Apteka.uz
SavatKirish

ORNIDAZOL 0,5 tabletkalari N10

Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Rossiya Federatsiyasi
Kategoriya:Antibiotiklar
Faol modda:Ornidazol
Ishlab chiqaruvchi:OOO «Ozon»
ATX kodi:J01XD03
Barcha Ornidazol dorilari
Mavjud emas
Dorixonadan topish
Toā€˜lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 0 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd toā€˜lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada koā€˜rsatilgan tarif boā€˜yicha. Onlayn yoki kuryerga toā€˜lov

ORNIDAZOL 0,5 tabletkalari N10 haqida qo'llanma

Farmakokinetikasi

So'rilishi

Ichga qabul qilingandan so'ng ornidazol me'da-ichak yo'llarida tez so'riladi. Preparatning biokiraolishligi 90% ga yetadi. Plazmadagi maksimal kontsentratsiyalar 3 soat ichida erishiladi.

Taqsimlanishi

Ornidazolning oqsillar bilan bog'lanishi taxminan 13% ni tashkil qiladi. Faol modda ko'krak sutiga va ko'pchilik to'qimalarga, orqa miya suyuqligiga, organizmning boshqa suyuqliklariga o'tadi, gematoensefalik to'siq va yo'ldosh orqali o'tadi. Plazmadagi ornidazol kontsentratsiyasi 6-36 mg/l diapazonida, ya'ni preparatni qo'llashga bo'lgan turli ko'rsatmalar uchun optimal hisoblangan darajada bo'ladi.

Metabolizmi

Ornidazol jigarda asosan 2-gidroksimetil- va a-gidroksimetilmetabolitlar hosil qilib metabolizmga uchraydi. Ikkala metabolit ham Trichomonas vaginalis va anaerob bakteriyalarga nisbatan o'zgarmagan ornidazolga qaraganda kamroq faollikka ega.

Chiqarilishi

Yarim chiqarilish davri taxminan 13 soatni tashkil qiladi. Bir marta qabul qilingandan so'ng dozaning 85% i dastlabki 5 kun ichida chiqariladi. Metabolitlar ko'rinishida buyraklar orqali 60-80% va ichak orqali 20-25% chiqariladi. Qabul qilingan dozaning taxminan 4% i buyraklar orqali o'zgarmagan holda chiqariladi.

Nojo'ya samaralari

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: boā€˜lishi mumkin - koā€˜ngil aynishi, zarda, bosh aylanishi, uyquchanlik, teri toshmasi.

Asab tizimi tomonidan: boā€˜lishi mumkin - bosh ogā€˜rigā€˜i, bosh aylanishi, ongning buzilishi, tremor, mushak rigidligi, harakatlar koordinatsiyasining buzilishi, tirishishlar, sensor yoki aralash periferik nevropatiya, koā€˜ngil aynishi, qusish, diareya.

Charchoq, vaqtinchalik hushdan ketish, sensor yoki aralash periferik neyropatiya, ta’m sezishning buzilishi, Ā«jigarĀ» fermentlari faolligining oā€˜zgarishi, allergik reaksiyalar.



Dozani oshirib yuborish

Simptomlari: epileptiform tirishishlar, depressiya, periferik nevrit. Davolash: simptomatik (diazepam - tirishishlarda).

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Ornidazolga yoki boshqa nitroimidazol hosilalariga, preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik. 3 yoshgacha bo'lgan bolalar, shuningdek tana vazni 20 kg dan kam bo'lganda.

Homiladorlikning I trimestri, ko'krak suti bilan emizish davri.

Qonning patologik o'zgarishlari va hujayralar anomaliyalari

Ehtiyotkorlik bilan

Jigar kasalliklari, alkogolizm, homiladorlikning II va III trimestri, 3 yoshdan katta va tana vazni 20 kg dan ortiq bolalarga, keksa yoshdagi bemorlarga.

Homiladorlik va ko'krak suti bilan emizish davrida qo'llanilishi

Ornidazolni homiladorlikning I trimestrida va ko'krak suti bilan emizish davrida qo'llash mumkin emas. Eksperimentda ornidazol homilaga teratogen yoki toksik ta'sir ko'rsatmaydi. Homilador ayollarda nazorat qilingan tadqiqotlar o'tkazilmaganligi sababli, ornidazolni homiladorlikning II va III trimestrlarida faqat mutlaq ko'rsatmalar bo'yicha, ona uchun uni qo'llashning mumkin bo'lgan afzalliklari homila uchun potentsial xavfdan yuqori bo'lgan hollarda qo'llash mumkin.

Markaziy asab tizimining organik kasalliklari.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Bilvosita antikoagulyantlar ta'sirini kuchaytiradi, vekuroniya bromidning ta'sir davomiyligini oshiradi.

Dozirovkasi

DozalashOrnidazol ovqatdan keyin ichga tayinlanadi.

Trixomoniazda: ichga 1,5 g bir marta yoki 1 g dan kechqurun 500 mg intravaginal yuborish (vaginal tabletkalar) bilan kombinatsiyada. Davolashni 5 kun davomida o'tkazish mumkin, ichga 1 tabletkadan (500 mg) sutkasiga 2 marta (ertalab va kechqurun), shuningdek kechqurun 500 mg dan 1 vaginal tabletkani tayinlash bilan.

Amebali dizenteriyada kattalar va tana vazni 35 kg dan ortiq bo'lgan bolalarga - 1,5 g sutkasiga 1 marta, tana vazni 60 kg dan ortiq bo'lganda - 2 g/sut. Tana vazni 12-35 kg bo'lgan bolalarga - 40 mg/kg/sut. Kurs - 3 kun.

Amebiazning boshqa shakllarini davolash uchun: kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga - 0,5 g dan ichga ertalab va kechqurun 5-10 kun davomida.

Lyambliozda: kattalar va tana vazni 35 kg dan ortiq bo'lgan bolalarga - 1,5 g dan sutkasiga 1 marta; tana vazni 12-35 kg bo'lgan bolalarga - 40 mg/kg/sut. Davolash davomiyligi - 1-2 kun.

Anaerob bakteriyalar chaqirgan infeksiyalar profilaktikasi - operatsiyadan oldin 0,5-1 g, operatsiyadan keyin - 0,5 g dan sutkasiga 2 marta 3-5 kun davomida.
Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yoā€˜riqnomaning soddalashtirilgan va toā€˜ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va oā€˜z-oā€˜zini davolash uchun qoā€˜llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. ORNIDAZOL 0,5 tabletkalari N10 preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

ORNIDAZOL 0,5 tabletkalari N10 o'xshash dorilari

UROFURAGIN tabletkalari 50mg N30
Retseptli
UROFURAGIN tabletkalari 50mg N30
Polsha
Ishlab chiqaruvchi:
Adamed Consumer Healthcare S.A., Polsha proizvedeno: Pharmaceutical Works Adamed Pharma Joint-Stock Co.
•54 ta dorixonada bor
Narxi
19 700 so'm dan
SEFTOKS poroshok 1000mg+500mg N1
SEFTOKS poroshok 1000mg+500mg N1
Hindiston
Vakil:
Farmalife
Ishlab chiqaruvchi:
Scott-Edil Advance Research Laboratories & Education Ltd
Narxi
47 800 so'm dan
M-GIL eritmasi 100 ml 5 mg / ml N1
M-GIL eritmasi 100 ml 5 mg / ml N1
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Avantika Medex Pvt. Ltd., Indiya proizvedeno: Realcade Lifescience Pvt. Ltd
•28 ta dorixonada bor
Narxi
30 000 so'm dan
PROKASIN eritma 500 mg/2 ml
Retseptli
PROKASIN eritma 500 mg/2 ml
Hindiston
Vakil:
Farmalife
Ishlab chiqaruvchi:
Scott-Edil Pharmacia Limited
•12 ta dorixonada bor
Narxi
30 000 so'm dan

Ornidazol boshqa chiqarish shakllari

ORNIDAZ inyeksiya uchun eritma 100ml 500mg/100ml
Retseptli
ORNIDAZ inyeksiya uchun eritma 100ml 500mg/100ml
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
SR Pharmaceutical Ind. Pvt. Ltd., Indiya proizvedeno: Aishwariya Healthcare
•5 ta dorixonada bor
Narxi
63 000 so'm dan

ORNIDAZOL 0,5 tabletkalari N10 analoglari

ORGIL tabletkalari 500mg N10
Retseptli
ORGIL tabletkalari 500mg N10
Hindiston
Vakil:
Kusum
Ishlab chiqaruvchi:
Kusum Healthcare Pvt. Ltd.
•104 ta dorixonada bor
Narxi
30 900 so'm dan
ORNIMED tabletkalari 500mg N10
Retseptli
ORNIMED tabletkalari 500mg N10
Belarusiya
Ishlab chiqaruvchi:
Rubikon, OOO
•48 ta dorixonada bor
Narxi
51 200 so'm dan
ORNIMED tabletkalari 500mg N20
ORNIMED tabletkalari 500mg N20
Belarusiya
Ishlab chiqaruvchi:
Rubikon, OOO
•8 ta dorixonada bor
Narxi
58 300 so'm dan
ORNIZOL tabletkalari 500mg N10
Retseptli
ORNIZOL tabletkalari 500mg N10
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Yunik Farmasyutikals Laboratoriez (Otdelnie firmi DjBKemikals end Farmasyutikals Ltd)
•9 ta dorixonada bor
Narxi
56 000 so'm dan
GERAL tabletkalari 500mg N10
Retseptli
GERAL tabletkalari 500mg N10
Gruziya
Vakil:
GMP
Ishlab chiqaruvchi:
GM Pharmaceuticals Ltd, OOO
•109 ta dorixonada bor
Narxi
40 000 so'm dan

ORNIDAZOL 0,5 tabletkalari N10 haqida savollar

ORNIDAZOL 0,5 tabletkalari N10 haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan boā€˜lasiz. Batafsil