SINUREKS sirop 100ml

SINUREKS sirop 100ml o'xshash dorilari




SINUREKS sirop 100ml qo'llanmasi
Suv-spirtli ekstrakt 29 g (dorivor oʻsimlik xomashyosining quyidagi turlari aralashmasidan): parpigul ildizlari (Gentianalutea) – 0.2 g, navroʻzgul gullari (Primulaveris) – 0.6 g, evkalipt barglarining quruq ekstrakti – 0.002 g, marjon gullari (Sambucusnigra) – 0.6 g, tizmagul oʻti (Verbenaofficinalis) – 0.6 g. Etanolning miqdori 16.0-19.0% (o/o).
Dorivor mavrak ekstrakti o’zida efir va o’simlik moylari, C, P, E va B6 vitaminlari, flavonoidlar, terpenoidlar, aminokislotalar (letsitin), tabiiy antibakterial modda solainni mujassam etgan. Ular organizm tomonidan yengil qabul qilinadi, antioksidant xususiyatlariga ega, shuningdek, epitelial to’qimalarni zichlash bilan birga ularni zarar keltiruvchi omillar ta’siridan saqlash xususiyatlariga ega.
Gajak o’t shunday komponentlarni o’z ichiga oladiki, ular gajaklar (gensiopikrin, amarogistinning induvidual qo’shilmasi, flavonoidlar), alohida vitaminlar va mineral moddalar hamda bir qator organik kislotalar.
Dorivor tizimgul flavonoidlar, glikozamidlar, achchiq qo’shilmalar, efir moylari, makro va mikro elementlarga boy.
Marjon gullari flavonoidlarga boy bo’lib, ular orasida rutin, kversatin alohida qiymatga ega. Shuningdek tarkibida terpenoidlar, shakar, bog’lovchi moddalar, makro va mikroelementlar mavjud.
Navro’zgul karotinoidlar va flavonoidlar, B (B1, BC, PP) guruhlaridagi C,P vitaminlari, organik kislotalar, alohida makro va mikroelementlardan iborat.
Evkalipt ekstrakti deyarli 40 komponentdan tashkil topgan bo’lib, ulardan asosiylari bular, efir moylari (tsineol, evkaliptol), teri oshlovchi moddlar, gallotaninlar, kumar va korich kislotalardir. Katta miqdorda mikro va makroelementlar (kalsiy, magniy, kaliy, temir, mis, marganets, kobalt, nikel, kremniy, bor va b.)ni, qatron, pinenlar, ketonlar, aldegidlar, terpenli birikmalar, spirtlar va karbonil birikmalar – gorech va fitonsidlarni o’z ichiga oladi.
Hammasi bo’lib, mahsulotning o’simlik komponentlari qimmatli bilogik xususiyatlarga ega va metabolik jarayonlarga faol qo’shilib ketadi. Shu bilan birga quyidagilarni ko’rsatadi:
– Antioksidant ta’sir va shakllanishni barqarorlashtirish hamda immun hujayralarning differensiyasi;
– Zararli mikroorganizmlarning o’sishini to’xtatuvchi ta’siri;
– Shamollash jarayoni omillarining sintezini to’g’rilash;
– Shilliq tomirlarning morfofunksional xususiyatiga mustahkamlovchi ta’siri.
100 ml – qoramtir shishali flakonlar. Sariqsimon-jigarrang tusdagi shaffof suyuqlik koʻrinishidagi, iforli hidli ichga qabul qilish uchun sirop; saqlash jarayonida yengil xiralashish yoki unchalik katta boʻlmagan choʻkmalarning tushish ehtimoli mavjud.
Ehtimol: allergik reaksiyalar (teri toshmasi, terining qizarishi, qichishi, angionevrotik shish, nafas siqilishi) oshqozon-ichak buzilishi (epigastral sohadagi ogʻriq, koʻngil aynishi).
Nojoʻya samaralarning paydo boʻlishida qabul qilishni toʻxtatish va shifokorga murojat qilish lozim.
Yuqori nafas olish yo’llarining salomatligi ko’p hollarda burun, hiqildoq va tomoq bo’shliqlarining normal fuksional holatiga bog’liq. Sinurex o’simlik kompleksining samaradorligi uning biologik faol moddalari va shilliq burun bo’shliqlarining har tomonlama ijobiy ta’siri bilan izohlanadi.
Mahsulot, shamollash alomatlarida – kattalar va bolalarda doimiy burunning “oqishi”, burun bo’shlig’idan oqayotgan shilliqlarni olib tashlashni yengillashtirish, burun bo’shlig’i va sinuslar drenaji va ventilyatsiyasini ta’minlashda ishga solish profilaktikasi uchun tavsiya etiladi.
Sinureksni qo’llash kapillyarlarni mustahkamlaydi, u yerdagi qon aylanishini yaxshilaydi va shishish hamda shilliq burun bo’shlig’idagi sekretsiya faolligining rivojlanishiga to’sqinlik qiladi.
Sinurexning bioaktiv moddalar kompleksi burun shilliq pardasining mahalliy immunitetini mustahkamlash bilan birga LOR organlarning o’tkir respirator kasalliklariga organizmning umumiy rezistentligini oshiradi. Nafas olish yo’llaridagi shamollash jarayonini qo’zg’atuvchi patogen mikroorganizmlar rivojlanishiga to’sqinlik qilish uchun sharoit yaratadi.
Nafas olish tizimining normal fiziologik faoliyatni qo’llab quvvatlab turish uchun umumiy kayfiyatni, insonning jismoniy va aqliy faolligini yaxshilashga xizmat qiladi.
— alkogolizm;
— 2 yoshgacha bo’lgan bolalar;
— preparat komponentlariga yuqori taʼsirchanlik.
Muvafaqqiyatli ravishda alkogolizmga qarshi davolanayotgan patsiyentlar Sinureksni qabul qilmasliklari lozim.
Ehtiyotlik bilan: jigar kasalliklari, epilepsiya, bosh miya kasalliklari va jarohatlari (faqat shifokor bilan maslahatlashuvdan keyin qoʻllash mumkin).
– 2 yoshdan 6 yoshgacha bo’lgan bolalarga (2,5ml) yarim o’lchov qoshiqdan kuniga 2-mahal.
– 6 yosgdan 12 yoshgacha bo’lgan bolalrga (5ml) bir o’lchov qoshiqdan kuniga 2-mahal.
– 12 yoshdan kata bo’lgan yoshdagilarga (10ml) ikki o’lchov qoshiqdan kuniga 2-mahal.
Agar simptomlar 7-14 kundan ortiq saqlanib qolsa yoki vaqti-vaqti bilan takrorlansa, u holda shifokor bilan maslahatlashish kerak.
Qoʻllashdan avval preparatni chayqatish lozim.



