Sinureks
Sinureks chiqarilish shakllari
Sinureks haqida qo'llanma
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Mahsulot komponentlariga o’ta shaxsiy sezuvchanlik. Homilador va emizikli ayollarga, 6 yoshgacha bolalarga.
Farmakologik ta'siri
Dorivor mavrak ekstrakti o’zida efir va o’simlik moylari, C, P, E va B6 vitaminlari, flavonoidlar, terpenoidlar, aminokislotalar (letsitin), tabiiy antibakterial modda solainni mujassam etgan. Ular organizm tomonidan yengil qabul qilinadi, antioksidant xususiyatlariga ega, shuningdek, epitelial to’qimalarni zichlash bilan birga ularni zarar keltiruvchi omillar ta’siridan saqlash xususiyatlariga ega.
Gajak o’t shunday komponentlarni o’z ichiga oladiki, ular gajaklar (gensiopikrin, amarogistinning induvidual qo’shilmasi, flavonoidlar), alohida vitaminlar va mineral moddalar hamda bir qator organik kislotalar.
Dorivor tizimgul flavonoidlar, glikozamidlar, achchiq qo’shilmalar, efir moylari, makro va mikro elementlarga boy.
Marjon gullari flavonoidlarga boy bo’lib, ular orasida rutin, kversatin alohida qiymatga ega. Shuningdek tarkibida terpenoidlar, shakar, bog’lovchi moddalar, makro va mikroelementlar mavjud.
Navro’zgul karotinoidlar va flavonoidlar, B (B1, BC, PP) guruhlaridagi C,P vitaminlari, organik kislotalar, alohida makro va mikroelementlardan iborat.
Evkalipt ekstrakti deyarli 40 komponentdan tashkil topgan bo’lib, ulardan asosiylari bular, efir moylari (tsineol, evkaliptol), teri oshlovchi moddlar, gallotaninlar, kumar va korich kislotalardir. Katta miqdorda mikro va makroelementlar (kalsiy, magniy, kaliy, temir, mis, marganets, kobalt, nikel, kremniy, bor va b.)ni, qatron, pinenlar, ketonlar, aldegidlar, terpenli birikmalar, spirtlar va karbonil birikmalar – gorech va fitonsidlarni o’z ichiga oladi.
Hammasi bo’lib, mahsulotning o’simlik komponentlari qimmatli bilogik xususiyatlarga ega va metabolik jarayonlarga faol qo’shilib ketadi. Shu bilan birga quyidagilarni ko’rsatadi:
– Antioksidant ta’sir va shakllanishni barqarorlashtirish hamda immun hujayralarning differensiyasi;
– Zararli mikroorganizmlarning o’sishini to’xtatuvchi ta’siri;
– Shamollash jarayoni omillarining sintezini to’g’rilash;
– Shilliq tomirlarning morfofunksional xususiyatiga mustahkamlovchi ta’siri.
Saqlash sharoitlari
Qorong’i va quruq joyda, 25 °C oshmagan haroratda saqlang.
Qo‘llash usuli va dozirovkasi
Kattalar va 6 yoshdan katta bolalarga 2 kapsuladan kuniga 2-3 mahal 10-15 kun davomida iste’mol qilish tavsiya etiladi. Qabul qilish kursi mutaxassis tavsiyasiga ko’ra takrorlanishi mumkin.
- 1. Dori vositalari va tibbiy buyumlar Davlat reestri (O‘zbekiston Respublikasi)
- 2. Ishlab chiqaruvchining rasmiy yo‘riqnomasi
- 3. Anatomik-terapevtik-kimyoviy tasnif (ATX)














