Apteka.uz
SavatKirish

TIVORTIN ASPARTAT eritma 100ml 200mg/ml

Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Ukraina
Ishlab chiqaruvchi:Yuriya-Farm, OOO
ATX kodi:B05XB01
Barcha Tivortin dorilari
Mavjud emas
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 0 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

TIVORTIN ASPARTAT eritma 100ml 200mg/ml qo'llanmasi

Nojo'ya samaralari

Suyak-mushak tizimi tomonidan: bo'g'imlarda og'riq.
Ovqat hazm qilish trakti tomonidan, kamdan-kam - oshqozon va ichakda yengil noqulaylik hissi, preparatni qo'llagandan keyin bevosita ko'ngil aynishi,
ular mustaqil ravishda yo'qoladi.
Immun tizimi tomonidan yuqori sezuvchanlik reaksiyalari, shu jumladan bronxospazm.
Laborator ko'rsatkichlar: giperkaliemiya.

Maxsus saqlash sharoitlari

Elektrolitlar almashinuvi buzilishlarida, buyrak kasalliklarida ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
preparatni qo‘llashda muvozanatlashgan uyqu va dam olish rejimiga rioya qilish,
alkogol, nikotin va psixostimulyatorlardan voz kechish kerak, Agar preparatni qabul qilish fonida
asteniya simptomlari kuchaysa, davolashni bekor qilish zarur.
Preparat stenokardiyasi bo‘lgan bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llaniladi.
Nasliy fruktozani o‘zlashtira olmasligi bo‘lgan bemorlar preparatni qabul qilmasliklari
kerak.
Preparat sorbit (E 420) saqlaydi - agar sizda ba'zi qandlarni
o‘zlashtira olmaslik aniqlangan bo‘lsa, ushbu preparatni qabul qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.
preparat metilparagidroksibenzoat (E 218) va propilparagidroksibenzoat (E 216) kabi
yordamchi moddalarni saqlaydi, ular allergik reaksiyalarni (ehtimol, kechiktirilgan) chaqirishi mumkin.

Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanilishi.
Preparat yo‘ldosh orqali o‘tadi, shuning uchun homiladorlik davrida uni
faqat ona uchun kutilayotgan foyda homila uchun potensial xavfdan ustun bo‘lgan holdagina qo‘llash
mumkin. Emizish davrida preparatni qo‘llash bo‘yicha ma'lumotlar yo‘q.
Bolalar.
18 yoshgacha qo‘llanilmaydi.
Avtotransport yoki boshqa mexanizmlarni boshqarishda reaksiya tezligiga ta'sir qilish qobiliyati.
Ta'sir qilmaydi.
preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlash va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llamaslik
kerak.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

O‘ta yuqori sezuvchanlik, buyrak funksiyasining og‘ir buzilishlari. Miokard infarkti (shu jumladan anamnezda).

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Arginin aspartatni qo'llashda shuni hisobga olish kerakki, aminofillinni arginin bilan birga qo'llash qonda insulin miqdorining oshishi bilan kechishi mumkin; spironolaktonni arginin bilan - qonda kaliy darajasining oshishi bilan.
Arginin tiopental bilan mos kelmaydi.

Dozirovkasi

Ichga, ovqat vaqtida qabul qilinadi. Kattalarga yurak va bosh miya tomirlari aterosklerozida, periferik tomirlar aterosklerozida - 5 ml dan (1 o'lchov qoshig'i - 1 g preparat 3-8) sutkasiga marta. Giperxolesterinemiya, arterial gipertenziyada - 5 ml dan sutkasiga 3-6 marta. O'pkaning surunkali obstruktiv kasalliklari, o'pka gipertenziyasida - 5 ml dan sutkasiga 3-6 marta. Astenik holatlarda - 5 ml dan sutkasiga 4-8 marta. Maksimal sutkalik doza - 8 g. Davolash kursi davomiyligi - 8-15 kun; zarurat bo'lganda davolash kursi takrorlanadi.

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. TIVORTIN ASPARTAT eritma 100ml 200mg/ml preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

TIVORTIN ASPARTAT eritma 100ml 200mg/ml o'xshash dorilari

TIVOMAKS-DARNISA infuziya uchun eritma 100ml 42mg/ml
Retseptli
TIVOMAKS-DARNISA infuziya uchun eritma 100ml 42mg/ml
Ukraina
Vakil:
Nika Pharm
Ishlab chiqaruvchi:
CHAO «Farmasevticheskaya firma «Darnisa».
Narxi
38 000 so'm dan
TRANEKSAM tabletkalari 500mg N10
Retseptli
TRANEKSAM tabletkalari 500mg N10
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Nijfarm-Stada CIS

Tivortin boshqa chiqarish shakllari

TIVORTIN infuziya uchun eritma 100ml 42mg/ml
Retseptli
TIVORTIN infuziya uchun eritma 100ml 42mg/ml
Ukraina
Ishlab chiqaruvchi:
OOO “Yuriya-Farm”
•113 ta dorixonada bor
Narxi
17 200 so'm dan

TIVORTIN ASPARTAT eritma 100ml 200mg/ml analoglari

TIVORTIN ASPARTAT eritma 100ml 200mg/ml haqida savollar

TIVORTIN ASPARTAT eritma 100ml 200mg/ml haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil