METRONIDAZOL tabletkalari 250mg N100

METRONIDAZOL tabletkalari 250mg N100 o'xshash dorilari



METRONIDAZOL tabletkalari 250mg N100 qo'llanmasi
Ichga qabul qilingandan so'ng yaxshi so'riladi. Biokiraolishligi 80% ni tashkil qiladi. Organizm to'qimalari va suyuqliklarida taqsimlanadi. Yo'ldosh to'sig'i va GET orqali o'tadi. Qon plazmasi oqsillari bilan bog'lanishi - 20%. Jigarda oksidlanish va glyukuron kislotasi bilan bog'lanish orqali metabolizmga uchraydi. T 8 soatni tashkil qiladi. Siydik bilan (60-80%) va axlat bilan (6-15%) chiqariladi.
Protozoyga qarshi vosita. Ta'sir mexanizmi sezgir mikroorganizmlar DNK tuzilishining buzilishi bilan bog'liq deb hisoblanadi. Trichomonas vaginalis, Gardnerella vaginalis, Giardia lamblia, Entamoeba histolytica, shuningdek obligat anaerob bakteriyalar (shu jumladan Bacteroides spp., Fusobacterium spp.) ga nisbatan faol.
Metronidazolga aerob mikroorganizmlar chidamli.
Amoksitsillin bilan kombinatsiyada Helicobacter pylori ga nisbatan faollik ko'rsatadi. Amoksitsillin Helicobacter pylori ning metronidazolga rezistentligi rivojlanishini ingibirlaydi deb hisoblanadi.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish, ishtaha yo‘qolishi, og‘izda metall ta’mi.
MNS va periferik asab tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, yuqori qo‘zg‘aluvchanlik, ta’sirchanlik, uyqusizlik, bosh aylanishi, ataksiya, holsizlik, ongning chalkashishi, depressiya, periferik nevropatiya, tirishishlar, gallyutsinatsiyalar.
Allergik reaksiyalar: teri toshmasi, qichishish, eshakemi.
Qon yaratish tizimi tomonidan: leykopeniya.
Mahalliy reaksiyalar: ta’sirlanish.
Boshqalar: artralgiya, siydik chiqarish kanalida achishish hissi.
Jigar kasalliklarida metronidazol ehtiyotkorlik bilan qo'llaniladi.
Amoksitsillin bilan kombinatsiyada 18 yoshdan kichik bemorlarda qo'llash tavsiya etilmaydi. Davolash jarayonida periferik qon manzarasini muntazam nazorat qilish zarur.
Ayollarda trixomonadali vaginitni va erkaklarda trixomonadali uretritni davolash vaqtida jinsiy hayotdan saqlanish tavsiya etiladi; har ikkala sherikni bir vaqtda davolash majburiydir.
Metronidazol qo'llash vaqtida siydikning to'qroq rangga bo'yalishi kuzatiladi.
Metronidazol bilan davolash davrida alkogol qabul qilishdan saqlanish kerak, chunki alkogol oksidlanishi buzilishi oqibatida atsetaldegid to'planishi yuz berishi mumkin. Natijada disulfiram uchun xos bo'lgan reaktsiyalarga o'xshash reaktsiyalar (qorinda spazmatik og'riqlar, ko'ngil aynishi, qusish, bosh og'rig'i, yuzga qonning to'satdan quyilishi) rivojlanishi mumkin.
MNS organik shikastlanishlari, qon kasalliklari, jigar funksiyasining buzilishi, homiladorlikning I trimestri, metronidazolga yuqori sezuvchanlik.
Alyuminiy gidroksidi saqlovchi antatsidlar, kolestiramin bilan bir vaqtda qo'llanilganda metronidazolning OIT dan so'rilishi biroz kamayadi.
Bir vaqtda qo'llanilganda metronidazol bevosita bo'lmagan antikoagulyantlar ta'sirini potentsiyalaydi.
Disulfiram bilan bir vaqtda qo'llanilganda o'tkir psixozlar va ong buzilishi rivojlanishi mumkin.
Metronidazol bilan bir vaqtda qo'llanilganda qon plazmasida karbamazepin kontsentratsiyasi oshishini va toksik ta'sir rivojlanish xavfi oshishini istisno qilib bo'lmaydi.
Lansoprazol bilan bir vaqtda qo'llanilganda glossit, stomatit va/yoki tilning to'q rangga bo'yalishi; litiy karbonat bilan - qon plazmasida litiy kontsentratsiyasi oshishi va intoksikatsiya simptomlari rivojlanishi mumkin; prednizon bilan - prednizon ta'siri ostida jigarda metronidazol metabolizmi tezlashishi oqibatida uning organizmdan chiqarilishi oshadi. Metronidazol samaradorligi kamayishi mumkin.
Rifampitsin bilan bir vaqtda qo'llanilganda metronidazolning organizmdan klirensi oshadi; fenitoin bilan - qon plazmasida fenitoin kontsentratsiyasining biroz oshishi mumkin, toksik ta'sir rivojlanishi holati ta'riflangan.
Fenobarbital bilan bir vaqtda qo'llanilganda metronidazolning organizmdan chiqarilishi sezilarli darajada oshadi, aftidan, fenobarbital ta'siri ostida jigarda uning metabolizmi tezlashishi oqibatida. Metronidazol samaradorligi kamayishi mumkin.
Ftoruratsil bilan bir vaqtda qo'llanilganda ftoruratsilning toksik ta'siri kuchayadi, ammo samaradorligi emas.
Metronidazol olayotgan bemorda xloroxinning bir martalik dozasini qabul qilgandan keyin o'tkir distoniya rivojlanishi holati ta'riflangan.
Simetidin bilan bir vaqtda qo'llanilganda jigarda metronidazol metabolizmi ingibirlanishi mumkin, bu uning chiqarilishining sekinlashishiga va qon plazmasida kontsentratsiyasining oshishiga olib kelishi mumkin.
Metronidazol olayotgan bemorlarda etanol bir vaqtda qo'llanilganda disulfiramsimon reaktsiyalar rivojlanishi mumkin.
Muayyan preparatni qo'llash usuli va dozalash tartibi uning chiqarilish shakli va boshqa omillarga bog'liq. Dozalashning optimal tartibini shifokor belgilaydi. Qo'llanilayotgan preparatning dori shakli uning qo'llanilishiga ko'rsatmalar va dozalash tartibiga muvofiqligiga qat'iy rioya qilish lozim.
Metronidazol boshqa chiqarish shakllari








METRONIDAZOL tabletkalari 250mg N100 analoglari


















