi buzilgan bemorlarni davolashda yuzaga kelishi mumkin bo'lgan dozani oshirib yuborish holatida simptomatik davolash o'tkaziladi. Gemodializ o'tkazish mumkin.
Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Meropenem preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing
Manbalar ro‘yxati:

Meropenem narxlari

Dorixonalar
Manzil
Ish vaqti
Sotib olish
A1
Uchtepa tumani, Chilonzor 12 daha, 18 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-18:00
108 000 so'm

Meropenem haqida savollar

Meropenem haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil