Ташкент
logo
SavatKirish

OSTEOGENON tabletkalari N40

Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Frantsiya
Teglar:Suyaklar uchun
Vakil:Euromedex
ATX kodi:M05BX Другие препараты, влияющие на структуру и минерализацию костей
Barcha Osteogenon dorilari
4 ta dorixonada bor
Narxi 375 000 so'm dan
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 4 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

OSTEOGENON tabletkalari N40 o'xshash dorilari

TERAFLEKS ULTRA kapsulalar  N60
Retseptsiz
TERAFLEKS ULTRA kapsulalar N60
Rossiya Federatsiyasi
Vakil:
Bayer
Ishlab chiqaruvchi:
OOO «VTF», 601125, Rossiya
Narxi
207 000 so'm dan
TERAFLEKS kapsulalar  N120
Retseptsiz
TERAFLEKS kapsulalar N120
Germaniya
Vakil:
Bayer
Ishlab chiqaruvchi:
Bayer Consumer Care AG
Narxi
408 000 so'm dan
SERISHAAN tabletkalari 10mg N100
Retseptli
SERISHAAN tabletkalari 10mg N100
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Isshaan Healthcare Pvt. Ltd, Indiya proizvedeno: Lincoln Pharmaceuticals Ltd.
•23 ta dorixonada bor
Narxi
140 000 so'm dan
ALSERA tabletkalari 10mg N30
Retseptli
ALSERA tabletkalari 10mg N30
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Avantika Medex Pvt. Ltd., Indiya proizvedeno: Nucleus Formulation Pvt. Ltd.
•7 ta dorixonada bor
Narxi
73 000 so'm dan

OSTEOGENON tabletkalari N40 qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

Xar bir qobiq bilan qoplangan tabletka quyidagilarni saqlaydi:

Tabletkaning yadrosi:

Faol modda: Ossein-gidroksiapatitli birikma (OGB) – 830 mg (quruq substantsiyasidan iborat) muvofiq keladi:

Ossein - taxminan 291 mg; 75 mg – kollagen bo'lmagan peptidlar/proteinlar; 216 mg – kollagenlardan tarkib topgan;

Kalьtsiy gidroksifosfati (gidroksiapatit) – taxminan 444 mg, 178 mg – kalьtsiy; 82 mg – fosfordan iborat.

Yordamchi moddalar: mikrokristall sellyuloza, kolloid kremniy dioksidi, magniy stearati, kartoshka kraxmali.

Tabletkaning qobig'i: gidroksipropil metiltselluloza, titan dioksidi, polietilenglikolь, talьk, temir II oksidi.

Farmakokinetikasi

Odamlarda (Sa47) izotoplar yordamida o'tkazilgan tekshirishilar ichakda preparatning juda yaxshi so'rilishini ko'rsatdi. Oddiy kalьtsiy tuzlari bilan solishtirganda Osteogenon giperkalьtsiyemiyaning cho'qqilarini hosil qilmagan; bu ichakda ossein-gidroksiapatit kompleksining sekinroq so'rilishi, hamda uning uzluksiz so'rilishi bilan tushuntiriladi.
Shu sababli, kompleksning sekin erishi kalьtsiyni ichakning distal qismida yaxshi so'rilishiga olib keladi.

Xavfsizligi bo'yicha klinik oldi ma'lumotlar
GLP-takror dozasi bilan mutanosib toksiklik, genotoksiklik va reproduktiv toksiklikni o'rganish yuzasidan tadqiqotlarga muvofiq olingan klinik oldi ma'lumotlar odamlar sog'lig'i uchun potentsial xavfiga olib kelishi mumkin bo'lgan hech qanday xavf xaqida dalolat bermagan.

Farmakologik ta'siri

Osteogenon suyak to'qimasining organik komponentlari (ossein) va tabiiy muvozanatlangan nisbatda kalьtsiy va fosfordan tarkib topgan mineral suyak komponenti (mikrokristall gidroksiapatit) ni saqlaydi.
Ossein kollagen va suyak to'qimasining shakllanishiga ijobiy ta'sir qilishi isbotlangan kollagen bo'lmagan peptidlarni saqlaydi.
Suyakning kalьtsifikatsiya jarayoni to'g'ri bo'lishi uchun zarur bo'lgan kalьtsiyning o'zlashtirilishini o'rganish maqsadida, sog'lom ko'ngillilar ishtirokida klinik sinovlar o'tkazilgan. Tekshirish ma'lumotlari Osteogenonni qabul qilishda kalьtsiyning o'zlashtirilishi, kalьtsiy tuzlarini qabul qilgandagiga qaraganda juda samarali bo'lishini ko'rsatdi.

Nojo'ya samaralari

Nojo'ya samaralar a'zo yoki tizimlar turi va tez-tezligi bo'yicha quyidagi tasnifga muvofiq ko'rsatilgan: juda tez-tez (≥ 1/10), tez-tez (≥1 / 100, <1/10), tez-tez emas (≥ 1 / 1.000, <1 / 100), kam xollarda (≥1 / 10.000, <1 / 1.000), juda kam xollarda (<1 / 10.000); noma'lum (bor ma'lumotlar bo'yicha baxolab bo'lmaydi)


Tizim va a'zolar

Tez-tezligi noma'lum

Metabolizm ovqat xazm bo'lishi va buzilishlari

giperkalьtsiyemiya (yuqori dozalarda uzoq davolash xollarida).

Me'da-ichak buzilishlari

Ko'ngil aynishi, qorinda og'riq, qabziyat

Teri osti kletchatkasini buzilishlari

Toshma, qichishish

Buyrak yetishmovchiligi va chiqarish tizimi buzilishlari

giperkalьtsiuriya (yuqori dozalarda uzoq davolash xollarida)

Gumon qilinayetgan  nojo'ya reaktsiyalar xaqida xisobot

Shubxali nojo'ya reaktsiyalar xaqida dori vositasini avtorizatsiyasidan keyin ma'lumotlarni ko'rsatish katta ahamiyatga ega. Bu dori vositasini foyda / xavf nisbatini monitoringini davom ettirishga imkon beradi. Sog'liqni saqlash xodimlariga Ilova V * ko'rsatilgan milliy xisobot tizimi orqali xar qanday taxminiy nojo'ya reaktsiyalar xaqida xabar berish kerak.

Maxsus saqlash sharoitlari

Kalьtsiy
D vitaminini birga yuborish zardobda kalьtsiyni va siydikda kalьtsiyni qat'iy nazorat ostida o'tkazilishi kerak.
Dozani zardobda yoki siydikda oshish xollarida dozaga muvofiq ravishda o'zgartirish kiritish kerak.
Buyrak yetishmovchiligi bo'lgan patsiyentlarda zardobda kalьtsiyni va siydikda kalьtsiyni muntazam tekshirib turish tavsiya etiladi. Yuqori dozalarni yuborishni va/yoki uzoq qo'llanilishidan saqlanish kerak.
Agar siydikda kalьtsiy miqdori kattalarda 7,5 mmolь / 24 soat dan (300 mg / 24 ch) va bolalarda 0,12 dan 0,15 mmolь / kg / 24 soat (5-6 mg / kg / 24 soat) gacha oshsa uzoq davolashda va/yoki buyrak yetishmovchiligida siydikda kalьtsiy saqlanishini nazorat qilish zarur, davolashni esa kamaytirish yoki vaqtincha to'xtatish kerak.
Patsiyentlarda anamnezida avval kalьtsiy nefrolitiazi bilan bo'lganlarga quyidagilar tavsiya etiladi:
- parxez choralarini umumiy oldini olish (suv, tuz, hayvon oqsillari..),
- Ossopan bergan sutkada 500 mg gacha kalьtsiy dozasini chegaralash,
- kalьtsiyni umumiy sutkalik 1,5 g dozasi oshmasligi uchun kalьtsiyni parxezli talabini soddalashtirish kerak,
- yondosh Vit D qo'shimchasidan saqlanish kerak.
Fosfor
O'rtacha buyrak yetishmovchiligi bo'lgan patsiyentlar uchun zardobdagi fosforning monitoringi tavsiya etiladi.
Homiladorlik va laktatsiya
Homiladorlik
Osteogenonni homilador ayollarga ta'siri xaqida katta bo'lmagan xajmdagi ma'lumotlar (300-1000 homiladorlik xolatlari orasidagi) majruhlik yoki feto/neonatal toksiklikni bo'lmasligini ko'rsatadi.
Kalьtsiy tuzlari ta'siridagi homilador ayollarni ko'p soni xaqidagi ma'lumotlar homiladorlik yoki bola / yangi tug'ilgan chaqaloq sog'lig'ini xolatiga har qanday zararli ta'sirini ko'rsatmaydi. Osteogenon bilan hayvonlardagi tadqiqotlar reproduktiv toksiklikni ko'rsatmaydi.
Agar zarur bo'lsa Osteogenon ni homiladorlik vaqtida qo'llash mumkin.
Emizish
Osseyn gidroksisapatit kompleksini sutga o'tishi baxolanmagan. Qo'shimcha tadqiqotlar ko'krak suti kalьtsiy sekretsiyasi laktatsiya vaqtida kalьtsiyni o'tishini oshishi xisobiga, xattoki kalьtsiyni kam o'zlashtirishi bo'lgan ayollarda xam o'zgarmasligini ko'rsatgan.
Oksiin-gidroksiapatit kompleksi, ayniqsa kalьtsiy, ona sutiga organizmdan potentsial chiqariladi, ammo terapevtik dozalarda Osteogenondan yangi to'g'ilgan chaqaloqlar / ko'krak bilan emizikli bolalar uchun xech kanday asoratlar kutilmaydi.
Osteogenon ni emizish vaqtida qo'llash mumkin.
Fertillik
Hayvonlardagi tadqiqotlar bevosita va bilvosita ayol va erkaklarda fertillikka nisbatan zararli ta'sirini ko'rsatmaydi.

Qo'llanilishi

-turli etiologiyali osteoporozni davolash;
-homiladorlik va emizish davrida kalьtsiy-fosfor muvozanatini to'g'rilash;
-suyak sinishini bitishini tezlashtirishda qo'llanadi.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Osteogenonni preparatning komponentlaridan biriga yuqori sezuvchanligi bo'lgan patsiyentlarga qo'llash mumkin emas;
Giperkalьtsiyemiya va giperkalьtsiuriya;
Kalьtsiyli toshlar;
Xaddan tashqari davomli immobilizatsiya;
6 yoshgacha bo'lgan bolalar (dozalash shakli oqibatida);
Og'ir buyrak yetishmovchiligi bo'lgan patsiyentlar va gemodializdagi patsiyentlarda qo'llash mumkin emas.

Dozirovkasi

Osteogenon kattalar va 6 yoshdan oshgan bolalarga buyuriladi.
-Osteoporozda: 2-4 tabletkadan sutkada 2 marta buyuriladi;
-homiladorlik va emizish davrida kalьtsiy-fosfor muvozanatini to'g'rilashda: sutkada 1-2 tabletkadan qabul qilinadi;
-bolalarda (6 yoshdan katta) suyaklarning sinishini yondosh davolash: 1 tabletkadan sutkada 2 marta buyuriladi;
-kattalarda suyaklar sinishini yondosh davolash: 2 tabletkadan sutkada 3 marta buyuriladi;
Tabletkalar kam miqdordagi suv bilan qabul qilinadi.

Xususiyatlar OSTEOGENON tabletkalari N40

OSTEOGENON tabletkalari N40 boshqa chiqarish shakllari

OSTEOGENON 0,83 tabletkalari N40
OSTEOGENON 0,83 tabletkalari N40
Frantsiya
Ishlab chiqaruvchi:
Per Fabr Medikament Prodakshn.
OSTEOGENON tabletkalari N40
Retseptli
OSTEOGENON tabletkalari N40
Frantsiya
Ishlab chiqaruvchi:
Pierre Fabre Medicament Production
Narxi
375 000 so'm dan
Analoglar OSTEOGENON tabletkalari N40
Analoglari yo'q

OSTEOGENON tabletkalari N40 savollari

OSTEOGENON tabletkalari N40 fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil