Apteka.uz
SavatKirish

MEROPENEM poroshok 500mg N1

Retseptli
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Xitoy
Kategoriya:Antibiotiklar
Faol modda:Meropenem
Ishlab chiqaruvchi:Zhuhai United Laboratories Co. Ltd
ATX kodi:J01DH02
Barcha Meropenem dorilari
1 ta dorixonada bor
Narxi 5 000 so'm dan
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 1 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

MEROPENEM poroshok 500mg N1 haqida qo'llanma

Nojo'ya samaralari

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: epigastral sohada og'riqlar, ko'ngil aynishi, qusish, diareya, qabziyat, anoreksiya, sariqlik; og'iz bo'shlig'i shilliq qavati kandidozi; soxtamembranoz kolit.

Siydik chiqarish tizimi tomonidan: dizuriya, shishlar, buyrak faoliyatining buzilishi (giperkreatininemiya, plazmada mochevina kontsentratsiyasining oshishi), gematuriya.

Allergik reaksiyalar: teri qichishishi, teri toshmasi, eshakemi, ko'p shaklli ekssudativ eritema, xavfli ekssudativ eritema (Stivens-Jonson sindromi), angionevrotik shish, anafilaktik shok.

Asab tizimi tomonidan: bosh og'rig'i, bosh aylanishi, paresteziyalar, ajitatsiya, ongning buzilishi, epileptiform tutqanoqlar, tirishishlar.

Laborator ko'rsatkichlar: trombotsitoz, eozinofiliya, trombotsitopeniya, gemoglobin, gematokritning pasayishi, leykopeniya, protrombin va qisman tromboplastin vaqtining qisqarishi, leykotsitoz, gipokaliemiya, giperbilirubinemiya, ALT, ACT, IF, LDG faolligining oshishi.

Mahalliy reaksiyalar: yuborish joyida yallig'lanish, flebit, tromboflebit, og'riqlilik, shish.

Boshqalar: soxta musbat to'g'ridan-to'g'ri yoki bilvosita Kumbs sinamalari, anemiya, gipervolemiya, vaginal kandidoz.

Meropenem qabul qilish bilan sabab-oqibat bog'liqligi aniqlanmagan: hushdan ketish, gallyutsinatsiyalar, depressiya, xavotirlik, yuqori qo'zg'aluvchanlik, uyqusizlik, xolestatik gepatit, yurak yetishmovchiligi, yurak to'xtashi, taxikardiya, bradikardiya, miokard infarkti, arterial qon bosimining pasayishi yoki oshishi, o'pka arteriyasi tarmoqlarining tromboemboliyasi, hansirash.

Agar yo'riqnomada ko'rsatilgan har qanday nojo'ya ta'sirlar kuchaysa yoki Siz yo'riqnomada ko'rsatilmagan boshqa nojo'ya ta'sirlarni sezsangiz, bu haqda shifokorga xabar bering.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

  • meropenemga yoki boshqa beta-laktam antibiotiklariga anamnezdagi yuqori sezuvchanlik;
  • 3 oylikkacha bo'lgan bolalar.
  • Ehtiyotkorlik bilan

    Potensial nefrotoksik preparatlar bilan bir vaqtda, kolitlari bo'lgan bemorlarga buyurish.

Dozirovkasi

Tomir ichiga (v/i) bolyus yoki infuziya ko'rinishida.

Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga - 500 mg dan har 8 soatda pnevmoniya, siydik yo'llari infeksiyalari, kichik chanoq a'zolarining infeksion-yallig'lanish kasalliklari, teri va yumshoq to'qimalar infeksiyalarida; 1,0 g dan har 8 soatda gospital pnevmoniya, peritonit, febril neytropeniya belgilari bo'lgan bemorlarda bakterial infeksiyaga shubha qilinganda, septitsemiyada; 2,0 g dan har 8 soatda meningitda.

Surunkali buyrak yetishmovchiligi (SBY) da doza KK ga qarab to'g'irlanadi:

Kreatinin klirensi (KK) ml/daq Kasallikka qarab bir martalik doza Yuborish davriyligi
har 12 soatda
har 12 soatda
10 dan kam har 24 soatda

Meropenem gemodializda chiqariladi. Gemodializ muolajasi tugagandan so'ng samarali plazma konsentratsiyasini tiklash uchun tegishli patologiya uchun tavsiya etilgan meropenemning bir martalik dozasini kiritish kerak.

Jigar yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarda, buyrak funksiyasi normal bo'lgan keksa bemorlarda (KK 50 ml/daq dan yuqori) dozani to'g'irlash talab etilmaydi.

3 oylikdan 12 yoshgacha bo'lgan bolalarga - 10-20 mg/kg dan har 8 soatda, infeksiya turi va og'irligiga, patogen mikroorganizmning sezgirligiga va bemorning holatiga qarab. 12 yoshgacha bo'lgan, ammo tana vazni 50 kg dan ortiq bo'lgan bolalarga kattalar uchun dozalarni qo'llash kerak. Meningitda - 40 mg/kg dan har 8 soatda.

Buyrak funksiyasi buzilgan bolalarda qo'llash tajribasi yo'q.

Preparat eritmalarini tayyorlash va yuborish:

- tomir ichiga bolyus in'ektsiya uchun in'ektsiya uchun suv bilan 50 mg/ml eritma konsentratsiyasigacha suyultiriladi (har 500 mg ga 10 ml), 5 daqiqa davomida yuboriladi.

- tomir ichiga infuziya uchun 50-100 ml mos keluvchi infuzion eritmada (0,9% natriy xlorid eritmasi, 5-10% dekstroza eritmasi, 5% dekstroza eritmasi 0,225% natriy xlorid bilan, 5% dekstroza eritmasi 0,15% kaliy xlorid bilan, 2,5 va 10% mannitol eritmasi) suyultiriladi, 15-30 daqiqa davomida yuboriladi.

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. MEROPENEM poroshok 500mg N1 preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

MEROPENEM poroshok 500mg N1 o'xshash dorilari

SEF-OD kapsulalar  400mg N5
Retseptli
SEF-OD kapsulalar 400mg N5
Pokiston
Ishlab chiqaruvchi:
CCL Pharmaceuticals (Pvt) Ltd
•108 ta dorixonada bor
Narxi
51 000 so'm dan
XIKONSIL kapsulalar  500mg N16
Retseptli
XIKONSIL kapsulalar 500mg N16
Sloveniya
Vakil:
KRKA
Ishlab chiqaruvchi:
KRKA d.d.
•120 ta dorixonada bor
Narxi
24 000 so'm dan
Mizol-Kit tabletkalari N1
Retseptli
Mizol-Kit tabletkalari N1
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Rivpra Formulation Pvt. Ltd.
Narxi
77 000 so'm dan
AVIFLOKS infuziya uchun eritma 100ml 500mg/100ml N1
Retseptli
AVIFLOKS infuziya uchun eritma 100ml 500mg/100ml N1
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Avantika Medex Pvt. Ltd, Indiya proizvedeno: Abaris Healthcare Pvt. Ltd
•25 ta dorixonada bor
Narxi
46 000 so'm dan

Meropenem boshqa chiqarish shakllari

MEROPENEM poroshok 500 mg N1
Retseptli
MEROPENEM poroshok 500 mg N1
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
FarmKonsept, OOO
•1 ta dorixonada bor
Narxi
5 000 so'm dan
MEROPENEM poroshok 1000 mg N1
Retseptli
MEROPENEM poroshok 1000 mg N1
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
FarmKonsept, OOO
•4 ta dorixonada bor
Narxi
68 000 so'm dan
Analoglar MEROPENEM poroshok 500mg N1
Analoglari yo'q

MEROPENEM poroshok 500mg N1 haqida savollar

MEROPENEM poroshok 500mg N1 haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Ko‘rilgan mahsulotlar

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil