Ташкент
logo
SavatKirish

PARDIFEN tabletkalari 500mg / 50mg N100

Retseptli
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:Vegapharm Life Sciences Pvt. Ltd., Indiya proizvedeno: Lark Laboratories (India) Ltd
Vakil:VEGAPHARM
ATX kodi:M01AA55
Barcha PARDIFEN dorilari
11 ta dorixonada bor
Narxi 49 000 so'm dan
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 11 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

PARDIFEN tabletkalari 500mg / 50mg N100 o'xshash dorilari

NUROFEN DLYA DETEY suspenziya so vkusom klubniki 150ml 100mg/5ml
Retseptsiz
NUROFEN DLYA DETEY suspenziya so vkusom klubniki 150ml 100mg/5ml
Buyuk Britaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Rekitt Benkizer Xelsker (Velikobritaniya) Limited
•108 ta dorixonada bor
Narxi
37 000 so'm dan
NUROFEN tabletkalari 200mg N10
Retseptsiz
NUROFEN tabletkalari 200mg N10
Buyuk Britaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Rekitt Benkizer Xelsker Interneshnl Ltd
•113 ta dorixonada bor
Narxi
21 700 so'm dan
NUROFEN DLYA DETEY suspenziya so vkusom klubniki 100ml 100mg/5ml
Retseptsiz
NUROFEN DLYA DETEY suspenziya so vkusom klubniki 100ml 100mg/5ml
Buyuk Britaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Rekitt Benkizer Xelsker (Velikobritaniya) Limited
•120 ta dorixonada bor
Narxi
34 911 so'm dan
TEKSIVEL poroshok 20mg N1
Retseptli
TEKSIVEL poroshok 20mg N1
Ruminiya
Vakil:
WELFAR VST
Ishlab chiqaruvchi:
Arena Group S.A.
•33 ta dorixonada bor
Narxi
48 799 so'm dan

PARDIFEN tabletkalari 500mg / 50mg N100 qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Maxsus saqlash sharoitlari

Quruq, yorug'likdan ximoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo'lmagan xaroratda saqlansin.

Tarkibi

Xar bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:
faol moddalar: paratsetamol BP - 500 mg; diklofenak natriy BP - 50 mg;
yordamchi moddalar: mikrokristall tsellyuloza, kraxmal (makkajo'xorili), povidon (P.V.P.K 30), jelatin,
metilgidroksibenzoati (metilparaben), propilgidroksibenzoati (propilparaben), tsellyuloza atsetatftalati
(sellacefate), atseton, Sunset Yellow Lake bo'yovchisi, tozalangan suv.

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

10 tabletkadan ichga qabul qilish uchun xar bir alu-PVX blisterda. 10 blister tibbiyotda qo'llanilishiga doir
yo'riqnomasi bilan birga karton o'ramda.

Farmakodinamikasi

Pardifen - majmuaviy preparat bo'lib, yaqqol yallig'lanishga qarshi, og'riqsizlantiruvchi va issiqlikni tushiruvchi
ta'sir ko'rsatadi. Preparatni farmakologik faolligi, preparatni tarkibiga kiruvchi diklofenak va
paratsetamolni hususiyatlari bilan bog'liq. Diklofenakni asosiy ta'sir mexanizmi yallig'lanish, og'riq va
isitmani genezida ahamiyatli rol o'ynovchi endogen moddalar - prostaglandinlarni sintezini tormozlashdan
tashkil topgan. Paratsetamol paraaminofenol hosilalari guruhidagi nosteroid yallig'lanishga qarshi
preparatlarga (NYAQP) kiradi. Paratsetamolni og'riqsizlantiruvchi va issiqni tushiruvchi ta'siri bosh miyani
gipotalamik markaziga ta'siri bilan bog'liq.
Pardifen preparatini revmatik kasalliklarda yallig'lanishga qarshi va og'riqsizlantiruvchi xossalari klinik
samarani ta'minlaydi: bo'g'im og'riqlarini kamaytiradi, ertalabki tanglikni va bo'g'imlarni shishini
kamaytiradi, hamda bo'g'imlar funktsiyasini yaxshilaydi.
Pardifen posttravmatik va operasiyadan keyingi yallig'lanish hollarida og'riqni tez qoldiradi, operasiyadan
keyingi yarani yallig'lanish shishini kamaytiradi.
Pardifen norevmatik genezli og'riqli sindromda ham samarali og'riqsizlantiruvchi, xususan, birlamchi
Algodismenoreyada va migren xurujlarida ta'sir ko'rsatadi

Farmakokinetikasi

 Pardifen preparatini ichga qabul qilgandan keyin, diklofenak va paratsetamol tez va to'liq so'riladi. Preparatni
so'rilishiga ovqatlanishga ta'sir qilmaydi.
Qon plazmasida faol moddalarni kontsentrasiyasi preparatni dozasiga proportsional bog'liqlikka ega, preparatni
qabul qilgandan so'ng maksimal darajasiga 60 minutdan keyin erishiladi.
Diklofenakni qon zardobidagi oqsillar (ko'p qismi albuminlar bilan) bilan bog'lanishi 99,7% ga etadi.
Taqsimlanishni shartli xajmi 0,12 -0,17 l/kg ni tashkil etadi. Diklofenak sinovial suyuqlikka kiradi, qon
plazmasiga qaraganda, uning maksimal kontsentrasiyasiga 2 soat kechroq erishiladi. Sinovial suyuqlikdan yarim
chiqarilish davri – 3 soat ni tashkil etadi.
Diklofenakni metabolizmi o'zgarmagan molekulalar glyukuronizasiyasi va metoksil guruhini qo'shilishi yo'li
bilan ro'y beradi, biologik faolligi dastlabki moddani faolligidan ahamiyatli past bir qancha fenol
metabolitlarni paydo bo'lishiga olib keladi.
Diklofenakni umumiy tizimli plazma klirensi taxminan 300 ml/min tashkil qiladi. Oxirgi yarim chiqarilish
davri – 1 soatni tashkil qiladi. Yuborilgan dozaning 60% o'zgarmagan diklofenakni glyukuron kon'yugatlari
ko'rinishida siydik bilan, qolgan qismi esa - safro va ahlat bilan chiqariladi.
Paratsetamol jigarda metabolizmga uchraydi va asosan, siydik bilan chiqariladi.
Pardifen preparatini qayta qo'llaganda faol moddalarning farmakokinetik ko'rsatkichlari o'zgarmaydi.
Tabletkani qabul qilish intervalini saqlash shartlariga rioya qilinganda preparatni kumulyasiyasi kuzatilmaydi.

Nojo'ya samaralari

Me'da-ichak yo'llari tomonidan: ayrim hollarda – ko'ngil aynishi, qusish, diareya, alohida xolatlarda - qabziyat,
gemorragik kolit, nospesifik yarali kolitni zo'rayishi.
Markaziy nerv tizimi tomonidan: ayrim hollarda - bosh og'rig'i, bosh aylanishi; kam hollarda - uyquchanlik;
alohida hollarda – sezuvchanlikni buzilishi, uyqusizlik, qo'zg'aluvchanlik.
Sezgi a'zolari tomonidan: ayrim hollarda – ko'rishni va ta'm sezishni buzilishi.
Teri tomonidan: ayrim hollarda - teri toshmalari; kam hollarda – eshakemi.
Jigar tomonidan: ayrim hollarda - qon zardobida aminotransferazalarni darajasini oshishi.
Yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari: kam hollarda - bronxospazm, tizimli anafilatik/anafilatoid reaktsiyalar,
gipotenziya ham.
Yurak-qon tomirlar tizimi tomonidan: alohida xolatlarda - taxikardiya, ko'krak qafasida og'riq, arterial
gipertenziya, turg'un yurak etishmovchiligi

Qo'llanilishi

‒ revmatik kasalliklarning yallig'lanish va degenerativ shakllarida og'riqli sindrom (revmatoidli artrit,
ankilozlangan spondilit, osteoartroz, spondiloartrit osteoartrit, belda og'riq, tendinit, tenosinovit, bursit,
chiqish va cho'zilishlar);
‒ umurtqa pog'onasi kasalliklarida og'riq;
‒ podagraning o'tkir xuruji;
‒ yallig'lanish va shish bilan birga kechuvchi posttravmatik va operasiyadan keyingi og'riqli sindromlar;
‒ migrenni og'ir kechuvchi xurujlari;
‒ buyrak va o't pufagi sanchiqlari;
‒ og'riq sindromi va yallig'lanish bilan kechuvchi ginekologik kasalliklar (birlamchi algodismenoreya, adneksit
va shunga o'xshashlar);
‒ og'riq xissi bilan kuzatiluvchi quloq, tomoq va burunni og'ir yallig'lanish kasalliklari (faringit, tonzillit,
otit va shunga o'xshashlar);
‒ ortopedik, stomatologik operasiyalarda og'riqni va yallig'lanishni kamaytirish;
‒ yuvenil surunkali artrit;
‒ operasiyadan keyingi og'riq;
‒ bosh og'rig'i;
‒ tana og'rig'i;
‒ dismenoreya;
‒ nevralgiya;
‒ mialgiya;
‒ isitmada qo'llaniladi.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

‒ diklofenak, paratsetamol yoki preparatning xar qanday yordamchi ingredientlariga individual yuqori
sezuvchanlik;
‒ bronxial astma xuruji (bronxospazm), eshakemi, o'tkir rinit yoki diklofenak, paratsetamol, atsetilsalisil
kislotasi yoki boshqa nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlar anamnezida allergiyani boshqa simptomlarini
chaqirgan bo'lsa;
‒ me'da yoki ichakning peptik yaralari;
‒ jigar va/yoki buyraklar faoliyatini dekompensasiyalangan buzilishlari;
‒ glyukozo-6-fosfatdegidrogenaza tanqisligi;
‒ 14 yoshgacha bolalarga;
‒ homiladorlik va emizish davrida.
Ehtiyotkorlik bilan: jigar va buyraklar funktsiyasi buzilgan bemorlarda

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Litiy, digoksin
Pardifen litiy va digoksinni kontsentrasiyasini qon plazmasida oshirishi mumkin.
Diuretik vositalar
Pardifen diuretiklarni faolligini kamaytirishi mumkin. Kaliy saqlovchi diuretiklar bilan bilan bir vaqtda
qo'llanganda qonda kaliyni darajasini oshishiga olib kelishi mumkin (dori vositalarini shunday ta'sir
xolatida ushbu ko'rsatgich tez-tez nazorat qilinishi kerak).
NYAQP
NYAQP bilan bir vaqtda qo'llanganda Pardifen preparatini nojo'ya ta'sirlarini xavfini oshirishi mumkin.
Antikoagulyantlar
Pardifen va antikoagulyantlar bir vaqtda qabul qilgan pasientlarda qon ketishi xavfi nisbatan oshishi xaqidagi
alohida ma'lumotlar, qon ivishi tizimi ko'rsatkichlarini doimiy nazorat qilishni maqsadga muvofiqligini
ta'minlaydi.
Metotreksat
Metotreksatni qabul qilishdan oldin va keyin 24 soatdan kam bo'lmaganda Pardifen preparatini buyurganda
ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak, chunki bunday holatlarda Metotreksatni kontsentrasiyasi qonda oshishi va uning
toksik ta'siri kuchayishi mumkin.
Tsiklosporin
Pardifen preparatini buyraklarda prostaglandinlarni sinteziga ta'siri tsiklosporinni nefrotoksikligini
kuchayishiga olib kelishi mumkin.

Dozirovkasi

Kattalarga va 14 yoshdan katta bolalarga 1 tabletkadan sutkada 2-3 marta ovqatdan keyin yoki shifokor
ko'rsatmasi bo'yicha.
Xar bir bemorga dozasi pasientni yoshiga, xarakteriga va kasallikni kechishiga, preparatni o'zlashtirilishi va davo
samarasiga qarab individual aniqlanadi.
Davolashni boshida kattalarga va tana vazni 60 kg dan ortiq o'smirlarga Pardifen preparatini sutkada 2-3
marta buyuriladi.
Kasallikni simptomlari o'rtacha bo'lsa, hamda uzoq davolashda odatda sutkada 2 tabletkadan etadi - bittadan
ertalab va kechqurun.
Pardifenni maksimal sutkalik dozasi bu sharoitlarda 3 tabletkadan oshmasligi kerak.
Birlamchi Algodismenoreyada preparatni boshlang'ich dozasi sutkada 1 tadan 3 tabletkagacha.
Preparatni qo'llash muddati 5-7 kunni tashkil qiladi va simptomlar dinamikasiga bog'liq.
Pardifen preparatini maksimal sutkalik dozasi kattalarga sutkada 3 tabletkani tashkil qiladi

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: arterial gipotenziya, nafasni tormozlanishi, tirishishlar, buyrak etishmovchiligi, me'da-ichak
yo'llari tomonidan buzilishlar.
Davolash: simptomatik davolashni tezkor choralari: jadallashtirilgan diurez, gemodializ yoki gemoperfuziyalar
samarasiz, preparatni faol moddalarning ko'p qismi qon plazmasi oqsillari bilan bog'lanadi.

Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi

Preparatni homiladorlik va emizish davrida qo'llash mumkin emas.

PARDIFEN tabletkalari 500mg / 50mg N100 boshqa chiqarish shakllari

PARDIFEN aktiv gel 30g N1
Retseptsiz
PARDIFEN aktiv gel 30g N1
Hindiston
Vakil:
VEGAPHARM
Ishlab chiqaruvchi:
Lark Laboratories (India) Ltd
Narxi
29 000 so'm dan
PARDIFEN Kids suspenziyasi 100 ml 100 mg+162,5 mg / 5 ml
PARDIFEN Kids suspenziyasi 100 ml 100 mg+162,5 mg / 5 ml
Hindiston
Vakil:
VEGAPHARM
Ishlab chiqaruvchi:
Vegapharm Life Sciences Pvt. Ltd., Indiya, proizvedeno: Lark Laboratories (India)

PARDIFEN tabletkalari 500mg / 50mg N100 analoglari

DOLAREN tabletkalari N100
DOLAREN tabletkalari N100
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Nabros Pharma Pvt. Ltd
Narxi
90 000 so'm dan
BOLNOL tabletkalari N100
Retseptli
BOLNOL tabletkalari N100
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Isshaan Healthcare Pvt. Ltd, Indiya proizvedeno: Lincoln Pharmaceuticals Ltd.
Narxi
10 000 so'm dan
PARADIK tabletkalari 500mg/50mg N100
Retseptli
PARADIK tabletkalari 500mg/50mg N100
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Avantika Medex PVT.LTD
Narxi
77 700 so'm dan
DIKLOGEN tabletkalari N100
Retseptli
DIKLOGEN tabletkalari N100
O'zbekiston
Vakil:
Nika Pharm
Ishlab chiqaruvchi:
Nika Pharm
Narxi
70 000 so'm dan
BOLNOL tabletkalari N10
Retseptli
BOLNOL tabletkalari N10
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Isshaan Healthcare Pvt. Ltd, Indiya proizvedeno: Lincoln Pharmaceuticals Ltd.
Narxi
10 000 so'm dan
BOLBURG tabletkalari 50 mg/500 mg N100
Retseptsiz
BOLBURG tabletkalari 50 mg/500 mg N100
Hindiston
Vakil:
Rhydburg
Ishlab chiqaruvchi:
Rhydburg LLP, Indiya proizvedeno: Rhydburg Pharmaceuticals Ltd
Narxi
51 000 so'm dan

PARDIFEN tabletkalari 500mg / 50mg N100 savollari

PARDIFEN tabletkalari 500mg / 50mg N100 fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil