Ташкент
logo
SavatKirish

RINITIZ XI sprey 10ml 0,05%

Retseptsiz
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Hindiston
Kategoriya:Nazal vositalar
Ishlab chiqaruvchi:Coral Laboratories Ltd
Teglar:Burun bitishiga qarshi
ATX kodi:R01AB06
Barcha RINITIZ-KSI dorilari
Mavjud emas
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 0 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

RINITIZ XI sprey 10ml 0,05% o'xshash dorilari

OTRIVIN sprey 10ml 0,1%
OTRIVIN sprey 10ml 0,1%
Shveytsariya
Ishlab chiqaruvchi:
GSK Konsyumer Xelsker S.A.
•124 ta dorixonada bor
Narxi
35 000 so'm dan
SNUP sprey 15ml 0,1%
Retseptsiz
SNUP sprey 15ml 0,1%
Germaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Stada Arzneimittel AG, Germaniya proizvedeno: Ursafarm Arzneimittel GmbH
•125 ta dorixonada bor
Narxi
40 000 so'm dan
SNUP sprey 15ml 0,1%
Retseptsiz
SNUP sprey 15ml 0,1%
Germaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Stada Arzneimittel AG, Germaniya proizvedeno: Ursafarm Arzneimittel GmbH
•125 ta dorixonada bor
Narxi
40 000 so'm dan

RINITIZ XI sprey 10ml 0,05% qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

1 ml sprey saqlaydi:
Faol moddalar: ksilometazolin 0,51 mg va ipratropiy bromidi 0,612 mg.
Yordamchi moddalar: benzalkoniy xloridi 0,105 mg, dinatriy eletati 0,50 mg, natriy xloridi 3,42 mg, suvsiz dinatriy gidrogenfosfati 5,00 mg, xlorid kislotasi 5,1 mg, dekspantenol 50,00 mg, suyuq sorbitol (kristallanmaydigan), in'ektsiya uchun suv kerakli miqdorda.

Farmakologik ta'siri

Ksilometazolin - alьfa-adrenomimetik, LOR-amaliyotida maxalliy qo'llash uchun tomirlarni toraytiruvchi vosita. Shilliq qavatlarga qo'yilganda tomirlarning torayishini chaqiradi, buning natijasida maxalliy giperemiya va shish kamayadi.
Rinitlarda burun orqali nafasni yengillashtiradi. Ksilometazolinning tomirlarni toraytiruvchi ta'siri 5-10 minut davomida rivojlanadi va 6-8 soat davom etadi.
Ipratropiy bromidi - m-xolinoretseptorlarning blokatori, bronxlarni kengaytiruvchi ta'sir ko'rsatadi, bezlarning sekretsiyasini kamaytiradi (shu jumladan bronxial va ovqat xazm qilish). Maxalliy qo'llanganida burun epiteliysi xolinergik retseptorlarni raqobatli blokadasi orqali burunning bitishini kamaytiradi.
Farmakokinetikasi
Maxalliy qo'llanganida ksilometazolin va ipratropiy bormidi amalda so'rilmaydi, plazmadagi kontsentratsiyalari shunchalik kichikki, ularni zamonaviy taxlil usullari bilan aniqlashning iloji yo'q.

Nojo'ya samaralari

Tez-tez va/yoki davomli qo'llanganda: shilliq qavatining ta'sirlanishi, achishish, sanchilish, aksirish, yo'tal, burundan qon ketishi, burun shilliq qavatining quruqligi, gipersekretsiya, qichishish, toshmalar, eshakemi kabi allergik reaktsiyalar.
Kam: burun shilliq qavatining shishi (ko'proq davomli qo'llanganida), yurak urishi, taxikardiya, yurak ritmining buzilishi, AB ni oshishi, bosh og'rig'i, qusish, uyquni buzilishi, uyqusizlik, ko'rishni buzilishi.
Yuqori dozalarda davomli qo'llanganida: depressiv xolat.

Maxsus saqlash sharoitlari

Preparatni ko'zga tushishidan saqlanish kerak. Preparat tasodifan ko'zga tushganida, ularni tez va yaxshilab sovuq oqar suvda yuvish kerak.
Uzoq vaqt davomida qo'llash kerak emas, masalan, surunkali rinitda. Shamollash kasalliklarida, burunda qasmoqlar xosil bo'lgan xollarda, gel ko'rinishida buyurish avzalroq xisoblanadi.
Riniteze IX nazal spreyi konservant sifatida benzalkoniy xloridi saqlaydi, u bronxospazm chaqirishi mumkin.
Avtotransportni xaydash va mexanizmlarni boshqarish qobilyatiga ta'siri.
Preparatni ko'rish o'tkirligiga ta'sir qilishi mumkinligini xisobga olib, davolanish davrida avtomobilni xaydashda va mexanizmlarni boshqarishda extiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Qo'llanilishi

Shamollash tufayli tumov (rinoreya) bilan bog'liq bo'lgan burunni bitishi, o'tkir allergik rinit, gipersekretsiya bilan surunkali rinit, sinusit, pollinoz, o'rta otit (burunxalqum shilliq qavatining shishini kamaytirish uchun), patsiyentni burun yo'llaridagi diagnostik muolajalarga tayyorlash.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Yopiqburchakli glaukoma, atrofik rinit, arterial gipertenziya, taxikardiya, yaqqol ateroskleroz, gipertireoz, miya qobiqlaridagi xirurgik aralashuvlar (anamnezdagi), ksilometazolin va ipratropiya bromidi xamda preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik, bolalar va 18 yoshgacha bo'lgan o'smirldar.
Extiyotkorlik bilan preparat yurak-tomir kasalliklarida, qandli diabetda, prostata bezining gipertorfiyasida, qovuq sfinkterining stenozida, feoxromatsitomada, adrenergik moddalarga yuqori sezuvchanlikda qo'llanadi.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

MAO ingibitorlari va tritsiklik antidepressantlar bilan nomutanosib.
Boshqa antixolinergik preparatlar bilan yo'ldosh qo'llash, prepartning antixolinergik samarasini oshirishi mumkin.

Dozirovkasi

Kattalarga xar bir burun yo'liga 1 purkashdan kuniga 3 marta. Dozalar orasidagi interval 6 soatdan kam bo'lmasligi kerak. Davolashning davomiyligi 7 kundan oshmasligi kerak, chunki davomli qo'llash xujayralarda sezuvchanlikni oshishi tufayli shilliq qavatining shishi va burunning bitishi

Dozani oshirib yuborilishi

Maxalliy qo'llanganida dozani oshirib yuborilishi xavfining extimoli kam. Preparatning dozasini oshirib yuborilishining belgilari og'izni qurishi, bosh og'rig'i, qusish, taxikardiya xisoblanadi. Doza oshirib yuborilganida preparatni qo'llashni to'xtatish va simptomatik davolash tavsiya etiladi.

Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi

Xomiladorlik va laktatsiya davrida preparatni faqat ona, xomila va bola uchun xavf va foyda nisbati sinchiklab baxolanganidan keyin qo'llash kerak, tavsiya etilgan dozalarni oshirishga yo'l qo'yilmaydi.

Xususiyatlar RINITIZ XI sprey 10ml 0,05%

Analoglar RINITIZ XI sprey 10ml 0,05%
Analoglari yo'q

RINITIZ XI sprey 10ml 0,05% savollari

RINITIZ XI sprey 10ml 0,05% fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil