Ташкент
logo
SavatKirish

PARDIFEN aktiv gel 30g N1

Retseptsiz
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Hindiston
Kategoriya:Dori vositalari
Ishlab chiqaruvchi:Lark Laboratories (India) Ltd
Vakil:VEGAPHARM
ATX kodi:MО2AA15
Barcha PARDIFEN dorilari
37 ta dorixonada bor
Narxi 29 000 so'm dan
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 37 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

PARDIFEN aktiv gel 30g N1 qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi

faol moddalar:
diklofenak dietilamin VR ga ekvivalent
diklofenak natriy 3% w/w
zig'ir moyi 3% w/w
metilsalisilat VR 10% w/w
mentol VR 5% w/w;
yordamchi moddalar: fenilmetanol, karbomer 934,
dietilamin, izopropanol, propilenglikol, polisorbat 80,
tsetostearil spirti, tsetomakrogol, tozalangan suv.

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

Sirtga qo'llash uchun gel 30 g alyumin tubalarda tibbiyotda
qo'llanilishiga doir yo'riqnomasi bilan birga karton
qutida

Farmakodinamikasi

Paradifen aktiv geli yallig'lanishga qarshi ta'sir
ko'rsatadi, ya'ni turli yallig'lanish jarayonlarining turli
bo'g'inlariga ta'sir qiladi: antiprostaglandin samarasi;
yuqori o'tkazuvchanlikni pasayishi, mikrosirkulyasiya
jarayonlarini normallashtirish, gistamin, bradikinin va
yallig'lanishning boshqa mediatorlari ta'sirini
kamaytirish. Analgetik xususiyatlari bradikininning
ta'sirini susaytirish qobiliyati bilan bog'liq, shuningdek
mahalliy isitma tushiruvchi ta'sirga ega.
Mahalliy qo'llanganda gelni surtilgan joyida og'riqni
susayishi yoki yo'qolishini chaqiradi, shu jumladan
bo'g'imlardagi tinch xolatdagi va xarakatdagi og'riqlar,
bo'g'imlarning ertalabki tangligi va shishini kamaytiradi.
Xarakatlar xajmini oshirishga yordam beradi

Farmakokinetikasi

Mahalliy qo'llanganda qisman teri orqali so'riladi,
Biokiraolishligi 6% ni tashkil etadi. Plazma oqsillari
bilan bog'lanishi – 99,7%. Buyraklar orqali chiqariladi.
Gel juda tez so'riladi va teri osti to'qimalariga: teri osti
kletchatkasiga, mushak to'qimasi, bo'g'imlar kapsulasi va
bo'g'imlar bo'shlig'iga singib kiradi. Mahalliy davolash
(yallig'langan bo'g'im sohasida) qabul qiluvchi poliartriti
bo'lgan bemorlarda, sinovial suyuqlikdagi kontsentrasiyasi,
plazmadagi kontsentrasiyasiga qaraganda yuqori.

Nojo'ya samaralari

Paydo bo'lgan nojo'ya samaralari individual sezuvchanlik
qo'llanayotgan dozaning kattaligi va davolanishning
davomiyligiga bog'liq.
Mahalliy reaktsiyalar: ekzema, fotosensibilizasiya,
kontaktli dermatit (qichishish, giperemiya, ishlov
beriladigan teri qismining shishi, papulalar, vezikulalar,
po'st tashlash).
Tizimli reaktsiyalar: tarqalgan teri toshmasi, allergik
reaktsiyalar (eshakemi, angionevrotik shishi, bronxospastik
reaktsiyalar).

Maxsus saqlash sharoitlari

Gelni faqat, ochiq jaroxatlardan saqlangan holda,
shikastlanmagan teriga surtiladi. Surtilgandan keyin
okklyuzion bog'lovlarni qo'yish tavsiya etilmaydi.
Preparatni ko'zga va shilliq qavatlarga tushishiga yo'l
qo'ymaslik kerak. Preparatni katta miqdorda uzoq vaqt
qo'llashda NYAQP ga xos tizimli nojo'ya samaralari, paydo
bo'lishini istisno qilish mumkin emas.
Xar qanday teri toshmalari paydo bo'lganda, preparat bilan
davolashni to'xtatish lozim.

Qo'llanilishi

‒bo'g'imlarning yallig'lanishi va degenerativ
kasalliklarida;
‒yumshoq to'qimalarning revmatizmida;
‒travmatik jaroxatlarda, bo'g'im, mushak va paylarni
cho'zilishida;
‒og'ir jismoniy yuklamalar tomonidan chaqirilgan yumshoq
to'qimalarni yallig'lanishida, mushak va bo'g'imlarni
og'rishida qo'llaniladi.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

‒diklofenakka va preparatning boshqa komponentlariga
yuqori sezuvchanlik;
‒atsetilsalisil kislotasi yoki boshqa NYAQV ga yuqori
sezuvchanlik (shu jumladan "aspirin triadasi"ga);
‒me'da va 12 barmoq ichak yarasining zo'rayish bosqichi;
‒homiladorlining III uch oyligida;
-14 yoshgacha bo'lgan bolalarga qo'llash mumkin emas.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Gelni qo'llashdan oldin, agar siz shifokor kuzatuvi ostida
bo'lsangiz yoki boshqa NYAQV qo'llayotgan bo'lsangiz shifokor
bilan maslaxatlashish tavsiya etiladi.
Preparat fotosensibilizasiyani chaqiruvchi preparatlar,
ta'sirini kuchaytirishi mumkin. Boshqa dori preparatlari
bilan klinik ahamiyatli ta'siri ta'riflanmagan.

Ta'rifi

oqdan och sariq rangligacha bo'lgan yumshoq massa,
bosilgan, buklanadigan alyumin tubalarga to'ldirilgan.

Dozirovkasi

Faqat sirtga qo'llash uchun qo'llaniladi!
Kattalarga va 14 yoshdan oshgan bolalarga: 2-4 g gelni
(tubaning bo'yinchasi to'liq ochiq bo'lganda 4-8 sm uzunlikdagi
gelni) terining yallig'lanish o'chog'iga sutkada 2-3 marta yupqa
qilib surtiladi va engil ishqalanadi. Preparat
surtilgandan keyin qo'llarni yuvish kerak. Gelning sutkalik
maksimal dozasi 8 g dan oshmasligi kerak. Davolash
kursining davomiyligi shifokor maslaxatisiz 14 kundan
oshmasligi lozim.
Preparatni shifokor buyurtmasisiz qo'llanilganda, agar 7
kun davomida davolangandan keyin pasientning xolati
yaxshilanmasa yoki yomonlashsa shifokorga murojaat etish
tavsiya etiladi.
Keksa yoshli pasientlarda preparatning dozasiga tuzatish
kiritish talab etilmaydi.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlar: gelning applikasiyasida tizimli so'rilishini
pastligi tufayli, dozaning oshirilib yuborilishini
extimoli kam. Ichga tasodifan qabul qilinganda tizimli
nojo'ya reaktsiyalarni rivojlanishi mumkin.
D a vol a sh : me'd a n i yuv i sh , q u s i sh n i ch a q i r i sh ,
faollashtirilgan ko'mir, jadallashtirilgan diurez,
simptomatik terapiya. Diklofenakni oqsillar bilan yuqori
darajada bog'lanishi dializ tufayli samarali emas.

Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi

Homiladorlikning III uch oyligida preparatni qo'llash mumkin emas. Preparatni homiladorlikning I va II uch oyligida faqat shifokorning maslaxatidan keyin qo'llash mumkin. Preparatni emizikli davrida qo'llash zarur bo'lgan xollardagina, ona uchun kutiladigan foyda, bola uchun potentsial xavfdan ustun bo'lsagina qo'llanilishi mumkin. Preparatni sut bezlariga yoki terini katta qismiga va uzoq vaqt davomida qo'llash tavsiya etilmaydi

PARDIFEN aktiv gel 30g N1 boshqa chiqarish shakllari

PARDIFEN Kids suspenziyasi 100 ml 100 mg+162,5 mg / 5 ml
PARDIFEN Kids suspenziyasi 100 ml 100 mg+162,5 mg / 5 ml
Hindiston
Vakil:
VEGAPHARM
Ishlab chiqaruvchi:
Vegapharm Life Sciences Pvt. Ltd., Indiya, proizvedeno: Lark Laboratories (India)
PARDIFEN tabletkalari 500mg / 50mg N100
Retseptli
PARDIFEN tabletkalari 500mg / 50mg N100
Hindiston
Vakil:
VEGAPHARM
Ishlab chiqaruvchi:
Vegapharm Life Sciences Pvt. Ltd., Indiya proizvedeno: Lark Laboratories (India) Ltd
Narxi
49 000 so'm dan
Analoglar PARDIFEN aktiv gel 30g N1
Analoglari yo'q

PARDIFEN aktiv gel 30g N1 savollari

PARDIFEN aktiv gel 30g N1 fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil