Fastum
Fastum chiqarilish shakllari




Fastum haqida qo'llanma
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
• “Tarkibi” boʼlimida sanab oʼtilgan taʼsir etuvchi modda yoki biror bir yordamchi moddalarga yuqori sezuvchanlik.
• Аnamnezda ketoprofenga, atsetilsallitsil kislotasiga yoki boshqa nosteroid yalligʼlanishga qarshi vositalarga (NYaQV) astma hurujlari kabi yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari yoki boshqa allergik reaktsiyalar borligi.
• Аnamnezda har qanday fotosezuvchilik reaktsiyalari.
• Yuqori sezuvchanlikning maʼlum reaktsiyalari, masalan ketoprofenni, fenofibratni, tiaprofen kislotasining, atsetilsalitsil kislotasini yoki boshqa NYaQVlarni qoʼllashda yuzaga kelgan astma simptomlari, allergik rinit.
• Аnamnezda ketoprofenni, tiaprofen kislotasini, fenofibratni, UB-blokatorlarni yoki attorlik mahsulotlarini qoʼllaganda allergiyaning teri koʼrinishlarining mavjudligi.
• Gel bilan davolash va uni toʼxtatgandan keyin 2 hafta davomida quyosh tegida boʼlish, jumladan, yoyilgan quyosh yorugʼligi yoki solyariyda UB-nurlanishning taʼsiri (“Mahsus koʼrsatmalar” boʼlimiga qarang)
• Gelni teri yuzalarida terining patologik oʼzgarishlari - masalan ekzema, husnbuzar, infektsion jarayon yoki ochiq jarohatlar boʼlgan yuzalariga surtish mumkin emas.
• Homiladorlikning uchinchi trimestri (“Fertillik, homiladorlik va laktatsiya” boʼlimiga qarang) da qoʼllash mumkin emas.
Farmakodinamikasi
Ketoprofen tegishli yordamchi moddalar bilan birga preparatning tarkibiy qismiga kiruvchi, yalligʼlanish joyiga teri orqali kirib boradi va ogʼriq sindromi bilan kechadigan, shu bilan boʼgʼinlar, paylar, bogʼlamlar va mushaklarning shikastlanishida mahalliy davolash taʼsir koʼrsatish imkoniyatini taʼminlaydi.
Farmakokinetikasi
Ketoprofen bir marta peroral yuborilgandan keyin, uning qondagi maksimal kontsentratsiyasiga 2 soat davomida erishiladi.
Plazmadan ketoprofenning yarim chiqarilish davri 1 soatdan 3 soatgacha tashkil etadi. Qon plazmani oqsillari bilan bogʼlanishi 60-90% ni tashkil qiladi. Chiqarilishi asosan siydik bilan, glyukuron kislotasi bilan bogʼlangan koʼrinishda amalga oshadi; yuborilgan moddaning taxminan 90% 24 soat davomida chiqariladi.
Teri ustiga surtilganda soʼrilishi, juda kuchsiz. Haqiqatan teri ustiga (transdermal ichiga oʼtishiga erishish uchun) 50-150 mg ketoprofen suritilganda ham, qon plazmasida taʼsir etuvchi moddaning kontsentratsiyasi koʼrsatkichi taxminam 5-8 soatdan keyin 0,08-0,15 mkg/ml ni tashkil qiladi.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi
Homiladorlik
Sichqonlarda va kalamushlarda oʼtkazilgan tadqiqotlarda teratogen yoki embriotoksik taʼsirlar namoyon boʼlmagan. Quyonlarda oʼtkazilgan tadqiqotlarda, ehtimol qilingan ona organizmiga nisbatan toksiklik bilan bogʼliq boʼlgan ahamiyatsiz embriotoksik taʼsir qayd etilgan.
Mahalliy qoʼllash uchun ketoprofenning dori shakillari homiladorlik davrida qoʼllanilishi klinik maʼlumotlar yoʼq. Hatto ketoprofenning ichga qabul qilingandan keyingi tizimli taʼsiri taqqoslanganda past bulsada, mahalliy qoʼllash orqali erishilgandan keyingi tizimli taʼsiri embrion/homilaga zararli boʼlishi mumkinligi noʼmalum. Qattiq zaruratsiz homiladorlikning birinchi va ikkinchi trimestirlarida Fastum® gelьni qoʼllash tavsiya etilmaydi. Preparatni qoʼllashda uning dozazi past boʼlishi kerak va davolash davomiyligi iloji boricha qisqa boʼlishi kerak.
Xomiladorlikning uchinchi trimestrida prostaglandin sintezining ingibitorlari, jumladan ketoprofen ham, mahalliy qoʼllanilishida homilada yurak-oʼpka tizimi va buyraklariga toksik taʼsiri etishi mumkin. Homiladorlikning oxirida, onada boʼlganidek, bolada ham, qon ketish vaqti uzayishi mumkin xamda tugʼish faoliyatining sekinlashishi uchrashi mumkin. Shuning uchun Fastum® gelьni homiladorlikning uchinchi trimestrida qoʼllash mumkin emas (“Qoʼllash mumkin boʼlmagan holatlar” boʼlimiga qarang).
Emizish davri
Ketoprofenning insonda ona sutiga oʼtishi haqidagi maʼlumotlar mavjud emas. Ketoprofenni emizikli onalarga qoʼllash tavsiya etilmaydi.
Dozani oshirib yuborilishi
Mahalliy qoʼllashda dozani oshirib yuborilish ehtimoli kam. Gelni behosdan ichga yutib yuborganda, ichiga tushgan preparat miqdoriga bogʼliq holda tizimli nojoʼya taʼsirlar rivojlanishi mumkin. Shunga qaramay, dozani oshirib yuborilish belgilari rivojlanganda yalligʼlanishga qarshi vositalarni dozasi oshirilib yuborilganda davolashga muvofiq keladigan simptomatik va ushlab turuvchi davolashni oʼtkazish kerak.
Maxsus ko‘rsatmalari
• Yurak, jigar yoki buyrak funktsiyasi past boʼlgan patsientlarda gelьni ehtiyotkorlik bilan qoʼllash kerak: buyraklarning shikastlanishi bilan bogʼliq boʼlgan tizimli nojoʼya taʼsirlarning yakka holatlari haqida xabar berilgan.
• Koʼp miqdorda preparatni mahalliy qoʼllanilishi tizimli taʼsirlarga, masalan yuqori sezuvchanlik yoki astmaga olib kelishi mumkin.
• Toshma paydo boʼlganida davolashni bekor qilish kerak.
• Tavsiya etilgan davolash davomiyligini oshirish kerak emas, chunki vaqt oʼtishi bilan kontakt dermatit va fotosezuvchilik reaktsiyalarining rivojlanish xavfi ortadi.
• Dori vositani har gal qabul qilingandan keyin, qoʼllarni yaxshilab yuvish kerak.
• Har qanday teri reaktsiyalari, jumladan tarkibida oktokrilenga ega boʼlgan mahsulotlarni birgalikda qoʼllash bilan bogʼliq boʼlgan reaktsiyalar rivojlansa, gelьni qoʼllashni darhol toʼxtatish zarur.
• Davolash vaqtida va u yakunlaganidan keyin ikki hafta davomida teri fotosensibilizatsiyasi rivojlanishidan saqlanish uchun preparat surtiladigan teri sohalarini kiyim bilan himoyalash tavsiya etiladi.
• Gelь qoʼllanilishi va okklyuzion bogʼlamda yurishni birlashtirish kerak emas.
• Gelьni shilliq qatlamga yoki koʼzlarga tushishidan saqlanish kerak.
• Аstma bilan birga surunkali rinit, surunkali sinusit va/yoki burun poliplaridan aʼziyat chekayotgan patsientlarda, boshqa odamlarga qaraganda atsetilsalitsil kislotasi va/yoki NYaQV ga allergiya rivojlanishining xavfi yuqoriroqdir.
Ushbu dori preparatining tarkibiga neroli aromatizatori kiradi, u sitralь, sitronellol, farnezol, geraniol, D-limonen va linalool allergenlarini saqlaydi, va shunindek lavandin aromatizatori, tarkibida kumarin, geraniol, D-limonen va linalool allergenlarni saqlanadi. Shu allergenlar allergik reaktsiyalarni chiqarishi mumkin.
Bir gramm gelьga ushbu dori preparati 307 mg spirt (etanol) saqlaydi. U zararlangan terida achishish hissini chaqirishi mumkin.
Fertillik, homiladorlik va laktatsiya
Homiladorlik
Sichqonlarda va kalamushlarda oʼtkazilgan tadqiqotlarda teratogen yoki embriotoksik taʼsirlar namoyon boʼlmagan. Quyonlarda oʼtkazilgan tadqiqotlarda, ehtimol qilingan ona organizmiga nisbatan toksiklik bilan bogʼliq boʼlgan ahamiyatsiz embriotoksik taʼsir qayd etilgan.
Mahalliy qoʼllash uchun ketoprofenning dori shakillari homiladorlik davrida qoʼllanilishi klinik maʼlumotlar yoʼq. Hatto ketoprofenning ichga qabul qilingandan keyingi tizimli taʼsiri taqqoslanganda past bulsada, mahalliy qoʼllash orqali erishilgandan keyingi tizimli taʼsiri embrion/homilaga zararli boʼlishi mumkinligi noʼmalum. Qattiq zaruratsiz homiladorlikning birinchi va ikkinchi trimestirlarida Fastum® gelьni qoʼllash tavsiya etilmaydi. Preparatni qoʼllashda uning dozazi past boʼlishi kerak va davolash davomiyligi iloji boricha qisqa boʼlishi kerak.
Xomiladorlikning uchinchi trimestrida prostaglandin sintezining ingibitorlari, jumladan ketoprofen ham, mahalliy qoʼllanilishida homilada yurak-oʼpka tizimi va buyraklariga toksik taʼsiri etishi mumkin. Homiladorlikning oxirida, onada boʼlganidek, bolada ham, qon ketish vaqti uzayishi mumkin xamda tugʼish faoliyatining sekinlashishi uchrashi mumkin. Shuning uchun Fastum® gelьni homiladorlikning uchinchi trimestrida qoʼllash mumkin emas (“Qoʼllash mumkin boʼlmagan holatlar” boʼlimiga qarang).
Emizish davri
Ketoprofenning insonda ona sutiga oʼtishi haqidagi maʼlumotlar mavjud emas. Ketoprofenni emizikli onalarga qoʼllash tavsiya etilmaydi.
Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlarga xizmat koʼrsatish qobiliyatiga taʼsiri
Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlarga xizmat koʼrsatish qobiliyatiga taʼsiri haqida xabar berilmagan.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Mahalliy qoʼllashdan keyin qon zardobidagi kontsentratsiyasi past boʼlganligi sababli, bunday oʼzaro taʼsiri ehtimoli kam.
Qo‘llash usuli va dozirovkasi
Dozalash
12 yoshdan katta oʼsmirlar va kattalar
Sutkada 1-3 marta gelni terining jarohatlangan yuzalariga ingichka qatlam qilib surtilsin. Gelning surtilgan miqdori jarohatlanish joyiga mos kelishi kerak. Har bir qoʼllanilishda 5-10 sm uzunlikdagi gel surtilishi zarur.
Pediatrik profildagi patsientlar
Bolalarda ketoprofen gelining qoʼllanilish xavfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan.
Qoʼllash usuli
Fastum® gelni maxalliy ravishda teriga surtiladi va yaxshi soʼrilishi uchun biroz ehtiyotkorlik bilan uqalanadi.
Fastum® gelni okklyuzion boʼlmagan bogʼlam sifatida qoʼllash mumkin, lekin okklyuzion germetik bogʼlam boʼlganda qoʼllash mumkin emas.
Yumshoq alyumin tubani ochish uchun qalpoqchani burab chiqarish kerak va qalpoqchaning teskari tomonida mavjud boʼlgan uchlik bilan alyumin membranani teshish kerak.
Dozatorli tubani qoʼllashga tayyorlash uchun dozatorni boshchasiga yoki tubaning asosiga gel paydo boʼlgunicha bir necha marta bosish kerak; qoʼllashda tubani gorizontal holatda ushlab turish tavsiya etiladi.
Аgar Siz Fastum® gel preparatini qabul qilishni unutgan boʼlsangiz
Oʼtkazib yuborilgan qabul qilishni oʼrnini qoplash uchun preparatni ikkilangan dozada surmang.
- 1. Dori vositalari va tibbiy buyumlar Davlat reestri (O‘zbekiston Respublikasi)
- 2. Ishlab chiqaruvchining rasmiy yo‘riqnomasi
- 3. Anatomik-terapevtik-kimyoviy tasnif (ATX)
























