Ташкент
logo
SavatKirish

MIORA eritma 1 ml N10

Retseptli
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:O'zbekiston
Farmakoterapevtik guruh:

Markaziy ta'sirga ega miorelaksant

Ishlab chiqaruvchi:Jurabek Laboratories, SP OOO
ATX kodi:M03BX04
Barcha Miora dorilari
Mavjud emas
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 0 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

MIORA eritma 1 ml N10 o'xshash dorilari

TERAFLEKS kapsulalar  N120
Retseptsiz
TERAFLEKS kapsulalar N120
Germaniya
Vakil:
Bayer
Ishlab chiqaruvchi:
Bayer Consumer Care AG
Narxi
408 000 so'm dan
TERAFLEKS ULTRA kapsulalar  N60
Retseptsiz
TERAFLEKS ULTRA kapsulalar N60
Rossiya Federatsiyasi
Vakil:
Bayer
Ishlab chiqaruvchi:
OOO «VTF», 601125, Rossiya
Narxi
206 000 so'm dan
MOVERIL eritma 4 mg/2 ml N6
MOVERIL eritma 4 mg/2 ml N6
Turkiya
Ishlab chiqaruvchi:
BIH Pharmaceuticals Ltd., Bolgariya proizvedeno: VEM İlaç San. ve Tic. A.Ş.

MIORA eritma 1 ml N10 qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Sotish shartlari

Shifokor retsepti bo'yicha.

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli
Tarkibi:

Faol modda: Tolperizon gidroxloridi- 100 mg

Lidokain gidroxloridi                             -2,5 mg

Yordamchi moddalar: Metilparagidroksibenzoat, dietilenglikol monoetil efiri, xlorid kislotasi, 1 ml gacha in'ektsiya uchun suv 

Сhiqarilish shakli 

1 ml dan in'ektsiya uchun eritma to'q shisha ampulada. Ampulalar qo'llash bo'yicha yo'riqnoma bilan birga karton qutida.    
Farmakodinamikasi

Tolperizon gidroxloridi

Markaziy miorelaksant hisoblanadi. Aniq ta'sir mexanizmi noma'lum. Membrana stabillovchi ta'sir natijasida qo'zg'alishni mono - va polisinaptik reflekslarni bloklash orqali birlamchi afferent tolalarga o'tishiga to'sqinlik qiladi.  Ehtimol, ikkilamchi ta'sir mexanizmi sinapslarga kaltsiy ionlarini kirishini bloklash yo'li bilan transmitterning ajralishini to'sib qo'yishdan iborat.

Miya o'zanining retikulospinal yo'llarida reflektor tayyorligini pasaytiradi. Periferik qon aylanishini kuchaytiradi. Bu preparatning MNT ga ta'siri bilan bog'liq emas va tolperizonning kuchsiz spazmolitik va antiadrenergik ta'siriga bog'liq bo'lishi mumkin.

Lidokain gidroxloridi

Mahalliy anestetik ta'sirga ega va Miora preparatini dozalashda yo'riqnomaga muvofiq tizimli ta'sir ko'rsatmaydi. 

Farmakokinetikasi

Tolperizon gidroxloridi

Jigar va buyraklarda jadal metabolizmga uchraydi. Buyraklar tomonidan chiqariladi, deyarli faqat (>99%) metabolitlar shaklida, ularning farmakologik faoliyati noma'lum. V/i orqali yuborilganda T1/2-1,5 soat.

Lidokain gidroxloridi

So'rilishi -to'liq (absorbtsiya tezligi kiritish joyi va dozaga bog'liq). Tmax m/i ga yuborilganda -30-45-min. Plazma oqsillari bilan bog'lanishi-50-80%.

To'qimalar va organlarda tez taqsimlanadi. GET va platsentar to'siq orqali kiradi, ona suti bilan chiqariladi (ona plazmasidagi kontsentratsiyasidan  40%). Jigarda (90-95% ga) mikrosomal fermentlar ishtirokida, aminoguruhlarni dezalkilirlash va faol metabolitlarni hosil qilish uchun amid bog'larini uzish yo'li orqali metabollanadi.

Safro bilan (dozaning bir qismi OIT da reabsorbtsiyaga uchraydi) va buyraklar (o'zgarmagan holda 10% gacha) orqali chiqariladi.

Farmakoterapevtik guruh

Markaziy ta'sirga ega miorelaksant

Dori shakli

In'ektsiya uchun eritma 100 mg+2,5 mg/1,0 ml.

Nojo'ya samaralari

Nojo'ya ta'sirlarning kelib chiqish tez-tezligi Jahon Sog'liqni Saqlash Tashkiloti (JSST) tasnifiga muvaofiq aniqlanadi: juda tez-tez(≥1/10), tez-tez(≥1/100 dan <1/10 gacha), tez-tez emas (≥1/1000 dan <1/100 gacha), kamdan kam ( ≥1/10000dan <1/1000 gacha), juda kam (<1/10000), tez-tezligi noma'lum(mavjud ma'lumotlar asosida baholab bo'lmaydi).

Qon va limfa tizimi tomonidan buzilish: juda kam-anemiya, limfadenopatiya.

Immun tizimi tomonidan buzilishi: kamdan-kam hollarda-yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari, anafilaktik reaktsiyalar; juda kam – anafilaktik shok.

Moddalar almashinuvi va oziqlanish tomonidan buzilishlar: tez-tez emas- anoreksiya; juda kam-polidipsiya.

Ruhiy buzilishlar: tez-tez emas - uyqusizlik, uyqu buzilishi; kamdan-kam hollarda-faoliyatni yo'qotish, depressiya.

Nerv tizimi tomonidan buzilish: tez-tez emas- bosh og'rig'i, bosh aylanishi, uyquchanlik; kamdan – kam -diqqat yetishmasligi sindromi, tremor, tirishilar, sezuvchanlikni yo'qolishi, sezuvchanlikni buzilishi, lanjlik.

Ko'ruv organm tomonidan buzilishlar: kamdan-kam –ko'ruv idrokini buzilishi.

Eshitish organi tomonidan buzilishlar va labirint buzilishlari: kamdan-kam – quloqda shovqin, vertigo.

Yurak tomonidan buzilishlar: kamdan- kam- stenokardiya, taxikardiya, yurak urishini tezlashishi; juda kam-bradikardiya.

Qon tomir kasalliklari: tez-tez emas -arterial gipotenziya; kamdan-kam -qon oqimi.

Nafas olish tizimi, ko'krak qafasi va ko'ks oralig'i a'zolari tomonidan buzilishlar: kamdan-kam -xansirash, burun qonashi, nafasni tezlashishi.

Oshqozon-ichak trakti tomonidan buzilishlar: tez-tez emas -oshqozon-ichak noqulayligi, diareya, og'iz qurishi, dispepsiya, ko'ngil aynishi; kamdan – kam -epigastriyda og'riqlar, qabziyat, qorin dam bo'lishi, qusish.

Jigar va o't yo'llari tomonidan buzilishlar: kamdan-kam– jigar faoliyatining buzilishi.

Teri va teri osti to'qimalari tomonidan buzilishlar: kamdan-kam -allergik dermatit, terlash, teri qichishishi, eshakemi, teri toshmasi.

Skelet-mushak va biriktiruvchi to'qimalar tomonidan buzilishlar: tez-tez emas – mushaklarning kuchsizligi, mialgiya, oyoqlarda og'riq; kamdan – kam -oyoqlarda noqulaylik; juda kam -osteopeniya.

Buyraklar va siydik yo'llari tomonidan buzilishlar: kamdan-kam -enurez, proteinuriya.

Yuborish joyida umumiy buzilishlar va kasalliklar: tez-tez-in'ektsiya joyining qizarishi; tez-tez emas-asteniya (kuchsizlik), holsizlik, charchoq; kamdan – kam – mastlik hissi, issiqlik hissi, asabiylashish, chanqash; juda kamdan-kam -ko'krakda noqulaylik hissi.

Laboratoriya va instrumental ma'lumotlar: kamdan-kam -qon bosimini pasayishi, bilirubin kontsentratsiyasini oshishi, jigar funktsional sinmalarini buzilishi, trombotsitlar sonini kamayishi, leykotsitlar sonini ko'payishi; juda kamdan – kam a-kreatinin darajasini oshishi.

Maxsus saqlash sharoitlari

Preparat bolalarda qo'llanilmaydi. Ro'yxatga olishdan keyingi davrida ko'pincha yuqori sezuvchanlik reaktsiyalarining rivojlanishi haqida xabar berilgan. Allergik reaktsiyalar yengil teri reaktsiyalaridan og'ir tizimli reaktssiyalargacha turlicha bo'ladi, shu jumladan anafilaktik shok.

Allergik reaktsiyaning belgilari: eritema, toshma, eshakemi, qichishish, angionevrotik shish(Kvinke shishi), taxikardiya, gipotenziya va xansirash. Anamnezida boshqa dori-darmonlarga yoki  allergik reaktsiyalar bo'lgan ayol bemorlar yuqori xavf ostida. Lidokainga ma'lum bo'lgan yuqori sezuvchanlik bo'lganda,  tolperizondan foydalanishda  mumkin bo'lgan o'zaro kesishuv reaktsiyalar tufayli ehtiyotkorlik bilan foydalanilish lozim. Bemorlarga yuqori sezuvchanlikning har qanday belgilari haqida ehtiyot bo'lish tavsiya etiladi. Agar simptomlar rivojlansa, darhol tolperizondan foydalanishni to'xtatib, darhol shifokorga murojat qilish kerak. Tolperizonga yuqori sezuvchanlik epizodidan keyin tolperizonni qayta ishlatilmasin.

Yordamchi moddalar

Preparat tarkibida metilparakidroksibenzoati bo'lib, allergik reaktsiyalar(ehtimol, kechikkan) va istisno hollarda bronxospazim chaqiradi.

Preparatning transport vositasini yoki potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga o'ziga xos ta'siri 

Bosh aylanishi, uyquchanlik, diqqat yetishmasligi, epilepsiya, aniq ko'rmaslik kabi belgilarning rivojlanish ehtimoli hisobga olib, transport vositalarini boshqarishda yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda ehtiyotkorlik bilan foydalanish kerak.


Qo'llanilishi

- MNT ning (shuningdek, piramida yo'llarning zararlanishi, tarqoq skleroz, insul't, mielopatiya, entsefalomielit), tayanch - xarakat apparatining(shu jumladan, spondilez, spondiloartroz, tservikal va lyumbal sindromlar, katta bo'g'imlarning artrozi) organik kasalliklari tufayli kelib chiquvchi  ko'ndalang-targ'il mushaklar gipertonusi va spazmi.

- ortopedik va travmatologik operatsiyalardan keyingi reobilitatsion davolanish.

Kompleks davo tarkibida: 

- Qon tomirlarining obliteratsiyalovchi kasalliklari (obliteratsiyalovchi ateroskleroz, diabetik angiopatiya, obliteratsiyalovchi trombangiit, Reyno kasalligi, diffuz sklerodermiya);

- Qon tomir innervatsiyasi buzilishi (akrotsianoz, intemittirlovchi angionevrotik disbaziya) asosida yuzaga keladigan kasalliklar.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

• Preparatning tarkibiy qismlariga (lidokainga, shu jumladan) yuqori sezuvchanlik, 

• og'ir miasteniya, 

• 18 yoshgacha bo'lgan bolalar, 

• homiladorlik, 

• emizish davri (ma'lumotlarning yo'qligi tufayli).

Ehtiyotkorlik bilan: preparatni ayollarda, boshqa preparatlarga yuqori sezuvchanligi bor yoki anamnezida allergiyasi bor bemorlarda, jigar va buyrak yetishmovchiligi bor bemorlarda qo'llashda eg'tiyot bo'lish kerak.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Dori vositalarining marker substrati CYP2D6 dekstrometorfan bilan farmakokinetik o'zaro ta'sirini o'rganish shuni ko'rsatdiki, tolperizonni bir vaqtning o'zida ishlatilishi asosan CYP2D6 (tioridazon, tolterodin, venlafaksin, atomoksetin, dezipramin, dekstrometorfan, metoprolol, nebivalol, perfenazin) tomonidan metabollanadigan dorilarning qondagi darajasini oshirishi mumkin. Odam jigari mikrosomalari va odam gepatotsitlaridagi laboratoriya tajribalari boshqa CYP izofermentlarini (CYP2B6, CYP2C8, CYP2C9, CYP2C19, CYP1A2, CYP3A4) sezilarli darajada ingibirlash yoki induktsiya qilishni ko'rsatmadi. Tolperizonning metabolik yo'llarining xilma-xilligi sababli CYP2D6 substratlari va/yoki boshqa preparatlarni bir vaqtning o'zida qo'llash bilan tolperizonning ta'sirini oshirish mo'ljallanmagan. Tolperison markaziy ta'sirga ega dori bo'lsa-da, uning sedativ ta'siri juda past, shuning uchun uni sedativ, gipnotik vositalar va trankvilizatorlar bilan birgalikda qo'llanilishi mumkin. 

Boshqa markaziy ta'sirga ega miorelaksantlar bilan bir vaqtning o'zida qo'llash tavsiya etilgan bo'lsa, tolperizonning dozasi kamaytirilishi kerak. 

Tolperizon alkogolning markaziy asab tizimiga ta'sir qilishiga ta'sir ko'rsatmaydi. Tolperizon niflum kislotasi ta'sirini kuchaytiradi, shuning uchun bir vaqtning o'zida foydalanishda niflum kislotasi yoki boshqa NYaQV larning dozasini kamaytirish imkoniyatini ko'rib chiqish kerak.

Ta'rifi

Shaffof, o'ziga xos hidli rangsiz yoki biroz yashil tusdagi eritma.  

Dozirovkasi

Kattalar kuniga 2 marta 1 ml dan, mushak ichiga yoki kuniga 1marta 1 ml dan vena ichiga.



Dozani oshirib yuborilishi

Miora preparatining dozasini oshirib yuborishi haqida ma'lumot juda kam. Miora keng terapevtik intervalga ega, bolalrga preparatining 600 mg dozasini ichish holatlari yozilgan bo'lib, bu esa hech qanday jiddiy toksik belgilarsiz sodir bo'ldi. Ba'zi hollarda bolalarda preparatning 300-600 mg kunlik dozalarini iste'mol qilgandan keyin kichik nojo'ya reaktsiyalar kuzatildi. 

Simptomlar: uyquchanlik, oshqazon-ichak kasalliklari(ko'ngil aynish, qusish, epigastriyda og'riq), taxikardiya, arterial bosimni ortishi, bradikineziya, vertigo. Og'ir hollarda -ataksiya, tonik-klonik tirishishlar, dispnoe va nafas olish to'xtashi. 

Davolash: maxsus antidot yo'q, dozani oshirib yuborish hollarida simptomatik davolanish tavsiya etiladi.

Bolalar uchun qo'llanilishi

Preparat 18 yoshgacha bo'lgan bolalarda qo'llashga tavsiya etilmaydi.

Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi

Preklinik tadqiqotlarga ko'ra, preparat tarkibiga kiruvchi tolperizon teratogen ta'sirga ega emas. Klinik tadkikotlar yo'qligi sababli, homiladorlik davrida, ayniqsa, birinchi trimesterda Miora preparatini tayinlash, faqat kutilgan foyda xomilaga zarar etkazish xavfidan aniq ustun bo'lsa, mumkin. 

Emizish davrida tolperizondan foydalanish tolperizonning ona sutiga kirib borishi haqidagi tegishli ma'lumotlarning yo'qligi tufayli tavsiya etilmaydi. Emizishni sun'iy oziqlantirishga o'tkazish masalasi hal qilinishi mumkin.

Jigar faoliyati buzilganida

Jigar funktsiyasi buzilganda qo'llash. Jigar yetishmovchiligi bor bemorlarda tolperizonni qo'llash tajribasi cheklangan, ushbu guruh bemorlar nojo'ya ta'sirlarga ko'proq uchraydi. Shuning uchun o'rta darajadagi buyrak jigar funktsiyasi buzilgan bemorlarda Miora preparati dozasini bemor ahvolini va buyraklar funktsiyasini qattiq nazorat qilgan holda tanlash kerak. Jigar og'ir darajada zararalanganda tavsiya etilmaydi.

Buyrak faoliyati buzilganida

Burak yetishmovchiligi bor bemorlarda tolperizonni qo'llash tajribasi cheklangan, ushbu guruh bemorlar nojo'ya ta'sirlarga ko'proq uchraydi. Shuning uchun o'rta darajadagi buyrak funktsiyasi buzilgan bemorlarda Miora preparati dozasini bemor ahvolini va buyraklar funktsiyasini qattiq nazorat qilgan holda tanlash kerak. Buyrak og'ir darajada zararalanganda tavsiya etilmaydi.


MIORA eritma 1 ml N10 boshqa chiqarish shakllari

MIORA eritma 1 ml N5
Retseptli
MIORA eritma 1 ml N5
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Jurabek Laboratories, SP OOO
Analoglar MIORA eritma 1 ml N10
Analoglari yo'q

MIORA eritma 1 ml N10 savollari

MIORA eritma 1 ml N10 fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil