ORNIDAZOL 0,5 tabletkalari N10

ORNIDAZOL 0,5 tabletkalari N10 o'xshash dorilari



ORNIDAZOL 0,5 tabletkalari N10 qo'llanmasi
So'rilishi
Ichga qabul qilingandan so'ng ornidazol me'da-ichak yo'llarida tez so'riladi. Preparatning biokiraolishligi 90% ga yetadi. Plazmadagi maksimal kontsentratsiyalar 3 soat ichida erishiladi.
Taqsimlanishi
Ornidazolning oqsillar bilan bog'lanishi taxminan 13% ni tashkil qiladi. Faol modda ko'krak sutiga va ko'pchilik to'qimalarga, orqa miya suyuqligiga, organizmning boshqa suyuqliklariga o'tadi, gematoensefalik to'siq va yo'ldosh orqali o'tadi. Plazmadagi ornidazol kontsentratsiyasi 6-36 mg/l diapazonida, ya'ni preparatni qo'llashga bo'lgan turli ko'rsatmalar uchun optimal hisoblangan darajada bo'ladi.
Metabolizmi
Ornidazol jigarda asosan 2-gidroksimetil- va a-gidroksimetilmetabolitlar hosil qilib metabolizmga uchraydi. Ikkala metabolit ham Trichomonas vaginalis va anaerob bakteriyalarga nisbatan o'zgarmagan ornidazolga qaraganda kamroq faollikka ega.
Chiqarilishi
Yarim chiqarilish davri taxminan 13 soatni tashkil qiladi. Bir marta qabul qilingandan so'ng dozaning 85% i dastlabki 5 kun ichida chiqariladi. Metabolitlar ko'rinishida buyraklar orqali 60-80% va ichak orqali 20-25% chiqariladi. Qabul qilingan dozaning taxminan 4% i buyraklar orqali o'zgarmagan holda chiqariladi.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: bo‘lishi mumkin - ko‘ngil aynishi, zarda, bosh aylanishi, uyquchanlik, teri toshmasi.
Asab tizimi tomonidan: bo‘lishi mumkin - bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, ongning buzilishi, tremor, mushak rigidligi, harakatlar koordinatsiyasining buzilishi, tirishishlar, sensor yoki aralash periferik nevropatiya, ko‘ngil aynishi, qusish, diareya.
Alkogoldegidrogenazani ingibirlamaydi, shuning uchun alkogol bilan nomutanosib emas
Ornidazolga yoki boshqa nitroimidazol hosilalariga, preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik. 3 yoshgacha bo'lgan bolalar, shuningdek tana vazni 20 kg dan kam bo'lganda.
Homiladorlikning I trimestri, ko'krak suti bilan emizish davri.
Qonning patologik o'zgarishlari va hujayralar anomaliyalari
Ehtiyotkorlik bilan
Jigar kasalliklari, alkogolizm, homiladorlikning II va III trimestri, 3 yoshdan katta va tana vazni 20 kg dan ortiq bolalarga, keksa yoshdagi bemorlarga.
Homiladorlik va ko'krak suti bilan emizish davrida qo'llanilishi
Ornidazolni homiladorlikning I trimestrida va ko'krak suti bilan emizish davrida qo'llash mumkin emas. Eksperimentda ornidazol homilaga teratogen yoki toksik ta'sir ko'rsatmaydi. Homilador ayollarda nazorat qilingan tadqiqotlar o'tkazilmaganligi sababli, ornidazolni homiladorlikning II va III trimestrlarida faqat mutlaq ko'rsatmalar bo'yicha, ona uchun uni qo'llashning mumkin bo'lgan afzalliklari homila uchun potentsial xavfdan yuqori bo'lgan hollarda qo'llash mumkin.
Markaziy asab tizimining organik kasalliklari.
Bilvosita antikoagulyantlar ta'sirini kuchaytiradi, vekuroniya bromidning ta'sir davomiyligini oshiradi.
V/i infuziyalar ko'rinishida kattalarda 0,5-1 g boshlang'ich dozada qo'llaniladi, keyin doza ko'rsatmalar va davolash sxemasiga qarab individual ravishda belgilanadi; bolalar uchun - 20-30 mg/kg/sut.
Ornidazol boshqa chiqarish shakllari



ORNIDAZOL 0,5 tabletkalari N10 analoglari
















