Apteka.uz
SavatKirish

MEROPENEM VIAL 1,0 poroshok N1

Retseptli
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Xitoy
Kategoriya:Antibiotiklar
Faol modda:Meropenem
Ishlab chiqaruvchi:SiEsPiSi Chjunno Farmasyutikal (Shiszyachjuan) Ko.Ltd.
ATX kodi:J01DH02
Barcha Meropenem dorilari
Mavjud emas
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 0 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

MEROPENEM VIAL 1,0 poroshok N1 haqida qo'llanma

Farmakokinetikasi

V/i yoki m/i yuborilgandan so'ng organizmning aksariyat to'qimalari va suyuqliklariga (shu jumladan meningiti bo'lgan bemorlarda serebrospinal suyuqlikka) yaxshi kirib boradi. Bitta nofaol metabolit hosil bo'lishi bilan metabolizmga uchraydi. V/i yuborilganda T1/2 1 soatni, m/i yuborilganda - 1.5 soatni tashkil qiladi.

Nojo'ya samaralari

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: qorinda og‘riqlar, ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, bilirubin, transaminazalar, IF va LDG darajasining qaytuvchan oshishi.

Qon ivish tizimi tomonidan: qaytuvchan trombotsitopeniya, eozinofiliya, neytropeniya.

Allergik reaksiyalar: teri qichishishi, toshma, eshakemi.

Asab tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, paresteziyalar.

Kimyoterapevtik ta’sir bilan bog‘liq effektlar: og‘iz bo‘shlig‘i kandidozi, vaginal kandidoz, soxta membranoz kolit.

Mahalliy reaksiyalar: yallig‘lanish, tromboflebit, yuborilgan joyda og‘riq.

Boshqalar: ba’zi hollarda musbat to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita Kumbs sinamasi.

Maxsus ko‘rsatmalari

Meropenem jigar kasalliklarida, Pseudomonas aeruginosa chaqirgan nafas yo'llarining pastki bo'limlari kasalliklarida ehtiyotkorlik bilan tayinlanadi.

Buyrak funktsiyasi buzilishlarida KK qiymatlariga qarab dozalash rejimini to'g'irlash talab etiladi. Jigar kasalliklarida davolashni transaminazalar va bilirubin darajasi nazorati ostida o'tkazish kerak.

Anamnezida penitsillinlar, karbapenemlar yoki boshqa beta-laktam antibiotiklarga yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari ko'rsatilganda meropenemga yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari rivojlanishi mumkin. Boshqa antibiotiklar qo'llanilganda bo'lgani kabi, meropenem bilan davolash fonida soxtamembranoz kolit rivojlanishi ehtimolini yodda tutish kerak.

Nefrotoksik ta'sirga ega preparatlar bilan majmuaviy terapiya tarkibida meropenem ehtiyotkorlik bilan qo'llaniladi.

3 oylikkacha bo'lgan bolalarda qo'llash tavsiya etilmaydi.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Meropenemga va karbapenemlar guruhining boshqa preparatlariga yuqori sezuvchanlik.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Probenetsid faol naychalar sekretsiyasi uchun meropenem bilan raqobatlashadi va shu tariqa meropenemning buyrak ekskretsiyasini ingibirlaydi, uning yarim chiqarilish davri va qon plazmasidagi kontsentratsiyasi oshishiga olib keladi (bir vaqtda qo'llash tavsiya etilmaydi).

Dozirovkasi

DozalashV/i kattalar uchun bir martalik doza 500 mg dan 2 g gacha o'zgarib turadi, yuborish chastotasi va davolash davomiyligi ko'rsatmalar va kasallik kechishining og'irligiga qarab individual ravishda belgilanadi. Tana vazni 50 kg dan kam bo'lgan bolalarga - 10-12 mg/kg dan har 8 soatda; tana vazni 50 kg dan ortiq bo'lgan bolalarda kattalar uchun mo'ljallangan dozalar qo'llaniladi.
Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. MEROPENEM VIAL 1,0 poroshok N1 preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

MEROPENEM VIAL 1,0 poroshok N1 o'xshash dorilari

AVIFLOKS infuziya uchun eritma 100ml 500mg/100ml N1
Retseptli
AVIFLOKS infuziya uchun eritma 100ml 500mg/100ml N1
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Avantika Medex Pvt. Ltd, Indiya proizvedeno: Abaris Healthcare Pvt. Ltd
•31 ta dorixonada bor
Narxi
40 000 so'm dan
SIPROFLOKSASIN ADJIO tabletkalari 500mg N100
Retseptli
SIPROFLOKSASIN ADJIO tabletkalari 500mg N100
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Agio Pharmaceuticals Ltd
•6 ta dorixonada bor
Narxi
80 000 so'm dan
SEF-OD kapsulalar  200mg N10
Retseptli
SEF-OD kapsulalar 200mg N10
Pokiston
Ishlab chiqaruvchi:
CCL Pharmacetlticals (Pvt.) Limited
•73 ta dorixonada bor
Narxi
59 000 so'm dan

Meropenem boshqa chiqarish shakllari

MEROPENEM poroshok 1000 mg N1
Retseptli
MEROPENEM poroshok 1000 mg N1
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
FarmKonsept, OOO
•3 ta dorixonada bor
Narxi
95 000 so'm dan
Analoglar MEROPENEM VIAL 1,0 poroshok N1
Analoglari yo'q

MEROPENEM VIAL 1,0 poroshok N1 haqida savollar

MEROPENEM VIAL 1,0 poroshok N1 haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Ko‘rilgan mahsulotlar

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil