Apteka.uz
SavatKirish

Spazmalgon

Spazmalgon chiqarilish shakllari

SPAZMALGON tabletkalari N20
Retseptsiz
SPAZMALGON tabletkalari N20
Bolgariya
Ishlab chiqaruvchi:
Balkanpharma-Dupnitsa AD
•51 ta dorixonada bor
Narxi
21 500 so'm dan
SPAZMALGON tabletkalari N20
SPAZMALGON tabletkalari N20
Serbiya
Ishlab chiqaruvchi:
Zdravle XFZ AO
•51 ta dorixonada bor
Narxi
21 500 so'm dan
SPAZMALGON eritma 5ml N10
SPAZMALGON eritma 5ml N10
Bolgariya
Ishlab chiqaruvchi:
Sofarma AO
•4 ta dorixonada bor
Narxi
130 000 so'm dan
SPAZMALGON inyeksiya uchun eritma 2ml 500 mg/2 mg/0,02 mg/ml N10
Retseptli
SPAZMALGON inyeksiya uchun eritma 2ml 500 mg/2 mg/0,02 mg/ml N10
Bolgariya
Ishlab chiqaruvchi:
Sopharma PLC
•1 ta dorixonada bor
Narxi
112 000 so'm dan
SPAZMALGON eritma 2ml N10
SPAZMALGON eritma 2ml N10
Bolgariya
Ishlab chiqaruvchi:
Sofarma AO
•1 ta dorixonada bor
Narxi
112 000 so'm dan
SPAZMALGON tabletkalari N50
Retseptsiz
SPAZMALGON tabletkalari N50
Bolgariya
Ishlab chiqaruvchi:
Balkanpharma-Dupnitsa AD
•1 ta dorixonada bor
Narxi
225 000 so'm dan
- Spazmalgon qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Spazmalgonning tarkibi
- Spazmalgon ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Spazmalgon narxi Toshkent dorixonalarida

Spazmalgon qo'llanmasi

Ishlab chiqarilish joyi
Bolgariya,
Serbiya

Qo‘llash ko‘rsatmalari

  • — ichki a'zolar silliq mushaklari spazmlarida kuchsiz yoki o'rtacha ifodalangan og'riq sindromi - buyrak va jigar sanchig'i, ichak bo'ylab spastik xarakterdagi og'riqlar, algodismenoreya. Bo'g'imlardagi og'riqlar, nevralgiya, ishialgiya, mialgiyada qisqa muddatli simptomatik davolash uchun qo'llanilishi mumkin; — yordamchi vosita sifatida jarrohlik va diagnostik aralashuvlardan keyin og'riqlarni kamaytirish uchun qo'llanilishi mumkin; — zarurat bo'lganda preparat shamollash va infektsion-yallig'lanish kasalliklarida tana haroratini tushirish uchun ishlatilishi mumkin.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

  • Pirazolon hosilalariga (butadion, tribuzon), preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik. Suyak iligi qon yaratishining susayishi, barqaror va beqaror stenokardiya, dekompensatsiya bosqichidagi surunkali yurak yetishmovchiligi, jigar yoki buyrak funksiyasining yaqqol buzilishlari, glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza tanqisligi, taxiaritmiyalar, yopiq burchakli glaukoma, siydik tutilishiga moyillik bilan kechuvchi prostata bezi giperplaziyasi, ichak tutilishi va megalokon, granulotsitopeniya, homiladorlik (ayniqsa I trimestr va oxirgi 6 hafta), laktatsiya davri, 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar. Jigar yoki buyrak funksiyasi buzilgan bemorlarda, arterial gipotenziyaga (sistolik bosim 100 mm sim. ust. dan past), bronxospazmga moyillik bo‘lganda, shuningdek nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar yoki narkotik bo‘lmagan analgetiklarga yuqori individual sezuvchanlikda preparatni ehtiyotkorlik bilan va shifokor nazorati ostida qo‘llash kerak.

Tarkibi

  • 1 ml 1 amp. metamizol natriy 500 mg 1 g fenpiveriniy bromidi 20 mkg 40 mkg pitofenon gidroxloridi 2 mg 4 mg Yordamchi moddalar: in'ektsiya uchun suv. 1 ml 1 amp. metamizol natriy 500 mg 2.5 g fenpiveriniy bromidi 20 mkg 100 mkg pitofenon gidroxloridi 2 mg 10 mg Yordamchi moddalar: in'ektsiya uchun suv. 1 tab. metamizol natriy 500 mg pitofenon (gidroxlorid shaklida) 5 mg fenpiveriniy bromidi 100 mkg Yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, bug‘doy kraxmali, talk, magniy stearati, jelatin, natriy gidrokarbonat. 1 tab. metamizol natriy 500 mg pitofenon (gidroxlorid shaklida) 5 mg fenpiveriniy bromidi 100 mkg Yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, bug‘doy kraxmali, talk, magniy stearati, jelatin, natriy gidrokarbonat. 1 tab. metamizol natriy 500 mg pitofenon (gidroxlorid shaklida) 5 mg fenpiveriniy bromidi 100 mkg Yordamchi moddalar: laktoza monogidrati - 10 mg, bug‘doy kraxmali - 85.9 mg, talk - 6 mg, magniy stearati - 4 mg, jelatin - 4 mg, natriy gidrokarbonat - 5 mg.

Farmakokinetikasi

So‘rilishi va taqsimlanishi: M/o yuborilgandan so‘ng preparatning faol moddalari in'ektsiya joyidan tez va sezilarli darajada so‘riladi. Qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanishi 50-60% ni tashkil qiladi. Terapevtik dozalarda qabul qilinganda ko‘krak suti bilan ajralib chiqadi. Metabolizmi va chiqarilishi: Metamizol natriy jigarda intensiv biotransformatsiyaga uchraydi. Asosiy metabolitlari 4-metilaminoantipirin, 4-formilaminoantipirin, 4-aminoantipirin va 4-asetilaminoantipirin hisoblanadi. Taxminan 20 ta qo‘shimcha metabolit aniqlangan, shu jumladan glyukuron kislotasi hosilalari. Asosiy to‘rtta metabolit serebrospinal suyuqlikda aniqlanadi. Asosan buyraklar orqali chiqariladi.

Farmakologik ta'siri

Preparat tarkibiga quyidagilar kiradi: norkotik bo'lmagan analgetik metamizol natriy, miotrop spazmolitik vosita pitofenon va m-xolinobloklovchi vosita fenpiveriniy bromid. Metamizol pirazolon hosilasi hisoblanadi. Og'riq qoldiruvchi, isitma tushiruvchi va yallig'lanishga qarshi ta'sirga ega. Pitofenon, papaverin kabi, ichki a'zolar silliq mushaklariga to'g'ridan-to'g'ri miotrop ta'sir ko'rsatadi va ularning bo'shashishini keltirib chiqaradi. Fenpiveriniy m-xolinobloklovchi ta'siri hisobiga silliq mushaklarga qo'shimcha bo'shashtiruvchi ta'sir ko'rsatadi. Preparatning uchta komponentining kombinatsiyasi og'riqning engillashishiga, silliq mushaklarning bo'shashishiga, yuqori tana haroratining pasayishiga olib keladi.

Nojo'ya ta'sirlar

  • Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: epigastral sohada achishish hissi, og'iz qurishi. Asab tizimi tomonidan: bosh og'rig'i, bosh aylanishi, antixolinergik ta'sirlar (terlashning kamayishi, akkomodatsiya falaji, siyishning qiyinlashishi). Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: arterial qon bosimining pasayishi, taxikardiya, tsianoz. Siydik chiqarish tizimi tomonidan: buyrak funktsiyasining buzilishi, oliguriya, anuriya, proteinuriya, interstitsial nefrit, siydikning qizil rangga bo'yalishi. Qon yaratish organlari tomonidan: uzoq muddat qabul qilinganda - trombotsitopeniya, leykopeniya, agranulotsitoz. Allergik reaktsiyalar: eshakemi, bronxospastik sindrom, anafilaktik shok, Kvinke shishi: ko'p shaklli ekssudativ eritema (shu jumladan Stivens-Djonson sindromi), toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi).

Dozani oshirib yuborilishi

Belgilari: ko‘ngil aynishi, qusish, gastralgiya, oliguriya, gipotermiya, AB ning pasayishi, taxikardiya, hansirash, quloqlarda shovqin, uyquchanlik, alahsirash, ongning buzilishi, o‘tkir agranulotsitoz, gemorragik sindrom. Davolash: me’dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mir qabul qilish, suv-tuzli eritmalarni qo‘llash.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Spazmalgonni boshqa no-narkotik analgetiklar bilan bir vaqtda qo‘llash toksik samaralarning o‘zaro kuchayishiga olib kelishi mumkin. Tritsiklik antidepressantlar, ichga qabul qilish uchun homiladorlikka qarshi vositalar, allopurinol metamizolning jigardagi metabolizmini buzadi va uning toksikligini oshiradi. Barbituratlar, fenilbutazon va jigar mikrosomal fermentlarining boshqa induktorlari metamizol ta’sirini susaytiradi. Siklosporin bilan bir vaqtda qo‘llash oxirgisining qondagi darajasini pasaytiradi. Sedativ vositalar va trankvilizatorlar Spazmalgonning og‘riqsizlantiruvchi ta’sirini kuchaytiradi. N1-gistaminoblokatorlar, butirofenonlar, fenotiazinlar, tritsiklik antidepressantlar, amantadin va xinidin bilan birga tayinlanganda m-xolinoblokatorlik ta’siri kuchayishi mumkin. Etanol samaralarini kuchaytiradi. Xloriromazin yoki boshqa fenotiazin hosilalari bilan bir vaqtda qo‘llash yaqqol gipertermiya rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Rentgenokontrast dori vositalari, kolloid qon o‘rnini bosuvchilar va penitsillin metamizol natriy saqlovchi preparatlar bilan davolash vaqtida qo‘llanilmasligi kerak. Metamizol natriy peroral gipoglikemik dori vositalari, bilvosita antikoagulyantlar, glyukokortikoidlar va indometatsinni oqsil bilan bog‘lanishdan siqib chiqarib, ularning ta’sir yaqqolligini oshirishi mumkin. Tiamazol va sitostatiklar leykopeniya rivojlanish xavfini oshiradi. Samarani kodein, H2-gistamin reseptorlari blokatorlari va propranolol kuchaytiradi (metamizol natriy inaktivatsiyasini sekinlashtiradi). Ko‘rsatilgan va boshqa dori preparatlarini bir vaqtda qo‘llash zarur bo‘lganda shifokor bilan maslahatlashish kerak.

Umumiy ma'lumot

Dori preparatini qo‘llashdan avval shifokor bilan albatta maslahatlashish va yo‘riqnomani diqqat bilan o‘qib chiqish kerak!

 

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

SPAZMALGON

SPASMALGON

Preparatning savdo nomi: Spazmalgon®/Spasmalgon®

Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): metamizol natriy; pitofenon gidroxloridi; fenpiveriniy bromidi

Dori shakli: in‘eksiya uchun eritma

Tarkibi:

Har bir 2 ml in‘eksiya uchun eritmali ampula quyidagilarni saqlaydi

faol moddalar: 1000 mg metamizol natriy (metamizole sodium), 4 mg pitofenon gidroxloridi (pitofenone hydrochloride), 0,04 mg fenpiveriniy bromidi (fenpiverinium bromide).

Har bir 5 ml in‘eksiya uchun eritmali ampula quyidagilarni saqlaydi

faol moddalar: 2500 mg metamizol natriy (metamizole sodium), 10 mg pitofenon gidroxloridi (pitofenone hydrochloride), 0,1 mg fenpiveriniy bromidi (fenpiverinium bromide).

Yordamchi moddalar: in‘eksiya uchun suv.

Ta‘rifi: tiniq, deyarli zarrachalar saqlamaydigan och-sariq rangli suyuqlik.

Farmakoterapevtik guruhi: nosteroid yallig‘lanishga qarshi vosita, spazmolitik vosita.

 

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamik xususiyatlari

Spazmalgon – yaqqol spazmolitik va analgetik faollikka ega bo‘lgan majmuaviy dori preparatidir.

Metamizol kuchsiz yallig‘lanishga qarshi va spazmolitik faollik bilan birga yaqqol analgetik va antipiretik ta‘sirga ega.

Fenpiverin me‘da, ichak, o‘t va siydik chiqarish yo‘llarining silliq mushaklari tonusi va motorikasini susaytiradi.

Pitofenon gidroxloridi silliq mushaklarga yaqqol spazmolitik ta‘sirli papaverinsimon ta‘sir ko‘rsatadi.

Farmakokinetik xususiyatlari

So‘rilishi: Mushak ichiga yuborilganida tez so‘riladi. Metamizol taxminan 85% tizimli biokiraolishlikka ega.

Taqsimlanishi: Metamizol plazma proteinlari bilan 50-60% bog‘lanadi. Gemato-ensefalik va yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi. Taqsimlanish xajmi – taxminan 0,7 l/kg ni tashkil qiladi.

Metabolizmi: Jigarda jadal biotransformasiyaga uchraydi. Uning asosiy metaboliti 4-metil-amino-antipirin ikkita metaboliti, shu jumladan farmakologik faol bo‘lgan 4-amino-antipirin (AA) hosil bo‘lishi bilan jigarda metabolizmga uchraydi.

Plazmadagi maksimal konsentrasiyalari (hamma metabolitlariga nisbatan) taxminan 30-90 minutdan keyin aniqlanadi.

Chiqarilishi: Metabolitlari shaklida buyrak orqali chiqariladi, bunda metamizolning chiqarilgan miqdorining 3% o‘zgarmagan holda chiqariladi. Yarim chiqarilish davri taxminan 10 soatni tashkil qiladi.

Jigar faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlar: MAA faol metabolitining yarim chiqarilish davri jigar faoliyatini buzilishlari bo‘lgan pasientlarda taxminan 3 marta uzayadi. Bunday pasientlarga metamizolning pastroq dozalari bilan davolanish tavsiya qilinadi.

Buyrak faoliyatini buzilishlari bo‘lgan pasientlar: Buyrak faoliyatini buzilishlari bo‘lgan pasientlarda ayrim metabolitlarining chiqarilish darajasini pasayishi kuzatiladi. Bunday pasientlarga metamizolning pastroq dozalari bilan davolanish tavsiya qilinadi.

Qo‘llanilishi

Spazmalgon me‘da-ichak yo‘llari, o‘t yo‘llari, buyrak va siydik chiqarish yo‘llarining silliq mushaklarini spazmlarida, buyrak-tosh kasalligi, og‘riqli hayz ko‘rishda (dismenoreya) o‘tkir, o‘rtachadan kuchligacha bo‘lgan og‘riqlarni qisqa muddatli bartaraf qilish uchun qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Spazmalgonni doimo ushbu qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomada ko‘rsatilgan ko‘rsatmalarga aniq rioya qilgan holda qo‘llang. Agar Siz biron bir narsaga ishonch hosil qilmasangiz, shifokoringiz yoki farmasevtdan so‘rang.

Spazmalgon in‘eksiya uchun eritmasi mushak ichiga yuboriladi.

Faqat qisqa muddatli davolash uchun ishlating!

Shifokor nazorati ostida va o‘ta yuqori sezuvchanligi bo‘lgan pasientlarda anafilaktik shok paydo bo‘lishi xavfi tufayli, shoshilinch yordam ko‘rsatish uchun tayyorgarlik bo‘lganida yuboriladi.

Kattalar va 15 yoshdan oshgan o‘smirlar: Kattalar va 15 yoshdan oshgan o‘smirlar (>53 kg) uchun odatdagi doza bir marta mushak ichiga 2-5 ml ni tashkil qiladi. Zarurati bo‘lganida doza har 6-8 soatda takrorlanadi. Maksimal sutkalik doza 6 ml in‘eksiya uchun eritmadan (3 g metamizol natriyga ekvivalent) oshmasligi kerak.

65 yoshdan oshgan pasientlar: Odatda dozani kamaytirish talab qilinmaydi. Yoshga bog‘liq bo‘lgan jigar va buyrak faoliyatini buzilishlari bo‘lgan pasientlarda preparatning dozasini kamaytirish kerak. Dozani davolovchi shifokor belgilaydi.

Buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlar: Kattalar uchun tayinlagan dozaning ½ qismi qo‘llanadi, chunki moddaning chiqarilish tezligi buyrak faoliyatini buzilishlarida sekinlashadi.

Jigar faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlar: Yuqori dozalarni qo‘llashdan saqlanish kerak. Qisqa muddatli qo‘llashda dozani pasaytirishning zarurati yo‘q.

Davolash davomiyligi 2-3 kun.

Davolash samarasiga erishilganidan so‘ng, peroral og‘riqni qoldiruvchi va spazmolitik vositalar bilan davolashga o‘tish mumkin.

Agar Sizda ushbu preparatni qabul qilish bo‘yicha har qanday qo‘shimcha savollar bo‘lsa, davolovchi shifokor yoki farmasevtga murojaat qiling.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Barcha dori vositalari kabi, har bir pasientda paydo bo‘lavermasligiga qaramasdan, Spazmalgon nojo‘ya ta‘sirlar chaqirishi mumkin.

Nojo‘ya ta‘sirlari tez-tezligi bo‘yicha quyidagicha tasniflanadi: juda tez-tez (≥1/10), tez-tez (≥1/100 va <1/10), tez-tez emas (≥1/1000 va <1/100), kam (≥1/10000 va <1/1000), juda kam (<1/10000), tez-tezligi noma‘lum (mavjud ma‘lumotlardan baho berish mumkin emas).

Quyida sanab o‘tilgan nojo‘ya reaksiyalari dori preparati tarkibiga kiruvchi metamizol tomonidan chaqiriladi.

Tez-tez emas (100 odamdan 1 kamrog‘ida namoyon bo‘ladi)

Teri toshmalari (ekzantema) – oval, plastinkalar shaklidagi, binafshadan to‘q-qizil rangli pufakchalar. Yuborish vaqtida yoki yuborishdan so‘ng – o‘ta yuqori sezuvchanlikning boshqa belgilari bilan birga kechmaydigan qon bosimini pasayishi, pulsni tezlashishi.

Kam (1000 odamdan 1 kamrog‘ida namoyon bo‘ladi)

Leykopeniya (oq qon xujayralarining sonini kamayishi, bu infeksiyalarni rivojlanish ehtimolini oshiradi), makulopapulyoz toshmalar (teri plastinkalari va tugunlarini hosil bo‘lishi), anafilaktik va anafilaktoid reaksiyalar, ayniqsa parenteral qo‘llashdan keyin. Bunday reaksiyalar preparatni yuborish vaqtida yoki bevosita yuborilganidan keyin, ammo yuborilganidan so‘ng bir necha soatdan keyin ham paydo bo‘lishi mumkin. Ular ko‘proq in‘eksiyadan keyin birinchi soat davomida paydo bo‘ladi. Yengilroq reaksiyalar teri va shilliq qavatlar tomonidan tipik reaksiyalar ko‘rinishida (masalan, qichishish, achishish, qizarish, toshmalar, eshakemi, shishlar), dispepsiya va ayrim hollarda me‘da-ichak shikoyatlari namoyon bo‘ladi. Ushbu yengil reaksiyalar tarqalgan eshakemi, og‘ir angioedema (shu jumladan, laringeal), og‘ir bronxospazm, yurak ritmini buzilishi, qon bosimini pasayishi (ba‘zida avval qon bosimini oshishi bilan) va siydik miqdorini oshishi yoki kamayishi, buyrakni yallig‘lanishi bilan kechuvchi buyrak faoliyatini buzilishi bilan ifodalanuvchi og‘ir shakllariga o‘tishi mumkin.

Spazmalgon preparati bilan davolanish vaqtida siydik qizil rangga bo‘yalishi mumkin. davolash to‘xtatilganidan keyin rangi normallashadi.

Juda kam (10000 odamdan 1 kamrog‘ida namoyon bo‘ladi)

Agranulositoz (oq qon xujayralarining sonini keskin kamayishi, bu infeksiyalar rivojlanishi ehtimolini oshiradi). Agranulositoz nojo‘ya ta‘sirlari paydo bo‘lmaganligi bilan avval metamizol bilan davolangan pasientlarda ham paydo bo‘lishi mumkin. Agranulositozni paydo bo‘lishi xavfi metamizolni uzoq muddatli (1 haftadan ortiq) qo‘llashda oshadi. Agranulositozning xarakterli belgilari teri va og‘iz, tomoq, jinsiy a‘zolar shilliq qavatlarni yallig‘lanishi, tomoqda og‘riq va tana haroratini oshishini o‘z ichiga oladi. Umumiy holatni birdan yomonlashishi, tana haroratini pasaymasligi yoki uni qayta ko‘tarilishi, shilliq qavat va teri tomonidan og‘riqli o‘zgarishlar paydo bo‘lganida, Spazmalgon preparati bilan davolashni to‘xtatish va shifokorga murojaat qilish kerak.

Juda kam hollarda trombositopeniya (trombositlar sonini kamayishi, bu qon ketishlar yoki ko‘karishlarni paydo bo‘lishi xavfini oshiradi), gemolitik kamqonlik (qizil qon xujayralarini kamayishi, bu rangparlik yoki terini sarg‘ayishi, holsizlik yoki hansirashga olib keladi), aplastik anemiya (qon xujayralarining sonini keskin kamayishi, bu holsizlik, ko‘karishlarni paydo bo‘lishi yoki infeksiyalar rivojlanishi ehtimolini oshishiga olib keladi) ham kuzatilishi mumkin.

Analgetik astmasi bo‘lgan pasientlarda o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari astmatik huruj; Stivens-Djonson (xavfli ekssudativ eritema) yoki Layell (toksik epidermal nekroliz) sindromi; sirkulyator shok ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.

Tez-tezligi noma‘lum bo‘lgan:

Og‘izni qurishi, ko‘ngil aynishi, qorinda og‘riq va diskomfort hissi, gastrit va me‘da yara kasalligini zo‘rayishi, ayrim hollarda ulserasiyalar va qon ketishi, bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, ko‘rishni buzilishi, akkomodasiyani buzilishi, siyishni qiyinlashishi.

Parenteral qo‘llanganda yuborish joyida og‘riq va mahalliy reaksiyalar, juda kam hatto flebitlar paydo bo‘lishi mumkin.

O‘ta yuqori sezuvchanlik paydo bo‘lganida, buyrak yoki qon yaratish faoliyatini buzilishlari bo‘lganida, Spazmalgon preparatini qo‘llash to‘xtatiladi.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • Spazmalgon preparatining faol moddalari yoki pirazolon hosilalari yoki nosteroid yallig‘lanishga qarshi dori vositalariga allergiya (o‘ta yuqori sezuvchanlik);
  • og‘ir jigar va/yoki buyrak kasalligi bo‘lsa;
  • ichak tutilishi va megakolon (yo‘g‘on ichakni kengayishi) hollarida;
  • eritrositlar faoliyatini buzilishi bilan bog‘liq jigar porfiriyasi yoki glyukozo-6-fosfat-degidrogenaza fermentining yetishmovchiligining nasliy kasalligi bo‘lsa;
  • agar suyak ko‘migining faoliyatini buzilishi (sitostatiklar bilan davolanishdan keyin) yoki aplastik anemiya (qon xujayralarining sonini kamayishi, bu holsizlik, ko‘karishlarni paydo bo‘lishi yoki infeksiyalar rivojlanishi ehtimolini oshishiga olib keladi), agranulositoz (oq qon xujayralarining sonini keskin kamayishi, bu infeksiyalar rivojlanishi ehtimolini oshiradi) yoki leykopeniya (oq qon xujayralarining umumiy sonini kamayishi) kabi qon kasalliklari bo‘lsa;
  • prostata bezining adenomasi;
  • o‘t pufagi va qovuq atoniyasi;
  • gipotoniya (past qon bosimi) yoki turg‘un bo‘lmagan qon aylanishi;
  • homiladorlik va emizishda qo‘llash mumkin emas.

Ushbu dori preparatini 15 yoshdan kichik bolalarga buyurish mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Davolovchi shifokoringiz yoki farmasevtga Siz hozir qabul qilayotgan yoki yaqinda qabul qilgan boshqa dori preparatlari, shu jumladan reseptsiz beriladigan dori preparatlari haqida xabar berishingizni so‘raymiz.

Markaziy nerv tizimini bostiruvchi, og‘riqni qoldiruvchi, yallig‘lanishga qarshi dori preparatlari, homiladorlikka qarshi dori preparatlari, kumarin antikoagulyantlari (qon ivishini pasaytiradi), xlorpromazin (ruhiy kasalliklarni davolash uchun), xloramfenikol (antibiotik), siklosporin (o‘sma kasalliklarida qo‘llaniladi), uxlatuvchi dori preparatlarini bir vaqtda qo‘llash davolashga ta‘sir qilishi mumkin.

Spazmalgonni ovqat mahsulotlari va ichimliklar bilan birga qo‘llash

Spazmalgon bilan davolash vaqtida alkogolni iste‘mol qilish tavsiya qilinmaydi, chunki dori preparatining nojo‘ya ta‘sirlari kuchayishi mumkin.

Maxsus ko‘rsatmalar

Spazmalgon preparati bilan davolashni boshlashdan oldin, agar Sizda buyrak yoki jigar kasalliklari; ichak tutilishi yoki me‘da-ichak yo‘llaridan ichidagisini qiyinchilik bilan o‘tishi (axalaziya, privratnik va o‘n ikki barmoq ichak yarasidagi stenoz); gastroezofageal reflyuks kasalligi, ichak atoniyasi, paralitik ileus; glaukoma (ko‘z ichki bosimini oshishi); miasteniya gravis (mushak kuchsizligi), yurak kasalliklari (aritmiyalar, yurak ishemik kasalligi, dimlangan yurak yetishmovchiligi) bo‘lsa, shifokorga xabar bering.

Spazmalgon preparati bilan davolanish vaqtida og‘ir o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari, shu jumladan anafilaktik reaksiyalarni rivojlanish xavfi mavjud. O‘ta yuqori sezuvchanlikning birinchi simptomlari paydo bo‘lganida preparatni yuborish darhol to‘xtatilsin va ushbu holatni bartaraf qilish uchun shoshilinch choralar (adrenalin, glyukokortikoidlar, antigistamin vositalari) ko‘rilsin.

Metamizolga bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘ta yuqori sezuvchanlikning og‘ir reaksiyalari yuzaga kelishi xavfi quyidagi hollarda oshadi: analgetik astmasi; bronxial astma, ayniqsa, agar rinosinusit (burun va burun bo‘shliqlarini yallig‘lanishi) yoki burunda poliplari; surunkali eshakemi bo‘lgan pasientlarda; bo‘yovchilar (masalan, tartrazin) yoki konservantlarga (benzoatlarga) o‘ta yuqori sezuvchanligi bo‘lgan pasientlarda; alkogolni o‘zlashtiraolmasligi bo‘lgan pasientlarda. Bunday pasientlar hattoki alkogolning ko‘p bo‘lmagan miqdoriga aksirish, ko‘z yoshini oqishi va yuzni kuchli qizarishi paydo bo‘lishi bilan reaksiya beradilar. Bunday alkogolni o‘zlashtiraolmaslik tashhislanmagan analgetik astmaning belgisi bo‘lishi mumkin.

Metamizol saqlovchi dori vositalari bilan davolashda shok (sirkulyator kollaps) va agranulositoz (oq qon xujayralarining sonini keskin kamayishi, bu infeksiyalar rivojlanishi ehtimolini oshiradi) paydo bo‘lishini xavfi mavjud. Ular dozaga bog‘liq emas va ularni oldindan bilish mumkin emas.

Qon kasalliklari bo‘lgan yoki anamnezida shunday kasalliklari bo‘lgan pasientlarda Spazmalgon preparati qo‘llanganda, davolash vaqtida qon manzarasini nazorat qilish kerak.

Spazmalgon in‘eksiya uchun eritmasi qon bosimini pasayishini chaqirishi mumkin. Bunday reaksiyani, ayniqsa qon bosimi past yoki suyuqlik yo‘qotgan, qon aylanishini buzilishi yoki boshlang‘ich sirkulyator kollaps (masalan, infarkt yoki og‘ir jarohatlari bo‘lgan pasientlar), tana harorati yuqori bo‘lgan pasientlarda paydo bo‘lishini xavfi oshadi. Bunday pasientlarga Spazmalgon preparatini mushak ichiga yuborishni gorizontal (yotgan) holatda va qon bosimi, yurak qisqarishlari va nafas tez-tezligini doimiy nazorati ostida amalga oshirish kerak.

Homiladorlik va emizish

Har qanday dori preparatini qabul qilishdan avval davolovchi shifokor yoki farmasevt bilan maslahatlashing.

Homiladorlik vaqtida Spazmalgonni qo‘llash mumkin emas.

Agar emizikli onalarni preparat bilan davolashning zarurati bo‘lsa, emizishni to‘xtatish kerak.

Transport vositasini yoki potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga dori vositasining ta‘sirining o‘ziga xosligi

Spazmalgon dori preparati bosh aylanishi, ko‘rishni buzilishi, hamda diqqatga noxush ta‘sir qilishi va kutilmagan vaziyatlarda reaksiyani buzilishini chaqirishi mumkin. Shuning uchun ushbu preparat bilan davolanishda transport vositalarini boshqarish va mashinalar bilan ishlashdan saqlanish kerak.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: ko‘ngil aynishi, qusish, menersimon ko‘rinishlar, quloqlarni shang‘illashi, shok, o‘tkir buyrak va jigar yetishmovchiligi, tirishishlar.

Davolash: simptomatik davolash tibbiy muassasada o‘tkaziladi.

Sovuq ter, bosh aylanishi, ko‘ngil aynishi, qusish, terining rangini o‘zgarishi va bo‘g‘ilish kabi belgilar paydo bo‘lganida shifokorga murojaat qilish kerak.

Chiqarilish shakli

Tiniq, deyarli zarrachalar saqlamaydigan och-sariq rangli suyuqlik, ochish uchun belgisi – rangli nuqtasi bo‘lgan jigarrang shisha ampulalarda.

2 ml in‘eksiya uchun eritma ampulalar

5 yoki 10 ampuladan PVX plyonkali blisterda, 1 blisterdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.

5 ml in‘eksiya uchun eritma ampulalar

5 yoki 10 ampuladan PVX plyonkali blisterda, 1 blisterdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.

Saqlash sharoiti

Original o‘ramida, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

Muzlatilmasin!

Yaroqlilik muddati

4 yil.

Karton qutida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati tugaganidan keyin Spazmalgonni ishlatmang. Yaroqlilik muddati ko‘rsatilgan oyning oxirgi kuniga to‘g‘ri keladi.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:
Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Spazmalgon preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

Spazmalgon narxlari

Dorixonalar
Manzil
Ish vaqti
Sotib olish
CITY PHARM Bunyodkor 08
Chilonzor tumani, 6 mavze, 63 uy
24/7
22 000 so'm
Bron qilish
CITY PHARM Sergeli 41
Sergeli tumani, 8A mavze, 12 uy
24/7
22 000 so'm
Bron qilish
CITY PHARM Sergeli 42
Sergeli tumani, 7 mavze, Mirzo Tursunzoda ko'ch., 29 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
22 000 so'm
Bron qilish
CITY PHARM Askiya 1
Yakkasaroy tumani, Shota Rustaveli ko'ch., 53A uy
24/7
22 000 so'm
Bron qilish

Spazmalgon barcha rasmlari

Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar

Spazmalgon haqida savollar

Spazmalgon haqida fikr-mulohazalar

Reyting 4.7, 9 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil