PERUFEN ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
PERUFEN
PERUFEN
Preparatning savdo nomi: Perufen
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): ibuprofen
Dori shakli: ichga qabul qilish uchun suspenziya
Tarkibi:
Ichga qabul qilish uchun har bir ml suspenziya quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: ibuprofen – 20 mg;
yordamchi moddalar: propilenglikol, gliserin, ksantan kamedi, suvsiz limon kislotasi, natriy benzoati, polisorbat 80, natriy saxarini, sorbitol (70% eritma), uch natriy sitrati, apelsin aromatizatori, tozalangan suv.
Ta‘rifi: oq yoki deyarli oq rangli, silkitilganidan keyin bir xil konsistensiyali, apelsin hidli suspenziya.
Farmakoterapevtik guruhi: Tayanch-harakat tizimi. Nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar. Propion kislotasining hosilalari.
ATX kodi: M01AE01.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamikasi
Ibuprofen prostaglandinlar sintezini ingibisiya qilish yo‘li bilan davomli yallig‘lanishga qarshi, og‘riqni qoldiruvchi va xaroratni pasaytiruvchi ta‘sirga ega bo‘lgan propion kislotasining hosilasidir. Shuningdek ibuprofen trombositlar agregasiyasi jarayonining ingibisiya qilinishi qaytmas samarasini ham namoyon qiladi.
Ibuprofenning ayrim biokimyoviy xususiyatlari, xususan gistaminni sintezi va serotoninni ajralib chiqishi, bradikininning faolligini susaytirish samarasi va kapillyarlarning o‘tkazuvchanligini oshishiga to‘sqinlik qilishi, uning klinik samarasiga ta‘sir qilishi xam mumkin.
Eksperimental ma‘lumotlar, ibuprofenni asetilsalisil kislotasining past dozalarini trombositlar agregasiyasiga ta‘sirini, bu ikki preparatlar birga qo‘llanganida, pasaytirishi mumkinligini kщrsatdi. Tadqiqotlarning birida, unda darxol ajralib chiquvchi 81 mg asetilsalisil kislotasi qo‘llashdan 8 soat oldin yoki 30 minut keyin 400 mg ibuprofen bir marta yuborilgan, asetilsalisil kislotasini tromboksan hosil bo‘lishiga yoki trombositlarning agregasiyasiga ta‘sirini susayishi kuzatilgan. Shu bilan birga, bu ma‘lumotlarning cheklanganligi va klinik vaziyatga ex vivo sharoitdagi ma‘lumotlarni ekstrapolyasiyasini ishonchli emasligi, ibuprofenni odatdagi qo‘llashga nisbatan aniq xulosalarga kelish imkoniyatini bermaydi. Ibuprofenni vaqti-vaqti bilan qo‘llashni ASK ning kardioprotektor ta‘siriga ta‘sirini klinik ahamiyatli ta‘sirini mavjudligini ehtimoli past hisoblanadi.
Farmakokinetikasi
So‘rilishi
Ibuprofen qo‘llanganidan keyin 1-2 soat o‘tgach qon plazmasida o‘ziningg cho‘qqi konsentrasiyasiga erishib, me‘da-ichak yo‘llaridan tez so‘riladi.
Taqsimlanishi
Ibuprofen qon plazmasi oqsillari bilan mustahkam bog‘lanadi.
Metabolizmi
Ibuprofen ikki faol bo‘lmagan metabolitga aylanib, jigarda metabolizmga uchraydi, ular o‘zgarmagan ibuprofen bilan birga buyraklar orqali o‘zgarmagan yoki kon‘yugasiyalangan xoldla chiqariladi.
Chiqarilishi
Ibuprofenning yarim chiqarilish davri taxminan 2 soatni tashkil qiladi.
Buyraklar orqali tez va to‘liq chiqariladi
Qo‘llanilishi
Revmatologiyada: yengildan to og‘irligi o‘rtacha darajali revmatik og‘riqlar (osteoartroz/osteoartrit).
Og‘riqni qoldiruvchi vositasida: birlamchi dismenoreya, odontalogiya, posttravmatik og‘riqlar (chiqishlar, lat yeyishlar, cho‘zilishlar, sinishlar), bo‘g‘imlardagi yengildan o‘rtachagacha og‘riqlar.
Isitmani tushiruvchi sifatida: yuqori xarorat (3 kundam kamroq).
3 oylikdan oshgan bolalar uchun qisqa vaqt davri davomida isitmani tushiruvchi davolash doirasida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Dozalash
Dozani tanlash pasientning xususiyatlari, uning yoshi va uning klinik holatiga bog‘liq.
5 ml eritma 100 mg ibuprofen saqlaydi.
Perufen qand saqlamaydi, shuning uchun uni diabetiklar qabul qilishlari mumkin.
Kattalar
Odatda odamlar ibuprofenning 200 mg, 400 mg va 600 mg kattalar uchun dozalarini boshqa dori shakllaridan foydalanishlariga qaramasdan, yutishni qiyinlashishi xollarida Perufenni 15 ml (300 mg) dozada kuniga 4 marta qabul qilishlari mumkin.
Kattalar va o‘smirlar uchun maksimal tavsiya etiladigan doza kuniga 2400 mg ni tashkil qiladi. Agar kattalar va o‘smirlarga bu dori vositasini yuqori xarorat tufayli 3 kundan, og‘riqni davolashda 4 kundan ko‘proq qabul qilish talab qilinsa, yoki simptomlar kuchaygan xolda, shifokorga murojaat qilish kerak.
Keksa odamlar
Buyrak yoki jigar yetishmovchiligi xollaridan tashqari, unda doza shaxsiy ravishda tanlanadi, dozaga tuzatish kiritish talab qilmaydi.
Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlar
Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda NYAQP (nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar) qo‘llanganidan ehtiyotkorlik namoyon qilish kerak. Buyraklar faoliyatini og‘irligi yengildan to o‘rtacha darajaligacha buzilishi bo‘lgan pasienlarda boshlang‘ich dozani kamaytirish kerak.
Og‘ir buyrak yoki jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlar ibuprofen qabul qilish mumkin emas (“Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar” bo‘limiga qarang).
Noxush samaralarni, simptomlarni bartaraf qilish uchun kerak bo‘lgan eng past samarali dozani eng qisqa vaqt davomida qo‘llash yo‘li bilan kamaytirish mumkin (“Maxsus ko‘rsatmalar” bo‘limiga qarang).
Davolashning o‘rtacha davomiyligi
O‘zgarishlar pasientning xususiyatlari va uning klinik xolati bilan belgilanadi.
Bolalar
Perufenni 3 oylikdan kichik yoki tana vazni 5 kg dan kam bolalarda, bunday yosh guruxi pasientlarda preparatni qo‘llash xaqida yetarli ma‘lumotlar bo‘lmaganligi tufayli, qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Peroral qabul qilish faqat qisqa vaqt davomida davolash uchun mo‘ljallangan.
Agar bu dori preparatini bolalarga 3 kundan ortiq berish zarurati bo‘lsa yoki simptomlar kuchaysa, shifokorga murojaat qilish kerak.
Maksimal tavsiya etiladigan sutkalik doza, 3 yoki 4 qabulga bo‘lingan kuniga 1 kg tana vazniga 20-30 mg ni tashkil qiladi. Dorini qabul qilish orasidagi interval kamida 6 soatni tashkil qiladi.
- 3 oylikdan 6 oylikkacha bolalar (tana vazni > 5 kg): 5 mg/kg kuniga 3 marta.
- 3 oylikdan 1 yoshgacha bo‘lgan bolalar: 2,5 ml (50 mg) kuniga 3 marta.
- 1 yoshdan 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar: 2,5 ml (50 mg) kuniga 3-4 marta.
- 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar: 5 ml (100 mg) kuniga 3-4 marta.
- 8 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar: 10 ml (200 mg) kuniga 3-4 marta.
Yuvinil idiopatik artritni davolashda, kuniga 1 kg tana vazniga ibuprofenni 40 mg dan yuqori bo‘lmagan dozadan yuqoriroq dozalari talab qilinishi mumkin.
Qo‘llash usuli
Perufen peroral qabul qilinadi, yaxshisi ovqatdan keyin.
Perufen o‘tkinchi og‘iz yoki tomoqda achishish hissini chaqirishi mumkin. Ishlatishdan oldin yaxshilab chayqatish kerak.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Ibuprofen qo‘llangandagi nojo‘ya reaksiyalar – boshqa NYAQP qo‘llashdagi kabi bir xil.
Eng ko‘p me‘da-ichak yo‘llari tomonidan reaksiyalar kuzatiladi. Bunday preparatlar qo‘llanganidan keyin ko‘ngil aynishi, dispepsiya, qusish, gematemezis, meteorizm, qorin og‘rig‘i, diareya, qabziyat, melena, aftoz stomatit, me‘da-ichakdan qon ketishlar, kolit va Kron kasalligini kuchayishi kuzatilgan.
Immun tizimi tomonidan buzilishlar
Ularga nospesifik allergik reaksiyalar va anafilaksiyani; respirator tizimining reaktivligini, shu jumladan astmani, astmada xolatni yomonlashishini, bronxospazi yoki xansirashni; teri kasalliklarini, shu jumladan turli teri toshmalarini, qichishish, eshakemi, gemorragik toshma, angionevrotik shishi va, juda kam xollarda bullyoz dermatitni (shu jumladan Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz va ko‘psonli eritemani) kiritish mumkin.
Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar
Kamroq tez-tezlikda gastrit, duodenal va me‘da yara rivojlanish xolatlari kuzatilgan.
Kam xollarda ibuprofen qo‘llanganidan keyin me‘da-ichak preforasiyasi xaqida xabar berilgan.
Juda kam xollarda pankreotit hollari xaqida xabarlar bo‘lgan.
Peptik yaralanish, potensial xalokatli qon ketishlar va perforasiya, ayniqsa keksa odamlarda kuzatilishi mumkin.
Peroral qo‘llash uchun ibuprofen suspenziyasi qabul qilinganidan keyin og‘izda yoki tomoqda achishish xissi paydo bo‘lishi mumkin, u o‘tib ketadi.
Umumiy buzilishlar
Ibuprofen qo‘llanganida shish va toliqish rivojlanish xollari qayd etilgan.
Yurak-qon tomir va bosh miya tomirlari tomonidan-miya buzilishlari
NYAQP qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan shish, gipertoniya va yurak yetishmovchiligi xollari xaqida xabarlar berilgan. Klinik va epidemiologik tajribalarning ma‘lumotlari, ibuprofenni qo‘llash, ayniqsa yuqori dozalarda (kuniga 2 400 mg) va davomli davolash, trombotik ko‘rinishlarni (masalan, miokard infarkti va insult) rivojlanishi xavfini biroz oshishiga olib kelishi mumkinligidan dalolat beradi (“Maxsus ko‘rsatmalar” bo‘limiga qarang).
Perufen kabi dori vositalari, yurak xuruji (miokard infarkti) yoki insult xavfini biroz oshishiga olib kelishi mumkin.
Bullyoz reaksiyalar, shu jumladan Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz (juda kam xollarda).
Quyida paydo bo‘lish tez-tezligi tartibida, a‘zolar tizimining xar bir sinfi doirasida berilgan boshqa tez-tez bo‘lmagan noxush reaksiyalar keltirilgan.
Infeksiyalar va invaziyalar
Rinitlar va aseptik meningit.
Qon va limfatik tizimlari tomonidan buzilishlar
Leykopeniya, trombositopeniya, aplastik anemiya, neytropeniya, agranulositoz va gemolitik anemiya.
Ruhiy buzilishlar
Uyqusizlik, bezovtalik, depressiya va ongni chalkashishi.
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar
Bosh og‘riqlari, bosh aylanishi, paresteziya, uyquchanlik va ko‘ruv nervining nevriti.
Ko‘rish a‘zolari tomonidan buzilishlar
Ko‘rishni buzilishi va toksik optik neyropatiya.
Eshitish a‘zolari tomonidan buzilishlar
Eshitishni buzilishi, vertigo va quloqlarda jaranglash.
Jigar va o‘t chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar
Gepatit, sariqlik, jigar faoliyatini buzilishi va jigar yetishmovchiligi.
Teri va teri osti kletchatkasi tomonidan buzilishlar
Fotosezuvchanlik reaksiyalari.
Buyraklar va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar
Nefrotoksiklik, shu jumladan interstisial nefrit, nefrotik sindrom va buyrak yetishmovchiligi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan xolatlar
- Ta‘sir etuvchi moddaga yoki yordamchi moddalardan birontasiga yuqori sezuvchanlik.
- Astma, rinit, eshakemi, angionevrotik shish yoki asetilsalisil kislotasi yoki boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlarni qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan bronxospazm.
- Qon ivishini buzilishlari (qon quyilishlarni kuchayishiga moyillik bilan).
- Ilgarigi NYAQP bilan davolash bilan bog‘liq bo‘lgan me‘da-ichakdan qon ketishlar yoki perforasiya.
- Yarali kolit, Kron kasalligi, peptik yara yoki rekurrent me‘da-ichak qon ketishi (u isbotlangan yaralanish yoki qon ketishini ikki yoki ko‘proq aloxida epizodlari sifatida aniqlanadi).
- Og‘ir yurak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlar.
- Og‘ir jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlar.
- Og‘ir buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlar (kreatinin klirensi minutiga 30 ml dan kam).
- Homiladorlikning uchinchi uch oyligida qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Litiy. NYAQP litiyning buyrak klirensini qon plazmasida uning darajasini muvofiq oshishi va uning toksikligini kuchayishi bilan pasaytirishi mumkin. Agar litiy bilan davolanayotgan pasientga ibuprofen buyurilsa, litiyning darajasini qat‘iy nazoratini o‘tkazish kerak.
Metotreksat. NYAQP metotreksatning tubulyar sekresiyasini ingibisiya qilishi va uning klirinsini pasaytirishi mumkin.
Yurak glikozidlari. NYAQP yurak yetishmovchiligini yomonlashtirishi, kalavalar filtrasiyasi tezligini sekinlashtirishi va qon plazmasida yurak glikozidlari darajasini oshirishi mumkin.
Xolesteramin. Ibuprofen va xolesteraminni bir vaqtda qo‘llash, ibuprofenni me‘da-ichak yo‘llaridan so‘rilish darajasini pasayishiga olib kelishi mumkin. Lekin uning klinik ahamiyati noma‘lum.
Siklosporin. NYAQP va siklosporinni qo‘llash nefrotoksiklik xavfini oshiradi.
Diuretiklar, angiotenzinga aylantiruvchi ferment ingibitorlari (AAFi) va angiotenzin II reseptorlarining blokatorlari (BRA-II). Nostroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar diuretiklar, shuningdek boshqa gipertoniyaga qarshi dori vositalarining, beta-blokatorlarning va diuretiklarning samaradorligini pasaytirishi mumkin.
Diuretiklar shuningdek NYAQP nefrotoksiklik xavfini oshirishi mumkin. Buyraklar faoliyatini buzilishi bo‘lgan ayrim pasientlarda (degidratasiyalangan pasientlarda yoki buyraklar faoliyatini buzilishi bo‘lgan keksa yoshdagi pasientlarda) ibuprofenni AAF ingibitorlari, angiotenzin II reseptorlarining blokatorlari (BAR-II) va siklooksigenaza ingibitorlari bilan birga qo‘llash, buyraklar faoliyatini yomonlashishiga, shu jumladan o‘tkir buyrak yetishmovchiligi rivojlanishiga mumkinligi olib kelishi mumkin, u butunlay qaytuvchan bo‘ladi. Ibuprofenni AAFi VA BRA-II bilan birga qabul qilayotgan pasientlarda bunday o‘zaro ta‘sir paydo bo‘lishi mumkinligini xisobga olish kerak. Shuning uchun bunday birga qo‘llashni ehtiyotkorlik bilan, ayniqsa keksa yoshdagi pasientlarni davolashda, o‘tkazish kerak. Pasientlar yetarli miqdorda suyuqlik olishlari kerak. Bundan tashqari, bunday majmuaviy davolashni boshida va keyinchalik vaqti-vaqti bilan buyraklar faoliyati nazoratini o‘tkazish zaruratini ko‘rib chiqish kerak.
Siklooksigenaza-2 ning selektiv ingibitorlari. Perufenni boshqa NYAQP bilan, shu jumladan siklooksigenaza-2 ning selektiv ingibitorlari, ularning mumkin bo‘lgan additiv ta‘siri oqibatida, birga qo‘llashdan saqlanish kerak.
Kortikosteroidlar. Me‘da-ichakda yara paydo bo‘lishi yoki qon ketishlarning yuqori xavfi (“Maxsus ko‘rsatmalar” bo‘limiga qarang).
Antikoagulyantlar. NYAQP varfarin kabi antikoagulyantlarning ta‘sirini kuchaytirishi mumkin (“Maxsus ko‘rsatmalar” bo‘limiga qarang).
Asetilsalisil kislotasi. Eksperimental tadqiqotlarning ma‘lumotlari, bu ikki tibbiy preparatlar birga qo‘llanganida ibuprofen asetilsalisil kislotasining (ASK) trombositlar agregasiyasiga ta‘sirini ingibisiya qilishi mumkinligidan dalolat beradi. Shu bilan birga, bu ma‘lumotlarning cheklanganligi va ex vivo sharoitdagi ma‘lumotlarni klinik vaziyatga ekstrapolyasiyasini ishonchli bo‘lmaganligi, ibuprofenni odatdagi qo‘llashni ASK samarasiga ta‘siri bo‘yicha aniq xulosalar qilish imkoniyatini bermaydi. Ibuprofenni vaqti-vaqti bilan qo‘llashni ASK kardioprotektor samarasiga ta‘sirini klinik axamiyatli samaralarini tekshirishni extimoli kam hisoblanadi (“Farmakodinamikasi” bo‘limiga qarang).
Trombozga qarshi vositalar va serotoninni qayta qamrab olinishining selektiv ingibitorlari. Me‘da-ichak qon ketishlarining yuqori xavfi (“Maxsus ko‘rsatmalar” bo‘limiga qarang).
Aminglikozidlar. NYAQA aminoglikozidlarning chiqarilishini sekinlashtirishi mumkin.
Gingko bilobi. Qon ketishlari xavfini oshirishi mumkin.
Mifepriston. Nazariy jihatdan, NYAQP antiprostaglandin ta‘siri oqibatida dori preparatining samaradorligi pasayishi mumkin. Cheklangan ma‘lumotlar, prostaglandinlar qo‘llangan kunda NYAQP ni qo‘llash mifepriston yoki prostaglandinni bachadon bo‘ynini yetilishiga yoki bachadonni qisqaruvchanlik qobiliyatiga ta‘siri samaralariga salbiy ta‘sir ko‘rsatmasligini, shuningdek xomiladorlikni klinik yo‘qotishga klinik samaradorligini pasaytirmasligidan dalolat beradi.
Xinolon qatori antibiotiklari. NYAQP va xinolonlarni qabul qilayotgan pasientlar, tirishishlar rivojlanishini yuqori xavfiga duchor bo‘lishlari mumkin.
Takrolimus. NYAQP takrolimus bilan birga qo‘llanganida, nefrotoksiklikning yuqori xavfi bo‘lishi mumkin.
Zidovudin. NYAQP zidovudin bilan birga qo‘llanganida, gematologik toksiklikning yuqori xavfi bor. Gemofiliyasi bo‘lgan OITV-pozitiv pasientlarda, ular zidovudin va boshqa NYAQP bilan majmuaviy davolanayotganlarida, gemartroz va gematomalarni yuqori xavfiga dalolatlar mavjud.
Sulfonilmochevinalar. NYAQP sulfonilmochevinalarning ta‘sirini kuchaytirishi mumkin. Sulfonilmochevina ibuprofen bilan birga qo‘llanganida pasientlarda gipoglikemiyaning kam xollari xaqida xabarlar bor.
CYP2C9 ingibitorlari. Ibuprofen va CYP2C9 birga qo‘llash ibuprofenning (u CYP2C9 substrati hisoblanadi) ta‘siriga ekspozisiyani oshishiga olib kelishi mumkin. Vorikonazol va flukonazolni (CYP2C9 ingibitorlari) qo‘llash bilan tadqiqotlar davomida S(+)-ibuprofen bilan ekspozisiyani taxminan 80-100% ga oshishi aniqlangan. Bir vaqtda CYP2C9 ingibitorlari qo‘llanganida, ibuprofenning dozasini pasaytirish imkoniyatini, ayniqsa ibuprofenning yuqori dozalari vorikonazol yoki flukonazol bilan birga qo‘llanganida, ko‘zda tutish kerak.
Maxsus ko‘rsatmalar
Noxush samaralarini simptomlarni bartaraf qilish uchun kerak bo‘lgan eng past samarali dozani qisqa vaqt davomida qo‘llash yo‘li bilan minimallashtirish mumkin (“Qo‘llash usuli va dozalari” bo‘limiga, shuningdek quyida MIY va yurak-qon tomir tizimi uchun xavfga nisbatan ma‘lumotga xam qarang).
Yurak-qon tomir va serebrovaskulyar samaralari.
NYAQP bilan davolash bilan bog‘liq bo‘lgan suyuqlikni tutilishi va shish rivojlanganligi xaqida xabarlar berilgan, shuning uchun anamnezida gipertoniyasi va/yoki yengildan o‘rtachagacha dimlangan yurak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarning xolatini sinchiklab kuzatish va ularga muvofiq tarzda maslaxat berish kerak.
Klinik va epidemiologik tadqiqotlarning ma‘lumotlari, ibuprofenni, ayniqsa yuqori dozalarda (kuniga 2 400 mg) va uzoq vaqt davomida qo‘llash, arterial trombotik ko‘rinishlar (masalan, miokard infarkti yoki insult) rivojlanish xavfini biroz oshishiga olib kelishi mumkin. Umuman, epidemiologik tadqiqotlar, ibuprofenning past dozalari (masalan, kuniga 1 200 mg) miokard infarkti xavfini oshishiga olib kelishini ko‘rsatadi.
Nazorat qilib bo‘lmaydigan gipertoniya, dimlangan yurak yetishmovchiligi, aniqlangan yurak ishemik kasalligi, periferik arteriyalarning kasalliklari va/yoki serebrovaskulyar kasalliklari bo‘lgan pasientlar, ibuprofenni faqat sinchiklab tekshirilgandan va baxolangandan keyin qabul qilishlari kerak. Ehtiyotkorlikning bunday choralarini xavfning yurak-qon tomir omillari (masalan, gipertoniya, giperlipidemiya, qandli diabet va chekish odati bo‘lganlar) bo‘lgan pasientlarni uzoq muddatli davolashni boshlash oldidan o‘tkazish kerak.
Perufen kabi dori preparatlarini qabul qilish yurak xuruji (miokard infarkti) yoki bosh miyada tomirli asoratlar (insult) xavfini biroz oshishi bilan birga kechishi mumkin. Xavf dozani oshishida va davomli davolashda oshadi. Tavsiya etilgan dozani yoki davolash davomiyligini oshirish mumkin emas.
Perufenni boshqa NYAQP bilan, shu jumladan siklooksigenaza-2 ning selektiv ingibitorlarini, bir vaqtda qo‘llashdan saqlanish kerak.
Astmasi yoki anamnezida bronxial astmasi bo‘lgan pasientlar ayniqsa extiyotkor bo‘lishlari kerak, chunki ibuprofen ularda bronxospazm rivojlanishini rag‘batlantirishi mumkin.
Suvni tutilishiga moyilligi bo‘lgan buyrak, jigar yoki yurak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlar ehtiyot bo‘lishlari lozim, chunki NYAQP ni qo‘llash buyrak faoliyatini yomonlashishiga olib kelishi mumkin. Bunday pasientlar uchun doza iloji boricha past bo‘lishi, buyraklar faoliyatini esa nazorat qilish kerak.
Keksa odamlar. Keksa odamlarda NYAQP qo‘llanganida noxush reaksiyalar paydo bo‘lishini yuqoriroq tez-tezligi xarakterli, ayniqsa me‘da-ichak qon ketishi va perforasiyani, ular xalokatli bo‘lishi mumkin.
Boshqa NYAQP kabi ibuprofenni ham, bir vaqtda AAF ingibitorlari yoki angiotenzin II reseptorlarining blokatorlarini qabul qilayotgan keksa odamlarda extiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Pasientlar yetarli miqdorda suyuqlik olishlari kerak. Bundan tashqari, bunday majmuaviy davolash boshlashdan oldin va keyinchalik vaqti-vaqti bilan buyraklarning faoliyatini nazoratini o‘tkazish zaruratini ko‘rib chiqish kerak.
Boshqa NYAQP kabi ibuprofen ham, infeksiya belgilarini niqoblashi mumkin.
Boshqa NYAQP kabi, ibuprofen bilan davolashni boshida, ahamiyatli suvsizlangan pasientlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Boshqa NYAQP xollardagi kabi, ibuprofenni davomli qo‘llash nekrotik papillitga va buyraklarni boshqa patologik o‘zgarishlariga olib kelgan. Buyrak toksikligining xollari shuningdek prostaglandinlar buyrak qon oqimini tutib turishda kompensator faoliyatni bajaradigan pasientlarda ham aniqlangan. Bunday pasientlarda NYAQP qo‘llash prostaglandinlarning xosil bo‘lishini dozaga bog‘liq pasayishiga va, ikkilamchi, buyrak qon oqimida, aniq buyrak dekompensasiyasiga olib keladi. Bunday reaksiya rivojlanishini yuqori xavfi bo‘lgan pasientlarga, buyraklar faoliyatini buzilishi, yurak yetishmovchiligi, jigar faoliyatini buzilishi bo‘lgan, siydik xaydovchi vositalar va AAF ingibitorlarini qabul qilayotganlar, shunigdek keksa odamlar kiradi. NYAQP ni qabul qilishni to‘xtatish, davolash boshlangunicha bo‘lgan xolatni tiklanishiga olib keladi.
Ibuprofen qabul qilayotgan jigarni shikastlanish simptomlariga o‘xshash simptomlar (ishtahani yo‘qolishi, ko‘ngil aynishi, qusish, sariqlik) va/yoki jigar faoliyatining ko‘rsatgichlarini (transaminazalar, bilirubin, alkalinfosfataza, gamma-GT darajasi) o‘zgarishi kuzatilgan pasientlarda jigar faoliyatini diqqat bilan nazorat qilish kerak. Agar transaminazalar, kon‘yugasiyalangan bilirubin yoki alkalinfosfataza darajasining ko‘rsatgichlari normaning yuqori chegarasidan 2 marta yuqori bo‘lsa, preparatni darxol bekor qilish va vaziyatni oydinlashtirish uchun tekshirishni boshlash kerak. Ibuprofenni qabul qilishga qaytish mumkin emas.
Boshqa NYAQP kabi ibuprofen ham, trombositlar agregasiyasi jarayonini ingibisiya qilishi va oddiy pasientlarda qon ketishi vaqtini uzaytirishi mumkin.
NYAQP saqlovchi boshqa dori preparatlari xolidagi kabi, ibuprofenni, noxush samaralar extimoli darajasini oshishi mumkinligi tufayli, asetilsalisil kislotasi bilan bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Juda kam xollarda NYAQP qabul qilish bilan bog‘liq bo‘lgan, ayrim xollarda o‘lim bilan yakunlanuvchi og‘ir teri reaksiyalari, shu jumladan eksfoliativ dermatit, Stivens-Djonson sindromi va toksik epidermal nekroliz, xabarlar bor. Ma‘lumki, bu reaksiyalarning rivojlanishini xavfi davolashni boshida yuqori va ko‘pchilik xollarda bu reaksiyalar davolashni birinchi oyi davomida paydo bo‘ladi. Perufenni qabul qilishni toshmaning birinchi belgilarida, shilliq qavatini shikastldanishida yoki yuqori sezuvchanlikning boshqa ko‘rinishlarida to‘xtatish kerak.
Me‘da-ichak qon ketishlari, yara paydo bo‘lishi va perforasiya.
Barcha NYAQP qabul qilishda, davolashni ko‘pchilik bosqichlarida, xavfli simptomlar yoki anamnezdagi og‘ir me‘da-ichak ko‘rinishlari bilan bog‘liq bo‘lgan, yoki bog‘liq bo‘lmagan potensial xalokatli me‘da-ichak qon ketishlari, yara paydo bo‘lishi va perforasiyalar xollari xaqida xabarlar berilgan. Anamnezida peptik yarasi bo‘lgan, ayniqsa qon ketishi yoki teshilish bo‘lgan pasientlarda (“Qo‘llash mumkin bo‘lmagan xolatlar” bo‘limiga qarang), shuningdek keksa odamlarda, NYAQP yuqoriroq dozalarida qon ketishlar, yara paydo bo‘lishi yoki perforasiyalarni xavfi yuqori. Bunday vaziyatlarda pasientlar abdominal simptomlar va ovqat hazm qilish yo‘llaridagi qon ketishlar, ayniqsa davolashni erta bosqichlarida, paydo bo‘lishi xaqida shifokoriga xabar berishi kerakligini bilishlari kerak.
Bunday pasientlarni davolashni eng past samarali dozadan boshlash kerak. Bunday pasientlarni, shuningdek kichik dozalarda asetilsalisil kislotasini yoki yara paydo bo‘lishi yoki qon ketishi xavfini oshirish qobiliyatiga ega bo‘lgan boshqa dori vositalarini, masalan, kortikosteroidlar, antikoagulyantlar (varfarin kabi), serotoninni qayta qamrab olinishini selektiv ingibitorlarini yoki antitrombositar birikmalarni, masalan asetilsalisil kislotasini bir vaqtda qabul qilishga muxtoj bo‘lgan pasientlarni davolashda, bir vaqtda ximoya vositalarini (masalan, mizoprestol yoki proton nasosining ingibitorlarini) qo‘llash imkoniyatini nazarda tutish kerak (“Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘siri” bo‘limiga qarang).
Perufen preparatini qabul qilayotgan pasientlarda me‘da-ichak qon ketishi yoki yara paydo bo‘lgan xolda, davolashni to‘xtatish kerak.
Agar dismenoreya biron-bir boshqa odatdagi bo‘lmagan ko‘rinishlar bilan birga kechsa, shifokorga murojaat qilish kerak.
Ibuprofenni qo‘llash bilan davolash jarayonida ko‘rishning buzilishi kuzatilgan pasientlar, davolashni to‘xtatishlari va oftalmologik tekshiruvdan o‘tishlari kerak.
Perufen bilan davolanish vaqtida homilador bo‘lish murakkabroq bo‘lishi mumkin.
Sorbitol saqlaydi (40 mg/ml): fruktozani o‘zlashtiraolmaslikning kam uchraydigan nasliy muammolari bo‘lgan pasientlar bu preparatni qabul qilmasliklari kerak.
Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llash
Homiladorlik
Epidemiologik tadqiqotlarning ma‘lumotlari o‘z-o‘zidan bola tashlashni, homiladorlikning erta bosqichida prostaglandin sintezining ingibitorlarini qo‘llash oqibatida yurakning rivojlanishini nuqsonlari va gastroshizisning yuqori xavfidan dalolat beradi. Yurakning rivojlanish nuqsonlarini mutloq xavfi 1% dan kamroq ko‘rsatgichdan taxminan 1,5% gacha oshgan. Doza va davolash davomiyligini oshishi bilan xavf oshadi deb taxmin qilinadi.
Xayvonlardagi eksperimentlarda, prostaglandin sintezini ingibitorlarini qo‘llash, implantasiyagacha va keyin abortlar tez-tezligini oshishiga va embrion va homila o‘limi darajasini oshishiga olib keladi. Bundan tashqari, prostaglandin sintezining ingibitorlarini ta‘siriga duchor bo‘lgan xayvonlarda, organogenez davri bosqichida qator rivojlanish nuqsonlar, shu jumladan yurak-qon tomir tizimining rivojlanish anomaliyalarini, tez-tezligini oshishi qayd qilingan.
Shunday qilib, qat‘iy ko‘rsatmalar bo‘lmaganida Perufenni homiladorlikning 1-nchi va 2-nchi uch oyliklari vaqtida qo‘llash mumkin emas.
Homiladorlikning 3-nchi uch oyligi vaqtida prostaglandin sintezining hamma ingibitorlari homilani xavfga duchor qilish qobiliyatiga ega:
- yurak-o‘pka toksiklik [arterial yo‘lini (botallov yo‘li) muddatidan oldin berkilishi va o‘pka gipertoniyasi bilan];
- buyraklarning faoliyatini buzilishi, u oligogidramnioz bilan buyrak yetishmovchiligiga o‘tib ketishi mumkin.
Homiladorlikning yakuniy bosqichida ona va bola quyidagi hollarda xavfga duchor bo‘lishlari mumkin:
- qon ketishi davomiyligi uzayishi mumkin, ya‘ni trombositlar agregasiyasiga ta‘siri, u xatto preparatning juda past dozalari qabul qilinganida xam kuzatilishi mumkin;
- keyingi tug‘ruqni kechikishi yoki davomiyligini uzayishi bilan bachadon qisqarishlarini susayishi.
Homiladorlikning 3-nchi uch oyligi bosqichida Perufenni qo‘llash mumkin emas.
Tug‘ruq vaqtida Perufenni qo‘llash tavsiya etilmaydi. Ona va bolada qon quyilishlarga moyillikni kuchayishi bilan tug‘ruqni boshlanishini kechikishi va davomiyligini uzayishi yuz berishi mumkin.
Emizish
Bugungi kunda mavjud bo‘lgan tadqiqotlarning cheklangan ma‘lumotlari ko‘krak sutida ibuprofenning past konsentrasiyalari borligidan dalolat beradi. Emizikli onalarga ibuprofenni qabul qilish tavsiya etilmaydi.
Fertillik
Prostaglandinlar sintezini va siklooksigenaza faolligini susaytiruvchi moddalar, ovulyasiya jarayoniga ta‘sir qilish yo‘li bilan ayollarda fertillikni pasayishiga olib kelishlari mumkinligi xaqida ayrim ma‘lumotlar bor. Bunday samara preparat bilan davolash to‘xtatilganidan keyin qaytuvchan hisoblanadi.
Avtomobilni va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri
Ibuprofen pasientning reaksiya tezligiga ta‘sir qilishi mumkin. Shuning uchun transport vositalarini boshqarishda va mexanizmlarga xizmat ko‘rsatishda e‘tiborliroq bo‘lish kerak.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Toksik ta‘sirning belgilari va simptomlari bolalar yoki kattalar tana 100 mg/kg dan past dozalarda odatda namoyon bo‘lmaydi. Lekin samarani bir maromda ushab turuvchi davolash kerak bo‘lishi mumkin.
Toksik ta‘sirning belgilari va simptomlari bolalarda 1 kg tana vazniga ibuprofenning 400 mg dan ko‘proq dozalarida namoyon bo‘ladi.
Simptomlar.
Ibuprofenning ahamiyatli dozalarini qabul qilgan ko‘pchilik pasientlarda, simptomlar 4-6 soatlar o‘tgach namoyon bo‘lishi mumkin. Eng ko‘p dozani oshirib yuborilishining ko‘ngil aynishi, qusish, qorin og‘rig‘i, letargiya va uyquchanlik kabi simptomlari xaqida xabar berilgan.
Davolash.
Ibuprofenning spesifik antidoti mavjud emas. Agar bir necha soat davomida qabul qilingan ibuprofenning dozasi 400 mg/kg dan yuqori bo‘lsa, keyingi tutib turuvchi choralar bilan me‘dani yuvishni o‘tkazish tavsiya etiladi.
Chiqarilish shakli
Flakon 200 ml; o‘lchov moslamasi bilan majmuada.
Saqlash sharoiti
25oS dan yuqori bo‘lmagan xaroratda saqlansin.
Yorug‘likdan himoyalash uchun original o‘ramida saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Ochilganidan keyin, 3 oy davomida ishlatilsin.
Dorixonalardan berish tartibi
Reseptsiz beriladi.
Chiqarish shakllari