SPAZMALGON tabletkalari N50

SPAZMALGON tabletkalari N50 qo'llanmasi
Farmakokinetikasi
So'rilishi va taqsimlanishi
M/i yuborilgandan so'ng preparatning faol moddalari in'ektsiya joyidan tez va sezilarli darajada so'riladi. Qon plazmasi oqsillari bilan bog'lanishi 50-60% ni tashkil qiladi. Terapevtik dozalarda qabul qilinganda ko'krak suti bilan ajralib chiqadi.
Metabolizmi va chiqarilishi
Metamizol natriy jigarda intensiv biotransformatsiyaga uchraydi. Asosiy metabolitlar 4-metilaminoantipirin, 4-formilaminoantipirin, 4-aminoantipirin va 4-atsetilaminoantipirin hisoblanadi. 20 ga yaqin qo'shimcha metabolitlar, jumladan glyukuron kislotasi hosilalari aniqlangan. Asosiy to'rtta metabolit serebrospinal suyuqlikda aniqlanadi. Asosan buyraklar orqali chiqariladi.
Nojo'ya samaralari
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: epigastral sohada achishish hissi, og'iz qurishi.
Nerv tizimi tomonidan: bosh og'rig'i, bosh aylanishi, antixolinergik samaralar (ter ajralishining pasayishi, akkomodatsiya parezi, siydik chiqarishning qiyinlashishi).
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: arterial bosimning pasayishi, taxikardiya, sianoz.
Siydik chiqarish tizimi tomonidan: buyrak funksiyasining buzilishi, oliguriya, anuriya, proteinuriya, interstitsial nefrit, siydikning qizil rangga bo'yalishi.
Qon yaratish a'zolari tomonidan: uzoq muddat qabul qilinganda - trombotsitopeniya, leykopeniya, agranulotsitoz.
Allergik reaksiyalar: eshakemi, bronxospastik sindrom, anafilaktik shok, Kvinke shishi, ko'p shaklli ekssudativ eritema (shu jumladan Stivens-Jonson sindromi), toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi).
Maxsus saqlash sharoitlari
Siydikning qizil rangga bo‘yalishi mumkin.
Preparat uzoq muddat (bir haftadan ortiq) qo‘llanilganda periferik qon manzarasi (leykotsitlar miqdori) va jigar funksional holatini nazorat qilish zarur. Agranulotsitozga shubha qilinganda yoki trombotsitopeniya mavjud bo‘lganda preparatni qabul qilishni to‘xtatish kerak.
Preparat bilan davolash davrida alkogol qabul qilish mumkin emas.
Davolash vaqtida transport vositalarini haydash va jismoniy hamda ruhiy reaksiyalar tezligini talab qiluvchi potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanish tavsiya etilmaydi.
Emizikli onalarda preparatni qo‘llash emizishni to‘xtatishni talab qiladi
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Pirazolon hosilalariga (butadion, tribuzon), preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik. Suyak ko‘migi qon yaratishining susayishi, barqaror va beqaror stenokardiya, dekompensatsiya bosqichidagi surunkali yurak yetishmovchiligi, jigar yoki buyrak funksiyasining yaqqol buzilishlari, glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza yetishmovchiligi, taxiaritmiyalar, glaukomaning yopiq burchakli shakli, siydik tutilishiga moyillik bilan kechuvchi prostata bezi giperplaziyasi, ichak tutilishi va megalokon, granulotsitopeniya, homiladorlik (ayniqsa I trimestr va oxirgi 6 hafta), laktatsiya davri, 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar. Ehtiyotkorlik bilan va shifokor nazorati ostida preparatni jigar yoki buyrak funksiyasi buzilgan bemorlarga, arterial gipotenziyaga (sistolik bosim 100 mm sim. ust. dan past), bronxospazmga moyillikda, shuningdek nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar yoki narkotik bo‘lmagan analgetiklarga yuqori individual sezuvchanlikda qo‘llash kerak.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Spazmalgonni boshqa nonarkotik analgetiklar bilan bir vaqtda qo'llash toksik samaralarning o'zaro kuchayishiga olib kelishi mumkin. Tritsiklik antidepressantlar, ichga qabul qilish uchun homiladorlikka qarshi vositalar, allopurinol jigarda metamizol metabolizmini buzadi va uning toksikligini oshiradi. Barbituratlar, fenilbutazon va boshqa mikrosomal fermentlar induktorlari metamizol ta'sirini susaytiradi. Siklosporin bilan bir vaqtda qo'llash oxirgisining qondagi darajasini pasaytiradi. Sedativ vositalar va trankvilizatorlar spazmalgonning og'riqsizlantiruvchi ta'sirini kuchaytiradi.
N1-gistaminoblokatorlar, butirofenonlar, fenotiazinlar, tritsiklik antidepressantlar, amantadin va xinidin bilan birga buyurilganda m-xolinoblokatorlik ta'siri kuchayishi mumkin.
Etanol samaralarini kuchaytiradi. Xlorpromazin yoki boshqa fenotiazin hosilalari bilan bir vaqtda qo'llash yaqqol gipertermiya rivojlanishiga olib kelishi mumkin.
SPAZMALGON tabletkalari N50 o'xshash dorilari


Spazmalgon boshqa chiqarish shakllari


{
"data": {
"id": 66609,
"stores_apteka_id": 499737,
"slug": "spazmalgon-tabletki-n50",
"stores_apteka_slug": "spazmalgon-tab-50",
"name": "SPAZMALGON tabletkalari N50",
"brand_name": "SPAZMALGON",
"image": "uploads/iblock/27f/27fb7dab490c4b37bbba6a6adcbacf54.webp",
"atx_code": "A03DA02",
"drug_form_id": 1,
"over_the_counter": false,
"prescription_type": "non_prescription",
"availability": "not_available",
"reviews_count": 0,
"reviews_rating": 0,
"has_pickup": false,
"has_delivery": false,
"manufacturer": null,
"manufacturer_plain": "Balkanpharma-Dupnitsa AD",
"representative": null,
"representative_plain": null,
"distributor": null,
"distributor_plain": null,
"is_manufacturer_advertiser": false,
"is_representative_advertiser": false,
"is_dietary_supplement": false,
"is_medical_device": false,
"category": {
"id": 487,
"slug": "pishchevaritelnyy-trakt-i-obmen-veshchestv",
"name": "Hazm qilish va moddalar almashinuvi tizimi",
"external_link_title": "Gastroenterolog maslahati",
"external_link": "https://med24.uz/uz/doctors/gastroenterolog"
},
"drug_group": {
"id": 7233,
"slug": "spazmalgon",
"name": "Spazmalgon"
},
"is_purchasable": true,
"country": {
"id": 24,
"slug": "bolgariya",
"name": "Bolgariya"
},
"active_ingredients": [],
"tags": []
}
}









