Nurofenning aptekalardagi narxlari
NUROFEN FORTE tabletkalari 400mg N12
|
|
1 ta dorixonada bor
|
46 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
|
NUROFEN tabletkalari 200mg N20
|
|
7 ta dorixonada bor
|
60 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
NUROFEN EKSPRESS FORTE kapsulalar 400mg N30
|
|
1 ta dorixonada bor
|
70 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
NUROFEN DLYA DETEY suspenziya klubnichniy 100mg/5ml 150ml N1
|
|
143 ta dorixonada bor
|
54 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
59 000 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
55 800 so'mdan
Bron qilish
|
NUROFEN DLYA DETEY suspenziya klubnichniy 100mg/5ml 100ml N1
|
|
156 ta dorixonada bor
|
35 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
47 700 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
38 000 so'mdan
Bron qilish
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
Nurofen ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
NUROFEN®
Preparatni savdo nomi: Nurofen
Xalqaro patentlanmagan nomi (XPN): ibuprofen
Kimyoviy nomi: (2RS)-2- [4-(2-metilpropil)fenil]-propion kislotasi
Dori shakli: qobiqli tabletka
Tarkibi
Har bir qobiqli tabletka: o‘z ichida ta‘sir etuvchi modanni – ibuprofen 200 mg;
yordamchi vositalarni: natriy kroskarmelozasi-30mg, natriyni laurilsulfati 0.5mg, natriyni sitrat digidrati 43,5mg, stearin kislotasi 2 mg, kolloidli kremniy dioksidi 1mg
qobiqida esa: natriy karmelozasi 0,7 mg, talk 33 mg, akasiyaning kamedi 0,6 mg, saxaroza 116,1 mg, titan dioksidi 1,4 mg, makrogol-6000 0,2 mg, qora siyoh [Opakod S-1-277001] (shelak 28,225%, bo‘yoq temir qora oksidi (Ye172) – 24,65%, propilenglikol 1,3%, izopropanol* 0,55%, butanol* 9,75%, etanol* 32,275%, tozalangan suv* 3,25%) saqlaydi.
*bosma jarayonidan keyiin bo‘g‘lanib yo‘q bo‘lib ketgan erituvchilar.
Ta‘rifi:
Bir tarafida qora rangda NUROFEN yozuvi bor, oq yoki oqishroq rangli qobik bilan qoplangan ikkala tarafi do‘mboq, dumaloq tabletkalar. Tabletkaning ko‘ndalang kesimida dori vositaning yadrosi oq yoki oqishroq rangda va qobiqi oq yoki oqishroq rangda.
Farmakoterapevtik guruh: nosteroid yallig‘lanishga qarshi vosita (NYAQV)
Kod ATX:M01AE01
FARMAKOLOGIK XUSSUSIYATLARI
Farmakodinamika
Nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar (NYAQV) guruhiga kiruvchi propion kislotasining hosilasi bo‘lmish ibuprofen vositasining harakatlanish mexanizmi – og‘riq, yallig‘lanish va gipertermik ta‘siri mediatorlari –prostaglandinlar sintezini ingibitorlash bilan shartlanadi. Siklooksigenaza 1 (SOG-1) va siklooksigenaza 2 (SOG-2) fermentlarni tanlamasdan susaytiradi va shu yo‘l bilan prostaglandinlar sintezini to‘htatadi. Og‘riqga (og‘riqsizlantiruvchi), issitmaga va yallig‘lanishga qarshi tez va yo‘nalishli harakatni bajaradi. Bundan tashqari, ibuprofen trombositlar agregasiyasini tiklanishiga o‘z imkoniyati bilan halaqit beradi. Og‘riqsizlantirish ta‘siri 8 soatgacha davom etadi.
Farmakokinetika
So‘rilishi – yuqori darajda. Oshqozon-ichak trakti bilan deyarli butunlay so‘riladi (JKT). Preparat och qoringa qabul qilgandan so‘ng, ibuprofen qon plazmasidagi maksimal to‘planishi (Smax) 45 daqiqadan so‘ng ko‘rinadi. Ovqatlanish vaqtida vositani qabul qilish, vositani maksimal to‘planish (TC max)darajasiga yetish vaqtini 1-2 soatgacha uzaytirishi mumkin. Qon plazmasining oq sillari bilan bog‘liqlik 90%ni tashkil qiladi.Sinvial suyuqlikda ushlanib qolib, u yerda plazmaga qaraganda katta to‘planishlarni hosil qilib, sustavlar bo‘shlig‘iga sekin o‘tadi. Ibuprofenni to‘planishi qon plazmasiga qaraganda orqa miyada ko‘proq aniqlanadi. So‘rilganidan so‘ng farmakologik faolsiz R-shaklining taxminan 60% asta-sekin faol S-shaklga aylanadi. Jigarda metabolizmga uchraydi. Yarim chiqarilish vaqti (T1/2) – 2 soat. Buyrak bilan (1% dan ko‘p bo‘lmagan miqdorda, o‘zgarmagan holda) hamda kam miqdorda o‘t bilan chiqariladi.
Oz sonli tadqiqotlarda ibuprofen ona sutida juda kam miqdorda aniqlangan.
QO‘LLANILISHI:
Nurofen® bosh og‘riq, migrenlar, tish og‘rig‘i, og‘riqli kun ko‘rishlar, nevralgiya, orqa, yelkalarda og‘riqlarda, mushaklar va revmatik og‘riqlar, gripp va shamollash bilan kasallanganlik vaqtida yuzaga keladigan issitmalik qaltirashlarda qabul qilinadi.
QO‘LLASH MUMKIN BO‘LMAGAN HOLATLAR
- Ibuprofenga yoki uning tarkibiga kirgan barcha yoki bitta komponentiga o‘ta sezgirlik.
- Bronxial astma, qo‘zg‘ayatgan burun va burun oldi bo‘shliqlari polipozi va asetilsalisil kislota yoki boshqa nosteroid yalig‘lanishga qarshi preparatlarni (shu jumladan anamnezda xam) o‘zlashtira olmaslikni tuliq yoki qisman yig‘indisi.
- Me‘da-ichak yo‘llarini (shu jumladan me‘da va o‘n ikki barmoq ichagining yarasi, Kron kasali, yarali kolit) yoki faol bo‘lgan yaradan yoki anamnezda (yara kasalligi yoki yaradan qon ketishlarning ikkita yoki undan ko‘proq tasdiqlangan epizodlari) qon ketishlar bo‘lgan hollarda.
- Anamnezda NYAQVlarni qo‘llash natijasida qo‘zg‘algan qon ketishlar yoki me‘da-ichak o‘yllarida yaralarni yorilishi.
- Og‘ir yurak yetishmovchiligi (IV- guruh NYHA Nyu-York kardiologlar birlashmasining tasniflanishi bo‘yicha).
- Jigarni og‘ir yetishmovchiligi yoki jigar kasalining faol davri.
- Giperkaliemiya bilan shikastlangan buyrak yetishmovchiligining og‘ir darajasi (kreatinin klirensi <30 ml/min).
- Dekompensasiyalashgan yurak yetishmovchiligi; aortokoronar shuntlash jarrohlik aralashuvi o‘tkazilgandan keyin.
- Serebrovaskulyar yoki boshqa qon ketishi
- Gemofiliya va qon koagulyasiyasini boshqa shikastlari (shu jumladan gipokoagulyasiya), gemmoragik diatezlar.
- Fruktozani o‘zlashtira olmaslik, glyukoza-galaktozlik malabsorbsiya, saxaraza-izomaltaza yetishmovchiligi.
- Homiladorlik (3 trimestr)
- 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar.
Ehtiyotkorlik bilan:
Ushbu bo‘limda keltirilgan holatlar mavjud bo‘lsa, preparatni qo‘llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashish kerak.
Boshqa NYAQVlar bilan birgalikda ushbu vositani qo‘llash, hamda anamnezda oshqozon yara kasaligi va MIO‘ yaralaridan qon ketish bir marta bo‘lgan hollarida; gastrit, enterit, kolit, Helicobacter pylori infeksiyasi mavjud bo‘lganida, yarali kolit; bronxial astma yoki astma qo‘zgalishda yoki anamnezda allergik kasalliklarda – bronxospazm paydo bo‘lishiga hatar bor; tizimli qizil eritematoz yoki biriktiruvchi to‘qimalarni birlashgan kasalliklarida (Sharp sindromi) – aseptik meningit paydo bo‘lishiga hatar bor; suv chechak; bo‘yrak yetishmovchiligi shu jumladan suvsizlanish paytida (kreatinin klirensi 30-60 ml/min kam), nefrotik sindrom, jigar yetishmovchiligi, portal gipertenziyali jigar sirrozi, giperbilirubinemiya, arterial gipertenziya va /yoki yurak yetishmovchiligi, serebrovaskulyar kasalliklar, noaniq etiologiyalik qon kasalliklari (leykopeniya i anemiya), og‘ir somatik kasalliklar, dislipidemiya/giperlipidimiya, qandli diabet, pereferik arteriyalar kassaligi, chekish, alkogol mahsulotlarini tez-tez iste‘mol qilish, yaralar yoki qon ketishni qo‘zg‘atishi mumkin bo‘lgan dori vositalar bilan birga qabul qilish, xususan peroral glyukokortikosteroidlarni (shu jumladan prednizalonni), koagulyasiyaga qarshi (shu jumladan varfarin), serotoninni qayta qamrab olinishini selektiv ingibitorlarini (shu jumladan sitalopramni, fluoksetinni, paraksetinni, sertralinni) yoki agregantlarga qarshi (shu jumladan asetilsalisil kislotasi, klopidogrela), homiladorlik 1-2 trimestri, yemizish davri, qarilik, 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar.
HOMILADORLIK VA EMIZISH DAVRIDA QO‘LLASH
Homiladorlikni 3 trimestrida vositani qo‘llash man etiladi. Homiladorlikni 1-2 trimestrida xam vositani qo‘llashga shoshilmaslik kerak, agar zarurat bo‘lib qolsa shifokordan maslahat olish kerak.
Ibuprofen oz miqdorda, gudakning sog‘lig‘iga hech qanday salbiy asoratlarni tug‘dirmasdan ko‘krak sutiga o‘tishi haqida ma‘lumotlar bor, shuning uchun qisqa vaqt ichida qo‘lanilayotgan davrda emizishni to‘htatmasa ham bo‘ladi. Agarda vositani uzoqroq muddat qo‘llash kerak bo‘lib qolsa, u holda vositani qo‘llash vaqtiga emizishni to‘htatish haqida vujudga kelgan savolni yechish uchun shifokor bilan maslahatlashish kerak.
QO‘LLASH USULI VA DOZALARI
Vositani qo‘llash oldidan yo‘riqnoma bilan yaxshilab tanishib chiqing.
Ichka qabul qilish uchun. Faqat qisqa muddat qo‘llash uchun.
Me‘da faoliyati sustroq kasallarga preparatni ovqat bilan qabul qilish tavsiya etiladi.
Kattalar va 12 yoshdan katta bo‘lgan bolalar: Ichka sutkasiga 3-4 marotaba, (200 mglik) 1 tabletkadan, chaynamasdan yutish. Tabletkani suv bilan yutish kerak. Tezroq terapevtik ta‘siriga yetish uchun kattalarning bir marotaba qo‘laniladigan dozasi 2 tabletkasigacha (400mg) oshirilishi mumkin, bu holda vosita sutkada 3 marotaba qo‘llaniladi.
6 yoshdan-12 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun: 1 tabletkadan (200mg) kunda 3-4 martagacha;
Bolani vazni 20 kgdan ko‘proq bo‘lgan xollardagina preparatni qo‘llash mumkin. Tabletkalarni qabul qilish oralig‘i kamida 6 soatni tashqil etishi kerak.
Kattalar uchun bir sutkalik maksimal doza 1200mgni (6 tabletka) tashkil qiladi.
6 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun bir sutkalik maksimal doza: 800 mgni (4 tabletka) tashkil qilishi kerak.
Agarda vosita qo‘llanganidan keyin ham simptomlar 2-3 kun davomida saqlanayotgan yoki kuchayatgan bo‘lsa, u holda vositani qabul qilishni to‘htatib shifokor bilan maslahatlashish kerak.
NOJO‘YA TA‘SIRLARI
Agarda preparat qisqa kurs bilan, simptomlarni yoqotish uchun yetadigan minimal samarali dozada qabul qilinsa, u holda nojo‘ya ta‘sirlar vujudga kelish xavfini kamaytirish mumkin.
Keksa yoshdagi kasallarda NYAQVni qo‘llash fonida nojo‘ya ta‘sirlarni tez vujudga kelishi kuzatiladi, ayniqsa, ayrim hollarda ulim bilan tugaydigan me‘da-ichak qon ketishlari.
Nojo‘ya ta‘sirlar ko‘p hollarda o‘ta katta dozalar bilan bog‘liq bo‘ladi.
Quyida keltirilgan nojo‘ya ta‘sirlar ibuprofenni oz dozalari 1200 mg/sutkada (6 tabletka) va qisqa muddat qabul qilingan vaqtda kuzatilgan. Surunkali holatlarni davolash va uzoq vaqt qabul qilish davrida boshqa nojo‘ya ta‘sirlari yuzaga kelishi mumkin.
Nojo‘ya ta‘sirlarni yuzaga kelish tezligini baholash, quyidagi mezonlar asosida amalga oshirilgan: Juda ko‘p (> 1/10), ko‘pincha ( >1/100 – <1/10), ko‘p emas (> 1/1,1000 – <1/100), kam (> 1/10,000 – <1/1,000), juda kam (<1/10,000- noaniq), (davomiyligini mavjud ma‘lumotlar bilan aniqlab bo‘lmaydi).
Qon va limfatik tizim tarafidan shikastlanishlar
- Juda kam uchraydi: qon tiklanish tizmini buzilishi (anemiya, leykopeniya, aplastik anemiya, gemolitik anemiya, trombositopeniya, pansitopeniya, agranulositoz). Bunday shikastlanishlarni birinchi smptomi bu – istma bilan keladigan qaltirashlar, tomoq og‘rig‘i, og‘iz bo‘shlig‘ining yuzaki yaralari, grippsimon simptomlar, loxaslik, burundan qon ketishi va noaniq etiologiyaga mansub teri tagidagi qon qo‘yilishlar, qon ketishlar va ko‘karishlar.
Immun tizimi tarafidan shikastlanishlar
- Kam uchraydi: o‘ta sezuvchanlik – nospesifik allergik va anafilaktik ta‘sirlar, nafas olish yo‘llari tarafidan nojo‘ya ta‘sirlar (bronxial astma, shu jumladan uni zo‘rayishi, bronxospazm, nafas siqilishi, dispnoe), teri ta‘sirlari (qichishish, eshak emi, purpura, Kvinke shishi, eksfoliativ va bullezli dermatozlar, shu jumladan, toksik epidermal nekroliz (Layella sindromi), Stevens-Djonson sindromi, ko‘pshakkli eritema), allergik rinit, eozinofiliya.
- Juda kam uchraydigan: o‘ta sezuvchanlik ta‘sirlari, shu jumladan, yuz, til va tomoq shishi, nafas siqilishi, taxikardiya, arterial gipotenziya (anafilaksiya, kvinke shishi yoki og‘ir anafilaktik shok).
Me‘da-ichak yo‘llari tarafidan shikastlanishlar
- Ko‘p uchramaydigan hollar: qorin og‘rig‘i, ko‘ngil aynash, dispepsiya (shu jumladan, me‘da qaynashi, qorin shishi).
- Kam uchraydigan: diareya, meteorizm, ich qotish, qusish
- Juda kam uchraydigan: me‘daning peptik yarasi, yarani yorilishi yoki me‘da-ichakdan qon ketishi, melena, ayrim hollarda, ayniqsa keksa yoshdagi kasallarda ulim bilan yakunlanadigan qonli qayd, yarali stomatit, gastrit.
- Davomiyligi noaniq: kolit kasalini qo‘zg‘ashi va Kron kasalligi.
Jigar va o‘tchiqarish yo‘llari tarafidan shikastlanishlar
- Juda kam uchraydi: jigar funksiyasini buzilishi (ayniqsa uzoq muddat qo‘llanilsa), “jigar” transaminazalari faolligining oshishi, gepatit va sariq qasal.
Buyrak va siydik chiqarish yo‘li tarafidan shikastlanishlar
- Juda kam uchraydi: qon plazmasida mochevina moddasini yuqori darajada to‘planganligi va shishlar paydo bo‘lishi bilan birga keladigan ayniqsa uzoq muddat qo‘llanilganda buyrakning o‘tkir yetishmovchiligi (kompensasiyalashgan va dekompensasiyalashgan), gematuriya va proteinuriya, nefratik sindrom, papilyarli nekroz, interstisial nefrit, sistit.
Markaziy asab tizimi tarafidan shikastlanishlar
- Kam uchraydigan: bosh og‘rig‘i
- Juda kam uchraydigan: aseptik meningit.
Yurak-qon tomir tizimi tarafidan shikastlanishlar
- Davomiyligi aniq emas: yurak yetishmovchiligi, pereferik shishlar, uzoq muddat qo‘llanilganda trombotik og‘irlashishlar xavfi yuqori (masalan, miakard infarkti), arterial qon bosimni oshishi.
Nafas olish tizimi va umurtqa bilan ko‘krak qafasi oralig‘i tarafidan shikastlanishlar
- Davomiyligi aniq emas: bronxial astma, bronxospazm, nafas siqilishi.
Laborator ko‘rsatkichlar
- Gematokrit yoki gemoglobin (pasayishi mumkin)
- Qon tiklanishi vaqti (uzoqlashishi mumkin)
- Glyukozani qon plazmasida to‘planishi (kamayishi mumkin)
- Kreatinin klirensi (kamayishi mumkin)
- Kreatinini plazmalik to‘planishi (ko‘payishi mumkin)
- “jigar” transaminazalarini faolligi (oshishi mumkin)
Nojo‘ya ta‘sirlar paydo bo‘lganida dori vositasini qabul qilishni to‘htatish kerak va zudlik bilan shifokorga murojaat qilish kerak.
DOZANI OSHIRIB YUBORILISHI
Bolalarda dozani oshirib yuborish simptomlari tana vazniga buyuriladigan 400 mg/kgdan ko‘proq dozada qabul qilib yuborish natijasida yuzaga kelishi mumkin. Kattalarda dozaga bog‘liq dozani oshirib yuborish hollari kamroq nomoyon bo‘lgan. Preparatning dozasini oshirib yuborish hollarida yarim chiqarilish davri 1,5-3 soatni tashkil qiladi.
Simptomlari: ko‘ngil aynashi, qusish, epigastral xududda og‘riq, kamroq – diareya uchraydi, qo‘loqlarda shovqin, bosh og‘rig‘i va me‘da-ichak qon ketishi. Og‘irroq hollarda markaziy nerv sistemasi tarafidan: uyquchanlik, kamroq- bezovtalanish, oyoqlar tortishi, chalkashish (orientir yoqotish) koma kuzatiladi. Og‘ir zaxarlanish hollarida metabolik asidoz rivojlanishi va protrombin vaqti uzayishi, buyrak yetishmovchiligi, jigar to‘qimalarini shikastlanishi, arterial qon bosimni tushib ketishi, nafas olishni qiyinlashishi va sianoz bo‘lishi mumkin.Bronxial astmalik kasallarda ushbu kasalni zo‘rayishi kuzatilishi mumkin.
Davolash: simptomatik va albatta nafas olish yo‘llarini o‘tkazuvchanligini, kasal ahvoli yaxshilanmagunga qadar EKG va odamni hayotiy asosiy faoliyat ko‘rsatkichlarini monitoring qilishni ta‘minlash kerak. Ibuprofenni potensial xavfli dozada qabul qilinganidan so‘ng 1 soat ichida peroral yo‘li bilan faollashtirilgan ko‘mir yoki oshqozonni yuvish tavsiya etiladi. Agarda ibuprofen so‘rilgan bo‘lsa, u holda ibuprofenni sho‘r hosilalarini bo‘yrak bilan yuvilishini (tezlashtirilgan diurez) ta‘minlash uchun ishqorli ichimlik buyurilishi mumkin. Tez-tez yoki uzoq muddat bo‘layotgan tomir tortishishlarni diazepam yoki lorazepam dori vositalarni tomirdan yuborish yo‘li bilan to‘htatish kerak. Bronxial astma zo‘rayishi vaqtida bronxodilatatorlarni qo‘llash tavsiya etiladi.
Boshqa dorilar bilan o‘zaro ta‘siri
Ibuprofenni quyida keltirilgan dori vositalar bilan bir vaqtda qo‘llamaslik kerak:
- Asetilsalisil kislotasi: shifokor bilan buyurilgan asitilsalisil kislotaning kichkina dozalaridan mustasno (sutkasiga 75 mgdan ko‘p emas), chunki ushbu dorilarni bir vaqtda qabul qilish nojo‘ya ta‘sir rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Ibuprofenni asetilsalisil kislotasi bilan bir vaqtda qabul qilish, asetilsalisil kislotaning yalig‘lanishga qarshi va antiagregat ta‘sirini kamayishiga olib keladi (ibuprofen qo‘llashni boshlagan va shu vosita bilan birga dozasi kam bo‘lgan asetilsalisil kislotani qabul qilayotgan kasallarda o‘tkir koronar yetishmovchiligi rivojlanishiga yuqori xavf bor.)
- Boshqa NYAQV shu jumladan SOG-2 selektiv ingibitorlar: NYAQV guruhiga kirgan ikkita yoki undan ko‘proq preparatlarni bir vaqtni o‘zida qo‘llashdan saqlanish kerak, chunki nojo‘ya ta‘sir paydo bo‘lishining xavfi yuqori bo‘lib qoladi.
Ehtiyotkorlik bilan quyidagi dori vositalar bilan birgalikda qo‘llash kerak:
- Koagulyasiyaga qarshi va trombolitik preparatlar: NYAQVlar koagulyasiyaga qarshi dorilarni ta‘sirini kuchaytirishi mumkin, xususan varfarinni va trombolitik preparatlarni.
- Gipertenziyaga qarshi vositalar (APF ingibitorlari va angiotenzin antagonistlar) va diuretiklar: NYAQV ushbu guruh dori vositalarni samaraliligini kamaytirishi mumkin. Buyrak funksiyasi buzilgan ayrim kasallarda (maslan, suvsizlanishga duchor bo‘lgan yoki buyrak funksiyasi buzilgan keksa yoshdagi kasallarda) diuretiklar va APF ingibitorlar yoki angiotenzin 2 antagonistlar va siklooksigenazasini ingibitorlari bilan bir vaqtni o‘zida buyurish, buyrak funksiyasini, shu jumladan, (odatda tiklanadi) buyrakning o‘tkir yetishmovchiligini rivojlantirishiga olib keladi. Ushbu birga qabul qilinayotgan koksiblari va APF ingibitorlari yoki angiotenzin 2 antagonistlarini bir vaqtda qo‘llayotgan kasallarda vujudga kelayotgan o‘zaro ta‘sirlarni hisobga olish kerak. Shuning uchun yuqorida keltirilgan vositalarni bir vaqtda qabul qilish juda extiyotkorlik bilan amalga oshirilishi kerak, ayniqsa keksa kasallar uchun. Bemorlarda suvsizlanish holatlarini bartaraf etish zarur, undan tashqari bunday kombinasiyalashgan davolash boshlagandan so‘ng va keyinchalik ham buyrak funksiyasini monitoring qilish imkoniyatini ko‘rib chiqish kerak. Diuretik va APF ingibitorlari NYAQVning nefrotoksiklik xusussiyatini kuchaytirishi mumkin.
- Glyukokortikosteroidlar: MIY yaralari paydo bo‘lishi va me‘da-ichak qon ketishlar vujudga kelishining katta xavfi bor.
- Serotoninni qayta qamrab olinishini selektiv ingibitorlari va antiagregatlar: me‘da-ichak qon ketishlar vujudga kelishiga katta xavf bor.
- Yurak glyukozidlari: yurak glyukozidlari va NYAQVni birga buyurilishi yurak yetishmovchiligini zo‘rayishiga, qon plazmasida yurak glyukozidlarini to‘planishini ko‘payishiga va kalavacha filtrlashishining tezligini pasayishiga olib kelishi mumkin.
- Litiy preparatlari: NYAQV qo‘llash fonida qon plazmasida litiy to‘planishi qo‘payishini ehtimoli hakida ma‘lumotlar mavjud.
- Metotreksat: NYAQV qo‘llash fonida qon plazmasida metotreksat to‘planishi qo‘payishini ehtimoli hakida ma‘lumotlar mavjud.
- Siklosporin: NYAQV bilan birga siklosporinni bir vaqtda buyurish nefrotoksiklik xavfini oshiradi.
- Mifepriston: NYAQVni mifepriston qo‘lanilganidan 8-12 kun o‘tganidan so‘ng qo‘llash kerak, chunki NYAQV mifepristonni samarasini pasaytiradi.
- Takrolimus: NYAQV va takrolimus bir vaqtda buyurilganida, nefrotoksiklik xavfi oshishi mumkin.
- Zidovudin: NYAQV va zidovudinni bir vaqtni o‘zida qo‘llash gematotoksiklikni oshishiga olib kelishi mumkin. Zudovudin va ibuprofenni bir vaqtni o‘zida qabul qilgan gemofiliyasi bor OITS musbat bemorlarda gemartroz va gematoma vujudga kelishining yuqori havfi haqida ma‘lumotlar mavjud.
- Xinolon qatoridagi antibiotiklar: NYAQV va xinolon qatoridagi antibiotiklar bilan davolash buyurilgan kasallarda tomir tortishish xavfi oshishi ehtimoli oshadi.
- Mielotoksik preparatlar: gematotoksiklikni kuchayishi.
- Sefamandol, sefoperazon, sefotetan, valproyalik kislota, plikamisin: gipoprotrombemiya rivojlanishi oshadi.
- Egatchalik sekresiyani bloklovchi dori vositalar: preparatni organizmdan chiqishini sekinlashishi va ibuprofenni plazmalik to‘planishini oshishi.
- Mikrosomal oksidlanish induktori (fenitoin, etanol, barbituratlar, rifampisin, fenilbutazon, trisiklik antidepressantlar): gidroksillashgan faol metabolitlar ishlab chiqishini ko‘payishi, og‘ir intoksikasiyalar rivojlanishining yuqori darajadagi xavfi.
- Mikrosomal oksidlanish ingibitorlari: gepatotoksik ta‘sir xavfi pasayishi.
- Peroral gipoglikimik dori vositalar va insulin, sulfanilmochevina xosilalari: ta‘sirni kuchayishi.
- Antasidlar va kolestiramin: so‘rilishni pasayishi.
- Urikozorik preparatlar: preparatlarni effektivligini pasayishi.
- Kofein: og‘riq qoldiruvchi ta‘sirni kuchayishi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Dorini, simptomlarni yoqotish uchun kerak bo‘lgan maksimal darajada, qisqa kurs va minimal effektiv dozada qabul qilish tavsiya yetiladi. 10 kundan ko‘proq muddat davolanish kerak bo‘lsa, shifokorga murojaat qilish kerak.
Bronxial astma yoki allergik kasallik bilan kasallangan bemorlarda, aynan shu kasallarni avj olgan vaqtida, hamda anamnezida bronxial astma/ allergik kassaligi bor bemorlarda ushbu preparatni qo‘llash, bronxospazmni chaqirishi mumkin.
Tizimli qizil eritematoz yoki bog‘lovchi to‘qimalar aralash kasalligi bilan kasallangan bemorlarda, ushbu prepartni qo‘llash aseptik meningitni rivojlantirishi mumkin.
Uzoq muddat ichida davolanish vaqtida pereferik qon manzarasi, jigar va buyrak funksional holatini nazorat qilish zarur. Gastropatiya simptomlari yuzaga kelganida ezafagogastroduadenoskopiya, qonni umumiy tahlili (gemoglobin ko‘rsatkichini aniqlash), ahlatda qon mavjudligini aniqlovchi tahlillarni o‘tkazish bilan bog‘liq qattiy nazoratni amalga oshirish kerak. 17-ketosteroidlarni aniqlash kerak bo‘lsa, u holda preparat qabul qilishni, tadqiqot o‘tishidan 48 soat oldin to‘htatib qo‘iysh kerak. Davolash davrida etanolni qabul qilish tavsiya etilmaydi. Buyrak yetishmovchiligi bor kasallarga preparatni qabul qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashib ko‘rish kerak, chunki buyrak funksional holati yomonlashishi xavfi mavjud.
Gipertenziyalik kasallarga, shu jumladan anamnezda ham va/yoki surunkali yurak yetishmovchiligida preparatni qabul qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlishish kerak, chunki vosita suyuqlik ushlanib qolinishini, arterial qon bosimni oshishi va shish paydo bo‘lishini chaqirishi mumkin.
Nazoratsiz arterial gipertenziyali, NYHA bo‘yicha 2-3 sinfga mansub sust yurak yetishmovchiligi, yurakning ishemik kasallagi, periferik arteriyalarni kasalligi va/yoki serebrovaskulyar kasalligi bor bemorlarga, ibuprofenni faqat foyda-xavf mutanosibligini puhta hisoblab buyurish mumkin va bunda ibuprofenni yuqori dozalarini buyurishdan qochish kerak (> 2400 mg/sutkasiga).
NYAQVni suvchechak bilan kasallangan bemorlarga buyurish, teri va teri osti yog‘ kletchatkasi infeksiyaviy yalig‘lanishining yiringlik og‘irlashishlarini yuzaga kelish xavfi bilan bog‘liq bo‘lgan bo‘lishi mumkin (masalan, nekrozli fassit). Shuning uchun dori vositasini suvchechak vaqtida qabul qilishdan qochish kerak.
Homilador bo‘lishni rejalashtirayotgan ayollar uchun ma‘lumot: mazkur dori-vositalar siklooksigenaza va prostaglandilar sintezini susaytiradi, ayollarni reproduktiv funksiyasini buzib, ovulyasiyaga ta‘sir etadi (davolash bekor qilingandan keyin qayta tiklanadi).
Transport vositalari va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri.
Ibuprofenni qabul qilish vaqtida bosh aylanish, uyquchanlik, tormozlanish yoki ko‘rish qobiliyatini buzilishi. Avtotransport haydash yoki mexanizmlarni boshqarishdan o‘zini saqlash kerak.
Chiqarilish shakli
Qobiq bilan qoplangan 200 mglik tabletkalar
Alyuminiyli PVX/PVDX blisterda 6,8,10 yoki 12 dona tabletka mavjud.
Bir dona blister (6,8,10 yoki 12 dona tabletkalik) yoki ikkita blister (6,8,10 yoki 12 dona tabletkalik) yoki 3 blister (10, yoki 12 dona tabletkalik) yoki 4 blister (12 tabletkalik) yoki 8 blister (12 dona tabletkalik) qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma bilan birga karton pachka ichiga joylanadi.
SAQLASH SHAROITI
Dori vostasini 25 ºS dan yuqori bo‘lmagan holatda, bolalar qo‘li yetmaydigan joyda saqlash kerak.
SAQLASH MUDDATI
3 yil
Yaroqlik muddati o‘tgandan so‘ng ishlatish taqiqlanadi.
DORIXONALARDAN HARID QILISH SHAROITLARI
Shifokor reseptisiz.
Tarkibi:
5 ml suspenziya o'z ichiga oladi:
faol modda - ibuprofen 100 mg;
qo'shimcha moddalar: polisorbat 80 0,5 mg, glitserin 0,5 ml, maltitol siropi 1,625 ml, natriy saxarinat 10 mg, limon kislotasi 20 mg, natriy sitrat 25,45 mg, ksantan gumi 37,5 mg, natriy 5 0,5 mg glitserin yoki 37,5 mg, natriy 5 .6 mg 10 mi dominid, natriy 5.6 mg. qulupnay lazzati 500244E 12,5 mg, tozalangan suv 5 ml gacha.
Chiqarilish shakli
Ichga qabul qilish uchun suspenziya [apelьsinli, qulupnayli] 100 mg/5 ml.
Past zichlikdagi polietilen yoki polipropilen prokladka qopqoqchali 100 ml, 150 ml yoki 200 ml suspenziya saqlovchi polietilentereftalat flakon.
Har bir flakon shprits-dozator bilan majmuada tibbiyotda qoʼllanilishiga doir yoʼriqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.
Faqat qisqa muddatli foydalanish uchun. Preparatni qabul qilishdan oldin ko'rsatmalarni diqqat bilan o'qing.
Ishlatishdan oldin shishani yaxshilab silkiting. Preparatning dozasini aniq o'lchash uchun qulay o'lchash shpritslari biriktirilgan. 5 ml preparat tarkibida 1 ml dan 100 mg ibuprofen yoki 20 mg ibuprofen mavjud.
O'lchov shpritsidan foydalanish:
O'lchov shpritsini flakonning bo'yniga mahkam joylashtiring. Flakonni teskari burang va pistonni muloyimlik bilan pastga torting, suspenziyani shpritsga kerakli belgigacha torting. Flakonni asl holatiga qaytaring va shpritsni muloyimlik bilan burish orqali chiqarib oling. Shpritsni og'izga qo'ying va pistonni asta-sekin bosib, suspenziyani silliq bo'shatib qo'ying.
Foydalanishdan keyin shpritsni iliq suvda yuving va bolaning qo'li etmaydigan joyda quriting.
Isitma (isitma) va og'riq:
Bolalar uchun doz bolaning yoshi va tana vazniga bog'liq. Maksimal sutkalik doza bolaning tana vazniga 30 mg / kg dan oshmasligi kerak, preparatning dozalari orasidagi interval 6-8 soat.
3-6 oylik bolalar (bola vazni 5 dan 7,6 kg gacha): 2,5 ml (50 mg) 24 soat ichida 3 martagacha, kuniga 7,5 ml (150 mg) dan oshmasligi kerak.
6-12 oylik bolalar (bola vazni 7,7 - 9 kg): 2,5 ml (50 mg) 24 soat ichida 3-4 martagacha, kuniga 10 ml (200 mg) dan oshmasligi kerak.
1-3 yoshdagi bolalar (bola vazni 10-16 kg): 5,0 ml (100 mg) 24 soat ichida 3 martagacha, kuniga 15 ml (300 mg) dan ko'p bo'lmagan.
4-6 yoshdagi bolalar (bola vazni 17-20 kg): 7,5 ml (150 mg) 24 soat ichida 3 martagacha, kuniga 22,5 ml (450 mg) dan oshmasligi kerak.
7-9 yoshdagi bolalar (bola vazni 21 - 30 kg): 10 ml (200 mg) 24 soat ichida 3 martagacha, kuniga 30 ml (600 mg) dan oshmasligi kerak.
10-12 yoshdagi bolalar (bola vazni 31-40 kg): 15 ml (300 mg) 24 soat ichida 3 martagacha, kuniga 45 ml (900 mg) dan oshmasligi kerak.
Davolashning davomiyligi - 3 kundan ortiq emas. Belgilangan dozadan oshmang.
Agar preparatni 24 soat davomida (3-5 oylik bolalarda) yoki 3 kun ichida (6 oylik va undan katta yoshdagi bolalarda) qabul qilganda simptomlar saqlanib qolsa yoki kuchaysa, davolanishni to‘xtating va shifokor bilan maslahatlashing.
Emlashdan keyingi isitma:
6 oygacha bo'lgan bolalar: 2,5 ml (50 mg) preparat. Agar kerak bo'lsa, 6 soatdan keyin yana 2,5 ml (50 mg). 24 soat ichida 5 ml dan (100 mg) ko'proq foydalanmang.
Boshqa NSAIDlarni bir vaqtning o'zida qo'llash, oshqozon yarasi yoki oshqozon-ichak traktining yarali qon ketishining bir epizodining tarixi, gastrit, enterit, kolit, Helicobacter pylori infektsiyasining mavjudligi, yarali kolit; o'tkir bosqichda yoki tarixda bronxial astma yoki allergik kasalliklar - bronxospazm rivojlanishi mumkin; og'ir somatik kasalliklar, tizimli qizil yuguruk yoki aralash biriktiruvchi to'qima kasalligi (Sharpe sindromi) - aseptik meningit xavfini oshiradi; Suvchechak; buyrak etishmovchiligi, shu jumladan suvsizlanish (kreatinin klirensi 30-60 ml / min), suyuqlikni ushlab turish va shish, jigar etishmovchiligi, arterial gipertenziya va / yoki yurak etishmovchiligi, serebrovaskulyar kasalliklar, dislipidemiya / giperlipidemiya, diabetes mellitus, periferik arterial kasalliklar, noaniq qon kasalliklari etiologiya (leykopeniya, anemiya); oshqozon yarasi yoki qon ketish xavfini oshirishi mumkin bo'lgan boshqa dorilarni, xususan, og'iz orqali yuborish uchun glyukokortikosteroidlar (shu jumladan prednizolon), antikoagulyantlar (shu jumladan warfarin), serotoninni qayta qabul qilishning selektiv inhibitörleri (shu jumladan sitalopram, fluoksetin, paroksetin, sertralin) yoki antiplatin (sertralin) bilan bir vaqtda qo'llash. atsetilsalitsil kislotasi, klopidogrel); homiladorlik (I-II trimestr), emizish davri, qarilik.
Chiqarish shakllari