logo
SavatKirish
Bosh sahifa  / Dori vositalari  / Hazm qilish va moddalar almashinuvi tizimi  / SPAZMALGON inyeksiya uchun eritma 2ml 500 mg/2 mg/0,02 mg/ml N10

SPAZMALGON inyeksiya uchun eritma 2ml 500 mg/2 mg/0,02 mg/ml N10

Retseptli
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Bolgariya
Ishlab chiqaruvchi:Sopharma PLC
ATX kodi:A03DA02
Barcha Spazmalgon dorilari
1 ta dorixonada bor
Narxi 112 000 so'm dan
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 1 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

SPAZMALGON inyeksiya uchun eritma 2ml 500 mg/2 mg/0,02 mg/ml N10 o'xshash dorilari

RENNI jevatelnie tabletkalari so vkusom mentola N24
Retseptsiz
RENNI jevatelnie tabletkalari so vkusom mentola N24
Germaniya
Vakil:
Bayer
Ishlab chiqaruvchi:
Bayer Consumer Care AG
Narxi
35 000 so'm dan
KALSEMIN tabletkalari N60
Retseptsiz
KALSEMIN tabletkalari N60
Germaniya
Vakil:
Bayer
Ishlab chiqaruvchi:
Bayer Consumer Care AG
•5 ta dorixonada bor
Narxi
88 000 so'm dan
AVIKARNITIN inyeksiya uchun eritma 5ml 200mg/ml N5
Retseptli
AVIKARNITIN inyeksiya uchun eritma 5ml 200mg/ml N5
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Makcur Laboratories Ltd., Indiya dlya Avantika Medex Pvt. Ltd., Indiya
•10 ta dorixonada bor
Narxi
57 000 so'm dan

SPAZMALGON inyeksiya uchun eritma 2ml 500 mg/2 mg/0,02 mg/ml N10 qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Farmakokinetikasi

Metamizol natriy

Ichga qabul qilingandan so'ng metamizol natriy MITYdan tez so'riladi. Ichak devorida faol metabolit hosil qilib gidrolizlanadi. O'zgarmagan metamizol natriy qonda aniqlanmaydi (faqat v/i yuborilgandan so'ng qon plazmasida ozgina kontsentratsiyada aniqlanadi va tezda aniqlab bo'lmaydigan holga keladi). M/i yuborilgandan so'ng preparatning faol moddalari in'ektsiya joyidan tez va sezilarli darajada so'riladi.

Qon plazmasi oqsillari bilan bog'lanishi 50-60% ni tashkil qiladi. Terapevtik dozalarda qabul qilinganda ko'krak suti bilan ajralib chiqadi.

Metamizol natriy jigarda jadal biotransformatsiyaga uchraydi. Asosiy metabolitlari 4-metilaminoantipirin, 4-formilaminoantipirin, 4-aminoantipirin va 4-atsetilaminoantipirin hisoblanadi. 20 ga yaqin qo'shimcha metabolitlar, jumladan glyukuron kislotasi hosilalari aniqlangan. Asosiy to'rtta metabolit serebrospinal suyuqlikda aniqlanadi. Asosan buyraklar orqali chiqariladi.

Pitofenon

Ichga qabul qilinganda MITYdan tez so'riladi. Qon plazmasida Cmax ga 30-60 daqiqadan so'ng erishiladi. A'zolar va to'qimalarda tez taqsimlanadi, GEB orqali o'tmaydi.

Jigarda oksidlanish reaktsiyalari orqali metabolizmga uchraydi. Siydik bilan chiqariladi. Т 1,8 soatni tashkil qiladi.

Fenpiveriniy bromid

Ichga qabul qilinganda MITYdan tez so'riladi. Qon plazmasida Cmax ga 1 soat ichida erishiladi. GEB orqali o'tmaydi. O'zgarmagan holda siydik bilan 32,4-40,4%, safro bilan - 2,3-5,3% chiqariladi.

Farmakologik ta'siri

Majmuaviy analgetik va spazmolitik vosita. Preparat komponentlarining kombinatsiyasi ularning farmakologik ta'sirining o'zaro kuchayishiga olib keladi.

Metamizol natriy - pirazolon hosilasi, analgetik, isitmani tushiruvchi va kuchsiz yallig'lanishga qarshi ta'sir ko'rsatadi, mexanizmi prostaglandinlar sintezini susaytirish bilan bog'liq.

Pitofenon gidroxloridi ichki a'zolar silliq mushaklariga to'g'ridan-to'g'ri miotrop ta'sir ko'rsatadi va uning bo'shashishini chaqiradi (papaverinsimon ta'sir).

Fenpiveriniy bromid m-xolinobloklovchi ta'sirga ega va silliq mushaklarga qo'shimcha miotrop ta'sir ko'rsatadi.

Nojo'ya samaralari

Allergik reaksiyalar: eshakemi (shu jumladan kon'yunktiva va burun-halqum shilliq qavatlarida), angionevrotik shish, kamdan-kam hollarda - xavfli ekssudativ eritema (Stivens-Jonson sindromi), toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi), bronxospazm, anafilaktik shok.

Qon yaratish tizimi tomonidan: trombotsitopeniya, leykopeniya, agranulotsitoz (quyidagi simptomlar bilan namoyon bo'lishi mumkin: sababsiz harorat ko'tarilishi, titroq, tomoqda og'riq, yutishning qiyinlashishi, stomatit, shuningdek vaginit yoki proktit holatlarining rivojlanishi).

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: AB pasayishi.

Siydik chiqarish tizimi tomonidan: buyrak funksiyasining buzilishi, oliguriya, anuriya, proteinuriya, interstitsial nefrit, siydikning qizil rangga bo'yalishi.

Antixolinergik effektlar: og'iz qurishi, terlashning kamayishi, akkomodatsiya parezi, taxikardiya, siydik chiqarishning qiyinlashishi.

Mahalliy reaksiyalar: m/i yuborilganda inyeksiya joyida infiltratlar bo'lishi mumkin.

Maxsus saqlash sharoitlari

Uzoq muddatli (bir haftadan ortiq) davolashda periferik qon manzarasi va jigar funksional holatini nazorat qilish zarur.

Agranulotsitozga shubha qilinganda yoki trombotsitopeniya mavjud bo'lganda preparatni qabul qilishni to'xtatish kerak.

Qorindagi o'tkir og'riqlarni bartaraf etish uchun preparatni kasallik sababini aniqlaguncha qo'llash mumkin emas.

O'zlashtiraolmaslik juda kam uchraydi, ammo preparat v/i yuborilgandan so'ng anafilaktik shok rivojlanish xavfi preparatni ichga qabul qilgandan ko'ra nisbatan yuqori.

Atopik bronxial astma va pollinozlari bo'lgan bemorlarda allergik reaksiyalar rivojlanish xavfi ortadi.

Preparatni parenteral yuborishni faqat ichga qabul qilish imkoni bo'lmaganda yoki me'da-ichak yo'llaridan so'rilish buzilganda ishlatish kerak.

V/i in'ektsiyani sekin, bemor yotgan holatda va AB, YuK va nafas olish chastotasi nazorati ostida o'tkazish kerak.

2 ml dan ortiq eritma yuborilganda alohida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak (AB ning keskin pasayish xavfi mavjud).

M/i yuborish uchun uzun ignadan foydalanish kerak.

5 yoshgacha bo'lgan bolalarni va sitostatiklar olayotgan bemorlarni davolashda metamizol natriy qo'llashni faqat shifokor nazorati ostida o'tkazish kerak.

Metabolit ajralishi hisobiga siydik qizil rangga bo'yalishi mumkin (klinik ahamiyatga ega emas).

Preparat bilan davolash davrida etanol qabul qilish tavsiya etilmaydi.

Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri

Davolash vaqtida transport vositalari haydovchilari va psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiladigan potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug'ullanuvchi shaxslar ehtiyotkorlikka rioya qilishlari kerak.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Yaqqol jigar va/yoki buyrak yetishmovchiligi; suyak iligi qon yaratishining susayishi; glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza tanqisligi; taxiaritmiya; og'ir stenokardiya; dekompensatsiyalangan surunkali yurak yetishmovchiligi; kollaps; yopiq burchakli glaukoma; prostata bezi giperplaziyasi (klinik ko'rinishlar bilan); ichak tutilishi; megakolon; homiladorlik (ayniqsa I trimestr va oxirgi 6 hafta); laktatsiya davri; 3 oylikkacha bo'lgan bolalar yoki tana vazni 5 kg dan kam (v/i yuborish uchun); 5 yoshgacha bo'lgan bolalar (tabletkalar uchun); yuqori sezuvchanlik (shu jumladan pirazolon hosilalariga).

Ehtiyotkorlik bilan: buyrak/jigar yetishmovchiligi; bronxial astma; arterial gipotenziyaga moyillik; NYQP larga yuqori sezuvchanlik; atsetilsalitsil kislotasi yoki boshqa NYQP qabul qilish bilan qo'zg'atilgan eshakemi yoki o'tkir rinit.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Gistamin H-reseptorlari blokatorlari, butirofenonlar, fenotiazinlar, tritsiklik antidepressantlar, amantadin va xinidin - m-xolinobloklovchi ta'sirning kuchayishi mumkin.

Xlorpromazin yoki boshqa fenotiazin hosilalari - yaqqol gipertermiya rivojlanishi mumkin.

Narkotik bo'lmagan analgetiklar, tritsiklik antidepressantlar, peroral gormonal kontraseptivlar va allopurinol - preparat toksikligini oshiradi.

Fenilbutazon, barbituratlar va boshqa mikrosomal fermentlar induktorlari - metamizol natriy samaradorligining pasayishi.

Sedativ va anksiolitik vositalar (trankvilizatorlar) - metamizol natriyning og'riqsizlantiruvchi ta'sirining kuchayishi.

Rentgenokontrast dori vositalari, kolloid qon o'rnini bosuvchilar va penitsillin - metamizol natriy saqlovchi preparatlar bilan kombinatsiyalarni qo'llash tavsiya etilmaydi.

Siklosporin - qonda siklosporin konsentratsiyasi pasayishi mumkin.

Peroral gipoglikemik vositalar, bilvosita antikoagulyantlar, GKS va indometatsin - metamizol natriy ushbu vositalarni oqsillar bilan bog'idan siqib chiqaradi, buning natijasida ularning ta'siri yaqqolligi oshishi mumkin.

Tiamazol va tsitostatiklar - leykopeniya rivojlanish xavfi ortadi.

Mielotoksik ta'sirga ega dori vositalari: preparatning gematotoksik samarasi kuchayishi.

Kodein, gistamin N-reseptorlari blokatorlari, propranolol - metamizol natriy inaktivatsiyasi sekinlashishi oqibatida preparat ta'sirining kuchayishi.

Etanol - etanol samaralarining kuchayishi.

Inyeksiya uchun eritma boshqa dori vositalari bilan farmatsevtik jihatdan mos kelmaydi.

Dozirovkasi

Muayyan preparatning qo'llash usuli va dozalash rejimi uning chiqarilish shakli va boshqa omillarga bog'liq. Optimal dozalash rejimini shifokor belgilaydi. Muayyan preparatning qo'llaniladigan dori shaklining qo'llash ko'rsatmalariga va dozalash rejimiga qat'iy rioya qilish kerak.

Spazmalgon boshqa chiqarish shakllari

SPAZMALGON tabletkalari N20
Retseptsiz
SPAZMALGON tabletkalari N20
Bolgariya
Ishlab chiqaruvchi:
Balkanpharma-Dupnitsa AD
Narxi
22 000 so'm dan
Narxi
22 000 so'm dan
Narxi
130 000 so'm dan
Narxi
112 000 so'm dan
SPAZMALGON tabletkalari N50
Retseptsiz
SPAZMALGON tabletkalari N50
Bolgariya
Ishlab chiqaruvchi:
Balkanpharma-Dupnitsa AD
•1 ta dorixonada bor
Narxi
225 000 so'm dan

SPAZMALGON inyeksiya uchun eritma 2ml 500 mg/2 mg/0,02 mg/ml N10 analoglari

SPAZGAN eritma 5ml N5
Retseptli
SPAZGAN eritma 5ml N5
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Zen Farma (P) Ltd
Narxi
35 000 so'm dan
Narxi
112 000 so'm dan
Narxi
130 000 so'm dan
Narxi
22 000 so'm dan
REVALGIN tabletkalari N20
REVALGIN tabletkalari N20
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Shreya Life Sciences PVT. LTD.
Narxi
18 000 so'm dan

SPAZMALGON inyeksiya uchun eritma 2ml 500 mg/2 mg/0,02 mg/ml N10 haqida savollar

SPAZMALGON inyeksiya uchun eritma 2ml 500 mg/2 mg/0,02 mg/ml N10 haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil