×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

Sitafor tabletkalari 50mg N30

Kategoriya:
- Qandli diabetga qarshi
Ishlab chiqarilish joyi:
- O'zbekiston
Farmakoterapevtik guruh:
- gipoglikemik vosita - dipeptidilpeptidaza 4 ingibitori.
Faol modda:
Ситаглиптин
Qadoqda soni:
- 30
Ishlab chiqaruvchi:
- Novugen Pharma
Vakil:
- Novugen Pharma
ATX kodi:
- А10ВН01
Shifokor konsultatsiyasi:
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 67 ta dorixonasida topildi

ico 35 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 54 900 s`om dan

Bron qilish

O'xshash dorilar

1 000 000 s`om dan
SIOFOR 500 tabletkalari 500mg N60 Berlin-Chemie AG (Menarini Group), Германия произведено: Menarini-Von Heyden GmbH Germaniya
APIDRA SOLOSTAR eritma 3ml 100YeD N5 Санофи-Авентис Восток, ЗАО Rossiya
130 000 s`om dan
ORAL AED tomchilar 10ml IS Group Pharma Latviya
87 800 s`om dan
Yaroqlilik muddati (oy) 2 yil
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Qobiq bilan qoplangan tabletkalar, 50 yoki 100 mg.

10 tabletkadan tabletkadan kontur uyali o'ramlar. 3 kontur uyali o'ramlar qo'llash bo'yicha yo'riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.



Qobiq bilan qoplangan 1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: sitagliptin fosfati monogidrati shaklida 50 mg yoki 100 mg sitagliptin;

yordamchi moddalar: kolloid kremniy dioksid, mikrokristall tsellyuloza, maydalanmagan suvsiz kaltsiy fosfat digidrati, natriy kroskarmelloza, gidroksipropilmetilsellyuloza, magniy stearati, natriy stearilfumarati.

qobig'i: «Opadry Brown» saqlaydi.

Ta'sir mexanizmi

Sitafor (sitagliptin) dipeptidilpeptidaza 4 (DPP-4) ingibitorlari deb nomlanuvchi peroral antigiperglikemik vositalar sinfiga kiradi, ular 2 tip qandli diabeti bo'lgan pasientlarda faol inkretin gormonlar darajasini oshirish orqali glikemik nazoratni yaxshilaydi. Inkretinlar oilasi gormonlari, shu jumladan glyukagonga-o'xshash peptid-1 (go'p-1) va glyukozaga qaram insulinotrop polipeptid (GIP), kun davomida ichakda ishlab chiqariladi, ularning darajasi esa ovqat qabul qilishga javoban oshadi. Inkretinlar glyukoza gomeostazini fiziologik boshqarilishida ishtirok etuvchi endogen tizimning bir qismi hisoblanadi. Qondagi glyukozaning darajasi normal yoki yuqori bo'lganida go'p-1 va GIP tsiklik AMF bilan assosiasiyalangan xujayra ichki signal mexanizmlari hisobiga insulinning sintezini, shuningdek uni me'da osti bezi beta-xujayralaridan ajralib chiqishini kuchaytiradi. Hayvonlardagi 2 tip qandli diabet modellarida go'p-1 yoki DPP-4 ingibitorlari bilan davolash, beta-xujayralarni glyukozaga sezuvchanligini yaxshilanishini va insulinning biosintezini va sekresiyasini rag'batlantirilishini namoyish qilgan. Insulinning yuqori darajalarida to'qima tomonidan glyukozaning yutilishi oshadi. Bundan tashqari, go'p-1 me'da osti bezining alfa-xujayralari tomonidan glyukagonning sekresiyasini pasaytiradi. Insulinning darajasini oshishi fonida glyukagonning kontsentrasiyasini pasayishi, jigar tomonidan glyukozaning ishlab chiqarilishini kamayishini chaqiradi, bu oqibatda qonda glyukozaning darajasini pasayishiga olib keladi. Go'p-1 va GIP ning sanab o'tilgan samaralari glyukozaga qaram hisoblanadi, ya'ni qonda glyukozaning past kontsentrasiyasida insulinning ajralib chiqishini rag'batlantirilishi va glyukagon go'p-1 sekresiyasini pasayishi kuzatilmaydi. Go'p-1 uchun ham, GIP uchun ham, agarda glyukozaning darajasi normal kontsentrasiyadan yuqori bo'lsa, unda insulinni ajralib chiqishi kuchayadi. Bundan tashqari, gipoglikemiyaga javoban go'p-1 glyukagonning normal ajralib chiqishiga ta'sir qilmaydi. Go'p-1 va GIP ning faolligi DPP-4 bilan cheklanadi, u inkretinlarni faol bo'lmagan mahsulotlar hosil bo'lishi bilan tez gidrolizga uchratadi. Sitagliptin DPP-4 fermenti tomonidan inkertinlarning gidrolizini oldini oladi, shu bilan go'p-1 va GIP ning faol shakllarining plazmadagi kontsentrasiyalarini oshiradi. Inkretinlar darajasini oshirib sitagliptin insulinning glyukozaga qaram ajralib chiqishini kuchaytiradi va glyukagonning sekresiyasini kamayishiga yordam beradi. 2 tip qandli diabeti bo'lgan giperglikemiyali pasientlarda insulin va glyukagonning darajalarining bu o'zgarishlari glikolizasiyalangan gemoglobinni A1s (HbA1c) pasayishiga va nahorga va ovqat qabul qilgandan keyin glyukozaning kontsentrasiyalarini kamayishiga olib kelishi mumkin. Sitagliptinning glyukozaga qaram ta'sir mexanizmi, sulfonilmochevini hosilalarining ta'sir mexanizmidan farq qiladi, ular xatto glyukozaning past darajasida ham insulinning sekresiyasini kuchaytiradilar va 2 tip qandli diabeti bo'lgan pasientlarda va sog'lom odamlarda gipoglikemiyaga olib kelishlari mumkin. Sitagliptin DPP-4 fermentning kuchli ta'sir qiluvchi va selektiv ingibitori hisoblanadi va terapevtik kontsentrasiyalarda unga yaqin DPP-8 yoki DPP-9 fermentlarini ingibitsiya qilmaydi.

Sitagliptinning farmakokinetikasi sog'lom shaxslarda va 2 tip qandli diabeti bo'lgan pasientlarda xar tomonlama o'rganilgan. Sog'lom shaxslarda 100 mg sitagliptin peroral qo'llanganidan keyin, preparat qabul qilinganidan keyin 1-4 soat o'tgach maksimal plazma kontsentrasiyalariga (mediana Tmax) erishish bilan preparatning tez so'rilishi aniqlanadi. Sitagliptinning qon plazmasidagi AUC qiymati dozaga proportsional ravishda oshadi. Preparat 100 mg dozada bir marta peroral qabul qilinganidan keyin sog'lom odamlarda qon plazmasida sitagliptinning AUC 8,52 mkmol x soatni tashkil qilgan. Smax 950 nmol ni tashkil qilgan, yakuniy yarim chiqarilish davri (t1/2) 12,4 ni tashkil qilgan. 100 mg doza qabul qilgandan keyin muvozanat holatida, birinchi doza bilan solishtirganda qon plazmasidagi sitagliptinning AUC taxminin 14% ga oshgan. Sitagliptin AUC ning intra - va intersub'ekt koeffisientlarining o'zgaruvchanligi ahamiyatsiz bo'lgan (5,8% va 15,1%). Sitagliptinning farmakokinetikasi, umuman, sog'lom shaxslarda va 2 tip qandli diabeti bo'lgan pasientlarda o'xshash.

So'rilishi

Sitagliptinning mutloq Biokiraolishligi taxminan 87% ni tashkil qiladi. Sitafor preparati va yog'larni katta miqdorda saqlovchi ovqatni bir vaqtda qabul qilish, preparatning farmakokinetikasiga ta'sir qilmaydi, sitafor preparatini ovqat qabul qilishdan qat'iy nazar qabul qilish mumkin.

Taqsimlanishi

Sitagliptin 100 mg dozada bir marta vena ichiga yuborilganidan keyin muvozanat holatida taqsimlanishining o'rtacha xajmi sog'lom odamlarda taxminan 198 l ni tashkil qiladi. Qon plazmasi oqsillari bilan qaytuvchan bog'langan sitagliptinning fraktsiyasi ozgina (38%).

Metabolizmi

Sitagliptin asosan o'zgarmagan holda siydik bilan chiqariladi, metabolizmi esa ahamiyatli emas. Sitagliptinning taxminan 79% o'zgarmagan holda siydik bilan chiqariladi.

[14C] sitagliptin peroral qabul qilinganidan keyin radiofaol preparatning taxminan 16% sitagliptinning metabolitlari ko'rinishida chiqarilgan. 6 metabolitlarining izlari darajasi aniqlangan, ular kutilishicha, plazmada sitagliptinning DPP-4 ingibitorlik faolligiga ega emas. In vitro sharoitdagi tekshirishlarda sitagliptinning cheklangan metabolizmiga javob beruvchi asosiy ferment CYP2C8 ishtirokidagi CYP3A4 ekanligi aniqlangan.

Chiqarilishi

Sog'lom odamlar tomonidan [14C] sitagliptin peroral qabul qilinganidan keyin taxminan 100% qabul qilingan radiofaol preparat, preparat qabul qilinganidan keyin bir hafta davomida axlat (13%) va siydik (87%) bilan chiqarilgan. Sitagliptin 100 mg dozada peroral qo'llanganidan keyin yarim chiqarilishining yakuniy davri taxminan 12,4 soatni tashkil qiladi; buyrak klirensi taxminan minutiga 350 ml ni tashkil qiladi.

Sitagliptinni chiqarilishi asosan faol naychalar sekresiyasi mexanizmi orqali buyraklardan chiqarilish yo'li bilan amalga oshiriladi. Sitagliptin uchinchi tur (һoat-3) odam organik anionlarning olib o'tuvchisi uchun substrat hisoblanadi, u sitagliptinning buyrak orqali chiqarilish jarayoniga jalb qilingan bo'lishi mumkin. Sitagliptinni tashilishida (һoat-3) ning klinik ahamiyati aniqlanmagan. Sitagliptin, shuningdek r-glikoproteinning substrati hisoblanadi, u ham sitagliptinning buyrak orqali chiqarilish jarayonida ishtirok etishi mumkin. Lekin, r-glikoproteinning ingibitori bo'lgan Tsiklosporin, sitagliptinning buyrak klirensini pasaytirmagan.

Alohida guruh pasientlaridagi farmakokinetikasi

Buyrak etishmovchiligi. Bir martalik dozani qo'llash bilan ochiq tadqiqot sog'lom ko'ngillilar nazorat guruhi bilan solishtirganda og'irligi turli darajali surunkali buyrak etishmovchiligi bo'lgan pasientlarda, sitafor preparatining (50 mg) farmakokinetikasini o'rganish maqsadida o'tkazilgan. Tadqiqotga kreatinin klirensi ko'rsatgichi bo'yicha engil (minutiga 50 dan 80 ml gacha), o'rtacha (minutiga 30 dan 50 ml gacha) va og'ir (minutiga 30 ml dan kam) buyrak etishmovchiligi bo'lgan pasientlar, shuningdek dializ o'tkazilayotgan buyrak etishmovchiligining terminal bosqichidagi pasientlar kiritilgan. Kreatinin klirensi sutka davomidagi kreatininning buyrak klirensi ko'rsatgichi bo'yicha yoki Kokroft-Golt formulasi bo'yicha qon zardobidagi kreatininning kontsentrasiyasining qiymatlarini ishlatish bilan aniqlangan.

[140 - yosh (yillarda)] tana vazni (kg da) x0,85 ayollar uchun

Kk= ----------------------------------------------------------------------------------

[72 x qon zardobidan kreatinin (mg/dl)]

Buyrak etishmovchiligining engil shakli bo'lgan pasientlarda sog'lom ko'ngillilar nazorat guruhi bilan solishtirganda qon plazmasida sitagliptinning kontsentrasiyasini klinik ahamiyatli oshishi aniqlanmagan. Sog'lom ko'ngillilar nazorat guruhi bilan solishtirganda qon plazmasida sitagliptinning AUC ni taxminan 2 marta oshishi o'rtacha og'irlikdagi buyrak etishmovchiligi bo'lgan pasientlarda kuzatilgan va og'ir buyrak etishmovchiligi bo'lgan pasientlar, shuningdek gemodializ o'tkazilayotgan og'ir buyrak etishmovchiligi bo'lgan pasientlarda qon plazmasida sitagliptinning AUC ni taxminan 4 marta oshishi aniqlangan. Sitagliptin gemodializda kuchsiz darajada chiqariladi (preparat qabul qilinganidan keyin 4 soat o'tgach boshlangan 3-4 soatli dializ seansida 13,5%). Preparat buyrak faoliyati normal bo'lgan pasientlar qon plazmasidagi sitagliptinning o'xshash kontsentrasiyalariga erishish uchun kerakli dozada ishlab chiqarilmasligi tufayli, sitafor buyrak etishmovchiligining o'rtacha va og'ir shakli bo'lgan pasientlar yoki gemodializ o'tkazilayotgan buyrak etishmovchiligining terminal bosqichi bo'lgan pasientlar uchun tavsiya etilmaydi.

Jigar etishmovchiligi. O'rtacha og'irlikdagi (Chayld-Pyu shkalasi bo'yicha 7-9 ballar) jigar etishmovchiligi bo'lgan pasientlarda sitagliptinning AUC va Smax o'rtacha qiymatlari sitafor preparati 100 mg dozada bir marta qabul qilinganidan keyin sog'lom ko'ngillilar nazorat guruhi bilan solishtirganda, muvofiq taxminan 21% va 13% ga oshgan. Bunday farqlar klinik ahamiyatli sifatida qaralmaydi. Engil va o'rtacha og'irlikdagi jigar etishmovchiligi bo'lgan pasientlarda preparatning dozasiga tuzatish kiritishning xojati yo'q.

Buyrak etishmovchiligining og'ir shakli (Chayld-Pyu shkalasi bo'yicha 9 balldan yuqori) bo'lgan pasientlarda preparatni qo'llashning klinik tajribasi yo'q. Lekin, sitagliptin asosan buyrak orqali chiqarilishi oqibatida, jigar etishmovchiligining og'ir shaklida sitagliptinning farmakokinetikasiga ahamiyatli ta'siri kutilmaydi.

Keksa yoshdagi pasientlar. Yoshga qarab preparatning dozasiga tuzatish kiritishning zarurati yo'q. Faza I va faza II ma'lumotlarini populyasion farmakokinetik tahlili asosida, sitagliptinning farmakokinetikasiga pasientlarning yoshi klinik ahamiyatli ta'sir ko'rsatmaydi. Keksa yoshdagi pasientlarda (65-80) qon plazmasidagi sitagliptinning kontsentrasiyasi yoshroq pasientlardagiga qaraganda taxminan 19% ga yuqori bo'lgan.

Bolalar. Sitafor preparatini bolalarda qo'llash bo'yicha tadqiqotlar o'tkazilmagan.

Jins. Jinsga qarab preparatning dozasiga tuzatish kiritishning zarurati yo'q. Faza I ma'lumotlarining majmuaviy farmakokinetik tahlili va faza I va faza II ma'lumotlarini populyasion farmakokinetik tahlili asosida jins sitaglipninning farmakokinetikasiga klinik ahamiyatli ta'sir ko'rsatmaydi.

Irq. Irqqa mansubligiga qarab preparatning dozasiga tuzatish kiritishning zarurati yo'q.

Faza I ma'lumotlarining majmuaviy farmakokinetik tahlili va faza I va faza II ma'lumotlarini populyasion farmakokinetik tahlili asosida, shu jumladan oq tanli, lotin amerikalik, qora tanli, Osiyo irqi, shuningdek boshqa irq guruhlari pasentlari, irqi sitaglipninning farmakokinetikasiga klinik ahamiyatli ta'sir ko'rsatmaydi.

Tana vaznining indeksi (TVI). TVI ga qarab preparatning dozasiga tuzatish kiritishning zarurati yo'q. Faza I ma'lumotlarining majmuaviy farmakokinetik tahlili va faza I va faza II ma'lumotlarini populyasion farmakokinetik tahlili asosida tana vaznining indeksi sitaglipninning farmakokinetikasiga klinik ahamiyatli ta'sir ko'rsatmaydi.

2 tip qandli diabet. 2 tip qandli diabeti bo'lgan pasientlarda sitagliptinning farmakokinetikasi, umuman olganda, sog'lom odamlar farmakokinetikasiga o'xshash.



Xavfsizlik profilini qisqacha ta'rifi

Jiddiy nojo'ya reaktsiyalar, shu jumladan pankreatit va o'ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalarini, haqida xabar berilgan.

Preparat sulfonilmochevina (4,7%-13,8%) va insulin (9,6%) bilan bir vaqtda qo'llanganida gipoglikemiya haqida xabar berilgan. Davomiyligi 2 yilgacha bo'lgan 11 katta klinik tadqiqotlarda taxminan 3 200 pasientlar sitafor preparati bilan sutkada 100 mg dozada monoterapiya yoki metformin, sulfonilmochevina (metformin bilan/usiz), insulin (metformin bilan/usiz) yoki PPARγ Agonisti (metformin bilan/usiz) bilan majmuada davolanganlar. Bu tadqiqotlardan 9 tasining birlashtirilgan tahlilida, agar preparat sutkada 100 mg qo'llangan bo'lsa nojo'ya reaktsiyalar paydo bo'lishi sababli preparatni bekor qilish ko'rsatgichi 0,8% ni va davolashning boshqa tartiblarida 1,5% ni tashkil qilgan.

Nojo'ya reaktsiyalar ro'yxati

Quyida a'zolar tizimi sinfi va tez-tezligi bo'yicha nojo'ya reaktsiyalar (1-jadval) keltirilgan. Tez-tezligi quyidagicha belgilangan: juda tez-tez (≥1/10), tez-tez (≥1/100 dan <1/10 gacha), tez-tez emas (≥1/1000 dan <1/100 gacha), kam hollarda (≥1/10000 dan <1/1000 gacha), juda kam hollarda (<1/10000) va noma'lum (mavjud bo'lgan ma'lumotlar bo'yicha aniqlash mumkin emas).


1-jadval. Plasebo-nazoratli klinik tadqiqotlarda va postmarketing qo'llash davrida kuzatilgan nojo'ya reaktsiyalar tez-tezligi.

Nojo'ya reaktsiya

Davolash tartibiga qarab nojo'ya reaktsiyalarning tez-tezligi


sitaglip-

tin bi-

lan mono-

terapiya

sitaglip-

tin va

metfor-

min

sitagip-

tin va

sulfo-

nilmoche-

vina

sitagip-

tin va

sulfo-

nilmoche-

vina va

metfor-

min

sitagip-

tin va

PPARγ

Agonisti

(piogli-

tazon)


sitagip-

tin va

PPARγ

Agonisti

(piogli-

tazon) va met-

formin


Sita-Gip-tin va

insu-

Lin

(+/-)

met-

for-

min

Vaqt

24 hafta

24 hafta

24 hafta

24 hafta

24 hafta

26 hafta

24 hafta

Infektsiyalar va invaziyalar

gripp







tez-tez

Nafas yo'llari yuqori bo'limi infek - tsiyalari

tez-tez*







nazofa-

ringit

tez-tez*






Immun tizimi tomonidan buzilishlar

o'ta yuqori

sezuvchan-

lik reak-

tsiyalari, shu jumla-dan anafi-

laktik

reaktsiyalar†‡






tez-tezligi noma'lum

Metabolizm va oziqlanishni buzilishi

gipogli-

kemiya‡

tez-tez

tez-tez

tez-tez

juda

tez-tez

tez-tez

tez-tez

tez-tez

Nerv tizimi tomonidan buzilishlar

bosh og'rig'i

tez-tez






tez-tez

uyquchan-

lik


tez-tez

emas






bosh ay-

lanishi

tez-tez

emas







Nafas yo'llari, ko'krak qafasi va ko'ks oralig'i a'zolari tomonidan buzilishlar

O'pkaning Inter-

stisial

kasalligi†

tez-tezligi noma'lum

Miy tomonidan buzilishlar

diareya


tez-tez

emas






og'izni

qurishi







tez-tez

emas

ko'ngil

aynishi


tez-tez






meteorizm


tez-tez



tez-tez



qabziyat

tez-tez

emas

tez-tez

emas


tez-tez



tez-tez

emas

qorinning

yuqori qismi-da og'riq


tez-tez

emas






Qusish

tez-tezli-

gi noma'-

lum†

tez-tez

tez-tez-

ligi noma'-

lum†

tez-tezli-

gi noma'-

lum†

tez-tez-

ligi noma'-

lum†

tez-tez-

ligi noma'-

lum†

tez-tez

ligi noma'-

lum†

o'tkir Pan-kreatit†,‡


tez-tezligi noma'lum

fatal va no-fatal gemor-ragik va nek-rotik Pan-kreatit†,‡




tez-tezligi noma'lum

Teri va teri osti kletchatkasi tomonidan buzilishlar

angionevro-tik shish†,‡


tez-tezligi noma'lum

toshma†,‡

tez-tezligi noma'lum

eshakemi†,‡

tez-tezligi noma'lum

vaskulitning

teri shakli†,‡


tez-tezligi noma'lum

Terining

eks-foliativ kasalliklari, shu jumla-dan Stivens-

retsept bo'yicha
Umumiy. Sitafor preparatini 1 tip qandli diabeti bo'lgan pasientlarda yoki diabetik ketoasidozni davolash uchun qo'llash mumkin emas.

Pankreatit. Postmarketiing kuzatuvlar davomida sitagliptin qabul qilgan pasientlarda, o'tkir pankreatit, shu jumladan fatal va nofatal gemorragik yoki nekrotik pankereatit, hollari haqida xabarlar olingan. ("Nojo'ya ta'sirlari, Postmarketing tajriba" bo'limlariga qarang). Bu xabarlar noaniq o'lchamli populyasiyaga nisbatan erkin yuborilganligi tufayli, umuman olganda, tez-tezligi yoki preparatni qo'llash bilan sabab-oqibat o'zaro aloqasini ishonchli baxolash mumkin emas. Pasientlarni o'tkir pankereatitning xarakterli simptomlari: qorinda doimiy jadal og'riq haqida xabardor qilish kerak. Sitagliptin bekor qilinganidan keyin pankreatitning yo'qolishi kuzatilgan. Agar pankreatitga gumon bo'lsa, sitafor preparatini va boshqa potentsial gumon qilinayotgan preparatlarni bekor qilish kerak.

Buyrak etishmovchiligi bo'lgan pasientlarda qo'llanishi. Sitafor preparati buyrak orqali chiqariladi. Sitafor preparatining buyrak faoliyati normal bo'lgan pasientlar qon plazmasidagi kontsentrasiyasiga o'xshash kontsentrasiyalarga erishish uchun, buyrak etishmovchiligining o'rtacha yoki og'ir shakli, shuningdek gemodializ yoki peritoneal dializ o'tkazishni talab qiluvchi buyrak etishmovchiligining terminal bosqichi bo'lgan pasientlar uchun pastroq dozalar tavsiya etiladi ("qo'llash usuli va dozalari, Buyrak etishmovchiligi bo'lgan pasientlar" bo'limlariga qarang).

Sulfonilmochevina hosilalari yoki insulin bilan majmuadagi gipoglikemiya. Sitafor preparatining monoterapiya yoki gipoglikemiya rivojlanishiga olib keluvchi preparatlar (ya'ni metformin yoki PPARγ agonistlari (tiazolidindion)) bilan majmuaviy davolash qismi sifatidagi klinik tadqiqotlarda, sitafor preparati qo'llanganidagi gipoglikemiya darajasi, plasebo qabul qilgan pasientlardagi darajaga o'xshash bo'lgan. Boshqa antigiperglikemik vositalarni qo'llashdagi kabi, sitafor preparati insulin yoki sulfonilmochevina bilan majmuada qo'llanganida gipoglikemiya kuzatilgan ("nojo'ya ta'sirlari" bo'limiga qarang). Shuning uchun, sulfonilmochevina yoki insulin bilan induktsiyalangan gipoglikemiya rivojlanishini oldini olish uchun, bu preparatlarning dozasini kamaytirish masalasini ko'rib chiqish mumkin ("qo'llash usuli va dozalari" bo'limiga qarang).

O'ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari. Postmarketing kuzatuvlar davomida sitafor preparati bilan davolangan pasientlarda o'ta yuqori sezuvchanlikning jiddiy reaktsiyalari haqida xabarlar olingan. Bu reaktsiyalar quyidagilar: anafilaksiya, angionevrotik shish va terining eksfoliativ holatlari, shu jumladan Stivens-Djonson sindromi. Bu xabarlar noaniq o'lchamli populyasiyaga nisbatan erkin yuborilganligi tufayli, umuman olganda, tez-tezligi yoki preparatni qo'llash bilan sabab-oqibat aloqasini ishonchli baxolash mumkin emas. Bu reaktsiyalar sitafor preparati bilan davolash boshlanganidan keyingi birinchi 3 oylar davomida, ayrim hollarda esa - preparatning birinchi dozasidan keyinoq paydo bo'lgan. Agar o'ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyasiga gumon qilinsa, sitafor preparatini bekor qilish, reaktsiyaning mumkin bo'lgan sabablarini baxolash va diabetni davolash uchun muqobil preparatni buyurish kerak ("qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar va nojo'ya samaralari, Postmarketing tajriba" bo'limlariga qarang).

Homiladorlik va emizish davrida qo'llanishi

Homiladorlik. Sitagliptin organogenez vaqtida 250 mg/kg dozalargacha peroral yuborilganida kalamushlarda yoki 125 mg/kg gacha dozalarda yuborilganida quyonlarda preparat teratogen emas (kattalar uchun tavsiya etilgan 100 mg sutkalik dozadan kelib chiqib, odamdagi ekspozisiyadan muvofiq 32 va 22 marta yuqori). Kalamushlarda sutkalik 1000 mg/kg peroral doza (sutkada 100 mg tavsiya qilingan sutkalik doza qabul qilganda odamdagi ekspozisiyadan taxminan 100 marta yuqori) yuborilganida homilada qovurg'alar malformasiyasining rivojlanish tez-tezligini oshishi kuzatilgan. Sutkada 1000 mg/kg peroral doza yuborilgan kalamushlarning avlodida ikkala jinsda emizikli davrida tana vaznini o'rtacha o'sishini biroz kamayishi va emizikli davridan keyin erkaklarda tana vaznini oshishi kuzatilgan. Lekin hayvonlardagi reproduktsiyanining tadqiqotlari hamma vaqt ham odam organizmining reaktsiyasiga nisbatan prognostik hisoblanmaydi. Kalamushlar avlodida preparatni funktsionallik yoki hatti-harakatga toksik ta'siri kuzatilmagan.

Urg'ochi homilador kalamushlarda sitagliptin sutkada 1000 mg/kg peroral dozada yuborilganida yo'ldosh orqali o'tish ko'rsatgichi doza yuborilganidan keyin 2 soat o'tgach taxminan 43-46% ni va 24 soat o'tgach 80% ni tashkil qilgan. Quyonlarda sitagliptin
125 mg/kg dozada peroral yuborilganida yo'ldosh orqali o'tish ko'rsatgichi doza qabul qilinganidan keyin 2 soat o'tgach taxminan 66% ni va 24 soat o'tgach 30% ni tashkil qilgan.

Homilador ayollarda yaxshi nazoratlangan tadqiqotlar o'tkazilmagan; shuning uchun sitafor preparatini homilador ayollarda qo'llashning xavfsizligi noma'lum. Sitafor preparati, boshqa antigiperglikemik vositalar kabi homiladorlik davrida qo'llash uchun tavsiya etilmaydi.

Emizish. Sitagliptin laktasiya davridagi kalamushlar sutiga o'tadi. Sitagliptinning odam sutiga chiqarilishi noma'lum. Shuning uchun emizikli ayollar sitafor preparatini qo'llamasliklari kerak.

Bolalarda qo'llanishi

Sitafor preparatini 18 yoshgacha bo'lgan bolalarda qo'llashning xavfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan.

Keksa yoshdagi pasientlarda qo'llanishi

Klinik tadqiqotlarda sitafor preparatini keksa odamlarda (≥65 yosh) qo'llashning xavfsizligi va samaradorligi yoshroq (<65 yosh) pasientlardagi bilan bir xil. Yoshga qarab dozaga tuzatish kiritishning zarurati yo'q. Keksa pasientlarda buyrak faoliyatining buzilishlari mavjudligini ehtimoli ko'proq; boshqa pasientlar xolidagi kabi, buyrak faoliyatining yaqqol buzilishida preparatning dozasiga tuzatish kiritish talab qilinishi mumkin ("qo'llash usuli va dozalari, Buyrak etishmovchiligi bo'lgan pasientlar" bo'limlariga qarang).

Avtotransport va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri

Sitafor preparatini transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'sirini o'rganish bo'yicha tadqiqotlar o'tkazilmagan. Shunga qaramasdan, sitafor preparatini avtotransportni va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga salbiy ta'siri kutilmaydi.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o'tgach qo'llanilmasin.



Monoterapiya

Sitafor preparati 2 tip qandli diabeti bo'lgan pasientlarda glikemiyaning nazoratini yaxshilash uchun parhez va jismoniy yuklamalarga qo'shimcha sifatida ko'rsatilgan.

Metformin bilan majmuada

Sitafor preparati shuningdek 2 tip qandli diabeti bo'lgan pasientlarda glikemiyaning nazoratini yaxshilash uchun metformin bilan majmuada boshlang'ich davolash sifatida yoki faqat bir preparat bilan parhez va jismoniy yuklama bilan birga glikemiyani adekvat nazorati ta'minlanmaganida davolash uchun ko'rsatilgan.

Sulfonilmochevina hosilalari bilan majmuada

Sitafor preparati 2 tip qandli diabeti bo'lgan pasientlarda glikemiyaning nazoratini yaxshilash uchun sulfonilmochevina preparatlari bilan majmuada faqat bir preparat bilan parhez va jismoniy yuklama bilan birga glikemiyani adekvat nazorati ta'minlanmaganida davolash uchun ko'rsatilgan.

PPAR

Sitafor preparati 2 tip qandli diabeti bo'lgan pasientlarda glikemiyaning nazoratini yaxshilash uchun PPARγ agonistlari (ya'ni tiazolidindion) bilan majmuada boshlang'ich davolash sifatida yoki faqat bir preparat bilan parhez va jismoniy yuklama bilan birga glikemiyani adekvat nazorati ta'minlanmaganida davolash uchun ko'rsatilgan.

Metformin va sulfonilmochevina hosilalari bilan majmuada

Sitafor preparati 2 tip qandli diabeti bo'lgan pasientlarda glikemiyaning nazoratini yaxshilash uchun metformin va sulfonilmochevina hosilalari bilan majmuada bu preparatlar, parhez va jismoniy yuklama bilan ikki tomonlama davolash glikemiyani adekvat nazorati ta'minlanmaganida davolash uchun ko'rsatilgan.

Metformin va PPARγ agonistlari bilan majmuada

Sitafor preparati 2 tip qandli diabeti bo'lgan pasientlarda glikemiyaning nazoratini yaxshilash uchun metformin va PPARγ agonistlari (ya'ni tiazolidindion) bilan majmuada bu ikkala preparatlar, parhez va jismoniy yuklama bilan davolash glikemiyani adekvat nazorati ta'minlanmaganida davolash uchun ko'rsatilgan

Insulin bilan majmuada

Sitafor preparati 2 tip qandli diabeti bo'lgan pasientlarda glikemiyaning nazoratini yaxshilash uchun insulin bilan majmuada (metformin bilan yoki usiz) parhez va jismoniy yuklamaga qo'shimcha sifatida ko'rsatilgan.

Sitafor preparatini, preparatning tarkibiga kiruvchi har qanday komponentga yuqori sezuvchanligi bo'lgan pasientlarda qo'llash mumkin emas ("maxsus ko'rsatmalar va nojo'ya ta'sirlari" bo'limiga qarang).

  • preparatning biron-bir komponentlariga yuqori sezuvchanlik;

  • homiladorlik va emizish davri;

  • 1 tip qandli diabet;

  • diabetik ketoasidoz;

  • 18 yoshgacha bo'lgan bolalarda qo'llash mumkin emas.



Boshqa preparatlar bilan o'zaro ta'sirini tadqiqotlarida sitagliptin quyidagi preparatlarning farmakokinetikasiga klinik ahamiyatli ta'sir namoyish qilmagan: metformin, roziglitazon, gliburid, simvastatin, varfarin va peroral kontratseptivlar. Bu ma'lumotlarga asoslanib, sitagliptin CYP-izofermentlarini ingibitsiya qilmaydi: CYP3A4, 2C8 yoki 2C9. In vitro sharoitda olingan ma'lumotlardan kelib chiqib, sitagliptinni CYP2D6, 1A2, 2C19 yoki 2B6 ni ingibitsiya qilish yoki CYP3A4 ni induktsiya qilishi ham kutilmaydi.

Ko'p marta sutkada 2 marta metforminni sitagliptin bilan bir vaqtda qo'llash 2 tip qandli diabeti bo'lgan pasientlarda sitagliptinning farmakokinetikasini ahamiyatli tarzda o'zgartirmagan.

2 tip qandli diabeti bo'lgan pasientlar ishtirokida populyasion farmakokinetik tahlillar o'tkazilgan. Yondosh preparatlar sitagliptinning farmakokinetikasiga klinik ahamiyatli ta'sir ko'rsatmagan. Ko'proq 2 tip qandli diabeti bo'lgan pasientlarda qo'llanadigan preparatlar baxolangan, shu jumladan: xolesterinning darajasini pasaytiruvchi preparatlar (statinlar, fibratlar, ezetimib), antiagregant vositalar (klopidogrel), antigipertenziv (AAF ingibitorlari, angiotenzin reseptorlarining blokatorlari, beta-adrenoblokatorlar, kaltsiy kanallarining blokatorlari, gidroxlortiazid), analgetiklar va nosteroid yallig'lanishga qarshi vositalar (naproksen, diklofenak, tselekoksib), antidepressantlar (Bupropion, fluoksetin, sertralin), antigistaminlar (tsetirizin), proton pompasi ingibitorlari (omeprazol, lansoprazol) va erektil disfunktsiyani davolash uchun preparatlar (sildenafil).

Sitagliptin bilan bir vaqtda qo'llanganda digoksinning "kontsentrasiya-vaqt" egri chizig'i ostidagi maydonini (AUC, 11%) va maksimal kontsentrasiyasining (Cmax, 18%) o'rtacha qiymatini biroz oshishi kuzatilgan. Bunday oshishlar klinik ahamiyatli sifatida qaralmagan. Digoksin qabul qilayotgan pasientlar, muvofiq kuzatuv ostida bo'lishlari kerak. Sitafor preparati va digoksinning dozasiga tuzatish kiritishning zarurati yo'q.

Sitafor preparatining 100 mg bir martalik peroral dozasi va r-glikoproteinning kuchli ingibitori tsiklosporinning 600 mg bir martalik peroral dozasi bir vaqtda qo'llanganida, pasientlarda sitagliptinning AUC va Cmax qiymatlarini muvofiq taxminan 29% va 68% ga oshishi aniqlangan. Sitagliptinning farmakokinetikasida kuzatilgan o'zgarishlar klinik ahamiyatli sifatida ko'rilmaydi. Tsiklosporin yoki r-glikoproteinning boshqa ingibitorlari (masalan, ketokonazol) bilan bir vaqtda buyurilganida, sitafor preparatining dozasiga tuzatish kiritishni o'tkazish tavsiya etilmaydi.



50 mg: zarg'aldoq rangli jigarrang tusdagi qobiq bilan qoplangan, bir tarafida "21" yozuvli ikkinchi tarafida "N" yozuvli dumaloq shakldagi tabletkalar


100 mg: zarg'aldoq rangli jigarrang tusdagi qobiq bilan qoplangan, bir tarafida "22" yozuvli ikkinchi tarafida "N" yozuvli dumaloq shakldagi tabletkalar

Sitafor preparatining tavsiya etilgan dozasi monoterapiyada yoki metformin, sulfonilmochevina hosilalari, insulin (metformin bilan yoki usiz), PPARγ agonistlari (ya'ni tiazolidindion), metformin plyus sulfonilmochevina hosilalari, yoki metformin plyus PPARγ Agonisti bilan majmuada sutkada bir marta 100 mg ni tashkil qiladi. Sitafor preparatini ovqat qabul qilishdan qat'iy nazar qabul qilish mumkin.

Sitafor preparati sulfonilmochevina hosilalari yoki insulin bilan majmuada qo'llanganida, sulfonilmochevina hosilalari yoki insulinning dozasini pasaytirish, sulfonilmochevina hosilalari yoki insulin induktsiyalagan gipoglikemiya paydo bo'lishi xavfini pasayishiga olib kelishi mumkin ("maxsus ko'rsatmalar, Sulfonilmochevina hosilalari yoki insulin bilan majmuadagi gipoglikemiya" bo'limlariga qarang).

Buyrak etishmovchiligi bo'lgan pasientlar

Buyrak etishmovchiligining engil shakli (kreatinin klirensi (kk) ≥50 ml/min, taxminan zardobda erkaklarda kreatininning ≤1,7 mg/dl va ayollarda ≤1,5 mg/dl darajaga to'g'ri keluvchi) bo'lgan pasientlar uchun sitafor preparatining dozasiga tuzatish kiritish talab etilmaydi.

Sitafor preparati muvofiq dozada ishlab chiqarilmasligi tufayli, bu preparat buyrak etishmovchiligining o'rtacha yoki og'ir (kk <50 ml/min, taxminan zardobda erkaklarda kreatininning >1,7 mg/dl va ayollarda >1,5 mg/dl darajaga to'g'ri keluvchi) shakli bo'lgan pasientlar uchun yoki gemodializ yoki peritoneal dializ o'tkazish zarurati bo'lgan buyrak etishmovchiligining terminal bosqichidagi pasientlar uchun tavsiya etilmaydi. Sitafor preparatini qo'llashni boshlashdan oldin va keyinchalik vaqti-vaqti bilan buyrak faoliyatini baholash tavsiya etiladi.



Nazoratlangan klinik tadqiqotlar vaqtida sog'lom ishtirokchilarda sitafor preparatini 800 mg gacha bir martalik dozalari, umuman olganda, yaxshi o'zlashtirilgan. Klinik ahamiyatli sifatida ko'rilmaydigan QT intervalini uzayishi, sitafor 800 mg dozada qabul qilingan bir tadqiqotda kuzatilgan. Klinik tadqiqotlarda sutkada 800 mg dan yuqori dozalarni qo'llash tajribasi yo'q. Faza I tekshirishlarda preparat ko'p marta qo'llanganida sitafor preparati 10 kungacha davr davomida sutkada 600 mg gacha dozalarda va 28 kungacha davr davomida sutkada 400 mg gacha dozalarda qabul qilinganida, dozaga bog'liq klinik nojo'ya reaktsiyalar aniqlanmagan.

Doza oshirib yuborilgan holda, so'rilmagan preparatni me'da-ichak yo'llaridan yo'qotish, klinik monitoringni amalga oshirish (shu jumladan EKG), shuningdek, agar talab qilinsa, samarani bir maromda saqlab turuvchi davolashni buyurish kabi standart choralarni o'tkazish kerak.

Sitaglipti kuchsiz dializ yordamida chiqariladi. 3-4 soatlik dializ seansi davomida organizmdan faqat dozaning 13,5% chiqariladi. Klinik zarurat bo'lgan holda davomli dializ o'tkazish masalasini ko'rib chiqish mumkin. Peritoneal dializ o'tkazilishida sitagliptinning chiqarilishi noma'lum.



Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

Sitafor tabletkalari 50mg N30 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
Sitafor tabletkalari 50mg N30 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
Sitafor tabletkalari 50mg N30 dori vositasi Novugen Pharma tomonidan O'zbekiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
Sitafor tabletkalari 50mg N30 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
Sitafor tabletkalari 50mg N30 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Analoglar
YANUVIYA 0,1 tabletkalari 0,1g N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Ситаглиптин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Акрихин, АО
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9