METRONIDAZOL infuziya uchun eritma 100ml 500mg/100ml

METRONIDAZOL infuziya uchun eritma 100ml 500mg/100ml qo'llanmasi
Farmakokinetikasi
Ichga qabul qilingandan so'ng yaxshi so'riladi. Biokiraolishligi 80% ni tashkil qiladi. Tana to'qimalari va suyuqliklarida taqsimlanadi. Platsenta to'sig'i va GET orqali o'tadi. Qon plazmasi oqsillari bilan bog'lanishi - 20%. Jigarda oksidlanish va glyukuron kislotasi bilan bog'lanish orqali metabollanadi. T 8 soatni tashkil qiladi. Siydik bilan (60-80%) va axlat bilan (6-15%) chiqariladi.
Farmakologik ta'siri
Protozoyga qarshi vosita. Ta'sir mexanizmi sezgir mikroorganizmlar DNK tuzilishining buzilishi bilan bog'liq deb hisoblanadi. Trichomonas vaginalis, Gardnerella vaginalis, Giardia lamblia, Entamoeba histolytica, shuningdek obligat anaerob bakteriyalar (shu jumladan Bacteroides spp., Fusobacterium spp.) ga nisbatan faol.
Metronidazolga aerob mikroorganizmlar chidamli.
Amoksitsillin bilan kombinatsiyada Helicobacter pylori ga nisbatan faollik ko'rsatadi. Amoksitsillin Helicobacter pylori ning metronidazolga rezistentligi rivojlanishini ingibirlaydi deb hisoblanadi.
Nojo'ya samaralari
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko'ngil aynishi, qusish, ishtahaning yo'qolishi, og'izda metall ta'mi.
MNT va periferik asab tizimi tomonidan: bosh og'rig'i, yuqori qo'zg'aluvchanlik, ta'sirchanlik, uyqusizlik, bosh aylanishi, ataksiya, holsizlik, ongning chalkashishi, depressiya, periferik nevropatiya, tirishishlar, gallyutsinatsiyalar.
Allergik reaksiyalar: teri toshmasi, qichishish, eshakemi.
Qon yaratish tizimi tomonidan: leykopeniya.
Mahalliy reaksiyalar: ta'sirlanish.
Boshqalar: artralgiya, siydik chiqarish kanalida achishish hissi.
Maxsus saqlash sharoitlari
Jigar kasalliklarida metronidazolni ehtiyotkorlik bilan qo'llaydilar.
Amoksitsillin bilan kombinatsiyada 18 yoshdan kichik bemorlarda qo'llash tavsiya etilmaydi. Davolash jarayonida periferik qon manzarasini muntazam nazorat qilish zarur.
Ayollarda trixomonadli vaginit va erkaklarda trixomonadli uretritni davolash vaqtida jinsiy hayotdan tiyilish tavsiya etiladi; har ikkala sherikni bir vaqtda davolash majburiydir.
Metronidazol qo'llanilishi vaqtida siydikning to'qroq rangga bo'yalishi kuzatiladi.
Metronidazol bilan davolash davrida alkogol qabul qilishdan saqlanish kerak, chunki alkogol oksidlanishi buzilishi oqibatida atsetaldegid to'planishi sodir bo'lishi mumkin. Natijada disulfiramga xos bo'lgan reaksiyalar (qorinda spazmatik og'riqlar, ko'ngil aynishi, qusish, bosh og'rig'i, yuzga to'satdan qon quyilishi) rivojlanishi mumkin.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
MNS organik shikastlanishlari, qon kasalliklari, jigar funksiyasi buzilishlari, homiladorlikning I uchoyligi, metronidazolga yuqori sezuvchanlik.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Alyuminiy gidroksidi saqlovchi antatsidlar, kolestiramin bilan bir vaqtda qo'llanilganda metronidazolning MTY dan so'rilishi biroz kamayadi.
Bir vaqtda qo'llanilganda metronidazol bilvosita antikoagulyantlar ta'sirini potentsirlaydi.
Disulfiram bilan bir vaqtda qo'llanilganda o'tkir psixozlar va ong buzilishi rivojlanishi mumkin.
Metronidazol bilan bir vaqtda qo'llanilganda qon plazmasida karbamazepin kontsentratsiyasining oshishi va toksik ta'sir rivojlanish xavfining oshishini istisno qilib bo'lmaydi.
Lansoprazol bilan bir vaqtda qo'llanilganda glossit, stomatit va/yoki tilning to'q rangga bo'yalishi mumkin; litiy karbonati bilan - qon plazmasida litiy kontsentratsiyasining oshishi va intoksikatsiya simptomlari rivojlanishi mumkin; prednizon bilan - prednizon ta'siri ostida jigarda metronidazol metabolizmining tezlashishi oqibatida metronidazolning organizmdan chiqarilishi oshadi. Metronidazol samaradorligining pasayishi mumkin.
Rifampitsin bilan bir vaqtda qo'llanilganda metronidazolning organizmdan klirensi oshadi; fenitoin bilan - qon plazmasida fenitoin kontsentratsiyasining biroz oshishi mumkin, toksik ta'sir rivojlanishi holati tasvirlangan.
Fenobarbital bilan bir vaqtda qo'llanilganda metronidazolning organizmdan chiqarilishi sezilarli darajada oshadi, aftidan, fenobarbital ta'siri ostida jigarda uning metabolizmining tezlashishi oqibatida. Metronidazol samaradorligining pasayishi mumkin.
Ftoruratsil bilan bir vaqtda qo'llanilganda ftoruratsilning toksik ta'siri kuchayadi, ammo samaradorligi emas.
Metronidazol qabul qilayotgan bemorda xloroxinning bir martalik dozasini qabul qilgandan keyin o'tkir distoniya rivojlanishi holati tasvirlangan.
Simetidin bilan bir vaqtda qo'llanilganda jigarda metronidazol metabolizmining ingibitsiya qilinishi mumkin, bu uning chiqarilishining sekinlashishiga va qon plazmasida kontsentratsiyasining oshishiga olib kelishi mumkin.
Metronidazol qabul qilayotgan bemorlarda etanol bir vaqtda qo'llanilganda disulfiramsimon reaktsiyalar rivojlanishi mumkin.
Dozirovkasi
Hajm/og'irlik
METRONIDAZOL infuziya uchun eritma 100ml 500mg/100ml o'xshash dorilari



Metronidazol boshqa chiqarish shakllari








METRONIDAZOL infuziya uchun eritma 100ml 500mg/100ml analoglari









[
{
"id": 12449066,
"url": null,
"name": "METRONIDAZOL R-R D/INF 500MG/100ML 100ML",
"price": 3500,
"has_pickup": false,
"has_delivery": false,
"store": {
"id": 160044,
"name": "+03 №12",
"address": "Mirzo Ulug'bek tumani, Buyuk ipak yo'li ko'chasi, 152A-uy",
"landmark": "KENG MAKON do'koni",
"coordinates": "41.3272770,69.3393450",
"work_time": "Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00\r\n",
"phones": [
"+998(95)767-03-03"
]
},
"updated_at": "10.02.2026"
}
]METRONIDAZOL infuziya uchun eritma 100ml 500mg/100ml narxlari va Toshkentdagi dorixonalardagi mavjudligi
[
{
"id": 12449066,
"url": null,
"name": "METRONIDAZOL R-R D/INF 500MG/100ML 100ML",
"price": 3500,
"has_pickup": false,
"has_delivery": false,
"store": {
"id": 160044,
"name": "+03 №12",
"address": "Mirzo Ulug'bek tumani, Buyuk ipak yo'li ko'chasi, 152A-uy",
"landmark": "KENG MAKON do'koni",
"coordinates": "41.3272770,69.3393450",
"work_time": "Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00\r\n",
"phones": [
"+998(95)767-03-03"
]
},
"updated_at": "10.02.2026"
}
]





