TAVEGIL 0,001 tabletkalari N20

TAVEGIL 0,001 tabletkalari N20 qo'llanmasi
Farmakokinetikasi
So'rilishi
Ichga qabul qilingandan so'ng klemastin MITYdan deyarli to'liq so'riladi. Qon plazmasida Cmax 2-4 soatdan keyin erishiladi.
Taqsimlanishi
Klemastinning plazma oqsillari bilan bog'lanishi 95% ni tashkil qiladi. Ko'krak suti bilan oz miqdorda ajralib chiqadi.
Metabolizmi va chiqarilishi
Plazmadan chiqarilish ikki fazali xususiyatga ega, T1/2 ?-fazada 3,6 ± 0,9 soatni, beta-fazada - 37 ± 16 soatni tashkil qiladi. Klemastin jigarda sezilarli darajada metabolizmga uchraydi. Metabolitlar asosan (45-65%) siydik bilan chiqariladi; o'zgarmagan faol modda siydikda faqat iz miqdorida aniqlanadi.
Nojo'ya samaralari
Nojo'ya reaksiyalar uchrash tezligini aniqlash: juda tez-tez (≥1/10); tez-tez (≥1/100, <1/10); tez-tez emas (≥1/1000, <1/100); kamdan-kam (≥1/10000, <1/1000); juda kamdan-kam (<1/10000); alohida holatlarda - tezligi noma'lum (mavjud ma'lumotlar asosida baholash mumkin emas).
Nerv tizimi tomonidan: tez-tez - yuqori toliqish, uyquchanlik, sedativ samarasi, holsizlik, charchoq hissi, tormozlanish, harakatlar koordinatsiyasining buzilishi; tez-tez emas - bosh aylanishi; kamdan-kam - bosh og'rig'i, tremor, rag'batlantiruvchi ta'sir.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: kamdan-kam - dispepsiya, ko'ngil aynishi, qusish, gastralgiya; juda kamdan-kam - qabziyat, og'iz qurishi; alohida holatlarda - ishtaha pasayishi, diareya.
Nafas olish tizimi tomonidan: kamdan-kam - bronxial sekretning quyuqlashishi va balg'am ko'chishining qiyinlashishi, ko'krak qafasida bosim hissi va nafas olishning qiyinlashishi, burun bitishi.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: kamdan-kam - AB pasayishi (ko'proq keksa pasientlarda), ekstrasistoliya; juda kamdan-kam - yurak urishi.
Sezgi a'zolari tomonidan: kamdan-kam - ko'rish idroki aniqligining buzilishi, diplopiya, o'tkir labirintit, quloqlarda shovqin.
Siydik chiqarish tizimi tomonidan: juda kamdan-kam - tez-tez siyish, siydik chiqarishning qiyinlashishi.
Qon yaratish tizimi tomonidan: kamdan-kam - gemolitik anemiya, trombotsitopeniya, agranulotsitoz.
Dermatologik reaksiyalar: kamdan-kam - teri toshmasi, fotosensibilizatsiya.
Allergik reaksiyalar: kamdan-kam - anafilaktik shok.
Maxsus saqlash sharoitlari
Allergenlarga teri skarifikatsion sinamalari natijalari buzilishining oldini olish uchun allergologik test o‘tkazishdan 72 soat oldin preparatni bekor qilish kerak.
Tabletkalar tarkibida laktoza mavjud, shuning uchun preparatni galaktozani o‘zlashtira olmaslik, og‘ir laktaza yetishmovchiligi va glyukoza-galaktoza so‘rilishi buzilishi bilan bog‘liq kamdan-kam uchraydigan tug‘ma kasalliklardan aziyat chekuvchi bemorlarga tayinlash tavsiya etilmaydi.
Pediatriyada qo‘llanilishi
Tavegil® tabletka shaklida 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga mumkin emas. 1 yoshdan katta bolalarni davolash uchun Tavegil® ni v/i va m/i yuborish uchun eritma shaklida qo‘llash mumkin.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Klemastin ahamiyatsiz sedativ samaraga ega (intensivligi bo‘yicha kuchsizdan o‘rtachagacha), shuning uchun Tavegil® qabul qilayotgan bemorlarga transport vositalarini haydash, mexanizmlar bilan ishlash, shuningdek yuqori diqqat va psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiluvchi boshqa faoliyat turlaridan saqlanish tavsiya etiladi
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
— nafas yo‘llari pastki qismlarining kasalliklari (shu jumladan bronxial astma);
— MAO ingibitorlarini bir vaqtda qo‘llash;
— 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar;
— homiladorlik;
— laktatsiya (emizish davri);
— preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
Tavegil® preparatini oshqozonning stenozlanuvchi yarasi, piloroduodenal obstruksiya, qovuq bo‘yni obstruksiyasi, shuningdek siydik tutilishi bilan kechuvchi prostata bezi gipertrofiyasi, ko‘z ichki bosimi oshishi, gipertireoz, yurak-qon tomir tizimi kasalliklari (shu jumladan arterial gipertenziya) bo‘lgan bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Tavegil® MNTni susaytiruvchi dori vositalari (uxlatuvchi, sedativ, trankvilizatorlar), m-xolinoblokatorlar, shuningdek etanolning ta'sirini potensiyalaydi.
Dozirovkasi
6-12 yoshli bolalarga 1/2-1 tabletkadan nonushtadan oldin va tunga tayinlanadi.
Tabletkalarni ovqatdan oldin, suv bilan ichish kerak.Dozani oshirib yuborishSimptomlari: antigistamin vositalar dozasini oshirib yuborish ham MNT ga susaytiruvchi, ham rag'batlantiruvchi ta'sirga olib kelishi mumkin. MNT rag'batlantirilishi ko'proq bolalarda kuzatiladi. Shuningdek, antixolinergik ta'sir belgilari rivojlanishi mumkin: og'iz qurishi, fiksatsiyalangan kengaygan qorachiqlar, tananing yuqori yarmiga qon quyilishi, OIT tomonidan buzilishlar (ko'ngil aynishi, epigastriyada og'riqlar, qusish).
Davolash: agar bemorda qusish o'z-o'zidan yuzaga kelmasa, uni sun'iy ravishda chaqirish kerak (faqat bemorning ongi saqlanib qolgan holda). Agar preparat qabul qilinganidan 3 soat yoki biroz ko'proq vaqt o'tgan bo'lsa, natriy xloridning izotonik eritmasidan foydalanib oshqozonni yuvish mumkin. Shuningdek, tuzli surgilar tayinlash mumkin. Simptomatik terapiya ham ko'rsatilgan.
TAVEGIL 0,001 tabletkalari N20 o'xshash dorilari



TAVEGIL 0,001 tabletkalari N20 xususiyatlari
Tavegil boshqa chiqarish shakllari


TAVEGIL 0,001 tabletkalari N20 analoglari


{
"data": {
"id": 27801,
"stores_apteka_id": null,
"slug": "tavegil-0-001-n20-tabl",
"stores_apteka_slug": null,
"name": "TAVEGIL 0,001 tabletkalari N20",
"brand_name": "TAVEGIL 0,001",
"image": "uploads/iblock/238/238200b6fa6a753aa6fd771d6c5e6b53.webp",
"atx_code": "R06AA04",
"drug_form_id": 1,
"over_the_counter": false,
"prescription_type": "unknown",
"availability": "not_available",
"reviews_count": 0,
"reviews_rating": 0,
"has_pickup": false,
"has_delivery": false,
"manufacturer": null,
"manufacturer_plain": "Famar Italiya S.p.A.",
"representative": null,
"representative_plain": null,
"distributor": null,
"distributor_plain": null,
"is_manufacturer_advertiser": false,
"is_representative_advertiser": false,
"is_dietary_supplement": false,
"is_medical_device": false,
"category": {
"id": 497,
"slug": "protivoallergicheskie",
"name": "Antiallergik dorilar",
"external_link_title": "Allergolog maslahati",
"external_link": "https://med24.uz/uz/doctors/allergolog"
},
"drug_group": {
"id": 4979,
"slug": "tavegil",
"name": "Tavegil"
},
"is_purchasable": false,
"country": {
"id": 13,
"slug": "italiya",
"name": "Italiya"
},
"active_ingredients": [
{
"id": 7553,
"slug": "klemastin",
"name": "Klemastin"
}
],
"tags": [
{
"id": 110,
"slug": "ot-allergii",
"name": "Allergiyadan"
}
]
}
}






