NUROFEN EKSPRESS kapsulalar 200mg N8

NUROFEN EKSPRESS kapsulalar 200mg N8 qo'llanmasi
Bir kapsula quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: ibuprofen – 200,00 mg;
yordamchi moddalar: makrogol-600 218,33 mg, kaliy gidroksidi 25,60 mg, suv 17,07 mg;
kapsula qobigʼi: jelatin 119,80 mg, sorbitol qisman degidrirlangan eritmasi 58,19 mg, punts boʼyovchisi [Ponso 4R] (E124) 0,485 mg, suv 15,02 mg, oq siyoh [Opakod WB NS-78-18011] (suv 48%, titan dioksidi (E171) 29%, propilenglikolь 10%, izopropanol 8%, gipromelloza 5%).
Chiqarilish shakli:
200 mg kapsulalar.
4, 6, 8, 10 yoki 12 kapsuladan PVX/PVDX/alyumin blisterda. 1, 2 yoki 3 blisterdan tibbiyotda qoʼllanilishiga doir yoʼriqnomasi bilan karton qutiga joylanadi.
Propion kislotasi xosilasi nosteroid yalligʼlanishga qarshi preparat (NYaQP) guruhidagi ibuprofenni taʼsir qiluvchi mexanizmi, prostaglandinlarni ogʼriqlar, yalligʼlanish va gipertermik reaktsiyalarni mediatorlari, sintezini ingibitsiya qilish bilan bogʼliq. Siklooksigenaza 1 (TsOG-1) va siklooksigenaza 2 (TsOG-2) ni tanlamasdan bloklaydi, natijada prostaglandinlarni sintezini tormozlaydi. Tez yoʼnaltirilgan ogʼriqqa qarshi, issiqlikni tushiruvchi va yalligʼlanishga qarshi taʼsir koʼrsatadi. Undan tashqari, ibuprofen trombotsitlar agregatsiyasini qaytariluvchi ingibitsiya qiladi.
Аbsorbtsiyasi – yuqori, tez va toʼliq meʼda-ichak traktidan (MIT) soʼriladi. Nahorga preparatni 2 kapsuladan qabul qilgandan keyin, ibuprofen qon plazmasida 10 minutdan keyin aniqlanadi, ibuprofenni maksimal kontsentratsiyasi (Smax) qon plazmasida 30-40 minutdan keyin erishiladi, bu ekvivalent dozada Nurofen®, dori shakli, 200 mg qobiq bilan qoplangan tabletkalar qabul qilgandan ikki marta tezroq. Preparatni ovqat bilan bir vaqtda qabul qilish maksimal kontsentratsiyaga (TSmax) erishilish vaqtini koʼpaytirishi mumkin. Plazma oqsillari bilan bogʼlanishi 90%, yarim chiqarilish davri (T1/2) – 2 soat. Boʼgʼimlar boʼshligʼiga sekin kiradi, qon plazmasidagiga qaraganda katta kontsentratsiyada sinovial suyuqlikda ushlanib qoladi. Аbsorbtsiyadan keyin farmakologik nofaol R- shaklini 60% faol S-shakliga sekin transformatsiya qilinadi. Jigarda metabolizmga uchraydi. Buyraklar orqali (oʼzgarmagan koʼrinishda 1% dan kam) va oz darajada safro bilan chiqariladi.
Keksa odamlarda yosh odamlarga nisbatan preparatni farmakokinetik profilida ahamiyatli farqlar aniqlanmagan.
Chegaralangan tadqiqotlarda ibuprofen koʼkrak sutida juda kam kontsentratsiyalarda aniqlangan.
Kapsulalar
Аgar preparatni qisqa kurs bilan, simptomlarni yoʼqotish uchun minimal samarali dozada qabul qilinsa, nojoʼya samaralar paydo boʼlishi xavfini minimumga keltirish mumkin.
Nojoʼya samaralar koʼproq dozaga bogʼliq boʼladi.
Quyida koʼrsatilgan nojoʼya reaktsiyalar ibuprofenni qisqa 1200 mg/sutkadan (6 kapsula) oshmaydigan dozada qabul qilganda aniqlangan. Surunkali xolatlarni davolashda va uzoq vaqt qoʼllanilganda boshqa nojoʼya reaktsiyalar paydo boʼlishi mumkin.
Nojoʼya reaktsiyalarni baholash tez-tezligi quyidagi mezonlar bilan baholanadi: juda tez-tez (≥1/10), tez-tez (≥1/100 dan <1/10 gacha), tez-tez emas (≥1/1000 dan <1/100 gacha), kam hollarda (≥1/10 000 dan <1/1000 gacha), juda kam hollarda (<1/10 000), tez-tezligi nomaʼlum (tez-tezligini baholash uchun maʼlumotlar yetarli emas).
Qon va limfatik tizimi tomonidan buzilishlar
• Juda kam hollarda: qon yaratilishini buzilishi (anemiya, leykopeniya, aplastik anemiya, gemolitik anemiya, trombotsitopeniya, pantsitopeniya, agranulotsitoz). Ushbu buzilishlarni birinchi simptomlari isitma, tomoqda ogʼriq, ogʼiz boʼshligʼi shilliq qavatida yuzaki yaralar, grippsimon simptomlar, yaqqol xolsizlik, tushuntirib boʼlmaydigan qon ketishlar va qon talashlar (koʼkarishlar).
Immun tizimi tomonidan buzilishlar
• Tez-tez emas: oʼta sezuvchanlik reaktsiyalari – nospetsifik allergik reaktsiyalar va anafilaktik reaktsiyalar, (qichishish, eshakemi).
• Juda kam hollarda: oʼta sezuvchanlikni ogʼir reaktsiyalari, shuningdek, yuzni, tilni va xiqildoqni shishishi, harsillash, taxikardiya, arterial gipotenziya (anafilaksiya, Kvinke shishi yoki ogʼir anafilaktik shok), Eksfoliativ va bullyoz dermatozlar.
• Tez-tezligi nomaʼlum: nafas yoʼllari tomonidan giperreaktivlar, shu jumladan bronxial astma, bronxospazm yoki hansirash, doriga oʼta yuqori sezuvchanlik sindromi, oʼtkir tarqalgan ekzantematoz pustulyoz (AGEP).
Teri va teri osti toʼqimalari tomonidan buzilishlar
• Tez-tez emas: teri toshmasining turli shakllari.
• Juda kam xollarda: eksfoliativ va bullyoz dermatozlar, shu jumladan toksik epidermal nekroliz, Stivens-Djonson sindromi, koʼp shaklli eritema.
• Tez-tezligi nomaʼlum: eozinofiliya va tizimli simptomlar bilan kechuvchi dori vositasiga reaktsiya (doriga oʼta yuqori sezuvchanlik sindromi – DRESS), ooʼtkir tarqalgan ekzantematoz pustulyoz (AGEP), fotosezuvchanlik reaktsiyalari
Meʼda-ichak yoʼllari tomonidan buzilishlar
• Tez-tez emas: qorinda ogʼriqlar, koʼngil aynishi, dispepsiya (shuningdek, meʼda qaynashi, qorinni dam boʼlishi).
• Kam hollarda: diareya, meteorizm, qabziyat, qayt qilish.
• Juda kam hollarda: peptik yara, meʼda-ichak qon ketishi yoki teshilishi, melena, qonli qayt qilish, baʼzi xollarda oʼlim bilan tugaydigan, ayniqsa, keksa yoshdagi patsientlarda, yarali stomatit, gastrit.
• Tez-tezligi nomaʼlum: kolit va Kron kasalligini zoʼrayishi.
Jigar va safro chiqarish yoʼllari tomonidan buzilishlar
• Juda kam hollarda: jigarning faoliyatini buzilishi (ayniqsa uzoq qoʼllanilganda), gepatit va sariq kasalligi.
Buyrak va siydik chiqarish yoʼllari tomonidan buzilishlar
• Juda kam hollarda: oʼtkir buyrak yetishmovchiligi gematuriya va proteinuriya, nefritik sindrom, nefrotik sindrom, papillyar nekroz, interstitsial nefrit, sistit.
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar
• Tez-tez emas: bosh ogʼrigʼi.
• Juda kam hollarda: aseptik meningit, autoimmun kasalliklari (tizimli qizil yugurik va biriktiruvchi toʼqimaning aralash kasalliklari) boʼlgan patsientlarda ibuprofen bilan davolaganda ensa mushaklari rigidligi, bosh ogʼrigʼi, koʼngil aynishi, qusish, isitma va orientatsiyani yoʼqolishi kabi aseptik meningit simptomlarining yakka xolatlari kuzatilgan.
Yurak-qon tomirlar tizimi tomonidan buzilishlar
• Tez-tezligi nomaʼlum: yurak yetishmovchiligi, periferik shishlar, uzoq vaqt qoʼllanilganda trombotik asoratlar xavfi oshadi (masalan, miokard infarkti yoki insulьt), arterial bosimning oshishi.
Nafas olish tizimi, umurtqa va koʼkrak qafasi oraligʼi aʼzolari tomonidan buzilishlar
• Tez-tezligi nomaʼlum: bronxial astma, bronxospazm, harsillash.
Laboratoriya koʼrsatkichlari
• gematokrit yoki gemoglobin (kamayishi mumkin)
• qon ketishi vaqti (koʼpayishi mumkin)
• qon plazmasida glyukoza kontsentratsiyasi (pasayishi mumkin)
• kreatinin klirensi (kamayishi mumkin)
• kreatininni plazmadagi kontsentratsiyasi (koʼpayishi mumkin)
• “jigar” transaminazalarini faolligi (oshishi mumkin)
Nojoʼya samaralar paydo boʼlganda preparatni qabul qilishni toʼxtatib, shifokorga murojaat qilish zarur.
Preparatni maksimal qisqa kurs va minimal samarali dozada, simptomlarni yoʼqotish uchun qabul qilish tavsiya qilinadi.
Uzoq vaqtli davolash vaqtida periferik qon manzarasini va jigar va buyraklarni funktsional xolatini nazorat qilish zarur. Gastropatiya simptomlari paydo boʼlganda, ezofagogastroduodenoskopiya oʼtkazish, qonni umumiy tahlili (gemoglobinni aniqlash), najasni qonga tahlili kiruvchi sinchkov nazorat koʼrsatilgan. 17-ketosteroidlarni aniqlash zarurati boʼlganda preparatni tadqiqotgacha 48 soat oldin bekor qilish kerak. Davolash davrida etanolni isteʼmol qilish tavsiya qilinmaydi.
Buyrak yetishmovchiligi boʼlgan patsientlar preparatni qabul qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashish zarur, chunki buyraklarni funktsional xolati yomonlashishi xavfi bor.
Gipertenziya bilan patsientlarda, shuningdek, anamnezida va/yoki surunkali yurak yetishmovchiligi bilan boʼlsa, preparatni qabul qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashish zarur, chunki preparat suyuqlikni ushlab qolishini, arterial bosimni oshishini va shishlarni chaqirish mumkin.
Nazorat qilinaolmaydigan arterial gipertenziyali, turgʼun yurak yetishmovchiligi II-III sinf NYHA boʼyicha, yurak ishemik kasalligi, periferik arteriyalar va/yoki serebrovaskulyar kasalliklari bor patsientlarga ibuprofenni faqat foyda-xavf nisbatini sinchkov baholagandan keyin buyuriladi, bunda ibuprofenni yuqori dozalarini (≥2400 mg/sutkada) istisno qilinadi.
NYaQP suvchechakda qoʼllash teri va teriosti-yogʼ kletchatkasi (masalan, nekrozlangan fastsiit) infektsion-yalligʼlanish kasalliklarini ogʼir yiringli asoratlari rivojlanishi xavfi bilan bogʼliq. Shuning uchun suvchechakda preparatni qoʼllashni tavsiya etilmaydi.
Faqat juda kam xollarda NYaQP ni qoʼllash fonida jiddiy teri reaktsiyalari, shu jumladan eksfoliativ dermatit, Stivens-Djonson sindromi va toksik epidermal nekroliz diagnostika qilingan.
Patsientlar davolashning erta bosqichida bunday reaktsiyalar rivojlanishiga koʼproq moyil deb hisoblanadi; reaktsiyani boshlanishi koʼpgina holatlarda davolashning birinchi oyi davomida kuzatiladi.
Ibuprofen saqlovchi NYaQP ni qoʼllash tarqalgan ekzantematoz pustulyoz (AGEP) kabi ogʼir darajadagi teri reaktsiyalarini chaqirishi mumkin. Keng tarqalgan shishli eritema fonida davolashning birinchi 2 kunida pustulyoz toshma (yiringcha) yuzaga kelishi mumkin va asosan teri burmalari, tanada va qoʼllarda joylashadi. Teri toshmasi va shilliq qavatni shikastlanishi birinchi paydo boʼlishida, shuningdek oʼta yuqori sezuvchanlikning har qanday boshqa belgilarida Nurofen® Ekspress preparatini qabul qilishni toʼxtatish kerak. patsientlar sinchkovlik bilan kuzatuv ostida boʼlishlari kerak.
Ibuprofen saqlovchi NYaQP ni qoʼllash infektsion kasalliklar simptomlarini niqoblashi mumkin, bu tegishli davolashni boshlashni kechikishiga olib kelishi va shu orqali kasallikni kechishini ogʼirlashishiga olib kelishi mumkin. Аgar Nurofen® Ekspress preparati tana harorati oshganida yoki infektsiyada ogʼriqni yengillashtirish uchun qoʼllanilsa, infektsion kasallik monitoringini amalga oshirish tavsiya etiladi. Tibbiyot muassasasidan tashqarida davolaganda, agar simptomlar saqlansa yoki kuchaysa patsient shifokorga murojaat etishi kerak.
Transport vositalari, mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga taʼsiri
Ibuprofen qabul qilgandan keyin bosh aylanishi, uyquchanlik, tormozlanish yoki koʼrishni buzilishi boʼlgan patsientlar, avtotransport yoki mexanizmlarni boshqarmasligi zarur.
Nurofen® Ekspress bosh ogʼrigʼida, migrenda, tish ogʼrigʼi, ogʼriqli xayz, nevralgiyalar, belda ogʼriqlar, mushak va revmatik ogʼriqlarda; gripp va shamollash kasalliklarida isitmalik xolatlarda qoʼllaniladi.
• Preparatni tarkibiga kiruvchi xar qanday komponentiga yoki ibuprofenga oʼta yuqori sezuvchanlik;
• Bronxial astma, qaytalanuvchi burun polipozi va burun yoni boʼshliqlari, va atsetilsalitsil kislotasi yoki boshqa nosteroid yalligʼlanishga qarshi preparatlarni oʼzlashtiraolmaslik (shuningdek, anamnezida) bilan toʼliq yoki qisman birga qoʼshilib kelishi;
• Meʼda-ichak yoʼllari eroziv-yarali kasalliklari (shuningdek, meʼda va oʼn ikki barmoqli ichak yara kasalligi, Kron kasalligi, yarali kolit) yoki faol fazada yoki anamnezida (yara kasalligi yoki yarali qon ketishlarni ikki yoki koʼproq tasdiqlangan epizodlari) yarali qon ketishlar.
• NYaQP qoʼllash natijasida qoʼzgʼalgan meʼda-ichak yoʼllaridan qon ketishi yoki yarani teshilishi
• Ogʼir yurak yetishmovchiligi (NYHA boʼyicha IV sinf- Nьyu-York kardiologlar Аssotsiatsiyasi tasnifi)
• Ogʼir jigar yetishmovchiligi yoki jigar kasalligi faol fazada
• Ogʼir darajadagi buyraklar yetishmovchiligi (kreatinin klirensi < 30 ml/min), tasdiqlangan giperkaliemiya.
• Dekompensatsiyalangan yurak yetishmovchiligi; aortokoronar shuntlashdan keyingi davr.
• Tserebrovaskulyar yoki boshqa qon ketishi.
• Gemofiliya va boshqa qon ivishi buzilishlari (shuningdek, gipokoagulyatsiya), gemorragik diatezlar.
• Fruktozani oʼzlashtiraolmaslik.
• 20 xaftalikdan katta muddatdagi homiladorlik.
• 12 yoshgacha bolalarda qoʼllash mumkin emas.
Ehtiyotkorlik bilan:
Ushbu boʼlimdagi xolatlar boʼlganida, preparatni qoʼllashdan oldin shifokor bilan maslahatlashish zarur.
Boshqa NYaQP bilan bir vaqtda qoʼllaganda, meʼda yara kasalligi yoki MIT yarali qon ketishini anamnezida bir epizodi boʼlganligi; gastrit, enterit, kolit, Helicobacter pylori infektsiyasini borligi, yarali kolit; bronxial astma yoki allergik kasalliklar zoʼrayish bosqichida yoki anamnezida – bronxospazm rivojlanishini ehtimoli; qizil tizimli yugirik yoki biriktiruvchi toʼqimaning aralash kasalligi (Sharp sindromi)- aseptik meningit xavfi oshgan; suvchechak; buyraklar yetishmovchiligi, shuningdek, suvsizlanganda (kreatinin klirensi 30-60 ml/min dan kam), nefrotik sindrom, jigar yetishmovchiligi, jigar sirrozi portal gipertenziya bilan, giperbilirubinemiya, arterial gipertenziya va/yoki yurak yetishmovchiligi, serebrovaskulyar kasalliklar, nomaʼlum etiologiyali qon kasalliklari (leykopeniya va anemiya), ogʼir somatik kasalliklar, dislipidemiya/giperlipidemiya, qandli diabet, periferik arteriyalar kasalliklari, chekish, alkogolni tez-tez isteʼmol qilish, qon ketishini yoki yara paydo boʼlish xavfini oshiruvchi dori vositalarini bir vaqtda qabul qilish, xususan, peroral glyukokortikosteroidlarni (shuningdek, prednizolon), antikoagulyantlarni (shuningdek, varfarin), serotoninni qaytuvchan slektiv ingibitori (shuningdek, sitalopram, fluoksetin, paroksetin, sertralin) yoki antiagregantlar (shuningdek, atsetilsalitsil kislotasi, klopidogrel), 20 xaftalikdan kichik muddatdagi homiladorlik, emizish davri, keksalik yoshi.
Homiladorlik va emizish davrida qoʼllanilishi
Kamsuvlik va/yoki yangi tugʼilgan chaqaloqlarda buyrak patologiyasi (neonatal buyrak disfunktsiyasi) rivojlanishi mumkinligi tufayli, 20 xaftalikdan katta muddatidagi homiladorlik boʼlgan ayollarda NYaQP ni qoʼllash mumkin emas. 20 xaftalikdan kichik muddatdagi homiladorlarda preparatni qoʼllashdan saqlanish kerak, preparatni qabul qilish zarurati boʼlganida shifokor bilan maslahatlashish kerak.
Ibuprofen emayotgan bolani sogʼligʼiga salbiy asoratlarsiz oz miqdorda koʼkrak sutiga kiraolishi haqida maʼlumotlar bor, shuning uchun qisqa vaqtli qabul qilganda, emizishni toʼxtatishga zarurat yoʼq. Preparatni uzoq vaqt qoʼllash zarurati boʼlganida, preparatni qoʼllanilishi davrida emizishni toʼxtatishni xal qilish uchun shifokorga murojaat qilish kerak.
Ibuprofenni quyidagi dori vositalari bilan birga qoʼllamaslik kerak:
• Аtsetilsalitsil kislotasi: shifokor buyurgan atsetilsalitsil kislotasini past dozasi (75 mg dan kam sutkada) bundan istisno, chunki bir vaqtda qoʼllansa nojoʼya samaralar xavfi paydo boʼlishi oshishi mumkin. Bir vaqtda qoʼllaganda ibuprofen atsetisalitsil kislotasini yalligʼlanishga qarshi va antiagregant taʼsirini pasaytiradi (ibuprofen qabul qilgandan keyin, antiagregant vosita sifatida atsetilsalitsil kislotasini kichik dozalarda qabul qilgan patsientlarda oʼtkir koronar yetishmovchiligi rivojlanish tez-tezligi oshishi mumkin.
• Boshqa NYaQP, shuningdek, SOG-2 selektiv ingibitorlari: ikki va koʼproq NYaQP guruxidagi preparatlarni bir vaqtda qoʼllamaslik kerak, nojoʼya samaralar xavfi paydo boʼlishi oshishi mumkin. Quyidagi dori vositalari bilan ehtiyotkorlik bilan qoʼllash mumkin:
• Аntikoagulyant va trombolitik preparatlar: NYaQP antikoagulyantlarni samarasini kuchaytirishi mumkin, xususan, varfarin va trombolitik preparatlarni.
• Аntigipertenziv vositalar (АPF ingibitorlari va angiotenzin II antagonistlari) va diuretiklar: NYaQP ushbu gurux preparatlarni samarasini pasaytirishi mumkin. Diuretiklar va АPF ingibitorlari NYaQPlarni nefrotoksikligini oshirishi mumkin.
• Glyukokortikosteroidlar: MIT yara paydo boʼlishi va meʼda-ichak qon ketishi xavfi oshishi.
• Аntiagregantlar va serotoninni qayta qamrash selektiv ingibitorlari: meʼda-ichak qon ketish paydo boʼlishi xavfi oshishi.
• Yurak glikozidlari: NYaQP va yurak glikozidlarini bir vaqtda buyurilganda yurak yetishmovchiligini ogʼirlashishi, kalavachalar filьtratsiyasini tezligi pasayishi va qon plazmasida yurak glikozidlarini kontsentratsiyasini oshishiga olib kelishi mumkin.
• Litiy preparatlari: NYaQP qabul qilish fonida qon plazmasida litiyni kontsentratsiyasi oshishi ehtimoli xaqida maʼlumotlar bor.
• Metotreksat: NYaQP qabul qilish fonida qon plazmasida metotreksatni kontsentratsiyasi oshishi ehtimoli xaqida maʼlumotlar bor.
• Tsiklosporin: NYaQP va siklosporin bir vaqtda qoʼllanganda nefrotoksiklik xavf oshadi.
• Mifepriston: NYaQP qabul qilishni mifepriston qabulidan kamida 8-12 kun dan keyin boshlash kerak, chunki NYaQP mifepristonni samarasini pasaytiradi.
• Takrolimus: NYaQP va takrolimus bir vaqtda qoʼllanganda nefrotoksiklik xavf oshadi.
• Zidovudin: NYaQP va zidovudin bir vaqtda qoʼllanganda gematotoksiklikni oshishiga olib kelishi mumkin. Zidovudin va ibuprofenni bir vaqtda qoʼllaganda, OIT-musbat gemofiliyali patsientlarda gemartroz va gematoma paydo boʼlishi xavfi oshishi xaqida maʼlumotlar bor.
• Xinolin qatoridagi antibiotiklar: NYaQP va xinolin qatoridagi antibiotiklar qabul qilgan patsientlarda, tirishishlar paydo boʼlishi xavfi oshishi mumkin.
• Tsefamandol, sefaperazon, sefotetan, valьproev kislotasi, plikamitsin: gipoprotrombinemiya rivojlanishi tez-tezligi koʼpayadi.
• Kanalchalar sekretsiyasini bloklovchi dori vositalari: ibuprofenni plazmadagi kontsentratsiyasini oshiradi va chiqarilishini pasaytiradi.
• Mikrosomal oksidlanish induktorlari (fenitoin, etanol, barbituratlar, rifampitsin, fenilbutazon, tritsiklik antidepressantlar): gidroksillangan faol metabolitlarni mahsuloti koʼpayadi, ogʼir intoksikatsiyalar rivojlanishi xavfi koʼpayadi.
• Mikrosomal oksidlanish ingibitorlari: gepatotoksik taʼsirini xavfi pasayadi.
• Peroral gipoglikemik dori vositalari va insulin, sulfonilmochevina xosilalari: samarani kuchayishi.
• Аntatsidlar va kolestiramin: absorbtsiyani pasayishi.
• Kofein: analgetik samarani kuchayishi.
rangsizdan och pushti ranggacha bo‘lgan tiniq suyuqlikni o‘z ichiga olgan oq NUROFEN bilan identifikatsiyalovchi yozuvi bo‘lgan qizil shaffof jelatin qobig‘i bo‘lgan yumshoq oval kapsulalar.
Preparatni qoʼllashdan oldin diqqat bilan yoʼriqnomani oʼqib chiqing.
Ichga qabul qilish uchun. Faqat qisqa vaqt qoʼllash uchun.
Kattalar va 12 yoshdan katta bolalar: ichga 1 kapsuladan (200 mg), chaynamasdan, sutkada 3-4 martagacha. Kapsulani suv bilan ichish kerak. Preparatni qabul qilish intervali 6-8 soatni tashkil qilish kerak.
Kattalarda tezkor terapevtik samaraga erishish uchun sutkada 3 martagacha bir martalik dozasi 2 martagacha (400 mg) oshirilishi mumkin.
Maksimal sutkalik dozasi 1200 mg ni tashkil qiladi.
Maksimal sutkalik dozasi 12-17 yoshli bolalar uchun 1000 mg ni tashkil qiladi.
Аgar preparatni qabul qilganda 2-3 kun davomida simptomlar saqlansa yoki kuchaysa, davolashni toʼxtatish zarur va shifokorga murojaat qilish kerak.
Dozani oshirilib yuborilishi simptomlari bolalarda dozasi tana vazniga 400mg/kg dan oshganda paydo boʼlishi mumkin. Kattalarda dozaga bogʼliq dozasi oshirilib yuborilishi kamroq ifodalanadi. Preparatni yarim chiqarilish davri dozasi oshirilib yuborilganda 1,5-3 soatni tashkil qiladi.
Simptomlari: koʼngil aynishi, qayt qilish, epigastriya sohasida ogʼriq yoki kamroq, diareya, quloqda shovqin, bosh ogʼrigʼi va meʼda-ichak qon ketishi. Ogʼir xollarda nerv tizimi tomonidan kuzatiladi: uyquchanlik, kam- qoʼzgʼalish, tirishish, dezorientatsiya, koma. Ogʼir zaharlanish xolatlarida metabolik atsidoz rivojlanishi va protrombin vaqtini koʼpayishi mumkin, buyrak yetishmovchiligi, jigar toʼqimasini shikastlanishi, arterial bosimni pasayishi, nafasni susayishi va sianoz. Bronxial astmali patsientlarda ushbu kasallikni zoʼrayishi boʼlishi mumkin.
Davolash: simptomatik, patsientni ahvoli normallashguncha nafas yoʼllarini oʼtkazuvchanligini, EKG monitoringi va xayot faoliyatini asosiy koʼrsatkichlarini taʼminlanishi bajarilishi kerak. Peroral faollashtirilgan koʼmir tavsiya qilinadi va ibuprofenni toksik dozasini qabul qilingan boʼlsa, 1 soat davomida, meʼda chayiladi. Аgar ibuprofen absorbtsiyalangan boʼlsa, buyraklar orqali ibuprofenni nordon xosilasini chiqarish maqsadida ishqorli eritma ichish buyuriladi, xamda jadal diurez. Tez-tez yoki davomli tirishishlar vena ichiga diazepam yoki lorazepam yuborish bilan bostiriladi. Bronxial astma ogʼirlashganda bronxodilatatorlar tavsiya qilinadi.
Kamsuvlik va/yoki yangi tugʼilgan chaqaloqlarda buyrak patologiyasi (neonatal buyrak disfunktsiyasi) rivojlanishi mumkinligi tufayli, 20 xaftalikdan katta muddatidagi homiladorlik boʼlgan ayollarda NYaQP ni qoʼllash mumkin emas. 20 xaftalikdan kichik muddatdagi homiladorlarda preparatni qoʼllashdan saqlanish kerak, preparatni qabul qilish zarurati boʼlganida shifokor bilan maslahatlashish kerak.
Ibuprofen emayotgan bolani sogʼligʼiga salbiy asoratlarsiz oz miqdorda koʼkrak sutiga kiraolishi haqida maʼlumotlar bor, shuning uchun qisqa vaqtli qabul qilganda, emizishni toʼxtatishga zarurat yoʼq. Preparatni uzoq vaqt qoʼllash zarurati boʼlganida, preparatni qoʼllanilishi davrida emizishni toʼxtatishni xal qilish uchun shifokorga murojaat qilish kerak.
NUROFEN EKSPRESS kapsulalar 200mg N8 boshqa chiqarish shakllari






NUROFEN EKSPRESS kapsulalar 200mg N8 savollari
NUROFEN EKSPRESS kapsulalar 200mg N8 dori vositasi Pateon Softdjels B.V., De Postoxooonstraat 7 tomonidan Niderlandlar mamlakatida ishlab chiqarilgan.
NUROFEN EKSPRESS kapsulalar 200mg N8 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
NUROFEN EKSPRESS kapsulalar 200mg N8 fikr-mulohazalari



