Apteka.uz
SavatKirish

Dolgit

Dolgit chiqarilish shakllari

DOLGIT krem 20g
DOLGIT krem 20g
Germaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Dolorgiet GmbH & Co. KG
•120 ta dorixonada bor
Narxi
33 700 so'm dan
DOLGIT krem 100g
DOLGIT krem 100g
Germaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Dolorgiet GmbH & Co. KG
•97 ta dorixonada bor
Narxi
76 200 so'm dan
DOLGIT krem 5%
DOLGIT krem 5%
Germaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Dolorgit GmbX i Ko.KG
•120 ta dorixonada bor
Narxi
33 700 so'm dan
- Dolgit qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Dolgitning tarkibi
- Dolgit ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Dolgit narxi Toshkent dorixonalarida

Dolgit haqida qo'llanma

Qo‘llash ko‘rsatmalari

  • Tayanch-harakat apparatining yallig'lanish va degenerativ kasalliklari: — artrit (revmatoid, psoriatik); — revmatizmda va podagra zo'rayishida bo'g'im sindromi; — elka-kurak periartriti; — Bexterev kasalligi (ankilozlovchi spondilit); — deformatsiyalovchi osteoartroz; — ildizcha sindromli osteoxondroz; — radikulit; — ishias; — lyumbago; — tendivit, tendovaginit, bursit. Mialgiya (revmatik va revmatik bo'lmagan kelib chiqishli). Yumshoq to'qimalar butunligi buzilmagan travmalar (sport, ishlab chiqarish, maishiy): — chiqishlar; — cho'zilishlar; — mushak yoki bog'lamlar uzilishi — lat yeyishlar; — travmadan keyingi yumshoq to'qimalar shishlari

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

  • — namlanuvchi dermatozlar (gel uchun); — ekzema (gel uchun); — infeksiyalangan yaralar va shilinishlar (gel uchun); — 1 yoshgacha bo‘lgan bolalar (gel uchun) — homiladorlik; — ko‘krak suti bilan boqish davri; — anamnezda atsetilsalitsil kislotasi va boshqa NYQPlarni qo‘llash bilan bog‘liq bronxial astma xurujlari yoki boshqa allergik ko‘rinishlar mavjudligi; — ibuprofen va preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik.

Tarkibi

  • ibuprofen 50 mg Yordamchi moddalar: triglitseridlar, glitserol (glitserin), propilenglikol, natriy metil-4-gidroksibenzoat, ksantan gummi, lavanda moyi, neroli moyi, suv. ibuprofen 50 mg Yordamchi moddalar: triglitseridlar, glitserol (glitserin), propilenglikol, natriy metil-4-gidroksibenzoat, ksantan gummi, lavanda moyi, neroli moyi, suv ibuprofen 50 mg Yordamchi moddalar: triglitseridlar, glitserol (glitserin), propilenglikol, natriy metil-4-gidroksibenzoat, ksantan gummi, lavanda moyi, neroli moyi, suv.

Farmakodinamikasi

Preparat mahalliy og'riq qoldiruvchi, yallig'lanishga qarshi va shishga qarshi ta'sir ko'rsatadi. Ibuprofenning spetsifik ta'sir mexanizmini muhim qismi prostaglandinlar biosintezini tormozlashidir. Og'riq sindromini pasayishi yoki yo'q bo'lishini chaqiradi, shu jumladan tinch yoki harakat holatidagi og'riqlar; bo'g'imlarning tonggi tanliligi va shishini kamaytiradi. Harakat hajmini oshishiga yordam beradi. Yallig'lanishga qarshi samarasidan tashqari, ibuprofen yallig'lanish joyida trombotsitlarning agregatsiyasini, shuningdek yallig'lanish sohasida leykotsitlarni migratsiyasini va lizosomal fermentlarni ajralib chiqishini kamaytiradi.

Farmakokinetikasi

Preparat faqat mahalliy qo‘llash uchun ishlatiladi: bunda sinovial suyuqlikdagi konsentratsiya 1.45 mkg/ml ni tashkil qiladi. Asosan siydik bilan chiqariladi.

Farmakologik ta'siri

Sirtqi qo'llash uchun N YaQP (nosteroid yallig'lanishga qarshi preparat). Dolgit mahalliy yallig'lanishga qarshi, og'riq qoldiruvchi va antiekssudativ ta'sir ko'rsatadi. Ibuprofenning o'ziga xos ta'sirining asosiy bo'g'ini yallig'lanish mediatorlari bo'lgan prostaglandinlar biosintezini tormozlashdir. Og'riq sindromining (shu jumladan tinch holatda va harakat paytida bo'g'imlardagi og'riqlar) susayishi yoki yo'qolishini, ertalabki qotib qolish va bo'g'imlar shishining kamayishini keltirib chiqaradi. Harakatlar hajmining oshishiga yordam beradi.

Nojo'ya ta'sirlar

  • Allergik reaktsiyalar: bo'lishi mumkin - bronxospazm (NYaQVlarga yuqori sezuvchanlikda); kamdan-kam hollarda - teri giperemiyasi, toshma, shish, achishish hissi, sanchish yoki teri qichishishi. Nojo'ya ta'sirlar yoki boshqa g'ayrioddiy reaktsiyalar paydo bo'lganda preparat bilan davolashni to'xtatish kerak, preparatni keyinchalik qo'llash imkoniyati shifokor tomonidan belgilanadi.

Dozani oshirib yuborilishi

Gel ko‘p miqdorda terining katta yuzasiga qo‘llanilganda yoki og‘iz bo‘shlig‘iga tushganda qorinda og‘riq, ko‘ngil aynishi, qusish, uyquchanlik, bosh og‘rig‘i kuzatilishi mumkin.

Dori shaklining ta'rifi

  • Sirtga qo'llash uchun 5% li gel tiniq, rangsiz, o'ziga xos hidli Sirtga qo'llash uchun 5% li krem

Maxsus ko‘rsatmalari

Preparatni ochiq jarohatli yuzaga, shikastlangan teri qoplamiga (shuningdek, infektsiyalangan shilingan joylarga va yaralarga) surtish mumkin emas; kremni ko'zlarga va boshqa shilliq qavatlarga tushishidan saqlanish kerak. Preparatni shifokor maslahatisiz 14 yoshgacha bo'lgan bolalarda qo'llash mumkin emas.
Preparatni tansport vositalarini va potentsial havfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sirining o'ziga hosligi
Ta'sir qilmaydi.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Boshqa dori vositalari qo‘llanilayotgan bo‘lsa, Dolgit kremini qo‘llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashish kerak. Ibuprofen sirtga qo‘llanilganda boshqa preparatlar bilan har qanday o‘zaro ta’sir aniqlanmagan.

Qo‘llash usuli va dozirovkasi

Sirtga!
Krem og'riq maydonining sohasiga teriga sutkada 3­4 marta surtiladi va preparat butunlay so'rilgunicha yengil harakatlar bilan ishqalanadi. 2­5 g (100­250 mg ibuprofen) ga mos ravishda 4­10 sm uzunlikdagi krem tizimchasi ishlatiladi, krem miqdori shikastlangan yuzaning maydoniga qarab surtiladi.
Davolash davomiyligini shifokor aniqlaydi, u kasallikning og'irlik darajasiga va shikastlanishning harakteriga bog'liq bo'lib, o'rtacha 2­3 haftani tashkil qiladi.
Ibuprofenning maksimal sutkalik dozasi 20 g (1000 mg ibuprofenga mos ravishda) ni tashkil qiladi.
Faol moddani teri orqali kirishi elektrofarez yordamida kuchaytirilishi mumkin. Bunday hollarda Dolgit® krem katodga surtiladi. Tokning jadalligi elektrod yuzasining 5 sm2 ga 0,1­0,5 mA ni tashkil qilishi kerak, muolajaning davomiyligi taxminan 10 minutni tashkil qiladi.

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Dolgit preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing
Manbalar ro‘yxati:

Dolgit narxlari

Dorixonalar
Manzil
Ish vaqti
Sotib olish
D5
Olmazor tumani, Sag'bon ko'ch., 246 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-18:00
34 600 so'm
Bron qilish
D5 №4
Shayxontoxur tumani, Samarqand Darvoza ko'ch., 1 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-18:00
34 600 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №23
Mirzo Ulug'bek tumani, Feruza ko'ch., 1 uy, 36 xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
35 000 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №20
Mirzo Ulug'bek tumani, TTZ 2 daha, Gulsanam ko'ch., 12A uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-22:00
35 000 so'm
Bron qilish

Dolgit haqida savollar

Dolgit haqida fikr-mulohazalar

Reyting 5.0, 8 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil