Ташкент
logo
SavatKirish

OSFORTIN granulalari 75g N1

Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Turkiya
Kategoriya:Vitaminlar
Ishlab chiqaruvchi:"WORLD MEDICINE İLAÇ SAN. VE TİC. A.Ş."
Vakil:Rotapharm
ATX kodi:A11JB
Barcha OSFORTIN dorilari
74 ta dorixonada bor
Narxi 75 000 so'm dan
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 74 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

OSFORTIN granulalari 75g N1 o'xshash dorilari

MAGNE V6 tabletkalari 5mg N60
Retseptsiz
MAGNE V6 tabletkalari 5mg N60
Vengriya
Ishlab chiqaruvchi:
Opella Healthcare Hungary Ltd, 2112 Veresegyhaz, Levai u. 5., Hungary.
•107 ta dorixonada bor
Narxi
72 000 so'm dan
SUPRADIN IMMUNO TROYNOE DEYSTVIE tabletkalari N15
SUPRADIN IMMUNO TROYNOE DEYSTVIE tabletkalari N15
Germaniya
Vakil:
Bayer
Ishlab chiqaruvchi:
Bayer Consumer Care AG
Narxi
115 000 so'm dan
Narxi
102 200 so'm dan
KALSEMIN tabletkalari N30
Retseptsiz
KALSEMIN tabletkalari N30
Germaniya
Vakil:
Bayer
Ishlab chiqaruvchi:
Bayer Consumer Care AG
•1 ta dorixonada bor
Narxi
56 000 so'm dan

OSFORTIN granulalari 75g N1 qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

75 g granulalar buraladigan qopqoqli plastik bankada. 1 banka o'lchov stakani, tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomasi bilan birga karton qutida.

Farmakokinetikasi

Preparatning ta'siri uning komponetlarining birgalikdagi xususiyatlariga bog'liq, shuning uchun klinik kuzatuvlarni o'tkazishning imkoni yo'q.

Nojo'ya samaralari

Odatda preparat yaxshi o'zlashtiriladi.

Osfortin qo'llanilganida quyidagi noxush reaktsiyalar bo'lishi mumkin: ko'ngil aynashi, qusish, diareya, bradikardiya, allergik reaktsiyalar. Preparat uzoq muddat davomida qo'llanilganda giperkaltsiemiya bo'lishi mumkin.

Gumon qilinayotgan noxush reaktsiyalar haqida xabarlar

Dori vositasi ro'yxatdan o'tkazilganidan keyin gumon qilinayotgan nojo'ya reaktsiyalari haqida xabar berish muhim hisoblanadi. Pasientda dori vositasiga jiddiy noxush reaktsiyalar aniqlanganida yoki mazkur bo'limda ta'riflanmagan yangi noxush reaktsiya paydo bo'lganida, Milliy farmakologik nazorat tizimiga muvofiq xabar berishingizni so'raymiz.

Maxsus saqlash sharoitlari

Osfortin qabul qilinayotganida D vitaminini boshqa manbalardan tushishini hisobga olish kerak. 

Profilaktika uchun qo'llanganida, ayniqsa bolalarda, dozani oshirib yuborilishi mumkinligini e'tiborga olish kerak. Yuqori dozalarda uzoq muddatli qo'llanilishi surunkali D gipervitaminoziga olib keladi. 

Buyrak etishmovchiligidan aziyat chekadigan shaxslarda preparatni ehtiyotkorlik bilan qo'llash lozim. Davolash davrida kaltsiyni siydik bilan chiqarilishini va plazmada kaltsiy va kreatinin kontsentrasiyalarini muntazam ravishda nazorat qilish zarur (7,5 mmol/sut (300 mg/sut)dan yuqori bo'lgan kaltsiuriya sodir bo'lgan hollarda dozani kamaytirish yoki qabul qilishni to'xtatish zarur).

D vitaminiga bo'lgan sezgirlik turli pasientlarda individual bo'lishini e'tiborga olish lozim va qator pasientlarda hatto davolash dozasida qabul qilinishi gipervitaminoz holatini chaqirishi mumkin. Yangi tug'ilgan chaqaloqlarda D vitaminiga sezgirlik turlicha bo'lishi mumkin, ularning ba'zilari hatto juda past dozalarga sezgir bo'lishlari mumkin. 


D vitaminining so'rilishini pasayishi (malabsorbtsiya sindromi), insolyasiya vaqtining kamayishi, buyrak etishmovchiligini mavjudligi oqibatida D vitaminiga bo'lgan ehtiyoj oshishi mumkin. 

Tuberkulyozning faol shakli va sarkoidoz bo'lgan pasientlarda preparatni ehtiyotkorlik bilan qo'llash lozim (granulyomalarning kaltsifikasiyalanishi mumkinligi tufayli).

Yordamchi moddlar

Preparat saxarozani saqlaydi, shuning uchun fruktozani o'zlashtira olmaslik, glyukoza-galaktozani malabsorbtsiyasi yoki saxaroza-izomaltaza etishmovchiligi bilan xarakterlanadigan kam uchraydigan irsiy kasalliklari bo'lgan pasientlarda uni qo'llash kerak emas.

Qo'llanilishi

raxitni profilaktikasi va davolash: osteopatiya, spazmofiliya, suyakni hosil bo'lish jarayonlarining buzilishlari (tishlar yorib chiqishining kechikishi, organizmning jadal rivojlanishi davrida o'sishning kechikishi) bilan kechadigan kaltsiy almashinuvining buzilishlari;

- turli genezli osteoporozni profilaktikasi;

- D vitaminiga va kaltsiyga bo'lgan ehtiyojni oshishi holatlarida:

emizilayotgan va/yoki ochiq havoda kam bo'ladigan bolalar;

sun'iy oziqlantirilishdagi D vitamini tanqisligi bo'lgan bolalar; 

 malabsorbtsiya sindromi, surunkali diareya, gastrektomiya;

gormonal davolashni, tirishishga qarshi vositalarni, immunodepressantlarni, alyuminiy-saqlovchi antasidlarni qabul qilayotgan pasientlarda qo'llaniladi.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

preparatning faol komponentlariga yoki yordamchi moddalaridan biron-biriga bo'lgan o'ta yuqori sezuvchanlik;

- giperfosfatemiya bilan kechadigan buyrakni osteodistrofiyasi;

- og'ir buyrak etishmovchiligi;

- trombofiliya;

- og'ir kechadigan giperkaltsiemiya;

- D gipervitaminozi; 

- giperparatireoidizmda qo'llash mumkin emas.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Kaltsiy va D vitamini preparatlari bilan bir vaqtda qo'llanganida giperkaltsiemiya yurak glikozidlarining toksik samaralarini kuchaytirishi mumkin. Elektrokardiogrammani (EKG) va qon zardobida kaltsiy miqdorini nazorat qilish zarur. Kaltsiy preparatlari me'da-ichak yo'llaridan tetrasiklinlar so'rilishini pasaytirishi mumkin. Shuning uchun tetrasiklin qatoridagi preparatlarni Osfortin preparatini qabul qilishdan kamida 2 soat oldin yoki qabul qilinganidan 4-6 soat o'tganidan keyin qabul qilish lozim.

Bisfosfonat preparatlarining so'rilishini pasayishini oldini olish uchun ularni Osfortin preparatini qabul qilishdan kamida bir soat oldin qabul qilish tavsiya etiladi.

Glyukokortikosteroidlar kaltsiyni so'rilishini kamaytiradi.

Tiazid qatoridagi diuretiklar bilan bir vaqtda qo'llanilishi giperkaltsiemiya sodir bo'lish xavfini oshiradi, chunki ular kaltsiyni kanalchali reabsorbtsiyasini oshirishadi. Tiazid diuretiklar bilan bir vaqtda qo'llanilganda qon zardobida kaltsiy miqdorini muntazam nazorat qilish lozim. 

Kaltsiy levotiroksinni so'rilishini kamaytirib, uning samaradorligini pasaytiradi. Levotiroksin va Osfortin preparatini qabul qilish orasidagi vaqt davri kamida 4 soatni tashkil etishi zarur.

Kaltsiy preparatlari bilan bir vaqtda qo'llanilganida xinolon guruhi antibiotiklarining so'rilishi pasayadi. Shuning uchun xinolon guruhi antibiotiklarini Osfortin preparatini qabul qilishdan kamida 2 soat oldin yoki qabul qilinganidan 6 soat o'tganidan keyin qabul qilish lozim.

Kaltsiyni tuzlari temir, rux va strontsiy ranelatini so'rilishini pasaytirishi mumkin. Shuning uchun temir, rux va strontsiy ranelati preparatlarini Osfortin preparatini qabul qilishdan kamida 2 soat oldin yoki qabul qilinganidan 2 soat o'tganidan keyin qabul qilish lozim.

Orlistat bilan davolash yog'da eruvchan vitaminlarning (shu jumladan D vitaminining) so'rilishini potentsial buzishi mumkin.

Ta'rifi

Oq-sariq rangli vanilin hidli granulalar.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: ich qotish, diareya, ishtahaning yo'qolishi, og'izda metall ta'mini his etish, ko'ngil aynashi, qusish, chanqoqlik, og'iz qurishi, toliqish, holsizlik, yorug'likka sezuvchanlik, aritmiya.

Davolash: preparatni qabul qilishni to'xtatish, shifokorga murojaat qilish, ko'p miqdorda suyuqlikni qabul qilish kerak. Zarurat bo'lganda shifoxonaga joylash talab etilishi mumkin.

Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi

Dozasi oshirib yuborilish hollarida teratogen ta'siri namoyon bo'lishi mmumkinligi tufayli, homiladorlik davrida D vitaminini yuqori dozalarda qo'llash kerak emas. Osfortinni bolasini emizayotgan ayollarga ehtiyotkorlik bilan buyurish lozim, chunki ona tomonidan yuqori dozalarda qabul qilinayotgan preparat bolada dozani oshirib yuborilish simptomlarini keltirib chiqarishi mumkin.

Analoglar OSFORTIN granulalari 75g N1
Analoglari yo'q

OSFORTIN granulalari 75g N1 savollari

OSFORTIN granulalari 75g N1 fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil