Ташкент
logo
SavatKirish
Bosh sahifa  / Dori vositalari  / Tomoq kasalliklari  / SEPTOLETE TOTAL 0,003 + 0,001 tabletkalari N16

SEPTOLETE TOTAL 0,003 + 0,001 tabletkalari N16

Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Sloveniya
Ishlab chiqaruvchi:KRKA, d.d., Novo mesto, AO
Teglar:Anginadan
ATX kodi:R02AA20
Barcha Septolete dorilari
102 ta dorixonada bor
Narxi 40 000 so'm dan
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 102 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

SEPTOLETE TOTAL 0,003 + 0,001 tabletkalari N16 o'xshash dorilari

MIRAMISTIN eritma 50ml 0,1mg/ml
Retseptsiz
MIRAMISTIN eritma 50ml 0,1mg/ml
Ukraina
Vakil:
Nika Pharm
Ishlab chiqaruvchi:
Darnisa AO
•97 ta dorixonada bor
Narxi
52 000 so'm dan
SEPTOLETE pastilkalar N30
SEPTOLETE pastilkalar N30
Sloveniya
Vakil:
KRKA
Ishlab chiqaruvchi:
Krka d.d.
Narxi
44 800 so'm dan

SEPTOLETE TOTAL 0,003 + 0,001 tabletkalari N16 qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Farmakokinetikasi

So'rilishi

Ikkita ta'sir etuvchi modda – setilpiridiniy xlorid va benzidamindan – shilliq qavatlar orqali faqat benzidamin so'riladi. Shuning uchun setilpiridiniy xlorid tizimli darajada benzidamin bilan farmakokinetik o'zaro ta'sirga kirmaydi.

Benzidaminning og'iz bo'shlig'i va halqum shilliq qavatlari orqali so'rilishi qon zardobida ta'sir etuvchi moddani aniqlash orqali ko'rsatilgan, shunga qaramay uning miqdori tizimli ta'sir ko'rsatish uchun yetarli bo'lmagan. Og'iz bo'shlig'ida eriydigan dori shakllari qo'llanilganda benzidaminning so'rilishi mahalliy qo'llash uchun dori shakllariga (masalan, og'iz bo'shlig'i uchun sprey) nisbatan yuqoriroq.

Taqsimlanishi

Barcha dori shakllarining taqsimlanish hajmi bir xil.

Chiqarilishi

Chiqarilishi asosan buyraklar orqali, ko'proq darajada faol bo'lmagan metabolitlar shaklida sodir bo'ladi. Yarim chiqarilish davri va umumiy klirens barcha dori shakllari uchun o'xshash.

Nojo'ya samaralari

Nojo‘ya effektlar rivojlanish tezligi tasnifi, Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti (JSST) tomonidan tavsiya etilgan: juda tez-tez ?1/10, tez-tez ?1/100 dan
Immun tizimi tomonidan buzilishlar: kam hollarda - yuqori sezuvchanlik reaksiyalari; tezligi noma’lum - anafilaktik reaksiyalar.

Asab tizimi tomonidan buzilishlar: tezligi noma’lum - og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining uvishishi.

Nafas olish tizimi, ko‘krak qafasi a’zolari va ko‘ks oralig‘i tomonidan buzilishlar: kam hollarda - bronxospazm.

MITY tomonidan buzilishlar: juda kam hollarda - og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining ta’sirlanishi, og‘iz bo‘shlig‘ida achishish hissi.

Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar: kam hollarda - eshakemi, fotosensibilizatsiya; tezligi noma’lum - angionevrotik shish, teri qichishishi.

Maxsus saqlash sharoitlari

Septolete® total preparatini 7 kundan ortiq qo‘llash mumkin emas. Holat yaxshilanishining sezilarli belgilari bo‘lmaganda shifokorga murojaat qilish kerak.

Septolete® total preparati qo‘llanilganda yuqori sezuvchanlik reaksiyalari rivojlanishi mumkin. Bunday holda davolashni to‘xtatish va tegishli terapiyani tayinlash uchun shifokor bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.

Og‘iz-halqum shilliq qavatining yarali shikastlanishi mavjud bo‘lganda, agar simptomlar uch kundan ortiq saqlanib qolsa, bemor shifokorga murojaat qilishi kerak.

Septolete® total preparatini asetilsalisil kislotasi yoki boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlarga yuqori sezuvchanligi bo‘lgan bemorlarda qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Septolete® total preparatini anion birikmalar (masalan, tish pastasida mavjud bo‘lgan) bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin emas. Shuning uchun preparatni tishlarni tozalashdan bevosita oldin yoki keyin qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Sut bilan bir vaqtda qabul qilish setilpiridiniy xloridning mikroblarga qarshi ta'sirini kamaytirishi mumkin, shuning uchun Septolete® total preparatini sut bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin emas.

Alohida e'tibor va tezkor reaksiyalarni talab qiluvchi potensial xavfli faoliyat turlarini bajarish qobiliyatiga ta'siri (masalan, avtotransportni boshqarish, harakatlanuvchi mexanizmlar bilan ishlash)

Septolete® total preparati transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.

Dozani oshirib yuborish

Belgilari: benzidamin dozasini oshirib yuborishning toksik ko‘rinishlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi: qo‘zg‘alish, tirishishlar, ko‘p terlash, ataksiya, titroq va qusish. Ko‘p miqdorda setilpiridiniy xlorid ichga qabul qilinganda intoksikatsiya belgilari va simptomlari: ko‘ngil aynishi, qusish, shish, sianoz, keyinchalik nafas mushaklari falaji bilan kechuvchi asfiksiya, MNS susayishi, arterial gipotenziya va koma.

Odam uchun o‘lim dozasi taxminan 1-3 g ni tashkil qiladi.

Davolash: maxsus antidot yo‘qligi sababli, benzidamin bilan o‘tkir intoksikatsiyani davolash simptomatik. Setilpiridiniy xlorid dozasini oshirib yuborishni davolash ham simptomatik. Dozani oshirib yuborish holatida shifokorga murojaat qilish kerak.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Ta’sir etuvchi moddalarga yoki preparatning har qanday yordamchi komponentlariga yuqori sezuvchanlik.

6 yoshgacha bo‘lgan bolalar.



Ehtiyotkorlik bilan

Atsetilsalitsil kislotasiga yoki boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlarga yuqori sezuvchanlik, bronxial astma (shu jumladan anamnezda).

Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi

Homiladorlik

Septolete® total preparatini qo‘llashdan oldin, agar Siz homilador bo‘lsangiz yoki homiladorman deb taxmin qilsangiz yoki homiladorlikni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, shifokor bilan maslahatlashish zarur.

Emizish davri

Emizish davrida Septolete® total preparatini qo‘llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashish zarur.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

O'rganilmagan. Antiseptiklar guruhidagi boshqa preparatlar bilan bir vaqtda qo'llashdan saqlanish kerak.

Dozirovkasi
DozalashTabletkalarni har 3-6 soatda og'izda sekin shimish kerak.

Kattalar, keksa yoshdagi bemorlar va 12 yoshdan katta bolalar

Tavsiya etilgan doza sutkasiga 3-4 tabletkani tashkil qiladi.

6 yoshdan 12 yoshgacha bo'lgan bolalar

Tavsiya etilgan doza sutkasiga 3 tabletkani tashkil qiladi.

Ko'rsatilgan dozadan oshirmaslik kerak.

Septolete® total preparatini antiseptiklar guruhiga kiruvchi boshqa preparatlar bilan bir vaqtda qo'llash kerak emas.

Septolete® total preparatini 7 kundan ortiq qo'llash kerak emas.

Xususiyatlar SEPTOLETE TOTAL 0,003 + 0,001 tabletkalari N16

Septolete boshqa chiqarish shakllari

SEPTOLETE pastilkalar N30
SEPTOLETE pastilkalar N30
Sloveniya
Vakil:
KRKA
Ishlab chiqaruvchi:
Krka d.d.
Narxi
44 800 so'm dan

SEPTOLETE TOTAL 0,003 + 0,001 tabletkalari N16 haqida savollar

SEPTOLETE TOTAL 0,003 + 0,001 tabletkalari N16 haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil