ORGIL qobiqli tabletkalar 500 mg N100

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!

ORGIL qobiqli tabletkalar 500 mg N100

Retseptli preparat
Kategoriya: - Ginekologik dorilar
Ishlab chiqarilish joyi: - Hindiston
Faol modda: - ornidazol
Ishlab chiqaruvchi: - Kusum Healthcare Pvt. Ltd
ATX kodi: - G01AF06
Noaniqliq haqida habar berish
O'zbekiston Sog'liqni Saqlash Vazirligi tomonidan 20.05.2016 da DV/X 01749/05/16 registratsion raqami bilan ro'yxatdan o'tgan


Mahsulot haqida tafsilotlar

ORGIL qobiqli tabletkalar 500 mg N100 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

ORGIL®

ORGYL®

 

Preparatning savdo nomi: Orgil®

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): ornidazol (ornidazole)

Dori shakli: qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Tarkibi:

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 500 mg ornidazol;

yordamchi moddalar: mikrokristall sellyuloza, kraxmal, natriy kroskarmeloza, magniy stearati, to‘q sariq bo‘yovchi.

Ta‘rifi: to‘q sariq rangli qobiq bilan qoplangan dumaloq tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi. Tizimli qo‘llash uchun mikroblarga qarshi vositalar. Nitroimidazol hosilalari.

ATX kodi: G01A.

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Orgil Trichomonas vaginalis, Entamoeba histolytica, Giardia lamblia (Giardia intestinalis) ga, shuningdek Gardnerella vaginalis, Bacteroides va Clostridium spp., Fusobacterium kabi ayrim anaerob bakteriyalar va anaerob kokklarga nisbatan samarali.

Farmakokinetikasi

So‘rilishi. Peroral qabul qilingandan so‘ng ornidazol tez so‘riladi. So‘rilishi o‘rtacha 90% ni tashkil etadi. Plazmadagi maksimal konsentrasiyalariga 3 soat davomida erishiladi.

Taqsimlanishi. Ornidazolning oqsillar bilan bog‘lanishi taxminan 13%. Orgilning faol moddasi orqa miya suyuqligiga, organizmning boshqa suyuqliklariga va to‘qimalarga yaxshi o‘tadi. Ornidazolning plazmadagi konsentrasiyasi preparatni qo‘llanishi bo‘yicha turli ko‘rsatmalar uchun optimal diapazonda bo‘ladi (6-36 mg/l). Sog‘lom ko‘ngillilar tomonidan har 12 soatda 500 mg yoki 1000 mg dozada ko‘p marta qabul qilinganidan keyin kumulyasiya koeffisienti 1,5-2,5 ni tashkil etadi.

Metabolizmi. Ornidazol jigarda asosan 2-gidroksimetil va a-gidroksimetil metabolitlarini hosil bo‘lishi bilan metabolizmga uchraydi. Ikkala metabolitining ham o‘zgarmagan ornidazolga qaraganda Trichomonas vaginalis va anaerob bakteriyalarga nisbatan faolligi kamroq.

Chiqarilishi. Yarim chiqarilish davri taxminan 13 soat. Bir marta qabul qilingandan so‘ng, ornidazol dozasining 85% birinchi 5 kunlar davomida, asosan metabolitlar ko‘rinishida chiqariladi. Qabul qilingan dozaning taxminan 4% o‘zgarmagan holda buyraklar orqali chiqariladi.

Qo‘llanilishi

Trixomoniaz (Trichomonas vaginalis chaqirgan ayollar va erkaklarning siydik chiqarish yo‘llaridagi infeksiyalar); amyobiaz (Entamoeba histolytica chaqirgan barcha ichak infeksiyalari, shu jumladan amyob dizenteriya, amyobiazning barcha ichakdan tashqari shakllari, ayniqsa, jigarning amyob abssessi); lyamblioz, chambar ichak va ginekologiyadagi operativ aralashuvlardagi anaerob bakteriyalar chaqirgan infeksiyalarni oldini olish.

Qo‘llash usuli va dozalari

Orgil tabletkalari doimo ovqatdan so‘ng qabul qilinadi.

Trixomoniaz. 1 tabletkadan sutkada 2 marta (ertalab va kechqurun) 5 kun davomida. Takroriy yuqishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun, barcha holatlarda jinsiy sherik xuddi shu davolash kursini olishi kerak.

Tana vazni 20 kg dan ortiq 5 yoshdan oshgan bolalar uchun sutkalik doza har kg tana vazniga 25 mg/kg ni tashkil etadi (lekin sutkada 1 g dan ko‘p emas) va bir qabulga buyuriladi.

Amyobiaz. Mumkin bo‘lgan davolash sxemasi: amyob dizenteriyasi bo‘lgan bemorlarni uch kunlik davolash kursi va amyobiazning barcha ko‘rinishlarida 5-10 kunlik davolash kursi.

Davolashning davomiyligiSutkalik doza
Tana vazni 35 kg dan ortiq bo‘lgan kattalar va bolalarTana vazni 35 kg gacha bo‘lgan bolalar 
a) ameb dizenteriya

3 kun

bir qabulga 3 tabletka kechqurun; tana vazni 60 kg dan ortiq bo‘lsa:

4 tabletka (2 tabletkadan ertalab va kechqurun)

35 kg – bir qabulga 3  tabletka

25 kg – bir qabulga 2  tabletka

15 kg – bir qabulga 1  tabletka

(bir qabulga tana vaznining har kg ga     40 mg dan hisoblanadi)

 
b) amebiaz-ning boshqa shakllari

5-10 kun

2 tabletka (1 tabletkadan ertalab va kechqurun)35 kg – bir qabulga 2  tabletka

25 kg – bir qabulga 1  tabletka

15 kg – bir qabulga 1/2  tabletka

(bir qabulga tana vaznining har kg ga     25 mg dan hisoblanadi)

 

 

Lyamblioz. Kattalar va tana vazni 35 kg dan ortiq bo‘lgan bolalarga bir marta kechqurun 3 tabletka buyuriladi, tana vazni 35 kg dan kam bo‘lgan bolalarga –tana vaznining har kg ga sutkada 40 mg doza bir marta qabul uchun buyuriladi. Davolashning davomiyligi 1-2 kunni tashkil etadi.

Anaerob bakteriyalar chaqirgan infeksiyalarni oldini olish: Operasiyadan oldin preparatning 1-2 tabletkasi buyuriladi, operasiyadan keyin – 3-5 kun davomida 1 tabletkadan sutkada 2 marta.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Kuchsiz namoyon bo‘ladigan uyquchanlik, bosh og‘rig‘i va me‘da-ichak buzilishlari (ko‘ngil aynashi). Alohida hollarda – markaziy nerv tizimi tomonidan bosh aylanishi, qaltirash, koordinasiyani buzilishi, tirishishlar, charchoqlik, xushni vaqtinchalik yo‘qotish, sensor yoki aralash periferik neyropatiya belgilari kabi buzilishlar. Ta‘m sezishni buzilishi, jigar funksional sinamalarini o‘zgarishi, teri reaksiyalari va o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari kabi holatlar kuzatilgan.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatning komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik. Orgil®ni markaziy nerv tizimining kasalliklari, tutqanog‘i bo‘lgan pasientlarda, homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Ornidazol kumarin qatori peroral antikoagulyantlarning ta‘sirini potensiyalaydi, bu ularning dozasini mos ravishda to‘g‘rilashni talab etadi. Ornidazol vekuroniy bromidining mushaklarni bo‘shashtiruvchi ta‘sirini uzaytiradi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Trixomoniazni davolashda ikkala sherikni ham bir vaqtda davolash lozim.

Homiladorlik va laktasiya

Homiladorlarda nazoratli tadqiqotlar o‘tkazilmagan, shuning uchun homiladorlik vaqtida preparatni ona uchun kutilayotgan foyda, homila uchun potensial xavfdan ustun bo‘lgan holdagina buyurish mumkin. Preparat bilan davolanish vaqtida emizishni to‘xtatish lozim.

Avtomobilni boshqarish va texnik moslamalarni ishlatish qobiliyatiga ta‘siri

Orgil® transport vositalarini boshqarish va murakkab mexanizmlarga xizmat ko‘rsatish qobiliyatiga ta‘sir etmaydi, lekin nerv tizimi tomonidan nojo‘ya ta‘sirlar paydo bo‘lgan holda bunday faoliyatdan saqlanish kerak.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: tirishishlar, depressiya, periferik nevrit.

Davolash: simptomatik, spesifik antidoti noma‘lum.

Chiqarilish shakli

10 tabletkadan blisterda, 1 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

10 tabletkadan blisterda, 10 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

Saqlash sharoiti

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 15-25oS haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Analoglar
ORDIGIL infuziya uchun eritma 5 mg/ml 100 ml
  • Ishlab chiqarilish joyi:Hindiston
  • Faol modda: ornidazol
  • Ishlab chiqaruvchi:VMG Pharmaceuticals Pvt. Ltd
  • Vakil:Healthcare Business MChJ
ORNIMED №20 TAB.
  • Ishlab chiqarilish joyi:Belarusiya
  • Faol modda: ornidazol
  • Ishlab chiqaruvchi:ООО «Рубикон», РБ, 210002, г. Витебск, ул. М. Горького, 62Б
  • Vakil:Rubikon Vakilligi MChJ
Narx: 73 150 so'mdan Batafsil
ORNIMED №10 TAB.
  • Ishlab chiqarilish joyi:Belarusiya
  • Faol modda: ornidazol
  • Ishlab chiqaruvchi:Рубикон,ООО
  • Vakil:Rubikon Vakilligi MChJ
Narx: 36 800 so'mdan Batafsil
GERAL qobiqli tabletkalar 500 mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi:Gruziya
  • Faol modda: Ornidazol
  • Ishlab chiqaruvchi:GM Pharmaceuticals Ltd,OOO
  • Vakil:GMP
Narx: 37 500 so'mdan Batafsil
ORDIGIL tabletkalari, plyonka qobiqli 500 mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi:Hindiston
  • Faol modda: Ornidazol
  • Ishlab chiqaruvchi:VMG Pharmaceuticals Pvt. Ltd
  • Vakil:Healthcare Business MChJ
Narx: 29 000 so'mdan Batafsil
ORNIZOL tabletkalar 500 mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi:Hindiston
  • Faol modda: ornidazol
  • Ishlab chiqaruvchi:«Юник Фармасьютикал Лабораториз»
  • Distribyutor:ALINFARM MEDICAL
Narx: 38 700 so'mdan Batafsil
ORNIZOL infuziya uchun eritma 5 mg/ml 100 ml
  • Ishlab chiqarilish joyi:Hindiston
  • Faol modda: ornidazol
  • Ishlab chiqaruvchi:«Юник Фармасьютикал Лабораториз»
Narx: 34 500 so'mdan Batafsil
ORGIL qobiqli tabletkalar 500 mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi:Hindiston
  • Faol modda: ornidazol
  • Ishlab chiqaruvchi:Kusum Healthcare Pvt. Ltd
Narx: 21 527 so'mdan Batafsil
Ishlab chiqaruvchining dorilari
ESZOL plyonka qobiqli tabletkalar 100 mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi:Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi:Kusum Healthcare Pvt. Ltd
ESZOL plyonka qobiqli tabletkalar 100 mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi:Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi:Kusum Healthcare Pvt. Ltd
Narx: 51 500 so'mdan Batafsil
FIZZI plyonka qobiqli tabletkalar 500 mg N4
  • Ishlab chiqarilish joyi:Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi:Kusum Healthcare Pvt. Ltd
SUPRILEKS tabletkalar 10 mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi:Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi:Kusum Healthcare Pvt. Ltd
Narx: 15 000 so'mdan Batafsil
SUPRILEKS tabletkalar 10 mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi:Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi:Kusum Healthcare Pvt. Ltd
OKSAPIN plyonka qobiqli tabletkalar 300 mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi:Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi:Kusum Healthcare Pvt. Ltd
Narx: 40 000 so'mdan Batafsil
NEYROKOBAL qobiqli tabletkalar 500 mkg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi:Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi:Kusum Healthcare Pvt. Ltd
Narx: 20 156 so'mdan Batafsil
NEYROKOBAL qobiqli tabletkalar 500 mkg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi:Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi:Kusum Healthcare Pvt. Ltd
MOGININ qobiqli tabletkalar 50 mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi:Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi:Kusum Healthcare Pvt. Ltd
MOGININ qobiqli tabletkalar 100 mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi:Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi:Kusum Healthcare Pvt. Ltd
MEZAKAR tabletkalar 200 mg N50
  • Ishlab chiqarilish joyi:Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi:Kusum Healthcare Pvt. Ltd
Narx: 26 477 so'mdan Batafsil
MEZAKAR SR uzoq muddatli tabletkalar 400 mg N50
  • Ishlab chiqarilish joyi:Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi:Kusum Healthcare Pvt. Ltd
Narx: 50 000 so'mdan Batafsil
L-SET qobiqli tabletkalar 5 mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi:Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi:Kusum Healthcare Pvt. Ltd
L-SET qobiqli tabletkalar 5 mg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi:Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi:Kusum Healthcare Pvt. Ltd
L-SET qobiqli tabletkalar 5 mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi:Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi:Kusum Healthcare Pvt. Ltd
LOFLATIL qobiqli tabletkalar (2 mg+125 mg) N40
  • Ishlab chiqarilish joyi:Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi:Kusum Healthcare Pvt. Ltd
LOFLATIL qobiqli tabletkalar (2 mg+125 mg) N100
  • Ishlab chiqarilish joyi:Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi:Kusum Healthcare Pvt. Ltd
Narx: 56 841 so'mdan Batafsil
LOFLATIL qobiqli tabletkalar (2 mg+125 mg) N10
  • Ishlab chiqarilish joyi:Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi:Kusum Healthcare Pvt. Ltd
Narx: 7 000 so'mdan Batafsil
LAEN plyonka qobiqli tabletkalar 600 mg N4
  • Ishlab chiqarilish joyi:Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi:Kusum Healthcare Pvt. Ltd
LAEN plyonka qobiqli tabletkalar 600 mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi:Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi:Kusum Healthcare Pvt. Ltd
ZOVELN03AX16 kapsula 150 mg N56
  • Ishlab chiqarilish joyi:Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi:Kusum Healthcare Pvt. Ltd
ZOVELN03AX16 kapsula 150 mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi:Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi:Kusum Healthcare Pvt. Ltd
ZOVELN03AX16 kapsula 150 mg N14
  • Ishlab chiqarilish joyi:Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi:Kusum Healthcare Pvt. Ltd
ZARDEKS kapsula qattiq jelatinli 300 mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi:Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi:Kusum Healthcare Pvt. Ltd
ZARDEKS kapsula qattiq jelatinli 300 mg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi:Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi:Kusum Healthcare Pvt. Ltd