Apteka.uz
SavatKirish

OSFORTIN

OSFORTIN chiqarilish shakllari

OSFORTIN granulalari 75g N1
OSFORTIN granulalari 75g N1
Turkiya
Ishlab chiqaruvchi:
"WORLD MEDICINE İLAÇ SAN. VE TİC. A.Ş."
•58 ta dorixonada bor
Narxi
80 900 so'm dan
- OSFORTIN qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- OSFORTINning tarkibi
- OSFORTIN ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- OSFORTIN narxi Toshkent dorixonalarida

OSFORTIN haqida qo'llanma

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

preparatning faol komponentlariga yoki yordamchi moddalaridan biron-biriga bo'lgan o'ta yuqori sezuvchanlik;

- giperfosfatemiya bilan kechadigan buyrakni osteodistrofiyasi;

- og'ir buyrak etishmovchiligi;

- trombofiliya;

- og'ir kechadigan giperkaltsiemiya;

- D gipervitaminozi; 

- giperparatireoidizmda qo'llash mumkin emas.

Farmakokinetikasi

Preparatning ta'siri uning komponetlarining birgalikdagi xususiyatlariga bog'liq, shuning uchun klinik kuzatuvlarni o'tkazishning imkoni yo'q.

Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi

Dozasi oshirib yuborilish hollarida teratogen ta'siri namoyon bo'lishi mmumkinligi tufayli, homiladorlik davrida D vitaminini yuqori dozalarda qo'llash kerak emas. Osfortinni bolasini emizayotgan ayollarga ehtiyotkorlik bilan buyurish lozim, chunki ona tomonidan yuqori dozalarda qabul qilinayotgan preparat bolada dozani oshirib yuborilish simptomlarini keltirib chiqarishi mumkin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: ich qotish, diareya, ishtahaning yo'qolishi, og'izda metall ta'mini his etish, ko'ngil aynashi, qusish, chanqoqlik, og'iz qurishi, toliqish, holsizlik, yorug'likka sezuvchanlik, aritmiya.

Davolash: preparatni qabul qilishni to'xtatish, shifokorga murojaat qilish, ko'p miqdorda suyuqlikni qabul qilish kerak. Zarurat bo'lganda shifoxonaga joylash talab etilishi mumkin.

Maxsus ko‘rsatmalari

Osfortin qabul qilinayotganida D vitaminini boshqa manbalardan tushishini hisobga olish kerak. 

Profilaktika uchun qo'llanganida, ayniqsa bolalarda, dozani oshirib yuborilishi mumkinligini e'tiborga olish kerak. Yuqori dozalarda uzoq muddatli qo'llanilishi surunkali D gipervitaminoziga olib keladi. 

Buyrak etishmovchiligidan aziyat chekadigan shaxslarda preparatni ehtiyotkorlik bilan qo'llash lozim. Davolash davrida kaltsiyni siydik bilan chiqarilishini va plazmada kaltsiy va kreatinin kontsentrasiyalarini muntazam ravishda nazorat qilish zarur (7,5 mmol/sut (300 mg/sut)dan yuqori bo'lgan kaltsiuriya sodir bo'lgan hollarda dozani kamaytirish yoki qabul qilishni to'xtatish zarur).

D vitaminiga bo'lgan sezgirlik turli pasientlarda individual bo'lishini e'tiborga olish lozim va qator pasientlarda hatto davolash dozasida qabul qilinishi gipervitaminoz holatini chaqirishi mumkin. Yangi tug'ilgan chaqaloqlarda D vitaminiga sezgirlik turlicha bo'lishi mumkin, ularning ba'zilari hatto juda past dozalarga sezgir bo'lishlari mumkin. 


D vitaminining so'rilishini pasayishi (malabsorbtsiya sindromi), insolyasiya vaqtining kamayishi, buyrak etishmovchiligini mavjudligi oqibatida D vitaminiga bo'lgan ehtiyoj oshishi mumkin. 

Tuberkulyozning faol shakli va sarkoidoz bo'lgan pasientlarda preparatni ehtiyotkorlik bilan qo'llash lozim (granulyomalarning kaltsifikasiyalanishi mumkinligi tufayli).

Yordamchi moddlar

Preparat saxarozani saqlaydi, shuning uchun fruktozani o'zlashtira olmaslik, glyukoza-galaktozani malabsorbtsiyasi yoki saxaroza-izomaltaza etishmovchiligi bilan xarakterlanadigan kam uchraydigan irsiy kasalliklari bo'lgan pasientlarda uni qo'llash kerak emas.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Kaltsiy va D vitamini preparatlari bilan bir vaqtda qo'llanganida giperkaltsiemiya yurak glikozidlarining toksik samaralarini kuchaytirishi mumkin. Elektrokardiogrammani (EKG) va qon zardobida kaltsiy miqdorini nazorat qilish zarur. Kaltsiy preparatlari me'da-ichak yo'llaridan tetrasiklinlar so'rilishini pasaytirishi mumkin. Shuning uchun tetrasiklin qatoridagi preparatlarni Osfortin preparatini qabul qilishdan kamida 2 soat oldin yoki qabul qilinganidan 4-6 soat o'tganidan keyin qabul qilish lozim.

Bisfosfonat preparatlarining so'rilishini pasayishini oldini olish uchun ularni Osfortin preparatini qabul qilishdan kamida bir soat oldin qabul qilish tavsiya etiladi.

Glyukokortikosteroidlar kaltsiyni so'rilishini kamaytiradi.

Tiazid qatoridagi diuretiklar bilan bir vaqtda qo'llanilishi giperkaltsiemiya sodir bo'lish xavfini oshiradi, chunki ular kaltsiyni kanalchali reabsorbtsiyasini oshirishadi. Tiazid diuretiklar bilan bir vaqtda qo'llanilganda qon zardobida kaltsiy miqdorini muntazam nazorat qilish lozim. 

Kaltsiy levotiroksinni so'rilishini kamaytirib, uning samaradorligini pasaytiradi. Levotiroksin va Osfortin preparatini qabul qilish orasidagi vaqt davri kamida 4 soatni tashkil etishi zarur.

Kaltsiy preparatlari bilan bir vaqtda qo'llanilganida xinolon guruhi antibiotiklarining so'rilishi pasayadi. Shuning uchun xinolon guruhi antibiotiklarini Osfortin preparatini qabul qilishdan kamida 2 soat oldin yoki qabul qilinganidan 6 soat o'tganidan keyin qabul qilish lozim.

Kaltsiyni tuzlari temir, rux va strontsiy ranelatini so'rilishini pasaytirishi mumkin. Shuning uchun temir, rux va strontsiy ranelati preparatlarini Osfortin preparatini qabul qilishdan kamida 2 soat oldin yoki qabul qilinganidan 2 soat o'tganidan keyin qabul qilish lozim.

Orlistat bilan davolash yog'da eruvchan vitaminlarning (shu jumladan D vitaminining) so'rilishini potentsial buzishi mumkin.

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. OSFORTIN preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing
Manbalar ro‘yxati:

OSFORTIN narxlari

Dorixonalar
Manzil
Ish vaqti
Sotib olish
Vaksina Med №25
Chilonzor tumani, Qizil Sharq ko'ch., 24 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
80 900 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №11
Yunusobod tumani, Yunusota ko'ch., 15 daha, uy 43
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
80 900 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №29
Yashnobod tumani, Birlashgan ko'ch., 6 kirish, 9 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
80 900 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №8
Chilonzor tumani, Cho'ponota ko'ch., 1A uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-18:00
80 900 so'm
Bron qilish

OSFORTIN haqida savollar

OSFORTIN haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil