SPAZMALGON eritma 2ml N10

SPAZMALGON eritma 2ml N10 o'xshash dorilari




SPAZMALGON eritma 2ml N10 qo'llanmasi
So'rilishi va taqsimlanishi
M/i yuborilgandan so'ng preparatning faol moddalari in'ektsiya joyidan tez va sezilarli darajada so'riladi. Qon plazmasi oqsillari bilan bog'lanishi 50-60% ni tashkil qiladi. Terapevtik dozalarda qabul qilinganda ko'krak suti bilan ajralib chiqadi.
Metabolizmi va chiqarilishi
Metamizol natriy jigarda intensiv biotransformatsiyaga uchraydi. Asosiy metabolitlar 4-metilaminoantipirin, 4-formilaminoantipirin, 4-aminoantipirin va 4-atsetilaminoantipirin hisoblanadi. 20 ga yaqin qo'shimcha metabolitlar, jumladan glyukuron kislotasi hosilalari aniqlangan. Asosiy to'rtta metabolit serebrospinal suyuqlikda aniqlanadi. Asosan buyraklar orqali chiqariladi.
Siydik chiqarish tizimi tomonidan: buyrak funksiyasining buzilishi, oliguriya, anuriya, proteinuriya, interstitsial nefrit, siydikning qizil rangga bo'yalishi.
Qon yaratish tizimi tomonidan: agranulotsitoz, leykopeniya, trombotsitopeniya.
Antixolinergik samaralar: og'iz qurishi, ter ajralishining pasayishi, akkomodatsiya parezi, taxikardiya, siydik chiqarishning qiyinlashishi.
Allergik reaksiyalar: eshakemi (shu jumladan konyunktiva va burun-halqum shilliq qavatlarida), angionevrotik shish; kamdan-kam hollarda - xavfli ekssudativ eritema (Stivens-Jonson sindromi), toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi), bronxospazm, anafilaktik shok.
Boshqalar: AB pasayishi.
Mahalliy reaksiyalar: inyeksiya joyida infiltratlar.
Agranulotsitozga shubha qilinganda yoki trombotsitopeniya mavjud bo‘lganda preparatni qo‘llashni to‘xtatish kerak.
Qorindagi o‘tkir og‘riqlarni qoldirish uchun preparatni qo‘llash kasallik sababi aniqlanmaguncha mumkin emas.
2 ml dan ortiq eritmani yuborishda alohida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak (AB keskin pasayishi xavfi mavjud).
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Davolash vaqtida transport vositalari haydovchilari va jismoniy hamda ruhiy reaksiyalar tezligini talab qiluvchi potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanuvchi shaxslar ehtiyotkorlikka rioya qilishlari kerak.
— suyak ko‘migi qon yaratishining susayishi;
— yaqqol jigar yetishmovchiligi;
— yaqqol buyrak yetishmovchiligi;
— glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza yetishmovchiligi;
— taxiaritmiya;
— og‘ir stenokardiya;
— dekompensatsiya bosqichidagi yurak yetishmovchiligi;
— yopiq burchakli glaukoma;
— klinik ko‘rinishlar bilan kechuvchi prostata bezi giperplaziyasi;
— ichak tutilishi;
— megakolon;
— kollaps;
— homiladorlik (ayniqsa I va III trimestr);
— laktatsiya davri (emizish);
— 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar;
— preparat komponentlariga va boshqa pirazolon hosilalariga yuqori sezuvchanlik.
Ehtiyotkorlik bilan buyrak yoki jigar yetishmovchiligida, bronxial astmada, "aspirin triadasi"da (atsetilsalitsil kislotasi yoki boshqa NYQP qabul qilish provokatsiya qilgan bronxial astma, eshakemi va o‘tkir rinit), arterial gipotenziyaga moyillikda, NYQPga yuqori sezuvchanlikda tayinlanadi.
Rentgenokontrast dori preparatlari, kolloid qon o'rnini bosuvchilar va penitsillin bilan bir vaqtda qo'llash mumkin emas.
Preparat siklosporin bilan bir vaqtda qo'llanilganda oxirgisining qondagi konsentratsiyasi pasayadi.
Bir vaqtda qo'llanilganda metamizol natriy peroral gipoglikemik vositalar, bilvosita antikoagulyantlar, GKS va indometatsinni oqsil bilan bog'lanishidan siqib chiqarib, ularning faolligini oshiradi.
Bir vaqtda qo'llanilganda fenilbutazon, barbituratlar va boshqa jigar mikrosomal fermentlari induktorlari metamizol natriy samaradorligini kamaytiradi.
Boshqa nonarkotik analgetiklar, tritsiklik antidepressantlar, peroral gormonal kontraseptivlar va allopurinol bilan bir vaqtda qo'llanilganda toksiklik kuchayishi mumkin.
Bir vaqtda qo'llanilganda sedativ vositalar va anksiolitiklar (trankvilizatorlar) Spazmalgonning og'riqsizlantiruvchi ta'sirini kuchaytiradi.
Maksimal sutkalik doza 10 ml dan oshmasligi kerak (mos ravishda 5 g metamizol natriy).
Terapevtik samara bo'lmaganda preparatni qo'llashni to'xtatish kerak, yaxshi yoki qoniqarli samarada peroral yoki rektal qo'llashga o'tish kerak.
Inyeksion eritmani yuborishdan oldin uni qo'llarda isitish kerak.Dozani oshirib yuborishSimptomlari: ko'ngil aynishi, qusish, gastralgiya, oliguriya, gipotermiya, AB pasayishi, taxikardiya, hansirash, quloqlarda shovqin, uyquchanlik, alahsirash, ongning buzilishi, o'tkir agranulotsitoz, gemorragik sindrom. Davolash: oshqozonni yuvish, faollashtirilgan ko'mir qabul qilish, suv-tuzli eritmalarni qo'llash.
Spazmalgon boshqa chiqarish shakllari



SPAZMALGON eritma 2ml N10 analoglari
















